Авторы

  • Fazliddin Qarshiyev
    Termiz davlat pedagogika instituti
  • Asilbek Omonov
    Termiz davlat pedagogika instituti, pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti 201- guruh talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.51317

Аннотация

Ushbu maqoladaUsturshona toponimi,Usturshonada hukmronlik qilgan sulolalar, uning hududlar oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy munosabatlardagi oʻrni toʻgʻrisida shuningdek dehqonchilik va hunarmandchilik, togʻ kon sanoati, xaqida qisqacha fikrlar keltirib taxlil etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

65

USTURSHONANING OʻZBEKDAVLATCHILIGIDAGI TARIXI

Qarshiyev Fazliddin

Omonov Asilbek

Termiz davlat pedagogika instituti, pedagogika va

ijtimoiy fanlar fakulteti 201- guruh talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912979

Annotasiya:

Ushbu

maqoladaUsturshona

toponimi,Usturshonada

hukmronlik qilgan sulolalar, uning hududlar oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy
munosabatlardagi

oʻrni

toʻgʻrisida

shuningdek

dehqonchilik

va

hunarmandchilik, togʻ kon sanoati, xaqida qisqacha fikrlar keltirib taxlil etilgan.
Qadimgi Xitoy manbalarida,,Tsaoʼʼ ,,Suyduyishana nomlari bilan zikir etilgan
va oʻzbek va Oʻrta Osiyo davlatchiligida va shuningdek shaharsozlik va
hunarmandchilik borasida yuksak darajadagi nafislik,va takrorlanmas haqiqiy
sanʼatni ochib beradigan isteʼdodlar makoni boʻlgan bu hududning qadimgi
davrlarda va oʻrta asrlarda oʻrta Osiyo mintaqasida oʻrni beqiyos boʻlgan buning
sababi aynan ushbu xududa iqlimning yumshoqligi, daryo va koʻplab suv
inshootlari shuningdek ularni doimiy ravishda suv bilan taʼminlab turadigan
Hisor, Zarafshon,Qurama kabi ulkan suv manbalarining mavjudligi hudud
ekotizimida aholining turmush tarzida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlgan aynan
shu ulkan suv manbalarining mavjudligi dehqonchilik, bogʻdorchilik
rivojlanishida ser suv va ser oʻt togʻlarda esa chorvachilikning ravnaq topishida
muhim ahamiyat kasb etgan.
Ushbu xudud tarixi boʻyicha eng muhim manbalarni biz Xitoy ,,Bey shiʼʼ ,,Tan
shuʼʼ,,Suy shuʼʼkabi yilnomalaridan va Szyaon szyan va Hoy chao kabi
sayyohlarning maʼlumotlaridan olishimiz mumkin, Usturshona tarixini
yoritishda Xitoy manbalarining yuksak darajada ajralib turishini biz Xitoyning
Usturshona bilan bir tarixiy muhitda rivojlanganligi va qolaversa qoʻshniligi ham
sabab boʻlgan.Usturshona tarixi xususida yana biz sugʻdiy tildagi yozilgan
manbalardan ham maʼlum olishimiz mumkin aynan ushbu manbalar
Usturshonaning ilk oʻrta asrlar tarixi boʻyicha guvohlik beraoladi lekin uning
arab bosqinigacha va undan keyingi tarixini At Tabariyning ,, Tarixi ar Rasul val
mulk ʼʼnomli asaridan shuningdek oʻrta Osiyoga sayohat qilgan Ibin Xavqal,
Istaxriy, Muqaddasiy kabilar kundaliklaridan va muallifi nomaʼlum,, Xudud ul
olamʼʼ asari ham toʻlaqonli manba sifatida koʻrsatilishi mumkin. Usturshonada
ilk oʻrta asrlar yohud Turk xoqonligi davrida hukmronlik qilgan sulolalardan biri
bu afshinlar hisoblanadi.Olimlar bu sulolaning kelib chiqishini turkiy xalqlar
bilan bogʻlaydi buning dalili sifatida esa hukmdorlarning Qorachoʻrin,Qorabugʻa


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

66

kabi nomlar bilan atalgan, shuningdek numizmatik manbalarning guvohlik
berishicha esa hukmdorlarning nomlari ,,El tabar ʼʼunvoni bilan atalgan
Usturshonaga arablar bosqini davri haqida shunday maʼlumotlar bor
arablarning oʻrta Osiyoni bosib olishga boʻlgan ilk urinishlar boshlanishi
davridan yani 651- yil marv egallanishidan boshlab to 715- yilda Fargʻona zabt
etilgunga qadar boʻlgan davr oraligʻida Usturshona hududiga 3 marta qoʻshin
tortgan birinchi yurishni Xuroson noibi Salim ibn ziyod(680-683) boshlab berdi
u Xoʻjand qalʼasiga qoʻshin tortdi uni egallagandan soʻng orqasiga qaytib ketdi va
maxsus garnizonni qoldirdi lekin mahalliy aholi arab garnizonni quvib
yubordi.Ikkinchi yurish esa Muhallab ibn sufra (697-701) boshchiligida
boshlandi u togʻ qalʼalaridan biri boʻlgan Mastchohni qamal qiladi ammo
koʻzlagan maqsadiga yetolmaydi, uchinchi yurishni Xurosonning yangi noibi
Qutayba ibn muslim (704-715) boshladi, u Usturshonaning Al afshin deb
nomlangan qalʼasiga hujum qilib uni egalladi aynan ushbu qalʼaning nomlanishi
toʻgʻrisida tarixchilar shunday deyishadi uning nomi xalifa Mutasinga9- asrning
20-30- yillarida xizmat qilgan Xaydar al afshin nomi bilan bogʻlashadi lekin
ushbu nom aynan ungamas uning ajdodiga tegishli deb aytishadi.Shuningdek
ushbu davrda arablarga qarshi qoʻzgʻalon koʻtargan Gʻurrak ham asli Afshin
sulolasidan chiqqanligi eʼtirof.Insoniyat oʻz tarixidaga juda koʻplab ixtirolarni
amalga oshirgan boʻlib ular ichida turar joy, yozuv,qogʻoz, olov va keyinchalik
ushbu ixtirolar negizida esa ishlab chiqaruvchi xoʻjalik boʻlmish dehqonchilik va
chorvachilik insoniyatning oʻz tarixidagi eng buyuk ixtirolar hisoblanadi.Bular
ichida insoniyat hayotida tub oʻzgarishlarni yasagani bu dehqonchilik
hisoblanadi, aynan ushbu dehqonchilik negizida esa urugʻ jamoalari yirik yer
egalariga aylanishdi ushbu omil orqali oʻrta Osiyo mintaqasida nafaqat oʻrta
Osiyo balki butun jahonda mulkiy tengsizlikka va urugʻ jamoalarining
tabaqalarga boʻlinishida katta ahamiyatga ega boʻldi.Aynan ushbu jarayonni
oʻrganish har bir millat tarixchilarining burchi hisoblanadi. Shu oʻrinda aytib
oʻtish kerakki Oʻzbekistonning tarixchi olimlari ham bu sohada oʻz ishlarini olib
borishgan

masalan:Andryanov(1969-

yil),Ya

Gʻulomov(1957-

yıl),A.Muhammadjonov (1978- yıl),Groshyev (1997- yil), Latinin (1956-
yil),Bilolov(1980- yillar) ning ilmiy tadqiqot ishlari aynan Zarafshon va
Usturshonaning qishloq xoʻjaligi tarixi, irrigatsiya tizimlari, sugʻorish yoʻllari
kabilar yoʻnalishlardagi ishlari eʼtiborga loyiqdir. Ularning natijalari sifatida esa
shularni koʻrsatish mumkinki Usturshona aholisi xoʻjaligida asosiy oʻrin tutgan
sugʻorish yoʻllaridan biri bu yerni sugʻorishdagi,,Korizʼʼ usuli hisoblanadi, bu usul
yer osti suvlarini maxsus quduq galleriyasi va ularga gorizontal ulangan yopiq


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

67

lahm orqali suvni yer yuzasiga chiqarishdir.Ushbu usul orqali asosan Jizzax
viloyatining janubi gʻarbiy choʻl hududlari sugʻorilgan. Usturshonaning quruqlik
qismi boʻlgan xoʻjand,Jizzax,soʻx kabi hududlarni sugʻorishda asosiy suv manbai
boʻlib Sangzor daryosi hizmat qilgan.Xududda togʻ kon sanoati ham yuqori
darajada rivojlangan xususan sux atrofidan simob, Oʻzgandan nashatir,Isfaradan
qora tosh yani toshkoʻmir ham qazib olingan bundan tashqari oltin, kumush,
mis, temir,qalay,asbest kabilar shuningdek Fargʻona atrofidan neftning qazib
olinganligi va mudofaa maqsadida uni koʻzaning ichiga solib portlovchi modda
sifatida palaxmon yordamida qalʼadan uloqtirishganligi toʻgʻrisida Istaxriy
guvohlik bergan.Usturshonada kulolchilik antik davrdagi kabi yuqori darajada
rivojlanmagandir

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Usturshonaning qadimgi davr davlatchilik tarixi F.E. Toshboyev

2.

Gʼarbiy turk xoqonligi davrida Usturshona A.Q.Obloqulovich.

3.

Usturshonaning ilk oʻrta asr qishloq makonlari M.X.Pardayev. J I.Gʼofurov

Библиографические ссылки

Usturshonaning qadimgi davr davlatchilik tarixi F.E. Toshboyev

Gʼarbiy turk xoqonligi davrida Usturshona A.Q.Obloqulovich.

Usturshonaning ilk oʻrta asr qishloq makonlari M.X.Pardayev. J I.Gʼofurov