THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
115
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNI
MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING
TEXNOLOGIYALARI SAMARADORLIGI
Navoiy davlat Pedagogika instituti
Jismoniy madaniyat fakulteti
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari
nazariyasi va metodikasi mutaxasisligi II bosqich magistranti
Rasulova Sitora Saparovna
Ilmiy rahbar
Phd dotsent
Musayev Otabek Qudratovich
https://doi.org/10.5281/zenodo.13959169
ANNOTATSIYA
Ushbu ilmiy maqolda kompetensiyaviy yondashuv asosida talabalarning
ma’naviy-ma’rifiy
faoliyatga
tayyorlashning
turli
texnologiyalari
va
samaradorligi haqida so‘z boradi.
Kalit so’zlar
: ilmiy, kompetensiya, ma’naviyat, ma’rifat, texnologiya,
zamonaviy.
Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar pedagogga yangi talablarni qo‘yadi. Bu keng ko‘lamli umumiy
madaniy, professional va maxsus vakolatlarga ega, yangi kasbiy talablar va
mehnat sharoitlariga munosib javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishi kerak.
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan jamiyatda yashash va ishlashga tayyor
bo‘lgan professional o‘qituvchini tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta’lim tizimi
oldida turgan strategik vazifadir. Shuning uchun bugungi kunda ta’limning
kompetensiya paradigmasiga o‘tish dolzarblashmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistnning
Taraqqiyot O‘zbekiston Stategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-sonli Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi tadqiqot ishimizga dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish borasida
tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalarining
eng muhim vazifalaridan biri - bu bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy
tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim,
ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy
kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik
o‘z-o‘zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan
muayyan bosqichlarni qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning
uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
116
ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch
kompetensiyalar shakllantiriladi. Hozirgi kunda Prezidentimizning
tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash,
yosh avlodning har jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, intellektual salohiyatli,
ma’nan barkamol ulg‘ayishi uchun, shuningdek yoshlarni qilgan mehnati,
erishgan yutuqlariga yarasha rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda. Ushbu muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li
1
-
oliy ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir.
Kompetent yondashuv talabadan bilim va ko‘nikmalarni alohida-alohida emas,
balki yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda, o‘z
navbatida, o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish
metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash ta’lim jarayonida qo‘yiladigan
talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni
talab etadi. Xalqaro tajribaga asoslangan, mahalliy pedagogika va psixologiya
yutuqlarini e’tiborsiz qoldirib, kompetensiyaga asoslangan yondashuvni
amalga oshirish o‘zini oqlamaydi. Shuni ham yodda tutish kerakki,
ta’limning integral konstruksiyalarini ilmiy asoslashda chet el olimlari
P.Ya.Galperin, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn ishlariga tayanganlar.
Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga
ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar,
balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari
tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi,
2
chunki
professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi,
muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab
chiqaradi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik
esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning
mavjudligini, balkishu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi.
Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi
mumkin. O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu
maxsus kasbiy ta’limdir.Talabalarning kompetentligini oshirishning o‘quv-
metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy
mashg ‘ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo‘naltirilgan fanlarni
1.
1
Ergasheva Barno Ziyavuddin qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy
faoliyatgatayyorlash texnologiyasi pedagogik muammo sifatida”- Qo‘qon-2022
2.
2
Ergasheva Barno Ziyavuddin qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy
faoliyatgatayyorlash texnologiyasi pedagogik muammo sifatida”- Qo‘qon-2022
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
117
o‘qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog‘liqlikni aks
ettiruvchi amaliy mashg‘ ulotlar asosida o‘qitish ta’limning sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbek olimlaridan Abdullayeva
B.S., Sarimova D.S. Pedagoglarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirish, Ganiyeva S.A. Bo‘lajak
o‘ qituvchilarni ekologik kompitentligini rivojlantirish, Xasanov A.A.
Muloqot kompetensiyasining tuzilmasi, Nurillayev B.N, Qurbonazarov I.T.
Eksperimental masalalar orqali o‘quvchilarda ijodiy va amaliy
kompetensiyalarni shakllantirish, O.K Musayev- Kompetensiyaviy yondashuv
asosida pedagogik qobiliyatlar kompleksini takomillashtirish(oliy ta’lim
muassasasi o‘qituvchilari misolida)ish olib borganlar. Bu esa ushbu fanlar
misolida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim
mazmuni va o‘quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdagi zaruriy
tayanch va fanga oid kompetensiyalar tarkibini aniqlashtirish, tayanch va
fanlarga oid umumiy kompetensiyaviy yondashuvlar asosida o‘quvchilarning
kompetentligini rivojlantirish modeli va metodlarini takomillashtirish
zaruratini asoslaydi.Dotsent S.B.Qorayev, N.I Tirkashev o‘zlarining tadqiqot
ishlarida ,,Kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan ta’limning bir qator
jihatlarini ko‘rib o‘tganlar,va kasbiy, amaliy kompetentlik turlari va ularning
rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilganlar. Ular o‘z tadqiqot ishlarida
Zamonaviy yondashuvlar o‘qitish jarayonida pedagogik va axborot
texnologiyalarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchilarda tayanch va
fanga oid xususiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutadilar.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida
kompetensiyaviy yondashuvni kasbiy ta’lim, umumta’lim fanlari standartlari
mazmuniga kiritish tamoyillari, ularning pedagogik tizim bo‘g‘inlaridagi
o‘zgarishlarga ta’siri, psixologik va metodologik asoslari va xususiyatlari,
mustaqil ravishda ta’lim natijalariga erishish konsepsiyasi,
kompetensiyaviy yondashuv talqini, shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirilgan,
ijtimoiy va ma’lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga oid ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilarning kompetentligini
oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy
yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga
yo‘naltirilgan fanlarni o‘qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo
bog ‘ liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg ‘ ulotlar asosida o ‘ qitish ta’limning
sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishlarini bildirib o‘tganlar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
118
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi
PF-5847-son asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi3. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S.
(2021).
2.
Upravleniye obrazovatebnbimi sistemami. Uchebno - metodicheskoye
posobiye dlya vuzov. - M.: Literaturnoye agentstvo «Universitetskaya kniga»,
2004. - 136 s.77
3.
Ergasheva Barno Ziyavuddin qizi “Kompetensiyaviy yondashuv asosida
bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatgatayyorlash texnologiyasi pedagogik
muammo sifatida”- Qo‘qon-2022