THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
140
ABDULLA AVLONIY IJODIDA ONA VATAN VA ONA TILIGA
HURMAT MASALASINING BADIIY IFODASI
Abdumutalova Shirin Axmad qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va
adabiyoti fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14033136
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yetuk olim va pedagog Abdulla Avloniyning
yangi jadid harakatlari, pedagogik qarashlari orqali ona Vatani, ona tiliga hurmat
masalasi, ta’lim va fan sohasi hamda dars jarayoniga bir qancha o‘zgarish va
yangilanishlar olib kirgani, uning pedagogik qarashlari asosida maktab va oliy
ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida interaktivlik, faollik, o‘zaro hurmat va
tarbiya masalalariga o‘z yechimini topishi, uning pedagogik asarlarida ham
tarbiya va odob-axloq tamoyillari va ta’lim sohasiga jiddiy e’tibor berilgani, uning
pedagogik qarashlari hamda asarlaridagi tarbiya masalasi haqida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar:
Vatan, ona tili, pedagogika, odob, tarbiya, ta’lim, ko‘nikma,
tadqiqot, metodika, metod, innovatsiya.
Аннотация.
В этой статье выдающийся ученый и педагог Абдулла
Авлони внес ряд изменений и обновлений в Родину, в вопрос уважения к
родному языку, в сферу образования и науки, в процесс обучения через
новые современные действия и педагогические взгляды, основанные на его
педагогические взгляды, школьное и высшее образование. Он нашел свое
решение вопросам взаимодействия, активности, взаимного уважения и
воспитания среди учащихся учебных заведений, принципам воспитания и
этики и области образования уделялось серьезное внимание в его
педагогических трудах, обсуждаются его педагогические взгляды и
вопросы воспитания в его произведениях.
Ключевые слова:
Родина, родной язык, педагогика, манеры,
воспитание, образование, навыки, исследования, методология, метод,
новаторство.
Annotation.
In this article, the outstanding scientist and teacher Abdulla
Avloni made a number of changes and updates to the Motherland, to the issue of
respect for the native language, to the field of education and science, to the
learning process through new modern actions and pedagogical views based on his
pedagogical views, school and higher education. education. He found his solution
to the issues of interaction, activity, mutual respect and education among students
of educational institutions, the principles of education and ethics and the field of
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
141
education were given serious attention in his pedagogical works, his pedagogical
views and issues of education are discussed in his works.
Key words:
Homeland, native language, pedagogy, manners, upbringing,
education, skills, research, methodology, method, innovation.
Har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma’naviyatini
yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o‘zida badiiy aks ettirgan tarixiy
badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O‘zbek adabiyoti bunday
asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning
maktab uchun yaratgan to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she`rlar”
hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”,
“Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir
tadqiqot uchun manba bo'la oladi. Ayniqsa, uning ilk savod chiqarishda bilim va
tushunchalarni bolalar ongiga sodda va tushunarli yetkazishi alohida e’tiborni
tortadi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o‘qib chiqish va unda ilk
darslikka xos tuzilmani, g‘oyaviy to‘liqlikni, kitoblardagi o‘ziga xos
xususiyatlarni o‘rganib chiqish zarur.
O‘zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga
“Pedagogiya”, ya'ni bola tarbiyasining fanidir, deb ta'rif berdi. Tabiiy bunday
ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla
Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1.
“Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Axloq
tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. “Tarbiyaning
zamoni” bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani:
ota - ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi.
“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo
saodat-yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas,
milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli
bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya
zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U
bir qancha bosqichdan - uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil
topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq
bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida
g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida ona Vatan tuyg‘usi, ona tili, aql
va ilmning yuksak darajada ulug`lanishi bevosita insonni ulug`lash bilan uzviy
bog`lanadi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
142
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo‘lish
uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i
insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va
o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”. Abdulla Avloniy badan
tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa,
bolani fikr tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida
e'tibor beradi. “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi ma'rifatparvarlik g‘oyalarini
targ‘ib qiladi.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston...» asarida «Vatanni suymak»
degan bob bor. Unda yosh qalblarda o`z Vatani Turkistonga nisbatan
muhabbat tuyg`ularini mavjga keltiruvchi shunday misralar bor: Vatan, Vatan
deya jonim tanimdan o`lsa ravon, Banga na qam, qolur avlodima o`z Vatanim.
G’ubora do`nsa qamim yo`q vujud zeri vahm, Choraki, o`z Vatanim xokidur go`ru
kafanim. Tuqib o`san yerim ushbu Vatan vujudim xok, O`lursa aslina roje`
bo`lurmi man g`amnok.
Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojei
ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to`la his qilib,
«Vatanni suymak» bobi o`qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini
ham fido qilishi kerak, degan qoya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish
qiyin emas. Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda
kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina
sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi
avlodlarga to`lato`kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud.
Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan
munosabatda bo`ladi. «Turkiy guliston yohud axloq» asaridan bir kichik bob
«hifzi lison» («Tilni muhofaza qilish») deb ataladi. hamma vaqt, hamma
jamiyatda millatning mavjudligini, e`tiborini belgilovchi ko`zgusi uning tili va
adabiyotidir. Ulug` san`atkor shoir Abdulhamid Cho`lpon «Adabiyot o`lsa, millat
o`lur» deb yozdi. «Adabiyot nadur?» maqolasida. har bir inson, birinchi
navbatda, o`z ona tilini mukammal bilishi, tilining ravnaqi, sofligi uchun
kurashishi kerak. Asar muallifi o`rinsiz o`zga til so`zlarini qo`shib, «moshkichiri»
kabi aralash-quralash ishlatishga keskin qarshi chiqadi.
Avloniynnig ona tiliga bunday qarashlari hozirgi kunimizda ham har
gapiga, albatta, 2-3 o`rischa so`zni qo`shib gapiruvchi yoki o`ris tilini durustroq
bilmasa-da, o`rischa gapirishni madaniyat belgisi deb, biluvchi ba`zi bir
yoshlarimizga nafaqat yoshlarimizga taalluqlidir: «har bir millatnnig dunyoda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
143
borlig`in ko`rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmay
millatning ruhini yo`qotmakdur. hayhot!
Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursin kundan-kun
unutmak va yo`qotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulagani
kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishdurmakdadurmiz. Durust, bizlarga
hukumatimiz bo`lg`on rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non
kabi kerakli narsadur. Lekin o`z yerinda ishlatmak va so`zlamak lozimdur. Ziqir
yoqi solub, moshkichiri kabi qilub aralash-quralash qilmak tilnnig ruhini
buzadur». Shuning uchun ham Abdulla Avloniynnig ona tiliga nisbatan buyuk
muhabbat bilan aytgan so`zlari to`g`ridan to`g`ri o`sib kelayotgan yosh (hatto
hozirgi) avlodlarga qaratilgan edi:
Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, rahmonim.
Tug`dig`im kundan aylading ulfat,
O`lgunimcha ayilma, ey jonim.
Menga ilmu adab san o`rgatding,
Chin adib, muallim ilonim.
Millatning ruhini ko`targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.
Abdulla Avloniy atoqli metodist olim sifatida «Turkiy guliston...» asarida
o`quvchilarning oqzaki nutqini o`stirish masalasiga, voizlik (notiqlik) san’atini
egallashga alohida e`tibor qaratadi. Muallif fikricha, har bir o`quvchi ona tilida
o`z fikrini aniq, ta`sirchan, shu bilan birga, chiroyli bayon qilish qobiliyatiga ega
bo`lishi kerak. Buning uchun esa o`quvchi olna tilining nozik, go`zal jihatlarini
puxta egallagan bo`lishi kerak: «Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar
xususiy oqiz orasidagi tilni (og`zaki nutqni U. D.) ham saqlamak lozimdur.
Chunki so`z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o`lchab
ko`rsatadurgon tarozisidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm
va quvvatini, qadr va qiymatini so`zlagan so`zidan bilurlar. «Quruq so`z quloqqa
yoqmas», - demishlar».
Xulosa qilib aytganda, ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy ijodida Vatan
tuyg‘usi, ona tiliga hurmat, ta’lim-tarbiyaning barcha muhim jabhalari haqida
keng mushohada yuritadi. Uning asarlari o‘zbek xalqining ruhiyati, turmush
tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog‘langanki, shu jihatdan uning boy
adabiy pedagogik merosi milliy pedagogika taraqqiyotida qimmatbaho manba
bo‘lib xizmat qiladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
144
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdulla Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq. –Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992.-
160-b;
2. Abdulahatov N., Abubakirova O. “Allomalar to‘g‘risidagi asotirlar” F.: 2012;
3. Barakayev R. “Abdulla Avloniy va bolalar adabiyoti”. T.:Fan, 2004;
4. Xo‘jayeva D. Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya xususidagi qarashlari//Til va
adabiyot ta’limi, 2003, 3-son.-B.71.
5. Kadirova M., The need for improving the methodology of teaching folklore in
distance learning. current research journal of philological sciences, 2022, 3(03),
1–THE NEED FOR IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING FOLKLORE
IN DISTANCE LEARNING | CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL
SCIENCES (inlibrary.uz)
6. Kadirova M.N. Improvement Of Students' Competences on Folklore Genres in
Distance
Learning
Environment.
https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/410
7. Kadirova M.N.. The need for improving the methodology of teaching folklore.
International scientific-online conference: Intellectual education Netherlands.
https://staff.tiiame.uz/storage/users/829/articles/nyOCfZLWmrPLJiMMJmugx
LcoqGUmIvB9cP2PPxaq.pdf