Авторы

  • Dildorabegim Najmiddinova
    Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va manbashunoslik fakulteti 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51238

Ключевые слова:

Huvaydo bayoz g’azal fors-tojik so’zlari

Аннотация

Ushbu maqola orqali Huvaydoning fors-tojik tiliga xos bo’lgan bejirim so’zlardan qanday foydalllanganligi, ushbu so’zlarning go’zal ma’nolariga to’xtalib o’tamiz. Huvaydoning lirikasi, uning g’azallari va oshiqona baytlari orqali bilmagan narsalarimizni bilib olamiz.    


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

132

“BAYOZI YANGI” TO’PLAMIDAGI HUVAYDO G‘AZALLARIDA FORS-

TOJIK SO‘ZLARNING QO’LLANILISHI

Najmiddinova Dildorabegim Otabek qizi

Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti

universiteti Matnshunoslik va manbashunoslik

fakulteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928483

Annotatsiya

: Ushbu maqola orqali Huvaydoning fors-tojik tiliga xos

bo’lgan bejirim so’zlardan qanday foydalllanganligi, ushbu so’zlarning go’zal
ma’nolariga to’xtalib o’tamiz. Huvaydoning lirikasi, uning g’azallari va oshiqona
baytlari orqali bilmagan narsalarimizni bilib olamiz.

Annotation:

Through this article, we will focus on how Huwaydo used the

beautiful words typical of the Persian-Tajik language, and the beautiful
meanings of these words. Through Huvaydo's lyrics, his ghazals and love verses,
we can learn what we don't know.

Kalit so’zlar

: Huvaydo, bayoz, g’azal, fors-tojik so’zlari

Gulshan tomonidan yozilan “Bayozi yangi” deb ataluvhci to’plamda ko’pgina
g’azallar keltirilgan bo’lib. ular har xil mavzularda va bir nnecha xil shakllarda
yozilgan. G’azallarda esa eski turkiy, fors-tojik, arab tiliga xos so’zlarni ham
uchratishimiz mumkin. Ushbu g’azallar Muqimiy, Navoiy, Furqat, Huvaydo,
Xironiy, Samarqandiy kabi bir necha shoirlarga tegishli. Ulardan Huvaydo
g’azaliga to’xtalib o’tishni joiz deb topdim.

Huvaydo o’z zamonasining ilg’or fikrli farzandi, mutaffakiri sifatida jamiyatda

duch kelgan muammolarni oqilona hal etishga, buning uchun tasavvuf va islim
dinining barcha imoniyatlaridan foydalanishga harakat qildi. U xuddi xoziq tabib
simgari ish ko;’rdi: zamondoshlarini allohning yo’liga, ya’ni tasavvuf yo’liga
kirishga dav’at etishdan oldin o’zining bu yo’lga kirishdagi iztirob, ikkilanish ,
mashaqqat va uqubatlarini ro’y rost bayon etdi.
“Bayozi yangi” to‘lamini ko‘rib chiqar ekanman, unda keltirilgan Huvaydoning
g‘azallari o‘zining jiloligi va go‘zal ohangdorligi bilan o‘ziga rom etdi. Gulshan
ham o‘zining ushbu to’plamini aynan Huvaydoning g’azallari bilan boshlagani
esa so‘zimning yaqqol isboti…

Beadad mandin duo ey chori yor bo safo

Manga bakru amr ashmon ayon Murtazo

افصاب رای یراچ یااعد نیدنم ددعیب
یضترم نامسع رمع ورکبوب اکزیس


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

133

Ushbu baytda

“chori yor”, “bosafo”, “ashmon”, “murtazo”

kabi so‘zlar fors-

tojik tiliga xos bo‘lib, chori yor – do stim, bosafo – sahar tong. ashmon –
xafachilik, murtazo – ko‘ngil to‘q degan ma’nolarda kelgan. Ya’ni, sahar tongda
duo qilish mandandir do‘stim, mandan ko‘ngiling har na to‘q bo‘lsin degan
ma’no baytda keltirilgan.
Sadqa halosim birla ey ol ashobi Rasul
Ruhingizga qo’l ochib shomu sahar aylay duo
Baytda keltirilgan

“shom” “sahar”

so‘zlari ham fors-tojik tiliga oid bo‘lib,

shom-kechqurun sahar – tong, yorug‘lik yoyilgan vaqt demakdir.

Torta ohir javr mehnat ushbu foniy dunyoda
Ummat ersang bo’lg’il emdi yayra, ey Mustafo

ادایند ئناف وبشوا تنحم روج ریحا اترات

افتصم لو اریی یدمیا لیغلوب کنسرا تمو

“foniy”

forscha so‘z bo‘lib, o‘tar-ketar degan ma’nolarga ega. Butun hayoti va

faoliyati davomida naqshbandiya g’oyalariga amal qildi. Qur’oni Karim
g’oyalarini targ’ib etishda so’z san’atining butun imkoniyatlaridan mohirlik bilan
foydalandi. Bu bilan o‘zbek mumtoz adabiyoti ravnaqiga, tasavvuf g‘oyalararini
ijodiy rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdi.

Birisi sodiqu etiqocd avjida badrisar
Birisi adlu-adolat burjida shamsu famo


Baytdagi qo‘llangan

“badrisar” “shamsu famo”

so‘zlar ma’nosi naqadar

go‘zal, naqadar nozik. Uning ma’nosi baytga yanada ham ko‘rk baxsh etgan.
Badrisar- to‘linoy, shamsu famo – quyosh misoli daho. Huvoydo fors-tojik tiliga
oid shirin va xushzabon so‘zlarni qo‘llab, g’azallarni yanada ham bejirim qiladi.


Birisi hilum hayo oqimida bahri hayo
Birisi lutfu karam o‘zagida koni saxo

“Bahri hayo”

“koni saxo”

kabi o‘xshatishlar noyobligi esa baytga qo‘shimcha

urg’u baxsh etgan. Bahri hayo- ibosi dengiz misoli, koni saxo –saxovatga boy.
Saxo so‘zi “saxovat” so‘zining qisqartmasi.

Nuri chashm haydar karrorni zolim burid
Qip-qizil qong’a bo‘yab qildir shahid balo


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

134


Ey Huvaydo oshiq eli ushbu suzni erdilar
Sabrin bolboladur ziyon bolqazo
Huvaydo devoniga kirgan g’azallarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u arab va
forsiy tillarda bitilgan Payg‘ambarlar tarixini, islom dini tarixini, payg’ambar
Muhammad alayhissalom hayotini chuqur bilgan. Ko‘rib turganingizdek o‘z
g‘azallarida

islom

tasavvufi

buyuk

shaxslarning

ilg‘or

g‘oyalarini

uyg‘unlashtirishga,zamondoshlari qalbiga ilohiy ishqni kuchaytirishga harakar
qilgan. Baytda

“nuri chashm”

so‘zi ko‘zimning nuri,

“bolbola”

ustiga ustak

degan ma’nolarni anglatadi.
Huvaydo yerdagi hayotdan uzilib, samoviy xayolot olamida, mistik olamda
yashamadi, dunyoviylik va ilohiylikni bir-biriga qarshi qo‘ymadi, balki
zamondoshlarini bu dunyo noz ne’matlaridan yuz o‘girmaslikka, ko‘z yumib
ochguncha o‘tib ketadigan qadrli umrni qadrlashga chaqiradi.
“Bayozi yangi” to‘plamining aynan Huvaydo g‘azallari bilan boshlanishi bejizga
emas. Uning fors-tojik tiliga xos bejirim jumlalari, ulug‘ shaxslarni tilga olishi
to‘plamni yanada boyitdi. Va, albatta, biz bilmagan go‘zal jumlalar bilan g‘azal
ko‘rkiga ko‘rk bag’ishladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Gulshan. “Bayozi yangi”

2.

P. Kattayev . “Tasavvuf namoyondalari” maqola

3.

A.Abdullayev . “Tasavvuf va uning namoyondalari”.

4.

https:// ziyo.uz

5.

https://kh-davron.uz

6.

https://slibrary.uz

7.

Farxang elektronny fors-tojik lug’ati

Библиографические ссылки

Gulshan. “Bayozi yangi”

P. Kattayev . “Tasavvuf namoyondalari” maqola

A.Abdullayev . “Tasavvuf va uning namoyondalari”.

https:// ziyo.uz

Farxang elektronny fors-tojik lug’ati