Авторы

  • D.M. Buzrukova
    FarDU o‘qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51283

Ключевые слова:

individual ijtimoiylashuv qobiliyat tashabbuskor rivojlanish faoliyat rejalashtirish.

Аннотация

Maqolada shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda  eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi hamda faqat bola bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqaligina pedagog uning xarakterining xususiyatlarini  tushunishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

95

TA’LIM – TARBIYA VA PEDAGOGIK ISHLARDA INDIVIDUAL

YONDASHUV.

D.M.Buzrukova

FarDU o‘qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13922999

Annotatsiya:

Maqolada

shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini

yaratishda

eng

yaxshi

natijalarga

erishish

uchun

pedagog

tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi
kerakligi hamda faqat bola bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqaligina
pedagog uning xarakterining xususiyatlarini tushunishi mumkinligi haqida fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

individual, ijtimoiylashuv, qobiliyat, tashabbuskor,

rivojlanish, faoliyat, rejalashtirish.

Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi – ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi

bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqib, davlat o‘quv
dasturiga muvofiq bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda har
tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan
iborat. Maktabgacha ta’lim dasturi bolaning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, uning shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar ochish, kattalar va
tengdoshlari bilan hamkorlikka asoslangan tashabbuskorlik va ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. Bu esa, o‘z
navbatida, bolalarning ijtimoiylashuvi va individuallashuvining shartidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog ta’lim jarayonida har bir bolaning
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyat yuritishi lozim. Har bir
bolaning individual rivojlanish darajasini hisobga olish va tegishli faoliyatni
rejalashtirish orqali individuallashtirishga erishiladi. Bu har bir bolaga
muvafaqqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Guruhning faol faoliyat jadvalida
ham, dam olish vaqtida ham har bir bolaning ehtiyojlari hisohga olinishi shart.
Gurugdagi barcha materiallar va jihozlar, o‘quv muhiti bolalarning har birini
rivojlanishiga, ta’limni individuallashtirishga yordam beradi. Bolalar xulq-atvori
bir-biridan farq qiladi. Har kimning o‘z qiziqishi va qobiliyati bor. Shaxsni
tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga
erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini
o‘rganishi va tushunishi kerak. Bu esa pedagog oldida turgan barcha pedagogik
vazifalarning muvafaqqiyatli hal etilishini ta’minlaydi.
Individuallashtirish ikki qismga o‘zaro bog‘liq – bolaning individual
xususiyatlarini o‘rganish va tushinish hamda pedagogik individual yondashuvni


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

96

topish yoki yaratishdan iborat. Bolani har tomonlama tarbiyalashning majburiy
va zaruriy sharti uning individual sifatlarini rivojlantirishdir. Individual
yondashuv bolaning ijobiy sifatlarini mustahkamlaydi va kamchiliklarni bartaraf
etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida bola sifatining faqat kuchli tomonlariga
tayanish lozim. Individual xususiyatlarni o‘rganishda bolaning ota-onasi bilan,
uning oilasi bilan tanishish, oiladagi turmush tarzi va munosabatlarini bilish
muhim ahamiyatga ega. Individual yondashuvda bola faoliaytini va uning atrof-
olamga munosabatini hamda bola manfaatlarini hisobga olmasdan iloj yo‘q.
Chunki, faol faoliyatda shaxsiy sifatlar va xarakter rivojlanadi. Faoliyat
maqsadga muvofiq va ongli bo‘lishi kerak. Individual yondashuv pedagogdan
ko‘p sabr-toqat, turli murakkab vaziyatlar va xatti-harakatlarni tushunish
qobiliyatini talab qiladi. Barcha hollarda sababni topish kerak, u salomatlik,
temperament yoki ekologik sharoitning ta’siri bo‘lishi mumkin. Har kuni
bolaning nima uchun salbiy harakat qilishini tushunish kerak, shunda
harakatning sababini o‘rganish va unga ta’sir qilish yo‘llarini topish, unga
yondashish usulini to‘g‘ri aniqlash mumkin. Bolalarning individual
qobiliyatlarini o‘rganish, bolani tizimli kuzatish, u bilan pedagog o‘rtasida aloqa
o‘rnatishni talab qiladi. Faqat bola bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatish
orqali pedagog uning xarakterining xususiyatlarini tushunishi mumkin.
Kattalarning unga bo‘lgan qiziqishi, iliq munosabati va bolaga bo‘lgan hurmat
bolada azaldan mavjud bo‘lgan barcha yaxshiliklarni rivojlantirishga yordam
beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar bilan individual ishlash uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

-

ertalabki qabul paytida ota-onalar bilan bolaning salomatligi haqida

suhbatlashish;

-

har bir bolaga uni qiziqtiradigan narsalarni bajarish imkoniyatini berish,

tinch, ijobiy muhit yaratish va uni saqlash;

-

nonushtaga tayyorlanganda va taomlanish vaqtida e’tiborli bo‘lib,

madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga to‘liq ega bo‘lmagan bolalarga, ishtahasi yo‘q
bolalarga yordam berish;

-

tortinchoq yoki mashg‘ulotlarda qatnashmagan bolalarni umumiy guruh

mashg‘ulotlarida qatnshishlarini ta’minlash;

-

sayrga chiqish uchun kiyinish ko‘nikmasini tarbiyalash, bemor va

zaiflashgan bolalarga alohida e’tibor berish, har bir bolaning individual
xususiyatlarini hisobga olish, ularni bir-biriga yordam berishga undash;

-

har qanday faoliyatda alohida o‘rnak bo‘ladigan bolalarga imtiyoz berish;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

97

-

gapirishda qiynalayotgan bolalarga she’rlar, tez aytishlar yod oldirish;

-

kechqurun ota-onalar bilan muloqot qilish, kun davomida bolaning

faoliyati haqida gapirib berish, savollariga javob berish va turli tavsiyalar berish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari maktabgacha ta’lim maqsadlarini
amalga oshirishda asosiy rolni bajaradi, shuning uchun ularga ko‘nikmalarini
rivojlantirish va o‘z xizmatlarini taqdim qilishi uchun keng imkoniyatlar
yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

I.B.Grosheva, K.T.Olimov “Kuzatish va baholash” metodik qo‘llanma

Toshkent – 2020.
2.

N.A.Isaxodjayeva, I.B.Grosheva “Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini

individuallashtirish” metodik qo‘llanma Toshkent – 2020.
3.

D.M.Buzrukova “Tarbiyachu pedagoglarning ota-onalar bilan o‘zaro

hamkorlik munosabatlari” International scientific and practical conference
“current issues of special pedagogy and pre-school education: problems,
solutions and development prospects” april 25, 2024.
4.

D.M.Buzrukova “Tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro hurmatga

asoslangan muloqotining kalit faktorlari “ Oriental Renissance innovative,
educational, natural and social sciences. 29.04.2023

Библиографические ссылки

I.B.Grosheva, K.T.Olimov “Kuzatish va baholash” metodik qo‘llanma Toshkent – 2020.

N.A.Isaxodjayeva, I.B.Grosheva “Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish” metodik qo‘llanma Toshkent – 2020.

D.M.Buzrukova “Tarbiyachu pedagoglarning ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari” International scientific and practical conference “current issues of special pedagogy and pre-school education: problems, solutions and development prospects” april 25, 2024.

D.M.Buzrukova “Tarbiyachi va ota-onalarning o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotining kalit faktorlari “ Oriental Renissance innovative, educational, natural and social sciences. 29.04.2023