Авторы

  • Aziza Umurzakova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51272

Ключевые слова:

negativlik kategoriyasi mononegativlik polonegativlik inkor yuklamasi yordamchi fe’llar bo’lishlilik bo’lishsizlik.

Аннотация

Ushbu  maqola  Ingliz  va  o’zbek  tillarida  negativlik kategoriyasini  va  ularning  o’xshashlik  va  farqli  tomonlarini  ochib  berishga  bag'ishlangan. Muallif ingliz va o’zbek tillarida qiyosida negativlikni ifodalovchi kategoriyalarni    aniqlaydi  va  unga  yana  bir  qancha  misollar  keltiradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

32

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA NEGATIVLIK KATEGORIYASINING

IFODALANISHI

Aziza Umurzakova

https://doi.org/10.5281/zenodo.13772585

Annotatsiya:

Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida negativlik kategoriyasini va

ularning o’xshashlik va farqli tomonlarini ochib berishga bag'ishlangan.
Muallif ingliz va o’zbek tillarida qiyosida negativlikni ifodalovchi kategoriyalarni
aniqlaydi va unga yana bir qancha misollar keltiradi.

Kalit so’zlar: negativlik kategoriyasi, mononegativlik, polonegativlik,

inkor yuklamasi, yordamchi fe’llar, bo’lishlilik, bo’lishsizlik.

Annotation:

This article is dedicated to the categories of negativity in English and Uzbek

and their similarities and differences. The author identifies the categories of
negativity in English and Uzbek and gives a few more examples.

Key words: category of negation, mononegation, polynegation,

auxiliaries verbs, positive, negative

O'zbek va ingliz tillarida negativlik kategoriyasi qanday ishlashini

tushunish, tilshunoslik va tilni o'rganish jarayonida muhim bo'lishi mumkin.
Quyida ingliz va o'zbek tillarida negativlik kategoriyasining ba'zi xususiyatlari
keltirilgan:

Ingliz Tilida Negativlik Kategoriyasi

Ingliz tilida negativlik kategoriyasini tadqiq qilish bo’yicha olibborilgan

tadqiqotlar natijasida mazkur tilda negativlik kategoriyasiningifodalanish
usullari aniqlangan.Hozirgi zamoy ingliz tilida bo’lishsizlik tushunchasi
suffikslar, prefikslar, inkor olmoshlari va ravishlari orqali ifodalanadi

Ingliz tilida negativlik asosan quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
1. Negativ Kesimlar (Negative Verbs):
-

"Not" qo'shimchasi

: negativlikning ifodalanishida eng maxsuldor usul

inkor yuklama“not” gaplarda kesim o’rnida kelgan fe’l, ot, sifat, son kabilardan
oldinyordamchi yoki bog’lama fe’llarga qo’shilishi bilan ifodalanadi. Masalan:

- I am

not

going to the party. (Men partiyaga bormayapman.)

- She does

not

like broccoli. (U brokkolini yoqtirmaydi.)

2. Negative Pronouns: No, none, nodiv, nothing, nowhere: Masalan:
- There is

no

milk in the fridge. (Hovuzda sut yo'q.)

-

Nodiv

was at the meeting. (Uchrashuvda hech kim bo'lmagan.)

3. Affikslar yordamida: Masalan:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

33

dress-undress, aircraft-antiaircraft, revolution-counterrevolution, direct-

indirect, possible-impossible, rational-irrational, legal-illegal va boshqalar.

4. Bo’lishsizlikni ifodalovchi ravishlar: never, hardly,scarecely, hardly

ever, scarecely ever, seldom

It

scarecely

snows in southern parts of Africa. (Afrikaning janubiy

qismlarida kamdan kam qor yog’adi)

O'zbek Tilida Negativlik Kategoriyasi

O'zbek tilida negativlik quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
1. Bo’lishsizlik qo'shimchasi:
- Fe'lning negativ shaklini yaratishda ishlatiladi. Masalan:
- Men boraman. → Men bormayman.
- U sevadi. → U sevmaydi
Bu borada qayd etish joizki, bo’lishsizlikni ifodalovchi affiks mustaqil va

ko’makchi fe’llarda bir vaqtning o’zida qo’shilib ishlatilganda tasdiq
yokibo’lishli ma’noni ifodalaydi:aytmay qo’ymadi-aytib qo’ydi;bilmay qolmadi-
bilib qoldi.

2. Emas so’zi yordamida
- Bu kitob qiziqarli

emas .

- Men doktor

emasman.

3. Inkor olmoshlari va ravishlari Hech kim, hech narsa, hech qayer:

Masalan:

- Hech kim kelmagan.
- Hech narsa yo'q.
Bu birikmalardan tashqari hech bo’lishsizlik olmoshi vaqt, mahal

kabiso’zlar bilan birikib, negativlik ma’nosini temporallik ma’nosini, hechbir —
substansialik, hech qayer -lokativlik kabi ma’nolarni ifodalaydi.Hamda hech
inkor olmoshi kimsa so’zi bilan birikib, shaxsga nisbatan negativlikni
ifodalaydi.O’zbek tilida negativlik ma’nosini ifodalovchi elementlarningingliz
tilidan farqi shundaki, o’zbek tili gap qurilmalarida bir nechta bo’lishsizlik
elementlari ishlatilganligining guvohi bo’lamiz, lekin ingliz tilida bunday holat
uchramaydi:

Hech kim hech qachon hech narsani bilmaydi
4. Hozirgi zamon o’zbek tilida bo’lishsizlik kategoriyasi yuqorida qayd

etilgan usullardan tashqari na, ...na bog’lovchilari yordamida hamifodalanadi:
Masalan: -- Na chigit, na makka tekis kvadrat uyasiz ekilmasin.

- U na kitob, na gazeta o’qiydi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

34

Demak, yuqorida keltirilgan bo’lishsizlik kategoriyasini

fe’llardaifodalanishiga ko’ra uch usul yordamida namoyon bo’lishini ko’rdik:
bo’lishsizlikni ifodalovchi –ma affiksi yordamida, yordamchi elemental remas
va yo’q kabilar ishtirokida beriladi. Bo’lishsizlik kategoriyasiniifodalashda kesim
o’rnida kelgan elementga -ma affiksi yordamida umumiy bo’lishsizlikni
ifodalashda uni asosiy elementdan ajratib bo’lmaydi,bunday hodisa gap
qurilmasida qisman bo’lishsizlikni ifodalovchiholatdan farqli o’laroq qardosh
bo’lmagan tillar tizimida ham xuddi shunday.

Yuqorida ta’kidlangan fikrlarni jamlab aytish mumkinki, o’zbekgaplarda

bo’lishsizlik yoki negativlik ishlatilishiga ko’ra unipolinegativ til deb hisoblasak,
ingliz tilini esa mononegativ til deyish mumkin.Ushbu dalillar guvohi sifatida
aytish mumkinki, ingliz va o’zbektillari misolida negativlik kategoriyasi gap
qurilmasida sintaktik sathdasemantik maydoni siyosiy-tipologik jihatdan
maxsus tadqiqot obyekti bo’lmagan

Adabiyotlar:

1.Андреева .В Грамматическая категорая отрицания в соврименном
английский языке Автореф.дисс... канд.филол.наук.-МоскваМГУ1974. -21 с.
2.Воситова А Жахон тилларида полинегативлик ва мононегативлик
муоммоси Филол. фан.номз.автореферати-Тошкент 2008.-22б
3. Жигадло В.Н Иванова И. П. Иофик Л.Л Соврименный английский
язык.(теоритический

курс

грамматики)-Москва:Литература

на

иннастранных языках 1956. -356 с
4. Олим Усмон . Русча не-перефиксли суз терминларини узбек тилида
ифодаланишда нo-перефиксиниг роли // узбек тили ва адабиёти.-
Тошкент, 1978.-18

Библиографические ссылки

Андреева .В Грамматическая категорая отрицания в соврименном английский языке Автореф.дисс... канд.филол.наук.-МоскваМГУ1974. -21 с.

Воситова А Жахон тилларида полинегативлик ва мононегативлик муоммоси Филол. фан.номз.автореферати-Тошкент 2008.-22б

Жигадло В.Н Иванова И. П. Иофик Л.Л Соврименный английский язык.(теоритический курс грамматики)-Москва:Литература на иннастранных языках 1956. -356 с

Олим Усмон . Русча не-перефиксли суз терминларини узбек тилида ифодаланишда нo-перефиксиниг роли // узбек тили ва адабиёти.-Тошкент, 1978.-18