Авторы

  • Nargiza Sharipova
    Registon ansambli gidekskursovodi
  • Gulshoda Sirocheva
    Registon ansambli gidekskursovodi
  • Farangiz Djabbarova
    Registon ansambli gidekskursovodi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51235

Аннотация

XV asrning yirik siymolaridan boʻlmish Xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja Ahrori Vali naqshbandiya tariqatining koʻzga koʻringan murshidi boʻlish bilan birga oʻz zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotda katta iz qoldirgan arboblardandir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

158

XOʻJA AHROR ULUG’BEK MADRASASI TALABASI

Sharipova Nargiza

Sirocheva Gulshoda

Djabbarova Farangiz

Registon ansambli gidekskursovodi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14271807

XV asrning yirik siymolaridan boʻlmish Xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja

Ahrori Vali naqshbandiya tariqatining koʻzga koʻringan murshidi boʻlish bilan
birga oʻz zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy hayotda katta iz
qoldirgan arboblardandir.

Xo‘ja Ahror 1404-yilda Samarqand viloyatidagi Bog‘iston qishlog‘ida

tug‘ilgan. Yoshligidan bilim olishga intilgan, Qur'on, hadis va tasavvuf ilmlarini
chuqur o‘rganishga kirishgan. Uning ta’lim olishdagi asosiy ustozlari Xoja
Muhammad Porso va Bahouddin Naqshband avlodlari bo‘lgan. Bu davrda uning
shuhrati faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xorazm, Dashti Qipchoq,
Xuroson va Hindistongacha boʻlgan Keng jug’rofiy mintaqada taralgan edi.
«Mirzo Sulton Abu Sa’id hukmronlikni qoʻlga olgach, Xoja Ubaydulloh
hazratlarini Toshkanddan Samarqandga koʻchirtirib keladi. Bu voqea 1452-yilda
sodir boʻlib, shundan soʻng Xoja Ubaydulloh umrining oxirigacha Samarqand
bilan bog’landi. Albatta, u Movarounnahr va Xurosonning juda koʻp shaharlari,
qishloqlariga sayohatlar qilardi, ammo asosiy makoni Samarqand boʻlib qoldi.

Manbalarda

keltirilishicha

Abdurahmon

Jomiy

Mirzo

Ulug’bek

madrasasidagi hovliga kiraverishdagi bir hujrada yashagan. Abdurahmon Jomiy
Xoja Ahror bilan uning Xoja Kafshiy mahallasidagi, Motriddagi uylarida
uchrashgan va suhbatda boʻlgan. Shu bilan birga Xoja Ahror ham oʻz navbatida,
Abdurahmon Jomiy yashagan Mirzo Ulug’bek madrasasi hujrasiga tashrif
buyurgan.

Abdurauf Fitrat «Oʻzbek klassik musiqasi ham uning tarixi» asarida

shunday yozgan: «Ulug’bek zamonida mashhur Xoja Ahror Valining himoyasi
ostida Samarqandda «diniy teskarichilik» (aksil harakat) paydo boʻla
boshlaydur. Shuning ta’siri bilan Ulug’bek oʻlkasida boʻzg’uliklar yuz koʻrsatadir-
da, Ulug’bekning oʻlimi bilan natijalanadir. Mana shul fojea Teskarichilikdan
soʻng goʻzal san’atlar markazi Samarqanddan Hirotga koʻchiriladur». Masalaga
shu nuqtai nazardan yondashish faqat ilmiy maqolalardagina emas, balki turli
xildagi badiiy asarlarga ham koʻchdi. Natijada ularda Xoja Ahror faqat
teskarichigina emas, balki buzg’unchi, jumladan, Ulug’bek mirzo qurdirgan
rasadxonani buzib tashlash tashabbuskori sifatida ham tasvirlandi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

159

Rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hech qanday aloqasi yoʻqligi
akademik Vohid Abdullayev oʻsha davrga oid manbalardan olingan dalillar bilan
isbotlangan edi. Mirzo Ulug’bek rasadxonasining binosi XV asrning ikkinchi
yarmida ham mavjud boʻlib, Alisher Navoiy Samarqandda boʻlgan vaqtlarda
rasadxona oʻzining salobatli koʻrinishi bilan kishilarni, jumladan, ulug’ oʻzbek
shoirini maftun etgan». Shundan soʻng oʻsha maqolada Boburning «Boburnoma»
(XV asrning ikkinchi yarmi), Hasan Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (XVI asrning
ikkinchi yarmi), Darvesh Ali Changiyning «Toʻhfat us-surur» (XVII asrning
avvali) kabi asarlardan dalillar keltirilib, rasadxonaning XVII asrda ham
mavjudligi, faqat shundan soʻng qarovsiz qolgani tufayli buzilgani ta’kidlangan.
Koʻrinadiki, Mirzo Ulug’bek qurdirgan rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning
hech qanday aloqasi yoʻq.

Ulugʻbek madrasasi qurilishi tugallangach, XV asr musulmon Sharqidagi eng

nufuzli universitetlardan biriga aylandi. Rivoyatlarga koʻra, bu yerda mashhur
shoir, olim va faylasuf Abdurahmon Jomiy tahsil olgan. Madrasa tinglovchilari
orasida naqshbandiya tariqatining shayxi Xoja Ahror va shoir Alisher Navoiy
ham boʻlgan. Taʼlim muassasasida matematika, geometriya, mantiq, tabiiy fanlar,
ilohiyot, falsafa boʻyicha maʼruzalar oʻqilgan. Ularni Qozizoda Rumiy, Jamshid
Gʻiyosiddin Al-Koshiy, Al-Qushchi kabi mashhur olimlar, shuningdek,
Ulugʻbekning oʻzi oʻqigan.

Xo‘ja Ahror Valiy yoshlik davrida Ulug‘bek madrasasida ta’lim olganligi

haqida manbalarda ma’lumotlar mavjud. U bu yerda diniy va dunyoviy
bilimlarni o‘rgangan, ayniqsa Qur’on, hadis, fiqh va mantiq fanlariga chuqur
qiziqish bildirgan. Xo‘ja Ahror Samarqandga kelib, o‘sha davrning eng nufuzli
ta’lim maskanlaridan biri bo‘lgan Ulug‘bek madrasasida ta’lim olgan. Bu
madrasa faqat diniy bilimlar bilan cheklanmay, matematika, astronomiya, falsafa
va boshqa ilmiy fanlarni ham o‘rgatganligi bilan mashhur edi. Yosh Xo‘ja Ahror
ilmiy izlanishlarga qiziqqan va bu davrda tasavvufga ham alohida e'tibor
qaratgan. Xo‘ja Ahror Ulug‘bek madrasasida o‘qigan davrida mashhur
olimlardan ta’lim olgan. Bu olimlar orasida Naqshbandiya tariqatining
yetakchilari va o‘sha davrning eng ilg‘or fikr sohiblari bo‘lgan. Ayniqsa, tasavvuf
va shariat ilmlari bo‘yicha ustozlaridan chuqur bilim olgani ta’kidlanadi.
Xo‘ja Ahror madrasada ta’lim olayotganda nafaqat shaxsiy bilimini oshirishga,
balki kelajakda jamiyatga xizmat qilish uchun o‘zini tayyorlashga intilgan. Bu
dargohda o‘qigan davrida uning dunyoqarashi shakllanib, Naqshbandiya
tariqatining asosiy tamoyillarini hayotida tadbiq qilishni o‘rgangan. Madrasada
o‘qish davomida Xo‘ja Ahror o‘zining ilmiy va diniy faoliyatiga asos solgan. U


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

160

ta’lim olish bilan birga, tasavvufga oid o‘z qarashlarini shakllantirib, kelajakda
xalq orasida katta e’tibor qozongan. Xo‘ja Ahror Valiyning Ulug‘bek madrasasida
o‘qiganligi uning ilmiy va ma’rifiy faoliyatining poydevorini tashkil qilgan. Bu
yerda olgan bilimlari va tarbiyasi uning Naqshbandiya tariqatidagi yetakchi
o‘rinni egallashiga, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faoliyatini muvaffaqiyatli olib
borishiga zamin yaratgan.

Adabiyotlar:

1.

Valixoʻjayev B., Xoja Ahror tarixi, T., 1994;

2.

Maʼnaviyat yulduzlari, T., 1999.

3.

Ubaydulla Uvatov, Zokirjon Kutiboyev. OʻzME, Toshkent, 2000-yil.

Библиографические ссылки

Valixoʻjayev B., Xoja Ahror tarixi, T., 1994;

Maʼnaviyat yulduzlari, T., 1999.

Ubaydulla Uvatov, Zokirjon Kutiboyev. OʻzME, Toshkent, 2000-yil.