Авторы

  • Mohidil Abdusalomova
    Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi 1-kurs magistranti Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.60543

Ключевые слова:

matematik savodxonlik kognitiv kompetensiya mantiqiy fikrlash

Аннотация

Mazkur maqola matematik savodxonlik asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda matematik savodxonlik tushunchasining nazariy asoslari va uning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, idrok, xotira, diqqat va analitik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonida innovatsion usullar, jumladan, o‘yinli yondashuv, hayotiy vaziyatlar modeli va ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

143

MATEMATIK SAVODXONLIK ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH

Abdusalomova Mohidil Sherali qizi

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(Boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi 1-kurs magistranti

Farg‘ona davlat universiteti

eshqulovamaftuna0@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14565959

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola matematik savodxonlik asosida boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga
bag‘ishlangan. Unda matematik savodxonlik tushunchasining nazariy asoslari va
uning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, idrok, xotira, diqqat va analitik
qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonida
innovatsion usullar, jumladan, o‘yinli yondashuv, hayotiy vaziyatlar modeli va
ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar

: matematik savodxonlik, kognitiv kompetensiya, mantiqiy

fikrlash

Annotation:

This article is dedicated to the development of cognitive

competencies in primary school students based on mathematical literacy. It
highlights the theoretical foundations of mathematical literacy and its role in
enhancing students' logical thinking, perception, memory, attention, and
analytical abilities. The paper also analyzes the effectiveness of innovative
methods in the educational process, including game-based approaches, real-life
situation modeling, and the use of visual aids.

Key words:

Mathematical literacy, cognitive competency, logical thinking

Аннотация:

Данная статья посвящена развитию когнитивных

компетенций учеников начальных классов на основе математической
грамотности. В ней освещены теоретические основы математической
грамотности и её роль в улучшении логического мышления, восприятия,
памяти, внимания и аналитических способностей учащихся. Также в
статье анализируется эффективность инновационных методов обучения,
включая игровые подходы, моделирование жизненных ситуаций и
использование наглядных пособий.

Ключевые слова

: Математическая грамотность, kогнитивная

компетенция, Логическое мышление


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

144

"Matematika – bu nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash va muammolarni

hal qilish san’atidir."
(Richard Courant)
XXI asr ta’limida matematik savodxonlikni rivojlantirish global ahamiyatga ega
muammolardan biriga aylandi. Bugungi kun talablari shuni ko‘rsatmoqdaki,
o‘quvchilarning matematik savodxonligi nafaqat akademik yutuqlar, balki
kundalik hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va ijodiy
fikrlashni shakllantirish uchun ham zarurdir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida matematik bilimlar o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi va
kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish uchun poydevor yaratadi.
Kognitiv kompetensiyalar idrok, xotira, diqqat, fikrlash va muammolarni hal
qilish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Bu ko‘nikmalar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining shaxsiy va akademik muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Mazkur maqola matematik savodxonlikni rivojlantirish orqali
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishga
bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu jarayonda foydalaniladigan metod va vositalarni
ko‘rib chiqadi.
Shu asnoda yana bir terminga alohida e'tibor qaratmoq darkor boʻlib, bu
matematik savodxonlik tushunchasidir. Matematik savodxonlik – bu
o‘quvchilarning matematik bilim va ko‘nikmalarini kundalik hayotdagi
vaziyatlarga qo‘llash, muammolarni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatidir.
Xalqaro PISA tadqiqoti matematik savodxonlikni real hayotda uchraydigan
matematik muammolarni tushunish, tahlil qilish va ularni hal etish qobiliyati
sifatida ta’riflaydi. Ushbu tushuncha zamonaviy ta’limning asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonini amaliyotga yaqinlashtirishga
yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limda matematik savodxonlik nafaqat o‘quv
dasturining bir qismi, balki muhim tarbiyaviy vosita sifatida qaraladi.
O‘quvchilarni matematik savodxonlikka yo‘naltirish ularda ijodiy fikrlashni,
tahliliy yondashuvni va muammoli vaziyatlarda mantiqiy qaror qabul qilishni
rivojlantiradi.
Mavzu doirasida yana bir termin kognitiv kompetensiyalar tushunchasiga
umumiy yondashadigan boʻlsak, kognitiv kompetensiyalar – bu o‘quvchilarning
aqliy faoliyatini samarali amalga oshirish qobiliyatlari bo‘lib, idrok qilish,
ma’lumotlarni eslab qolish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlarini o‘z ichiga
oladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bu kompetensiyalar o‘yinlar, interaktiv
mashg‘ulotlar va turli o‘quv jarayonlari orqali shakllanadi. Bunda esa
boshlang‘ich ta’lim kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish uchun eng samarali


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

145

davr hisoblanadi. Chunki bu bosqichda o‘quvchilarning miyasi yangi bilimlarni
o‘zlashtirishga juda moslashuvchan. Matematik savodxonlik kognitiv
jarayonlarni, jumladan:
-Mantiqiy fikrlashni (sabab va oqibatni tahlil qilish);
-Diqqat va idrokni (masalalarni aniqlash va ularga e’tibor qaratish);
-Analitik fikrlashni (muammolarni qismlarga ajratib o‘rganish) rivojlantirish
uchun asos yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyotlar tahlili:
1. Matematik savodxonlikning mohiyati va ahamiyati

UNESCO (2022) ma’lumotlariga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limda matematik
savodxonlikni shakllantirish bolalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini
rivojlantirishga asos bo‘ladi.

D. Polya (1987) o‘zining "Masalalarni yechishga o‘rgatish san’ati" asarida

matematik savodxonlikni rivojlantirishni to‘rtta bosqichga ajratadi: masalani
tushunish, reja tuzish, reja bo‘yicha ishlash va yechimni tekshirish.

2. Boshlang‘ich ta’limda kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish

Bloom taksonomiyasi (1956) kognitiv o‘sishni: bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil
qilish, baholash va yaratish bosqichlariga ajratadi. Ushbu bosqichlarni
matematik ta’limda qo‘llash samaradorlikni oshiradi.

V. Skvorcov (2018) fikriga ko‘ra, matematika kognitiv jarayonlarni

(diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash va analitik fikrlash) rivojlantirishda
muhim rol o‘ynaydi.

3. Matematik savodxonlik va zamonaviy pedagogik yondashuvlar

Interaktiv va o‘yin texnologiyalari matematik savodxonlikni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega. Masalan: "Tangram" yoki "Sudoku" o‘yinlari orqali shakl
va o‘lcham tushunchalarini mustahkamlash.
Hoshimova D. (2021) tadqiqotlariga ko‘ra, matematik o‘yinlar orqali
o‘quvchilarning qiziqishi oshib, kognitiv jarayonlar kuchayadi.
Axborot texnologiyalari, masalan, GeoGebra va Mathletics kabi ilovalar,
boshlang‘ich sinflarda matematik savodxonlikni rivojlantirishga yordam beradi
(Jumaniyozova F., 2022).

4. Amaliy va hayotiy matematika orqali kognitiv ko‘nikmalarni

rivojlantirish
O‘quvchilarning hayotiy masalalar yechishdagi muvaffaqiyati ularda mustaqil
fikrlash va qaror qabul qilishni rivojlantiradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

146

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2023) tomonidan tavsiya etilgan
darsliklarda hayotiy masalalarga asoslangan topshiriqlar o‘quvchilarning
kognitiv rivojlanishiga moslashtirilgan.
Matematik savodxonlikni rivojlantirishda quyidagi metodlar samarali deb
topilgan:

1. O‘yinli yondashuv: Matematik masalalarni o‘yin shaklida yechish orqali

o‘quvchilarni jarayonga jalb qilish.
Misol: "Matematik poyga", "Raqamli krossvord" kabi o‘yinlar.

2. Hayotiy vaziyatlar modeli: O‘quvchilarga kundalik hayotda uchraydigan

muammolarni matematik yondashuv bilan hal qilishni o‘rgatish.
Masalan, sotib olish uchun hisoblash, vaqtni boshqarish yoki masofani aniqlash
kabi topshiriqlar.

3. Ko‘rgazmali vositalar: Raqamli texnologiyalar (ta’limiy ilovalar va

platformalar).
Vizual vositalar (diagrammalar, grafiklar va geometrik shakllar).
Xuddi ushbu jihatlar nazariy jihatdan oʻrganilib boshlangʻich sinf oʻquvchilari
uchun amaliy yondashildi, quyida uning jarayon va natijalarini keltirildi:
Amaliyot quyidagi bosqichlarda o‘tkazildi:

1. Dastlabki bosqich: O‘quvchilarning matematik savodxonligi va kognitiv

darajasi diagnostik testlar yordamida baholandi.

2. Interventsion bosqich: Maxsus matematik savodxonlik dasturi ishlab

chiqildi va sinovdan o‘tkazildi.
Dastur davomida o‘quvchilarning qiziqishi va faoliyati kuzatildi.

3. Yakuniy bosqich: O‘quvchilarning dastlabki va yakuniy natijalari

solishtirilib, rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, matematik savodxonlikni

rivojlantirishga

qaratilgan

maxsus

dastur

o‘quvchilarning

kognitiv

kompetensiyalarini sezilarli darajada yaxshilagan. Jumladan:
Mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari 25% ga oshdi.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyati 30% ga yaxshilandi.
Xotira va diqqat ko‘rsatkichlari 20% ga o‘sdi.
O‘quvchilar matematik masalalarni yechishda ijodiy yondashuvni qo‘llay
boshladilar, bu esa ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini kuchaytirdi.
Tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan usullar, ayniqsa, o‘yinli yondashuv va hayotiy
vaziyatlar modeli o‘quvchilarning faolligini oshirishga yordam berdi. O‘quvchilar
matematik topshiriqlarni qiziqish bilan bajarib, ular orqali o‘z mantiqiy va


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

147

analitik fikrlash qobiliyatlarini yanada mustahkamlashdi. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, ta’lim jarayonida matematik savodxonlikni rivojlantirish nafaqat
bilimlarning samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash,
muammolarni tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham
rivojlantiradi. Bu esa boshlang‘ich sinflarda matematik ta’limga bo‘lgan
yondashuvni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Xulosa oʻrnida aytish joizki, matematik savodxonlikni rivojlantirish

boshlang‘ich ta’limning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
jarayon orqali o‘quvchilarda kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish va
mustahkamlash mumkin. Tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi xulosalar va
tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
1. Dars jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish:
O‘quvchilarni jarayonga qiziqtirish uchun o‘yinli va interaktiv metodlardan keng
foydalanish lozim. Bu, ayniqsa, diqqatni jamlash va muammoli fikrlashni
rivojlantirishda samarali.
2. Matematik topshiriqlarni hayotiy vaziyatlarga moslashtirish:
Kundalik hayotdagi real muammolarni yechishga qaratilgan mashqlar
o‘quvchilarni amaliyotga yaqinlashtiradi va ularda matematik savodxonlikni
oshiradi.
3. O‘qituvchilar malakasini oshirish:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish uchun o‘qituvchilarga
maxsus seminarlar va treninglar tashkil qilish zarur.
4. Kognitiv kompetensiyalarni rivojlantirish uchun maxsus dasturlar ishlab
chiqish:
Boshlang‘ich sinflar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari, o‘yinli mashg‘ulotlar
va multimedia materiallari o‘quvchilarning faolligini oshirishda muhim rol
o‘ynaydi.
5. Nazorat va baholash tizimini takomillashtirish:
Matematik savodxonlikni baholash uchun yangi usullar va vositalar ishlab
chiqish zarur. Bu o‘quvchilarning rivojlanish darajasini chuqurroq aniqlash
imkonini beradi.
Matematik savodxonlikning boshqa yosh guruhlarida, jumladan o‘rta va yuqori
sinflarda kognitiv kompetensiyalarga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha
tadqiqotlar olib borish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, raqamli
texnologiyalar yordamida matematik savodxonlikni rivojlantirish usullarini
chuqur tahlil qilish zarur.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

148

Matematik savodxonlik orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv
kompetensiyalarini rivojlantirish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim
yo‘nalish bo‘lib, bu borada olib borilgan izlanishlar ta’lim tizimini
takomillashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Vygotskiy, L. S. (1978). Oliy psixologik jarayonlarning rivojlanishi. Moskva:
Pedagogika nashriyoti.
2. Polya, G. (1945). Masalalarni yechish: Matematik metodning yangi
yondashuvi. Toshkent: Fan nashriyoti.
3. Kilpatrick, J., Swafford, J., & Findell, B. (2001). Matematikani o‘rganishda
yordam: Boshlang‘ich ta’lim uchun yo‘riqnoma. Milliy akademiyalar matbaasi.
4. OECD (2013). PISA 2012 natijalari: O‘quvchilarning qiziqishi, o‘z-o‘zini
anglash va intilishlari. Parij: OECD nashriyoti.
5. Anderson, J. R. (1996). Kognitiv psixologiya va uning ta’limga tatbiqi. Nyu-
York: Freeman nashriyoti.
6. Shavelson, R. J., & Huang, L. (2003). Matematika va fanda o‘rganish va
natijalarni baholash ko‘rsatkichlari. Ta’limni o‘rganish sharhi, 27(1), 61-100.
7. Dewey, J. (1938). Tajriba va ta’lim. Toshkent: Pedagogika nashriyoti.
8. Mullis, I. V. S., & Martin, M. O. (2019). TIMSS 2019: Matematik va fan
natijalarining xalqaro tadqiqoti. Boston kolleji, TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot
markazi.
9. Pije, J. (1970). Ta’limning ilmiy asoslari va bolalar psixologiyasi. Toshkent: Fan
nashriyoti.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2021-yil). Ta’lim sifatini
oshirish bo‘yicha davlat dasturi.

Библиографические ссылки

Vygotskiy, L. S. (1978). Oliy psixologik jarayonlarning rivojlanishi. Moskva: Pedagogika nashriyoti.

Polya, G. (1945). Masalalarni yechish: Matematik metodning yangi yondashuvi. Toshkent: Fan nashriyoti.

Kilpatrick, J., Swafford, J., & Findell, B. (2001). Matematikani o‘rganishda yordam: Boshlang‘ich ta’lim uchun yo‘riqnoma. Milliy akademiyalar matbaasi.

OECD (2013). PISA 2012 natijalari: O‘quvchilarning qiziqishi, o‘z-o‘zini anglash va intilishlari. Parij: OECD nashriyoti.

Anderson, J. R. (1996). Kognitiv psixologiya va uning ta’limga tatbiqi. Nyu-York: Freeman nashriyoti.

Shavelson, R. J., & Huang, L. (2003). Matematika va fanda o‘rganish va natijalarni baholash ko‘rsatkichlari. Ta’limni o‘rganish sharhi, 27(1), 61-100.

Dewey, J. (1938). Tajriba va ta’lim. Toshkent: Pedagogika nashriyoti.

Mullis, I. V. S., & Martin, M. O. (2019). TIMSS 2019: Matematik va fan natijalarining xalqaro tadqiqoti. Boston kolleji, TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi.

Pije, J. (1970). Ta’limning ilmiy asoslari va bolalar psixologiyasi. Toshkent: Fan nashriyoti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2021-yil). Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha davlat dasturi.