THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
70
G‘O‘ZA (G. HIRSUTUM L) RIVOJLANISH FAZALARI KESIMIDA
FOTOSINTETIK PIGMENTLARI MIQDORINING O‘ZGARISH
DINAMIKASI.
O‘.Jumanov
R.Bakeyev
https://doi.org/10.5281/zenodo.13827096
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Sirdaryo viloloyati o‘rtacha sho‘rlangan
tuproq sharoitida parvarishlangan g‘o‘za (G. hirsutum L) C6524 navining
rivojlanish fazalari kesimida xlorofil pigmentlar miqdori dinamikasi natijalari
keltirilgan bo‘lib. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki g‘o‘zaning rivojlanish
fazalari ortgan sari xlorofil pigmentlar miqdori xam ortib brogan. Xl “a” ning
miqdori (1,6 mg/gr) gullash fazasida eng yuqori natija qayt etilgan bo‘lsa, Xl “b”
niki esa (0,54 mg/gr) chin barg chiqarish fazasida, karatinoidlar miqdori (0,6
mg/gr) pishish vaqtida ortganligini natijalar asosida bilishimiz mumkin.
Kalit so‘zlar:
sho‘rlanish, pigmentlar, xlorofil “a”, Xlorofil “b”,
karatinoidlar, rivojlanish fazasi,
Pigmentlar miqdori oʻsimliklar mahsuldorligi, ayniqsa, stress sharoitlarga
chidamligini aniqlashda muhim kriteriyalardan ekanligini koʻrish mumkin.
Pigmentlar miqdoriga turli xil omillar, sho‘rlanish, qurg‘oqchilik, tuproqdagi
makro va mikro elementlarning yetishmasligi ta’sir qiladi. Yani bu
ko‘rsatkichdan tabiiy ingibitor sifatida foydalanish mumkin. Tuproq tarkibi
makro va mikro elementlar yetishmasligi bu xlorofil pigmentlar miqdoriga ta’sir
etadi va barg rangi va plastinkalarida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar
natijasi orqali o‘simliklarga yetishmayotgan mineral moddalarni bilib olishimiz
mumkin
[1].
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi va ularda normal fiziologik
jarayonlarning kechishiga asosan N-azot, P-fosfor, K-kaliy, Ca-kalsiy, Zn-rux, Fe-
temir, B-bor, Mn-marganest, Mo-molibden, Mg-magniy kabi elementlar zarur
xisoblanadi. O‘simliklarda kechadigan pigmentatsiya jarayonlarini vizual va
laboratoriya tadqiqotlari asosida tahlil qilgan holda, fiziologik jarayonlarning
normal kechishini, tashqi stress omillarning o‘simlikga tasirini, fotosintez
jarayoniga xlorofillarning ta’siri yuzasidan kerakli xulosalarga kelish mumkin.
Masalan o‘simliklarga N-azot yetishmasligi o‘simlik o‘sishini sekinlshtiradi yoki
butunlay to‘xtatadi, barg va poyalarda pigmentlar xosil bo‘lishiga kuchli ta’sir
etib ularni oqarib ketishiga olib keladi. Azot me’yoridan oshib ketsa o‘simlik to‘q
yashil ranga kirib, poya xaddan tashqari qalin bo‘lib, vegetatsiya jarayonlarini
uzayib ketishiga sabab bo‘ladi. P-fosfor yetishmasligi gullarni kichik bo‘lishiga,
mevalarni nuqsonli bo‘lishiga, barg plastinkalari qizil jigarrang ranga ega
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
71
bo‘lishiga olib keladi. Uning ortiqcha bo‘lishi o‘simliklarning suv yetishmasligiga
sezgirligini oshirib, tez chanqashga olib keladi va Fe, Zn, K, kabi ozuqa
elementlarini kamroq o‘zlashtiradi. Natijada o‘simlik barglari sarg‘ayadi,
to‘kiladi va o‘simlik hayotini qisqarishi va nobut bo‘lishiga olib keladi. K-kaliy
elementi yetishmasligi xlorofillar sintezini buzishi, barglarda jigarrang dog‘lar
xosil bo‘lishiga va barglarni gumbaz -ichki tomonga buralishi kabi alomatlar
keltirib chiqaradi. Mg-magniy o‘simliklarniin xlorofil pigmentining asosiy
kimyoviy tarkibi bo‘lib bu modda yetishmasa barglar sarg‘ayadi. Agar vaqtida
yetishmaydigan moddani berilmasa o‘simlikni nobud bo‘lishiga olib keladi. S-
oltingugurt xam xlorofillar xosil bo‘lishligida qatnashadi, bu modda
yetishmasligi xlorozni keltirib chiqaradi. Oltingugurtning meyoridan ortib
ketishi barg qirralarini sarg‘ayishiga va ularni ichkariga buralishiga olib keladi
va barglar jigarrang ranga kirib nobud bo‘ladi. Fe-temi xloroplastlarning
ajralmas qismi bo‘lib, xloroplast xosil bo‘lishida ishtirok etadi. Temir
yetishmasligi xlorozni rivojlantiradi, barglarni oqarib qurishiga sabab bo‘ladi
[2].
Xlorofillar miqdorini o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishiga tashqi muhit
omillarini ta’siri sababidan yoki yetarlicha ozuqaviy moddalar yetishmasligi
sababidan o‘zgarib turishligi bu o‘simliklarni noqulay sharoitlar kelganda
indikator vazifasini bajarishligini yuqorida ma’lumotlardan bilib olishimiz
mumkin. Pigmentlarni miqdor jixatdan oshib yoki kamayib borishini
o‘simliklarni rivojlanish fazalari kesimida xam kuzatishimiz mumkin.
Fotosintetik pigmentlar miqdorining fazalar kesimida dinamikasi,
mg/gr.
№
Fazalar
Xl "a
"
Xl "b"
U
mu
mi
y
xlo
rof
il
la
r
Ka
ra
ti
n
oi
d
la
r
1
Chin barg chiqarish
1,48± 0,15 0,54± 0,25 2,02± 0,15 0,47± 0,13
2
Shonalash
1,6± 0,15
0,37± 0,28 1,97± 0,17 0,54± 0,10
3
Gullash
1,75± 0,10 0,25± 0,08
2,007±
0,09
0,6± 0,03
4
Pishish
1,68±0,13
0,2±0,23
1,88± 0,14 0,6± 0,11
Tadqiqotimiz davomida olib borilgan tajribalarimiz natijalari shuni
ko‘rsatdiki, o‘simliklarning rivojlanishi ortib brogan sari pigmentlar miqdori
xam ortib boriganligini 1 -jadval ma’lumotlaridan tahlili asosida bilib olishimiz
mumkin. tajribamizda xlorofil “a”, “b” va karatinoidlar miqdori dinamikasi chin
bar chiqarish, shonalash, gullash va pishish fazalar kesimida o’rganilganda,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
xlorofil “a” niqdori tegishli ravishda 1,48; 1,6; 1,75; va 1,68 mg/gr ni tashkil etdi.
Xlorofil “b” miqdori esa 0,54; 0,37; 0,25; 0,2 mg/gr ni, karatinoidlar miqdori esa
chin barg chiqarish fazasida 0,47 mg/gr, shonalash fazasida 0,54mg/gr, gullash
va pishish fazalarida 0,60 mg\gr ni tashkil etdi.
Natijalardan ko‘ramizki nazorat variantida fazalar kisimida o‘simlikning
rivojlanishi ortgan sari xlorofil “a’ ning miqdori ortib borishi kuzatildi, buni 1-
rasm ma’lumotlaridan xam bilishimiz mumkin. Gullash fazasida xlorofil “a”
miqdorining eng yuqori natijaga ega bo‘lishi aniqlanildi. Xlorofil “b” ning
miqdori fazalar kesimida chinn barg chiqarish fazasida 0,54 mg/gr ni tashkil
etgan bo’lsa shonalashda 0,37 mg/g, gulash va pishish fazalarida tegishli
ravishda 0,25 va 0,20 mg/gr ni teng bo‘ldi. Yani fazalar kesimida xlorofil “b” ning
eng yuqori miqdori chin barg chiqarish fazasida bo‘lib, keyingi fazalarda uning
miqdorini kamayishi kuzatildi. Buni shunday izohlashimiz mumkinki, turli xil
stress ta’sirida o‘simliklarning rivojlanish bosqichlarida pigmentlarning birini
miqdori oshishi ikkinchisini miqdorini kamayishiga olib kelishi adabiyotlar va
ilmiy manbalarda keltirilgan
[3].
1-rasm.
Tajribamizda xlorofil “a” ning o’rtacha sho‘rlanish stresi ta’sirida oshishi
xlorofil “b” ning kamayishiga olib kelgan va buni normal fiziologik jarayon deb
baholashimiz mumkin. Karatinoidlar miqdorining o‘zgarishini fazalar kesimida
qaraydigan bo‘lsak, chin barg chiqarish fazasida 0,47 mg/gr, shonalash fazasida
0,54 mg/gr, gullash va pishish fazalarida esa o‘rtacha 0,60 mg/gr ni tashkil etdi.
Karatinoidlar miqdori xam fazalar kesimida ortib borganligini ko‘rishiniz
mumkin va eng yuqori natijani pishish fazasida aniqlanildi. G‘o‘zaning pishish
fazasida kunlarning asta sekin sovuqlashib borishi va o‘simlikning to‘liq pishishi
fazasiga o‘tgan sari xaqiqatdan xam xlorofillar sinteziga ta’sir etib karatinoidlar
1,48
0,54
2,02
0,47
1,6
0,37
1,97
0,54
1,75
0,25
2
0,6
1,68
0,2
1,88
0,6
0
0,5
1
1,5
2
2,5
Xl "a"
Xl "b"
Umumiy xlorofillar
Karatinoidlar
Fotosintetik pigmentlar dinamikasi fazalar kesimida,
mg/gr
1 Chin barg chiqarish
2 Shonalash
3 Gullash
4 Pishish
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Buni ilmiy manbalarda takidlangandek,
kuz kelgan sari o‘simliklarning parglari tarkibidagi karatinoidlar miqdorining
oshishligi bilan bog‘lashimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni takidlashimiz mumkinki, fotosintetik pigmentlar
miqdori fazalar kesimida turli xil miqdorda bo‘lib, xlorofil “a” o‘zining eng yuqori
faolligini gullash fazasida namoyon qilsa, Xlorofil “b” miqdori esa chin barg
chiqarish fazasida yuqori faolikni ko‘rsatdi, karatinoidlar miqdori xam fazalar
kesimida oshib borib, pishish fazasida yuqori miqdorga ega bo’ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karomatkhon Ismoilova, Tojidin Kuliyev, Nigorakhon Sultonova, Shoira
Karimova “Correlations Between Quantitative Indicators of Photosynthetic
Pigments in Vicia Varieties under Conditions of Soil Salinization” Journal of
Stress Physiology & Biochemistry, Vol. 20, No. 1, 2024, pp. 117-124
2.
Denitsa HRISTOVA va b.“CONTENT OF MACRO, MICROELEMENTS AND
PIGMENTS IN LEAVES OF ʻTEGERAʼ AND ʻELENAʼ PLUM CULTIVARS IN
DIFFERENT FERTILIZATION VARIANTS”// Scientific Papers. Series B,
Horticulture. Vol. LXIV, No. 1, 2020
3.
Abdoul Kader Mounkaila Hamani, Guangshuai Wang, Mukesh Kumar
Soothar, Xiaojun Shen, Yang Gao “Responses of leaf gas exchange attributes,
photosynthetic pigments and antioxidant enzymes in NaCl-stressed cotton
(Gossypium hirsutum L.) seedlings to exogenous glycine betaine and salicylic
acid” BMC Plant Biology volume 20, Article number: 434 (2020)