Авторы

  • Axmed Primbetov
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti stajyor o’qituvchisi
  • Dauletbay O'teniyazov
    SPETSMONTAJ" xususiy korxonada Geodezik ishlar bo'yicha muhandis

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51259

Аннотация

Insoniyat paydo bo‘lishi bilan mulk tushunchasi ilk bor qanday- dir buyum degan tasavvur sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, hozirda uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida turli qarashlar va bilimlar tizimi shakllangan. Zero hozirgi zamonda mulkni mazmunan qandaydir buyumga tenglashtirish - bu mulkning soddalashtirilgan ifodasidir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

42

BAHOLASH OBYEKTLAR

Primbetov Axmed Maxsetbay uli

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti stajyor o’qituvchisi

O'teniyazov Dauletbay Orinbay uli

SPETSMONTAJ" xususiy korxonada Geodezik ishlar bo'yicha muhandis

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789654

Insoniyat paydo bo‘lishi bilan mulk tushunchasi ilk bor qanday- dir buyum

degan tasavvur sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, hozirda uning mazmun-mohiyati
to‘g‘risida turli qarashlar va bilimlar tizimi shakllangan. Zero hozirgi zamonda
mulkni mazmunan qandaydir buyumga tenglashtirish - bu mulkning
soddalashtirilgan ifodasidir.

Bunda mulkchilik shakllari (davlat, xususiy, jamoa mulki shakllari),

asosan, quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ijtimoiy, siyosiy va huquqiy
jarayonlar, inson mehnati, biznes faoliyat, xususiylashtirish va milliylashtirish
(natsionalizatsiya).

Fikrimizcha, mulkning hozirgi zamon ifodasi - bu uni ijtimoiy ishlab

chiqarish jarayonida va undagi mulkiy munosabat- larda ma’lum atributlarga
ega bo‘lgan alohida substansiya deb qa- rashdir. Bunda o‘z-o‘zidan bunday
substansiyani o‘rganishga mos ravishda ixtisoslashgan mulk nazariyasi
to‘g‘risidagi ilmiy g‘oya tabiiydir.

Shunday qilib, mulk nazariyasi o‘ziga xos instrumentariyga (terminologik

apparatga), maqsad va vazifalarga, obyekti va pred- metiga hamda bilimlar
tizimi va metodologiyasiga ega. Chunki bunda mulk iqtisodiy mazmunga,
yuridik konstruksiya va huquqiy bazaga, turli parametrlarga, axborot
(informatsion) ta’minotga ega va mulkdori rasmiylashtirilgan substansiyadir.

Yuqoridagi fikrlarga asosan aytish mumkinki, mulk nazariyasi o‘z ichiga

bir-biri bilan uzviy bog‘langan mulkiy naf (qiymat, narx, daromad, foyda, foiz
stavkasi, kurs, indeks va shu kabi boshqalar asosida shakllanuvchi va
baholanuvchi iqtisodiy manfaat) naza- riyasini, mulk huquqi (mulkiy huquq)
nazariyasini, mulkning informatsion substansiya shaklidagi (axborot
ta’minotiga asoslangan) nazariyasini oladi.

Mulk kapital (ne’mat, boylik) sifatida ikkita xosiyatga - qiymat (agar

ikkilamchi bozorda sotib olingan, masalan, qimmatli qog‘oz bo‘lsa narx) va
foydaga ega.

Mulk tovar sifatida ikkita xosiyatga - iste’mol qiymati va narxi

(iste’molning barqaror davomiy obyektiv narxi, bozor qiymati ba- hosiga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

43

asoslangan boshlang‘ich (bozorning tovar uchun belgilagan start) narxi

1

turlari)

hamda qiymatga va narxga ega.

Mulk shaxsiy, xususiy, davlat, munitsipal, tijoriy-jamoa (birga- likdagi yoki

sherikchilikka asoslangan), ijtimoiy-jamoa (partiya va siyosiy harakatlarga,
diniy tashkilotlarga, nodavlat va notijorat tashkilotlarga, jumladan, xayriya
fondlariga, tegishli) shakllarda bo‘lishi mumkin. Bunda umumiy mulk bo‘linmas
va bo‘linuvchi bo‘lishi mumkin.

Xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan

foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk
mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni
qo‘llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat hi-

moyasidadir. Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, koopera- tivlar,
jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa
yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining sub- yektlari hisoblanadilar. Mulkdor
o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum
etilishi mumkin.

Tijorat-jamoa shaklidagi mulkchilik turlicha yo‘llar bilan shakl- lanishi

mumkin: faqat xususiy mulklar (jumladan mulkiy huquq- lar, shaxsiy nomulkiy
huquqlar) birikmasi yoki faqat davlat mulki yoxud davlat (jumladan munitsipal)
va xususiy mulklar birikmasi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
83-moddasi 1-qis- miga asosan mol-mulklar fuqarolik huquqlarining obyekti
sifatida mulklar va ko‘char mulklarga bo‘linadi. Mol-mulkning yer bilan o‘zaro
mustahkam va yuridik jihatdan uzviy bog‘langan, o‘zining maqsadli foydalanish
vazifasiga va ahamiyatiga putur yetkazmas- dan turib boshqa joyga
ko‘chirishning imkoni bo‘lmagan yoki qo- nun bilan shunday toifadagi mulklar
qatoriga kiritilgan turlari mulk hisoblanadi.

Baholash tamoyillarining ikkinchi guruhi mulkdan foydalanish bilan

shartlangan va ishlab chiqaruvchilarning tasavvurlariga bog‘liq.

Har qanday iqtisodiy faoliyatning daromadliligi ishlab chiqarishning

to‘rtta omili bilan belgilanadi: yer, ishchi kuchi, sarmoya va boshqaruv.
Mulkning daromadliligi - bu barcha to‘rt omil harakatining natijasidir, shuning
uchun tizim sifatida mulkning qiymati daromadni baholash asosida aniqlanadi.
Mulkni baholash uchun har bir omilning undan olinadigan daromadning
shakllanishiga qo‘shgan hissasini bilish zarur. Bundan ulush tamoyili kelib
chiqadi, u quyidagidan iborat: mulkiy majmua tizimiga har qanday qo‘shimcha

1

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167- va 168-moddalariga ko‘ra, mulk xususiy va ommaviy shakllarda bo‘ladi. Bunda

fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqi subyektlaridir.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

44

aktivning qo‘shilishi, agar olinadigan ko‘chmas mulk qiymatining o‘sishi uni
xarid qilish xarajatlaridan yuqori bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqdir.

Yer uchastkasining ortiqcha unumdorligi menejment, ishchi kuchi va

sarmoyadan foydalanish xarajatlari to‘langanidan so‘ng qolgan sof daromad
sifatida aniqlanadi. Bu qoldiq unumdorlik tamoyilidir.

Ishlab chiqarishning u yoki bu omili o‘zgarishi obyekt qiymatini oshirishi

yoki kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy nazariyaning ushbu qoidasidan mulkni
baholashning yana bir tamoyili kelib chiqadi, uning mazmuni quyidagicha:
ishlab chiqarishning asosiy omillariga resurslarning qo‘shilib borishi bilan sof
natija (daromad) xarajat o‘sishi sur’atlaridan tezroq osha boshlaydi, biroq
ma’lum bir nuqtaga yetgandan keyin, sof natija sekin sur’atlar bilan o‘sadi. Bu
sekinlik qiymatning o‘sishi qo‘shilgan resurslarning xarajatlaridan kamroq
bo‘lmagunga qadar davom etadi. Mazkur tamoyil eng yuqori daromad
nazariyasiga asoslanadi va yuqori unumdorlik tamoyili deb nomlanadi.

Demak, mulkiy majmuaning qiymatini baholashda muvozanatlashganlik
(mutanosiblik) tamoyilini hisobga olish zarur, unga ko‘ra ko‘chmas mulkdan eng
yuqori daromadni ishlab chiqarish omillarining optimal nisbatlariga rioya qilish
orqali olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O‘zbekiston , 2014. - 46 b.
2. O‘zbekiston Respublikasnni yanada rivojlantirish buyicha xarakatlar
strategiyasi tugrisida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli
Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuni
(19.08.1999 y. №811-1).
4.O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuniga
Uzgartirish va kushimchalar kiritish tugrisidagi O‘zbekiston Respublikasining
konuni (09.04.2009 y. № ZRU-208).
5.O‘zbekiston Respublikasi mulkni baxolash midpiy standarti. (MBMS №1)
“Baxolash tamoyillari va umumiy tushunchalar” O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2006 yil 24 iyulda 1604-son bilan ruyxatga olingan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki kumitasining 2006 yil 14 iyundagi
01/19-19-son karori bilan tasdiklangan
6.O‘zbekiston Respublikasi mulkni baxolash milliy standarti. (MBMS №2)
“Bozor baxosi baxolash bazasi sifatida” O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida 2006 yil 24 iyulda 1605-son bilan ruyxatga olingan O‘zbekiston


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

45

Respublikasi Davlat mulki kumitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-20-son
karori bilan tasdiklangan

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - T.: O‘zbekiston , 2014. - 46 b.

O‘zbekiston Respublikasnni yanada rivojlantirish buyicha xarakatlar strategiyasi tugrisida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.

O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuni (19.08.1999 y. №811-1).

O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuniga Uzgartirish va kushimchalar kiritish tugrisidagi O‘zbekiston Respublikasining konuni (09.04.2009 y. № ZRU-208).

O‘zbekiston Respublikasi mulkni baxolash midpiy standarti. (MBMS №1) “Baxolash tamoyillari va umumiy tushunchalar” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 24 iyulda 1604-son bilan ruyxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki kumitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-19-son karori bilan tasdiklangan

O‘zbekiston Respublikasi mulkni baxolash milliy standarti. (MBMS №2) “Bozor baxosi baxolash bazasi sifatida” O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 24 iyulda 1605-son bilan ruyxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki kumitasining 2006 yil 14 iyundagi 01/19-20-son karori bilan tasdiklangan