Авторы

  • G.E. Rashidova
    Termiz davlat universiteti Zoologiya mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51228

Ключевые слова:

quruqlik mollyuskalari ekologik tahlil ekologik guruhlar

Аннотация

Ushbu tezisda quruqlik mollyuskalarining ekologik tahlili yoritilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

138

QURUQLIK MOLLYUSKALARINING EKOLOGIK TAHLILI

G.E.Rashidova

Termiz davlat universiteti Zoologiya mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928633

Annotatatsiya

Ushbu tezisda quruqlik mollyuskalarining ekologik tahlili yoritilgan.

Kalit so’zlar

: quruqlik mollyuskalari, ekologik tahlil, ekologik guruhlar

Annotation

This thesis describes the ecological analysis of land molluscs.

Key words

: freshwater molluscs, ecological analysis, ecological groups.

Аннотатция

В данной диссертации описан экологический анализ наземных

моллюсков.

Ключевые слова:

наземные моллюски, экологический анализ,

экологические группы.

Quruqlik mollyuskalarining ekologik xususiyatlarini o’rganish o’ziga xos
ahamiyatga kasb etib, ularning ko’pgina biologik xususiyatlarini ochib berishga
yordam beradi. Respublikamiz quruqlik mollyuskalarining ekologiyasi
I.M.Lixarev va Ye.S.Rammel’meyr [1;511 c.], A.A.Shileyko [5;399 c.], A.Pazilov va
D.A.Azimov [49;315 c.], A.Pazilov [48;C. 82-85] va boshqa olimlar tomonidan
o’rganilgan. 44], A.Pazilov va D.A.Azimov [4;315 c.], A.Pazilov [3;C. 82-85] va
boshqa olimlar tomonidan o’rganilgan.
Quruqlik mollyuskalarining ekologik jihatdan keng o’rganilgan bo’lishiga
qaramay, bugungi kunda ham ayrim ekologik terminlarning qo’llanilishi bahs-
munozara ostida qolgan. Xususan, ko’pgina malakolog olimlar quruqlik
mollyuskalariga nisbatan kserofil, mezofil, psixrofil va kseromezofil kabi
terminlarni qo’llashni to’g’ri deb hisoblashadi. A.Shileyko [6;384 c.] Helicoidea
yuqori oilasi vakillarining barchasi uchun gigrofillik birlamchi xususiyat deb
bilgan holda, yuqorida qayd etilgan terminlarning qo’llanilishini maqsadga
muvofiq deb hisoblaydi. K.K.Uvaliyeva kserofil terminini qurg’oqchilikda hayot
kechiruvchi mollyuskalarga nisbatan qo’llanilishini shartli deb biladi. U
kserofillarni mezofillarga kiritadi. Uvaliyevaning fikriga ko’ra mollyuskalar
qurg’oqchil muhitda yashashiga qaramasdan, asosiy hayotiy jarayonlar
yog’ingarchilik paytida kechadi. A.Pazilov va D.A.Azimovlar [4;315 c] barcha
quruqlik mollyuskalarining namsevarlik xususiyatini hisobga olib kserobiont,
mezobiont, psixrobiont terminlarini qo’llashni maqsadga muvofiq deb


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

139

hisoblaydilar. Bu terminlar quruqlik mollyuskalariga ko’ra avval, Ye.V.Shikov
[9;C. 149-154] va A.A.Baydashnikovlar [7;C. 3-19] tomonidan qo’llanilgan.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni inobatga olib, biz barcha quruqlik
mollyuskalarini yagona bo’lgan bitta katta ekologik guruhga, gigrofillarga
kiritdik.
Bunga yuqorida qayd etilgan A.Shileykoning [6;384 c.] fikri asos bo’la oladi.
Quruqlik mollyuskalari keyingi bosqichdagi ekologik guruhlarga bo’linishi aynan
shu termindan boshlanishi kerak.
Mollyuskalarni keyingi bosqichdagi ekologik guruhlarga ajratishda Ye.V.Shikov
[9;C.149-154] tomonidan qo’llanilgan, ya’ni quruqlik mollyuskalarining suv
havzalariga nisbatan biotopik tarqalishi asos qilib olindi.
Ammo bizning klassifikatsiyamiz bo’yicha turlarning tarqalishi Ye.V.SHikov
klassifikatsiyasiga to’g’ri kelmaydi. Bunga albatta mamlakatimiz va Rossiya
iqlimi, landshaftlarining xilma-xilligi o’rtasidagi katta farqlar sabab bo’ladi.
Shunga asosan biz quruqlik mollyuskalari uchun quyidagi ekologik
klassifikatsiyani qo’llashni taklif etamiz:
1.Gigrobiontlar - bu ekologik guruhga suv havzalari bo’yilarida hayot
kechiradigan barcha mollyuskalar kiradi. 2. Kserobiontlar - bu ekologik guruhga
suv havzalariga uncha yaqin bo’lmagan, har xil biotoplarda hayot kechiradigan
mollyuskalar kiradi. 3. Kserogigrobiontlar - bu ekologik guruhga bir vaqtda ham
suv havzalari bo’yida, ham ularga uncha yaqin bo’lmagan, turli xil biotoplarda
yashovchi mollyuskalar kiradi. Albatta yuqorida qayd etilgan ekologik
klassifikatsiya barcha quruqlik mollyuskalarni bir qolipga solib qo’ya olmaydi.
Sababi gigrobiontlar guruhiga kiruvchi mollyuskalar har xil darajada gigrofillik
xususiyatlarini, yoki kserobiontlar guruhiga kiruvchi mollyuskalar ham har xil
darajada kserofillik xususiyatini namoyon qiladi. Kserogigrobiontlarda ham
huddi shu holat kuzatiladi.
Ya.I.Starobogatovning [8;C. 152-174] fikriga ko’ra o’simliklar, Geophila turkumi
vakillari uchun faqat oziqa emas, balki mollyuskalarning filogeniyasini belgilab
bergan asosiy omillardan hisoblanadi. Ya.I.Starobogatov [8;C. 152-174] bo’yicha
barcha Pulmonata vakillari oziqlanishiga ko’ra 8 guruhga bo’linadi: detritofaglar,
mikromikofaglar, makromikofaglar, lixenofaglar, fitofaglar, oligoxetofaglar,
malakofaglar va polifaglar. Yuqorida qayd etilganidek oziqaning, ya’ni
o’simliklarning mollyuskalarni turli ekologik guruhlar bo’yicha taqsimlanishida
alohida o’rni bor. Shu jumladan, ko’pchilik Pupillina kenja turkumi vakillari
mikro- va makrofag bo’lganligi tufayli, ular bir vaqtda ham soy bo’yi, ham undan
uzoqda joylashgan biotoplarda hayot kechira oladi. Pyramidulidae oilasi vakili


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

140

bo’lgan Pyramidula rupestris lixenofag, kalsibiont bo’lgani sababli qoya
toshlarida va tosh sochmalari orasida uchraydi. Buliminidae vakillari
o’simlikxo’r polifaglar hisoblanadi. Ular o’lgan, quruq va chirib borayotgan
o’simlik qoldiqlari bilan, hamda zamburug’, lishayniklar bilan oziqlanadi. Shu
tufayli ular orasida ham soy bo’ylarida, ham qurg’oqchil muhitda, ham qoya
toshlari orasida (Turanena) yashovchi turlar yoq emas. Buliminidlarning asosiy
vakillari kserofil muhitda hayot kechiradi. Hygromiidae oilasi vakillari ham
fitofag polifaglar sirasiga kiradi. Higromidlar buliminidlar kabi asosan kserofil
biotoplarda yashaydi. Biroq Xeropicta urug’i vakillari soy bo’ylarida ham
uchraydi. Succineida turkumiga kiruvchi barcha mollyuskalar faqat soy va ariq
bo’ylaridagi sernam biotoplarda hayot kechiradi. Ularning bu xususiyatlarini
ham oziq turi bilan bog’lash mumkin. Ya’ni ular bir hujayrali suv o’tlari bilan
oziqlanadi.
Zuqoridagi ma’lumotlarga asosan quyidagicha xulosa qilish mumkin eng ko’p
miqdor gigrobiont va mezobiontlarga tegishli bo’lib, ulardan keying o’rinlarni
kseromezobiontlar va kserobiontlar egallaydi. Shuningdek buholatni
mollyuskalarni nam va o’rtacha namni xush ko’ruvchi hayvonlar ekanligi tufayli
aynan nam sharoitlarda yashashi bilan izohlash mumkin. . Bir so’z bilan
aytganda ularning ba’zilari ko’proq kserobiontlik xususiyatlarini namoyon qilsa,
boshqalari ko’proq gigrobiontlik xususiyatini namoyon qiladi. Shu boisdan bu
yo’nalishda hali ilmiy izlanishlar davom ettirilishi kerak deb hisoblaymiz.
Mollyuskalar o’z hayoti davomida bu omillarning kompleks ta’siri ostida bo’ladi.
Barcha quruqlik mollyuskalari abiotik omillarga nisbatan gigrofil bo’lish bilan
bir qatorda ular fotofob yoki qisman fotofob va eolofob turlardir. Biotik
omillardan quruqlik mollyuskalari uchun asosiy ozuq hisoblanadigan
o’simliklarning ham, mollyuskalar hayotida yetakchi o’rni bor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Лихарев И.М., Раммельмейер Е.С. Наземные моллюски фауны СССР //

Определитель по фауне СССР. – Ленинград: Наука, 1952. – 511 с.
2.

Пазилов А. Наземные моллюски Ферганской долины и окружающих

её горных хребтов: Автореф. дис.… канд. биол.наук. - М.,1992. - 21 с.
3.

Пазилов А. Зоогеографическая структура наземных моллюсков

Фауны Центральной Азии // Докл. АН РУз. – Ташкент, 2005. – С. 82-85.
4.

Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata)

Узбекистана и сопредельных территорий. -Ташкент: Фан, 2003. -315 с.
5.

Шилейко А.А. Наземные моллюски подотряда Рupillina фауны СССР

(Gastropoda, Pulmonota, Gеophila) Фауна СССР. Моллюски. – Москва: Наука.
Ленинградское отделение, 1984. – 399 с.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

141

6.

Шилейко А.А. Наземные моллюски надсемейства Hellicoidea // Фауна

СССР. Моллюски. – Москва: Наука Ленинградское отделение, 1978. – Т.3. –
Вып.6 . – 384 с.
7.

Байдашников А.А. Наземная малакофауна Украинского Полесья.

Сообщение I. Видовой состав и связь моллюсков с растительным покровом
// Вестник зоологии. – Киев, 1992. – № 4. – С. 3–19.
8.

Старобогатов Я.И. Класс брюхоногие моллюски Gastropoda//

Оределитель пресноводных беспозвоночных Европейской части СССР.
Планктон и бентос. -Л.: Гидрометиоиздат, 1977 ,-С. 152-174.
9.

Шиков Е.В. Наземные моллюски Калининской области, как

потенциальные промежуточные хозяева гельминтов. Учен. зап. КГПИ,
1971. Т. 89. С. 149-154

Библиографические ссылки

Лихарев И.М., Раммельмейер Е.С. Наземные моллюски фауны СССР // Определитель по фауне СССР. – Ленинград: Наука, 1952. – 511 с.

Пазилов А. Наземные моллюски Ферганской долины и окружающих её горных хребтов: Автореф. дис.… канд. биол.наук. - М.,1992. - 21 с.

Пазилов А. Зоогеографическая структура наземных моллюсков Фауны Центральной Азии // Докл. АН РУз. – Ташкент, 2005. – С. 82-85.

Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata) Узбекистана и сопредельных территорий. -Ташкент: Фан, 2003. -315 с.

Шилейко А.А. Наземные моллюски подотряда Рupillina фауны СССР (Gastropoda, Pulmonota, Gеophila) Фауна СССР. Моллюски. – Москва: Наука. Ленинградское отделение, 1984. – 399 с.

Шилейко А.А. Наземные моллюски надсемейства Hellicoidea // Фауна ‎СССР. Моллюски. – Москва: Наука Ленинградское отделение, 1978. ‎‎– Т.3. – Вып.6 . – 384 с.

Байдашников А.А. Наземная малакофауна Украинского Полесья. Сообщение I. Видовой состав и связь моллюсков с растительным покровом // Вестник зоологии. – Киев, 1992. – № 4. – С. 3–19.

Старобогатов Я.И. Класс брюхоногие моллюски Gastropoda// Оределитель пресноводных беспозвоночных Европейской части СССР. Планктон и бентос. -Л.: Гидрометиоиздат, 1977 ,-С. 152-174.

Шиков Е.В. Наземные моллюски Калининской области, как потенциальные промежуточные ‎хозяева гельминтов. Учен. зап. КГПИ, 1971. Т. 89. С. 149-154‎