THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
158
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING OG’ZAKI NUTQ
MALAKALARINI OSHIRISH
Safarboyeva Munojat Abdusharip qizi
Nukus DPI Ellikqal’a pedagogika
fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalish talabasi.
Tel:94-778-09-39
https://doi.org/10.5281/zenodo.14179713
Annotatsiya
Boshlangʻich ta’lim bosqichida ogʻzaki nutqni,yozma
savodxonligini shakllantirish o‘quvchilarning kelgusidagi maqsad va vazifalarini
muvaffaqiyati amalga oshirishga turtki bo’ladi.Buning uchun biz pedagoglar
bolaning nutqini oshirishda turli metodlar,ro’lli o’yinlar, baliq skeleti kabi
ko’rgazmalar,munozaralar va ijodiy topshiriqlardan foydalanish muhim oʻrin
tutadi.
Kalit so’zlar:
boshlang’ich sinf, og’zaki nutq, yozma savodxonlik, nutq
malakalari, ko’rgazmalar, metodlar, ro’llio’yinlar, munozara, ijodiy topshiriqlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutq hamda yozma savodxonlikni
shakllamtirish malakalarini rivojlantirish nafaqat ularning o‘qishdagi
muvaffaqiyatini ta’minlash, balki shaxsiy rivojlanishiga, kasb tanlashiga,
kelajakda o’ziga ma’qul sohada ketishiga ham zamin yaratadi. Ayniqsa,
boshlang’ich ta’lim bolalar til qobiliyatlari va ifodaviy nutq malakalarini
o‘zlashtirishga juda moyil bo‘lganligi sababli, samarali pedagogik yondashuvlar
orqali og‘zaki nutqni rivojlantirish o‘quv jarayonining muhim tarkibiy qismidir.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq malakalarini
rivojlantirish usullari va uslublari, pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim
jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar tahlil qilinadi.Yod olish
metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga,
oqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga
mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan
o’qishga, katta e’tibor berilgan. Shuning uchun, hozir maktablarda o’qish izohli
o’qish olib borilyapti.[1]
Boshlang‘ich sinfda og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirishning ahamiyati
og‘zaki nutqni rivojlantirish muhimligi bir necha omillar bilan bog‘liq.
Birinchidan, o‘quvchilarning fikrlash va kommunikativ qobiliyatlari shakllanishi,
ularning o‘z fikrlarini aniq,lo’nda va ixcham ifodalash qobiliyatiga ega
bo‘lishlariga yordam beradi. Ikkinchidan, bolalar og‘zaki nutq orqali atrof-
muhitni anglaydi, turli mavzularda o‘z fikrlarini bildirishni hamda tafakkur
qilishni o‘rganadi, bu esa,ularning ijtimoiy muhitga tezroq moslashuvini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
159
ta’minlaydi. Og‘zaki nutq malakalarini rivojlantirish uchun boshlang‘ich sinf
davrida amalga oshiriladigan faoliyatlar bola shaxsining barkamol rivojlanishiga
ijobiy ta’sir qiladi.Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy
mazmuni va g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash,
umumlashtirish kabi mantiqiy usullardan foydalaniladi. O‘qilgan asarni analiz
qilishning har xil usullari mavjud. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi
shaxslarni aytib o‘qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar[2]
Og‘zaki nutqni rivojlantirishda samarali metodlar
1. Interaktiv metodlar: O‘quvchilarning og‘zaki nutq malakalarini
rivojlantirishda interaktiv metodlar, jumladan, guruhda,juftlik bo’lib va kichik
guruhlardagi faoliyatlar samarali hisoblanadi. Bu usullar o‘quvchilarning o‘z
fikrlarini ochiq ifoda etish va boshqalarni tinglash malakalarini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
2. Rolli o‘yinlar: Rolli o‘yinlar bolalarni turli rolda muloqot qilishga o‘rgatadi.
Masalan, savdogar va xaridor roli, masalan,har xil sabzavotlarning shakliga yoki
mazasiga qarab topishi o’zi fikrlab aniq javob bera olishi ham bolalarning
nutqiga ta’sir o’tkaza oladi. Hamda do‘stlar orasidagi suhbat, oilaviy rollarni ijro
etish orqali ular turli mavzularda nutq tuzishni mashq qiladi. Hozirgi darsliklar
rasmlar asosida shakllangan bo’lib, bu bolalarning fikrlashiga olib keladi,ya’ni
rasm asosida ishchilarga ism qo’yishi, nima ish qilganligini ko’rib ular asosida
matn tuzish orqali bolaning nutqining oshishiga katta yordam beradi.Bu usul
o‘quvchilarning qiziqishini oshirish bilan birga ularning muloqot ko‘nikmalarini
ham rivojlantiradi.
3. Munozara va bahs-munozaralar: Turli mavzularda munozaralar,darslik
asosida savol-javoblar o‘tkazish bolalarni o‘z nuqtai nazarlarini himoya
qilishga,javobni aniq,lo’nda hamda nutqini ravon ifoda etish o‘rgatadi. O‘qituvchi
rahbarligida o‘tkaziladigan munozaralar orqali bolalar argumentlarni
shakllantirish, so‘z tartibiga rioya qilish va tinglash madaniyatini o‘rganadilar.
4. Ijodiy topshiriqlar: Og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun o‘quvchilarga ertak,
hikoya yoki shaxsiy xotiralari asosida qahramonlarni tasvirlash, ularning fe’l-
atvori va harakatlarini tavsiflash kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Ijodiy
topshiriqlar orqali o‘quvchilar o‘z tasavvurini rivojlantiradi, so‘z boyligini
kengaytiradi va nutq ravonligini oshiradi.
5. Texnologik resurslardan foydalanish: Audio va video materiallar
o‘quvchilar nutq malakalarini rivojlantirish uchun yordam beradi. Masalan,
qisqa videoroliklarni tahlil qilish, hikoyalarni eshitish orqali o‘quvchilar o‘z
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
160
nutqlarini to‘g‘ri shakllantirish va yangi so‘zlarni o‘rganish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Ma'lumki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni
bartaraf etish o'quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi
kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko'rish, nutq buzulish
sabablarini o'rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish
varaqasi to'ldirilib, qaysi tovushlar to'g'ri yoki noto'g'ri talaffuz qilayotgani
belgilab boriladi. Nutq ostirish- ongli o'qishni, so'zlash va yozishga o'rgatishni, til
haqida o'quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo'lgan bilim berishni,
ularning lug'at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e'tibor va qiziqishni
o'stirish, kitob o'qishga muhabbat uyg'otishni ko'zda tutadi.Nutq
kompetensiyasini rivojlantirishning samarali jarayonini loyihalash izchil va
tizimli tadqiqot metodologiyasini talab qiladi. Quyida ushbu sohadagi ilg’or
tadqiqotlar uchun asos bo’lishi mumkin bo’lgan metodologiya keltirilgan.
Birinchi bosqich muayyan aniq muammolarni aniqlashni o’z ichiga oladi. Bu
nutq kompetensiyasining rivojlanish darajasini baholash, asosiy muammolarni
aniqlash, shuningdek, o’quv jarayonida erishish kerak bo’lgan aniq maqsadlarni
belgilashni o’z ichiga olishi mumkin. Hozirgi holat tahlilini o‘tkazish boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining nutqiy malakalarini rivojlantirishning mavjud uslubiy,
o‘quv dasturlari va pedagogik yondashuvlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu bosqich mavjud amaliyotdagi taraqqiyot va muammolarni aniqlashga
yordam beradi. Ob’ektiv ma’lumotlarni olish uchun zarur bo’lgan iskala
loyihalarida qo’llaniladigan tadqiqot usullarini aniqlash. Bularga kuzatish, test
o’tkazish, suhbatlar, shuningdek, tekshirish malakasi darajasini o’lchash uchun
standartlashtirilgan testlar usullari kiradi. Tasdiqlangan tadqiqot tahlillari
asosida sizning kompetentsiyangizni rivojlantirish uchun zamonaviy usullar,
texnologiyalar va yondashuvlarni o’z ichiga olgan o’quv dasturlari ishlab
chiqiladi. Dasturda darslar ham, darsdan tashqari mashg’ulotlar ham bo’lishi
mumkin. Loyihalash jarayonini amalga oshirish eksperimental bosqichda sodir
bo’ladi. Bu еrda ishlab chiqilgan dasturlarda ko’zda tutilgan darslar, tadbirlar va
o’qitishning boshqa shakllari o’tkaziladi. [4]
O‘qituvchi rolining ahamiyati
O‘qituvchi og‘zaki nutqni rivojlantirish jarayonida asosiy rol o‘ynaydi. U
o‘quvchilarga o‘zlarini erkin ifoda etishga imkoniyat yaratib, o‘ziga ishonch hosil
qilishiga yordam beradi. O‘qituvchi bolalarni rag‘batlantirish, ularni tinglash va
qadrlash
orqali
ularning
nutqiy
faoliyatga
bo‘lgan
qiziqishini
oshiradi.Boshlangich sinf oʻquvchilarining nutq texnikasini shakllantirish
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
161
jarayoni ham uning psixik xolati bilan aloqador jarayondir. Bu yoshdagi
bolalarda nutqiy buzilishlar xodisasi tez-tez uchrab turadi. Masalan:
-tez shoshib gapirish;
-notoʻgʻri nafas olish;
-nutqda duduqlanish;
-soʻzlarni chalkashtirib yuborish.
Bu nutqiy buzilishlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarida asosan ikki sabab,
fiziologik va psixologik taʻsit natijasida vujudga keladi.[5]
Xulosa
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq malakalarini oshirish
pedagogik faoliyatnin asosiy jarayonining bir qismidir. O‘quvchilarni interaktiv
metodlar, rolli o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar va zamonaviy texnologiyalardan
foydalangan holda samarali muloqotga jalb qilish orqali ularning nutq
qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasida ijobiy muloqot muhitini yaratish va ularni rag‘batlantirish, o‘zlariga
bo‘lgan ishonchlarini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Soyibova Shahnoza To'lqinovna Narzullayeva Elmira Qahramon qizi
Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari.
2.Моhigul Toshmurodova Boltayevna
3. K. Qosimova ,Safo Matchonov…. Ona tili o‘qitish metodikasi Toshkent 2007.
https://sg.docworkspace.com/d/sIDOF9_iFAquP3LkG
4.Nazarova Kamuna Farhod kizi, researcher at Tashkent University of Applied
Sciences.https://sg.docworkspace.com/d/sIBSF9_iFAqK53bkG
5.Maxkamova Masturaxon Baxromjon qizi.https://sg.docworkspace.com/d/sIG-
F9_iFAs673bkG