THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
71
XORAZM VOHASIDA MATBAACHILIK SOHASINING
SHAKLLANISHIGA OI DBA`ZI MASALALAR.
M.A.Salayev
Ma`mun universiteti Tarix kafedrasi o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13330080
XIX asrda Xorazm taxtida hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II
doimo ilm-fan, madaniyat va san’at rivojiga katta e'tibor bilan qaragan, homiylik
qilgan. O‘sha davrda badiiy adabiyot va tarixnavislik, musiqa san'ati shu
darajada yuksaldiki, bu yuksalish ta'siri O‘rta Osiyo xalqlari madaniy-ma'rifiy
hayotida sezildi. Haqiqatdan ham mintaqada birinchi bo‘lib suratga olish, kino
ishlash boshlangan. “Tanbur chizig‘i” ning ixtiro qilinishi bilan maqom yo‘llarini
qog‘ozlarda muhrlash imkoni tug‘ildi.
Xonning adabiyotga qiziqishi, badiiy asarlarning avlodlarga o‘z holicha
yetkazish yo‘lida qayg‘urgani tufayli 1874-yilda O‘rta Osiyoda birinchi
toshbosma ham Xivada tashkil qilinadi. Shu davrgacha barcha ilmiy, tarixiy,
badiiy asarlar mohir xattotlar tomonidan qo‘lyozma ko‘rinishida ko‘chirilar, shu
sababdan ham kam nusxani tashkil qilardi.
Muhammad Rahimxon II Eron, Rossiya, Hindiston, Xitoy kabi
mamlakatlardagi toshbosmalar faoliyati haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lgach,
Xivada ham toshbosma tashkil etishga qaror qilgan edi. Uning buyrug‘iga ko‘ra
kitob chop etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Shveytsariyaning Jeneva shahrida
ishlab chiqarilgan dastgohlar Xivaga olib kelinadi. Shartnoma asosida ishga taklif
qilingan eronlik mutaxassis Ibrohim Sulton Ko‘hna Arkda shu tariqa
matbaachilik ishlarini boshlab yuboradi. Shoir Tabibiy bu sho‘'baning boshlig‘i
etib tayinlanadi. Toshbosmada avvaliga xonlikning hujjatlari, keyinchalik
kitoblar bosila boshlanadi. Chop qilingan kitoblar savdoga chiqarilmas, faqat
shoiru olimlarga, fozil-fuzalolarga, mudarrislarga berilardi.
“Podshoi zamon tipografiyasi”da ilk chop qilingan kitob Abu Nasr
Forobiyning “Nasob us-Sibiyon” (“Bolalar nasibasi”) asari bo‘ldi. Shartnoma
muddati tugagach, ortiga qaytib ketishni o‘ylagan Ibrohim Sulton bu vazifani
sidqidildan uddalay oladigan shogird qidiradi. U o‘ta zehnli, uquvli, jismonan
baquvvat bo‘lishi bilan birga, forsiy, arabiy, turkiy tillarni mo‘qammal biladigan,
ishtiyoqmand yoshlar topilishiga ishonardi. Kunlardan bir kun usta yoniga “Meni
shogirdlikka olasizmi?” deb bir o‘spirin keladi. Usta undan “Forsiyni bilasanmi?”
deb so‘raganida “ha” deb javob bergan. Usta quvonib, bu hunarni shogirdi
Otajonga asta-sekin o‘rgata boshlaydi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
Keyinchalik Ibrohim Sulton shogirdi Otajon Abdol o‘g‘li bilan birga 1874-
yilda Alisher Navoiyning “Hamsa” asarini va Munis Xorazmiyning “Munis ul-
ushshoq”, “Oshiqlar do‘sti” asarini bosmadan chiqaradi. Ibrohim Sulton bir
yildan keyin yurtiga qaytib ketadi. Otajon Abdolov esa kitob bosishni davom
ettiradi. Xiva litografiyasida 1876-yilda Abu Nasr Farobiyning “Nisobus-sibiyon”
(“Bolalar nasibasi”), 1879-yilda Shermuhammad Munisning “Munis ul-ushshoq”,
1880-yilda Alisher Navoiyning “Hamsa”sidan “Hayratul abror” va 1882-yilda
“Hazoyin-ul-maoniy” va Muhammad Rizo Ogaxiyning “Ta’viz ul-oshiqin”, 1897-
yilda Muhammad Rahimxon Feruzning “Devoni Feruz”, 1909-yilda Tabibiyning
“Majmuot ush-shuaro kitoblari bosiladi”
1
.
Xiva toshbosmaxonasida birinchilardan bo‘lib rus ishchisi Aleksey
Ivanovich Salapov va nemis millatiga mansub bo‘lgan Gustav Shneydellar ham
ishlab, toshbosma sirlarini Otajonga o‘rgata boshlaydilar. Natijada mahalliy xalq
o‘rtasida “Otajon bosma” nomi mashhur bo‘lib ketgan.
XX asrning 20-30-yillarida Sovet hokimiyati Xorazm vohasida o‘z
mafkurasini targ‘ib qiluvchi mahalliy matbuotning rivojlanishiga alohida e’tibor
qaratdi. “Inqilob quyoshi” gazetasi Xorazmdagi birinchi mahalliy gazeta bo‘lib,
muvaqqat inqilobiy hukumat tuzilganidan keyin 1920-yil 8-martdan chop etila
boshlangan
2
.
“Inqilob quyoshi” gazetasida Quyi Amudaryo havzasi xalqlari siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy hayotida sodir bo‘layotgan voqeliklarni o‘z
sahifalarida yoritgan.
Muxbirlar K.Boltaev, Q.Beregin, O.Safaeva, U.Qurboniy, M.Ismoiliy,
E.Devonov, X.Eshmuratov singari partiya xodimlari va qishloq xo‘jaligi
muxbirlari Faqiriy, Xorazmiy, Mutrib, Partav, Chokar, Mug‘anniy, Soib Nazariy
kabi yozuvchi, shoirlar gazeta faoliyatida ishtirok etishgan. 1925-yilga kelib
“Inqilob quyoshi” gazetasi bir oyda 25 marta chiqa boshladi, oyiga 8600 nusxaga
ko‘paytirildi
3
.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan 1925-yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi butun
O‘zbekiston quriltoyida O‘zbekistondagi gazeta va jurnallar faoliyati keskin
tanqid qilindi. Qurultoyda “Gazeta idoralarining yo‘lga solinmaganligi, tajribali
muxbir, ishchilarning kamligi firqa qo‘mitalari tomonidan bu masalaga ahamiyat
berilmaganligi, O‘zbekistonda dehqon muhbirlari va devoriy gazetalarning shul
kunga bo‘lgan xoliga sababchidir” deyildi. 1927-yil fevralida “Inqilob quyoshi”
1
https://uza.uz/uz/posts/bu-yil-khorazm-a-i-ati-gazetasi-chop-etila-boshlanganiga-100-26-04-2020
2
Ўзбекистон коммунистлар (б) фирқаси Марказқўмнинг Ўзбекистон КП (б) иккинчи бутун
Ўзбекистон қурилтойига маърузаси. – Самарқанд., 1925. – 252 Б.
3
Хоразм вилоят давлат архиви, 631-фонд, 2-рўйҳат, 23-иш, 14 варақ.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
gazetasiga Qurbon Ollaberganov (Beregin) redaktor qilib tayinlangan. U
muharirlik faoliyatini 1929-yilning may oyigacha davom ettiradi. Ana shu
davrda “Inqilob quyoshi” gazetasi redaktsiyasida M.Olloyorov, I.Habibiy,
U.Qurboniy va boshqa qalami o‘tkir jurnalistlar faoliyat olib borishgan
4
.
Aynan ular faoliyatining samarasi natijasida “Inqilob quyoshi” gazetasining
joylardagi muhbirlari (qishloq va ishchi muhbirlar) soni keskin ravishda oshgan.
XX asrning 20-30-yillarida “Inqilob quyoshi” gazetasida faoliyat olib borgan
B.Rahmonov, A.Tagirov, K.Boltaev, J.Qalandarov, Q.Beregin, Sh.Bulatov,
R.Majidiy, S.O‘rozov kabi muharrirlarning faoliyati e'tiborga molik.
1927-yil Qurbon Beregin (Xorazm okrug partiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri)
tashabbusi bilan bir necha bor konferentsiyalar o‘tkazildi. O‘tkazilgan
konferentsiyalar Xorazmda matbuot ishi maqsad va vazifalarini belgilab berdi.
Partiya va davlat rahbarlari Xorazmda milliy tilda chiqadigan gazeta va
jurnallarni voha ishchi, dehqonlari bilan o‘zaro muloqat minbari deb
hisoblashgan.
Xorazm vohasidagi birinchi gazeta “Inqilob quyoshi” gazetasi chop
qilinganligining 8 yilligi munosabati bilan aholi uchun gazeta va jurnallarni ovoz
chiqarib o‘quvchilar guruhlari tashkil etiladi.
1928-1931-yillar oralig‘ida Xorazm okrugida dastlabki tuman gazetalari
paydo bo‘la boshladi. 1931-yilga kelib O‘zbekistonda nashr qilinayotgan
gazetalar soni 2500dan ziyod edi. O‘sha davrda Xivada “Kommunachi”, Xonqada
“Qurilish”, Gurlanda “Kolxoz yo‘li” Shovotda “Shovot haqiqati” gazetalari chop
etila boshlandi.
XX asrning 30-yillarida Xorazm vohasida sho‘ro mafkurasining
mustahkamlanishida “Inqilob quyoshi” gazetasi alohida ahamiyat kasb etdi.
Gazeta 400 dan ortiq qishloq muxbirlarini o‘z atrofida birlashtirdi. Agar XX
asrning 20-yillarda gazeta muxbirlari orasida ayollar kamchilikni tashkil qilgan
bo‘lsa, XX asrning 30-yillari boshida ularning soni 50 nafarga yetgan. Chunki
sho‘rolar tomonidan ayollarning “Inqilob quyoshi” gazetasiga muhbirlikka jalb
qilish ishlari kuchaytirilgan. Xorazmda 1931-yilda 2 ta kitob, gazeta sotish va
tarqatishga mo‘ljallangan kitob do‘koni tashkil etildi. Ovullarda adabiyot va
gazetalarning keng tarqalish va muhbirlar sonining ko‘payishi adabiyot va
muhbirlik to‘garaklarining yaratilishi uchun sharoitni yuzaga keltirdi. Bunday
to‘garaklar ko‘pincha devoriy gazetalar qoshida tashkil qilingan. 1929-yilda
Xivada tashkil qilingan “Yosh kuch” devoriy gazetasi qoshida 1931-yilgacha 30
dan ziyod muhbirlar tayyorlangan.
4
Каримов Н. Қурбон Берегин қисмати. – Т., 2006. – Б. 20
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
74
Shunday qilib vohada chop qilingan gazeta va jurnallar sho‘rolar
mafkurasini tashviqot-targ‘ibot qilish vositasi sifatida yildan yilga ko‘payib, soni
oshirilib borildi. Masalan, 1931-yilga kelib “Inqilob quyoshi” gazetasiga Xiva
tumanidan 1500 dona o‘rniga 3000 dona, Xonqa tumanidagi 1500 dona o‘rniga
3000 dona, Urganch tumanida 17000 donaga talab bildirilgan. Maqsad gazetani
g‘oyaviy kurash vositasiga aylantirish edi. Xorazmda XX asrning 30-yillari
oxiriga kelib o‘ttizga yaqin gazeta va jurnallar o‘zbek, rus, turkman, qoraqalpoq
tillarida chop etilardi