Авторы

  • Mo‘minjon Murodqulov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantl
  • Saidislom Abdukarimov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantl

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51300

Ключевые слова:

Jazo jinoyat kasb-hunar ta’lim tarbiya axloqan tuzatish axloqan tuzatish vositalari kasb-hunar tayyorgarligi.

Аннотация

Ushbu maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundan iboratki, jinoyat sodir etib ozodlikdan mahrum qilingan va jazo   muddatini o‘tayotgan mahkumlarni kasb-hunarga o‘rgatishning maqsadi, ularni jazo muddatini o‘tab chiqqanidan keyin hayotga tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlari va qayta bu yo‘lga kirmasliklari uchun mahkumlarga kasb-hunar o‘rgatish, bilimli qilib ozodlikka chiqarish asosiy vazifa bo‘lib xizmat qiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

134

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA MAHKUMLARNI UMUMIY

TA’LIM VA KASB-HUNARGA O’QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Murodqulov Mo‘minjon Mizrobjonovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantl

Abdukarimov Saidislom G‘ayrat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantl

https://doi.org/10.5281/zenodo.14138693

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundan

iboratki, jinoyat sodir etib ozodlikdan mahrum qilingan va jazo muddatini
o‘tayotgan mahkumlarni kasb-hunarga o‘rgatishning maqsadi, ularni jazo
muddatini o‘tab chiqqanidan keyin hayotga tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rinlarini
topib ketishlari va qayta bu yo‘lga kirmasliklari uchun mahkumlarga kasb-hunar
o‘rgatish, bilimli qilib ozodlikka chiqarish asosiy vazifa bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Jazo, jinoyat, kasb-hunar, ta’lim,tarbiya, axloqan tuzatish,

axloqan tuzatish vositalari, kasb-hunar tayyorgarligi.

Dunyoda jinoyatchilik profilaktikasi muammosi tobora global va dolzarb

ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, BMTning jinoyatchilikning oldini olish va odil
sudlov bo‘yicha 13-kongressida ushbu masala milliy, mintaqaviy va xalqaro
miqyosda shaxs, jamiyat va davlat hayotining eng dolzarb muammolaridan biri
ekanligi qayd etilgan. Jinoiy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash bilan bir
qatorda tayinlangan jazoni ijro etishning oqilona yo‘lga qo‘yilishi jinoyatchilikni
profilaktika qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xalqaro hamjamiyat
tomonidan barcha davlatlarda penitensiar tizimni zamonaviy tahdidlar va
talablarni inobatga olib isloh qilish zarurati mavjudligi ta’kidlanmoqda. Jinoiy
jazolarni liberallashtirish sharoitida sudlar tomonidan jinoyat sodir etgan
shaxsga sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi,
aybdorning shaxsi, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi
holatlarni inobatga olib ko‘proq jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazolar tayinlanishi, shu bilan birga jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilishi
odil sudlovning qay darajada amalga oshirilganligining bosh mezoni hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Biz “Adolat –

qonun ustuvorligida” degan tamoyil asosida mamlakatimizda qonunga hurmat,
jinoyat holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni
jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarliklarning oldini olishda alohida
e’tibor qaratiladi” deb ta’kidlab o‘tgan.

Dunyoning barcha rivojlangan davlatlarida fuqarolarning huquqlari,

erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan birga jinoyatchilikka


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

135

qarshi kurash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega
bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish hamda ushbu toifadagi
shaxslarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalarga
alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ham huquqbuzarliklar profilaktikasi va

jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan qator islohotlar
natijasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatdagi huquq-
tartibotni ta’minlashda hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada
yaxshilashga erishildi. Ushbu kompleks chora-tadbirlar Respublikadagi jazoni
ijro etish tizimida ham o‘zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Darhaqiqat,
“Hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jinoyatchilik nomaqbul ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy muhitdagina ildiz otishi mumkin”. Buning oldini
olishda albatta huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi
kurashish borasida chora-tadbirlarni aniq manzilga yo‘naltirish, ishsiz hamda
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb
etish borasida tizimli ishlarni tashkil etish muhim rol o‘ynaydi.

Yuqoridagi ijobiy ishlarning huquqiy asoslaridan biri sifatida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 - 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-
son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 14-maqsadi “Qonun
ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda ushbu
jarayonning bosh mezoni sifatida inson qadrini belgilash” deb nomlangan bo‘lib,
unda mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot
va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy
moslashuvi va jamiyatga qaytishga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini
joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi
faoliyatida vazifalarni belgilab beradi.O‘zbekiston Respublikasining ta’lim
to‘g‘risida qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalarda ta’lim tarbiya
tushunchalariga ta’rif berib o‘tilgan. “

Ta’lim

bu— ta’lim oluvchilarga chuqur

nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning
umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga,
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon” va shuningdek tarbiya
so‘ziga ham ta’rif berib o‘tilgan.

Tarbiya

— aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh

avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon”deb
keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

136

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ta’lim va kasb

tayyorgarligi

.

Ta’lim

olish

haqida

Inson

huquqlari

umumjahon

deklaratsiyasining 26-moddasida “Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega
.Ta’limning boshlang‘ich va umumiy shakli tekin bo‘lishi lozim.Boshlang‘ich
ta’lim majburiy bo‘lishi kerak”ligi haqida yozib o‘tilgan. Shuningdek, Mahkumlar
bilan muomala qilishning minimal standart qoidalarida ham “Bundan foyda
olishga qodir bo‘lgan barcha mahbuslarga kelgusida ta’lim, shu jumladan ruxsat
beriladigan mamlakatlarda diniy tarbiya olish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Savodsiz va kichik yoshdagi mahbuslarni o‘qitish majburiy hisoblanishi lozim va
qamoqxona ma’muriyati bunga alohida e’tibor qaratishi kerak. Ozod etilgan
mahbuslarni qiynalmay o‘qiy olish uchun mahbuslarni o‘qitishni imkoniyat
doirasida mamlakatning amaldagi ta’lim tizimi bilan bog‘lash lozim.”deb yozib
o‘tilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50,53-moddalarida har bir
fuqaroning ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, har kimga ilmiy va texnikaviy ijod
erkinligi kafolatlanishi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya
kodeksi ilgari amalda bo‘lgan qonunchilikdan farqli ravishda bir bobda
ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi va kasb tayyorgarligini birlashtirgan, ularni mustaqil ravishda
emas, balki mehnat munosabatlarini tartibga solish bilan birgalikda olib
qaraydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, ozodlikdan mahrum etish
muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarning ma’lum bir qismini to‘liq va
umumiy o‘rta ma’lumotga, ayrim hollarda boshlang‘ich ta’limga ega
bo‘lmaganlar tashkil etadi. Ana shu nuqtayi nazardan ozodlikdan mahrum etish
joylarida

Jinoyat-ijroiya

kodeksining

100–101-moddalariga

asosan

mahkumlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kasb
tayyorgarligi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya
kodeksining 7-moddasi 2-qismida mahkumni axloqan tuzatishning asosiy
vositalariga umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi ham kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 100-moddasiga muvofiq,
yoshi o‘ttizdan oshgan mahkumlar, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan
shaxslar xohishlariga ko‘ra ta’lim olishga jalb etiladilar. Mahkumlar kasb
tayyorgarligining asosiy maqsadi bevosita ishlab chiqarishda ularga kasb
o‘rgatishdir. Kasbga o‘rgatish mahkumlar ishlaydigan korxona faoliyatining
xususiyati, u yoki bu mutaxassislikka bo‘lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan
holda amalga oshiriladi. Ayni paytda ma’muriyat alohida mintaqalarning
ommaviy kasblarga bo‘lgan talabini hisobga olishi kerak.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

137

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Abraham, R. (198I). The relationship of cognitive style to the use of

grammatical rates by Spanish-speaking ESL students in editing written English.
Unpublished dis serration, University of Illinois.
2.

Abraham, K. (1985) Field independence-dependence and the leaching of

grammar TESOL Quarterly, 19, 689-702.
3.

Abrans, '/.. (2002) Surfing to cross-cultural awareness' Using Interne I-

mediated projects to explore cultural stereotypes. Foreign Language Annals, 35.
141-160. Acton, W, (1979). Second language learning and perception of
difference in attitude Unpublished doctoral dissertation. University of Michigan.
4.

Brown, H. Douglas (2000). Principles of language Learning Englewood

cliffs, Prentice Hall.
5.

Brown. Douglas (2001). Teaching by Principle (2 Edition) White Plains,

Addison Wesley Longman Inc.
6.

Foley, Joseph and Thompson, Linda (2003). Language learning: A lifelong

Process, London Arnold.
7.

Social and humanitarian sciences in education system.

8.

Turaeva Sh, Sahaldarova (2020) “Effective Methods of didactic”.

9.

Turaeva Sh, Yaxshibaeva N (2020)“THE IMPORTANCE OF

PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING”.
10.

Turaeva Sh, Hakimova M, Mamatqulova M (2020) “THE IMPORTANCE OF

DIDACTICS IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE IN TEXTBOOKS”
11.

Turaeva Sh, Isroilova Z (2021) “COGNITIVE FACTORS IN LANGUAGE

LEARNING:TRANSFER,INTERFERENCE, OVERGENERALIZATION”
12.

Turaeva Sh, Hakimova M, Mamatqulova M (2021) “Uzbekistan Plans to

Promote Social Work for the Welfare of Vulnerable Children and Families”.
ISSN:(E)2792-1883

https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/167

Библиографические ссылки

Abraham, R. (198I). The relationship of cognitive style to the use of grammatical rates by Spanish-speaking ESL students in editing written English. Unpublished dis serration, University of Illinois.

Abraham, K. (1985) Field independence-dependence and the leaching of grammar TESOL Quarterly, 19, 689-702.

Abrans, '/.. (2002) Surfing to cross-cultural awareness' Using Interne I-mediated projects to explore cultural stereotypes. Foreign Language Annals, 35. 141-160. Acton, W, (1979). Second language learning and perception of difference in attitude Unpublished doctoral dissertation. University of Michigan.

Brown, H. Douglas (2000). Principles of language Learning Englewood cliffs, Prentice Hall.

Brown. Douglas (2001). Teaching by Principle (2 Edition) White Plains, Addison Wesley Longman Inc.

Foley, Joseph and Thompson, Linda (2003). Language learning: A lifelong Process, London Arnold.

Social and humanitarian sciences in education system.

Turaeva Sh, Sahaldarova (2020) “Effective Methods of didactic”.

Turaeva Sh, Yaxshibaeva N (2020)“THE IMPORTANCE OF PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING”.

Turaeva Sh, Hakimova M, Mamatqulova M (2020) “THE IMPORTANCE OF DIDACTICS IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE IN TEXTBOOKS”

Turaeva Sh, Isroilova Z (2021) “COGNITIVE FACTORS IN LANGUAGE LEARNING:TRANSFER,INTERFERENCE, OVERGENERALIZATION”

Turaeva Sh, Hakimova M, Mamatqulova M (2021) “Uzbekistan Plans to Promote Social Work for the Welfare of Vulnerable Children and Families”. ISSN:(E)2792-1883 https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/167