QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARI HAYOTCHANLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA TIRIK VAZNGA BOG‘LIQLIGI

Annotasiya

Maqolada qoraqalpoq sur qorako`l qo`ylari hayotchanligining biologik faol moddalar bilan bog`liqligi keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
26-29
28

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Hamroqulov, B. . (2024). QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARI HAYOTCHANLIGINING BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA TIRIK VAZNGA BOG‘LIQLIGI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(20), 26–29. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51566
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada qoraqalpoq sur qorako`l qo`ylari hayotchanligining biologik faol moddalar bilan bog`liqligi keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARI HAYOTCHANLIGINING

BIOLOGIK FAOL MODDALAR VA TIRIK VAZNGA BOG‘LIQLIGI

Hamroqulov Behzod Eshtemir o‘g‘li

mustaqil tadqiqotchi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14048988

Annotatsiya.

Maqolada qoraqalpoq sur qorako`l qo`ylari hayotchanligining

biologik faol moddalar bilan bog`liqligi keltirilgan.

Kalit so‘zlar

. qorako‘l qo‘ylari, hayotchanlik, tirik vazn, reproduktiv

imkoniyat, albumin, globulin, AST.

Abstract.

The article presents the relationship between the vitality of

Karakalpak sur karakul sheep and biologically active substances.

Key words:

karakul sheeps, vitality, live weight, reproductive, albumin,

globulin, AST.

Mamlakatimiz qorako‘lchiligi rivojlanishining hozirgi bosqichi qo‘ylarning

biologik salohiyatidan foydalanib, ularning mahsuldorlik darajasini oshirish
bilan tavsiflanib, u o‘z navbatida qo‘ylarning reproduktiv imkoniyatidan
ratsional foydalanish, qo‘ylar bosh sonini jadal ko‘paytirish va mahsulot ishlab
chiqarishning sifati va miqdorini oshirishni talab etadi. Shu tufayli qo‘ylarning
reproduktiv imkoniyatidan ratsional foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Irsiylik koeffitsientining minimal ko‘rsatkichi va uning ko‘payish tomonga

og‘ishi serpushtlikning paratipik omillar hamda olib borilayotgan naslchilik
ishining tavsifi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Qorako‘lchilikda ham qo‘ylarning bosh sonini ko‘paytirishning eng muhim

omillaridan biri qo‘zilarning tug‘ilganidan to onalaridan ajratgungacha bo‘lgan
davrdagi saqlanish darajasi (hayotchanligi) bilan bog‘liq bo‘lib, bu davrdagi
qo‘zilar chiqimiga onalarining kam sutliligi, yosh qo‘zilarni saqlash va
parvarishlash texnologiyasiga rioya qilinmaslik, noqulay iqlim hamda yaylov
sharoiti va boshqa omillar sabab bo‘ladi.

Tadqiqot maqsadi.

Tadqiqotning maqsadi qorako‘l qo‘ylar reproduktiv

imkoniyatini oshirishni

hamda har xil rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylar

hayotchanligining ularning qoni tarkibidagi biologik ko‘rsatkichlari bilan
bog`liqligini o‘rganishdan iborat.

Tadqiqot materiali va metodi.

Tajriba Navoiy viloyati, Nurota tumani

“Istiqlol qorako’l naslchilik” xo‘jaligida urchitilayotgan sur rangli shamchiroq,
po`lati, o`rikgul rangbaranglikdagi va qora rangli qorako‘l qo‘ylarida o‘tkazildi.
Har xil rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylariga biologik baho berish va qon


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

tarkibidagi biologik faol moddalar, fermentlar umumiy qabul qilingan usullarda
aniqlandi. Olingan natijalar N.A. Ploxinskiy uslubi bo‘yicha biometrik tahlil
qilindi.

Tadqiqot natijalari.

Organizmda qonning muhim ahamiyati, hayvonlar

qoni tarkibidagi oqsillar konsentratsiyasini o‘rganish zarur. Oqsil to‘qima va
organlarda muhim qurilish materiali bo‘lib, organizmda immunobiologik,
katalizatorlik, transportlik, regulyatorlik vazifalari qon orqali amalga oshiriladi.

1-jadval
Tajribadagi qo‘ylar qonining biologik faol moddalar bo‘yicha nisbiy
ko‘rsatkichlari

Biologik
ko‘rsatkichlar

O`lchov
birligi

n

Tuqqan qoʻylar

Qisir qoʻylar

Umumiy oqsil

g/l

10

64,2±2,3

71,5±2,6

Albumin

g/l

10

37,8±1,3

40,5±2,0

Globulin

g/l

10

36,4±0,9

37,1±1,1

AST

ed/l

10

43,6±13,4

43,4±14,7

Olingan natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, guruhlararo qondagi

biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zaro farq borligi kuzatildi. Oqsillar va
albuminlar miqdori bo‘yicha tuqqan qorako‘l qo‘ylariga nisbatan qisir qorako‘l
qo‘ylarida ko‘proq ekanligi kuzatildi. Globulin, aspartat-aminotransferaza
miqdorlari bo‘yicha deyarli o‘zgarishlar yo‘qligi aniqlandi.

Hayvonlarning o‘sish va rivolanishida muhim omil biokimyoviy jarayonlar

intensivligi hisoblanadi, barcha o‘suvchi organizm to‘qima va organlarida kerakli
vazifalarni bajaradi. O‘sish jarayonlarida alohida yoshga oid davrlarda moddalar
almashinuvi har xil jadallikda kechadi. Qonda fermentlarning yoshiga qarab
o‘zgaruvchanligini o‘rganish natijalari hayvonlarning yoshi, kelib chiqishiga
bog‘liq.

Qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni ularning hayotchanligi, moslashuvchanligi

va mahsuldorligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Qorako‘l qo‘zilarining tug‘ilgan vaqtdagi tirik vazni ularning yashovchanligini
belgilash bilan bir vaqtda qorako‘l terilarining tovarlilik xususiyatlarini
belgilaydi. Har xil rangbaranglikdagi qoraqalpoq sur qorakoʻl qo‘zilarning tirik
vazn o‘sish ritmi

2-jadvalda mujassamlashtirilgan.




background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

2-jadval

Qoraqalpoq sur qo‘ylaridan olingan avlodlarning turli yosh davrlarida
tirik vazn dinamikasi, kg


Qo‘zilarning
rang

va

rangbarangli
gi


n

O‘sish davrlari

Tug‘ilganda

21

kunlik

yoshida

4-4,5

oylikda

(onalaridan
ajratishda)

M±m

C

v

M±m

C

v

M±m

C

v

Shamchiroq 19

4,3±0,06 8,7

8,2±0,04 8,5 25,4±0,06 4,8

Po‘lati

24

3,9±0,7

7,5

7,8±0,03 7,6 25,2±0,04 5,5

O‘rikgul

25

4,1±0,3

9,2

8,1±0,04 7,8 24,9±0,14 4,3

Qora

20

4,5±0,2

9,6

8,5±0,06 7,6 26,5±0,14 5,7

Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki tajribadagi qora rangli

qo‘zilarning tug‘ilgan davridagi tirik vazni shamchiroq, po‘lati va o‘rikgul
rangbaranglikdagi tengqurlariga nisbatan mos ravishda 0,2; 0,4 va 0,6 kg, 21
kunlik yoshida 0,3; 0,4 va 0,7 kg, 4-4,5 oylik yoshida 1,1; 1,3 va 1,6 kg yuqori
bo‘lishi aniqlandi.
Xulosa qilib shuni ta`kidlash lozimki, qo‘ylar qoni tarkibidagi biologik faol
moddalarning miqdori ko‘pligi hamda qorako‘l qo‘zilarining tug‘ilgan paytdagi
tirik vazni qancha katta bo‘lsa qo‘zilarni hayotchanligi yuqori bo`lishi bilan
xarakterlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Aripov U.X. Nauchnoe obosnovanie ispыtaniya tipov i povыsheniya

effektivnosti seleksii karakulskix oves. Avtoref. Diss. dokt. s/x. nauk. Dubrovisы,
Moskovskoy oblasti – 1990 g. s. 33.
2.

Aliev D.D. Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning

fiziologik jihatlari. Avtoref. Diss. biol. fanlari dokt. Toshkent 2021. 6-bet.
3.

Бобокулов Н. А., Хатамов А. Х. СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНЫХ ПАСТБИЩ

ПРЕДГОРНОЙ ПОЛУПУСТЫНИ И ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРОДУКТИВНОСТИ
ЖИВОТНЫХ С ИХ ЭТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОВЕДЕНЧЕСКОЙ ХАРАКТЕРИСТИКОЙ
//ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ НАУКИ В XXI
ВЕКЕ. – 2016. – С. 436.
4.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different

Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023.
– Т. 12. – С. 22-25.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

5.

Grishaeva I.N. Funksionalnaya aktivnost щitovidnoy i polovыx jelez u koz

gornoaltayskoy puxovoy porodы v techenie vosproizvoditelnogo sikla. Avtoref.
Diss. kand. biol. nauk. Moskva. 2006. s. 22.
6.

Parmanova D.M. Qorako‘lchilikda naslli qo‘zilar olish va ularni

parvarishlash xususiyatlari. Dissertatsiya. Samarqand-2020 yil. 87-95 betlar.
7.

Ploxinskiy N.A. Rukovodstvo po biometrii dlya zootexnikov. Moskva.

1969.
8.

Хатамов А. Х., Бобокулов Н. А., Попова В. В. ОПТИМИЗАЦИЯ ПРИЕМОВ

ВЫПАСА КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ КАРАКАЛПАКСКОГО СУРА РАЗНЫХ
ЭТОЛОГИЧЕСКИХ ТИПОВ //СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ
ПРИРОДНОЙ

СРЕДЫ

И

НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ

АСПЕКТЫ

РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ. – 2017. – С. 1411-1414.

Bibliografik manbalar

Aripov U.X. Nauchnoe obosnovanie ispыtaniya tipov i povыsheniya effektivnosti seleksii karakulskix oves. Avtoref. Diss. dokt. s/x. nauk. Dubrovisы, Moskovskoy oblasti – 1990 g. s. 33.

Aliev D.D. Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari. Avtoref. Diss. biol. fanlari dokt. Toshkent 2021. 6-bet.

Бобокулов Н. А., Хатамов А. Х. СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНЫХ ПАСТБИЩ ПРЕДГОРНОЙ ПОЛУПУСТЫНИ И ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРОДУКТИВНОСТИ ЖИВОТНЫХ С ИХ ЭТОЛОГИЧЕСКОЙ ПОВЕДЕНЧЕСКОЙ ХАРАКТЕРИСТИКОЙ //ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ НАУКИ В XXI ВЕКЕ. – 2016. – С. 436.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.

Grishaeva I.N. Funksionalnaya aktivnost щitovidnoy i polovыx jelez u koz gornoaltayskoy puxovoy porodы v techenie vosproizvoditelnogo sikla. Avtoref. Diss. kand. biol. nauk. Moskva. 2006. s. 22.

Parmanova D.M. Qorako‘lchilikda naslli qo‘zilar olish va ularni parvarishlash xususiyatlari. Dissertatsiya. Samarqand-2020 yil. 87-95 betlar.

Ploxinskiy N.A. Rukovodstvo po biometrii dlya zootexnikov. Moskva. 1969.

Хатамов А. Х., Бобокулов Н. А., Попова В. В. ОПТИМИЗАЦИЯ ПРИЕМОВ ВЫПАСА КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ КАРАКАЛПАКСКОГО СУРА РАЗНЫХ ЭТОЛОГИЧЕСКИХ ТИПОВ //СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ. – 2017. – С. 1411-1414.