Авторы

  • Fayzali Begaliyev
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.60544

Ключевые слова:

sun’iy intellekt multimediali ilovalar ta’lim texnologiyalari interaktiv o‘qitish innovatsion usullar.

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt fanini o‘qitishda multimediali ilovalardan foydalanish usullari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Multimediali texnologiyalarning talabalarning bilim olish jarayoniga ta’siri, interaktivlikni oshirish va o‘quv materialini chuqurroq o‘zlashtirish uchun yaratadigan imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini optimallashtirish usullari va amaliy misollar keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

138

MULTIMEDIALI ILOVALAR ASOSIDA SUN’IY INTELLEKT FANINI

O‘QITISH USULLARI

Begaliyev Fayzali Umaraliyevich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14565179

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sun’iy intellekt fanini o‘qitishda

multimediali ilovalardan foydalanish usullari va ularning samaradorligi tahlil
qilinadi. Multimediali texnologiyalarning talabalarning bilim olish jarayoniga
ta’siri, interaktivlikni oshirish va o‘quv materialini chuqurroq o‘zlashtirish
uchun yaratadigan imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada
innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini optimallashtirish
usullari va amaliy misollar keltirilgan.

Аннотация:

В данной статье анализируются методы использования

мультимедийных приложений и их эффективность в обучении
искусственному интеллекту. Рассмотрено влияние мультимедийных
технологий на процесс обучения студентов, создаваемые ими
возможности для повышения интерактивности и более глубокого
усвоения учебного материала. Также в данной статье представлены
методы и практические примеры оптимизации образовательного
процесса с использованием инновационных технологий.

Аnnоtаtiоn:

This article analyzes the methods of using multimedia

applications and their effectiveness in teaching artificial intelligence. The
influence of multimedia technologies on the learning process of students, the
opportunities they create for increasing interactivity and deeper assimilation of
educational material are considered. This article also presents methods and
practical examples of optimizing the educational process using innovative
technologies.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, multimediali ilovalar, ta’lim texnologiyalari,

interaktiv o‘qitish, innovatsion usullar.

Ключевые слова

: искусственный интеллект, мультимедийные

приложения, образовательные технологии, интерактивное обучение,
инновационные методы.

Keywоrds:

artificial intelligence, multimedia applications, educational

technologies, interactive learning, innovative methods.

Kirish

Xozirgi kunda nafaqat butun dunyoda ishlab chiqarish miqyosi

kengaytirayotgan, balki ta’lim sohasida sun’iy intellekt (SI) va multimediali
texnologiyalarni qo‘llash o‘qitish jarayonini sezilarli darajada samaraliroq qilish


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

139

imkonini beradi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi ta’lim sohasida tub
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Bugungi kunda sun’iy intellekt (SI) nafaqat ilmiy
tadqiqotlarda, balki o‘qitish jarayonida ham keng qo‘llanilmoqda. Multimediali
ilovalar orqali ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli shaklga keltirish
imkoniyati mavjud. O‘qituvchilar va talabalar uchun yangi usullar va
mashg‘ulotlarni yaratish orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin. Bunda,
zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilingan metodikalar ta’lim jarayonini
innovatsion hamda qiziqarli qilishga yordam beradi.Ushbu maqolada sun’iy
intellektni o‘qitishda foydalaniladigan asosiy multimediali vositalar va ularning
samaradorligi tahlil qilinadi.

Multimediali texnologiyalarning ta’limdagi ahamiyati

va ularning

o‘qitishga ta’siri

. Multimediali ilovalar o‘zida matn, audio, video, animatsiya va

interaktiv elementlarni jamlagan texnologiyalardir. Multimediali texnologiyalar
ta’limda quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

Vizualizatsiya

: Qiyin tushunchalarni osonroq tushuntirish uchun grafiklar

va animatsiyalar qo‘llaniladi.

Interaktivlik

: Talabalar mavzu bilan faol shug‘ullanishadi, natijada

o‘rganish samaradorligi oshadi.

Moslashuvchanlik

: Har bir talabaning o‘quv sur’atiga moslashtirish

imkoniyati.

Sun’iy intellekt fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan multimediali

vositalar.

Interfaol Darslar:

Multimediali vositalar yordamida tayyorlangan

interfaol darslar, talabalarni dars jarayoniga jalb qilishda muhimdir.
Animatsiyalar, grafikalar va video materiallar mavzuni tushunishni kuchaytiradi
va o‘quvchilarda qiziqishni oshiradi.

Virtual laboratoriyalar:

Virtual laboratoriyalar talabalarga sun’iy intellekt

algoritmlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkonini beradi. Masalan, Python
dasturlash tilida mashinani o‘rganish modellarini yaratish uchun TensorFlow
kabi platformalar ishlatiladi.

Ta’lim platformalari:

Coursera, edX, va Khan Academy kabi

platformalarda multimediali kurslar orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganish
mumkin. Ular videodarslar, amaliy topshiriqlar va testlar bilan birgalikda
interaktiv o‘qitish imkonini beradi.

Virtual Simulatsiyalar:

Sun’iy intellektni o‘rganish jarayonida virtual

simulatsiyalar yordamida talabalar murakkab jarayonlarni o‘rganishlari


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

140

mumkin. Neyron tarmoq va o‘rganish metodlarini amalda ko‘rsatish,
tushunishni yanada chuqurlashtiradi.

Ta’lim O‘yinlari:

Gamifikatsiya usullari ta’lim samaradorligini oshirishda

muhim ahamiyatga ega. Ta’lim o‘yinlari orqali talabalar sun’iy intellekt
sohasidagi bilimlarini amaliy ravishda oshirishlari mumkin. O‘yinlar o‘rganishni
qiziqarli va motivatsion qilish orqali o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi.
Masalan, sun’iy intellekt algoritmlarini o‘yin shaklida o‘rganish uchun maxsus
dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi.

Ko‘rgazmali Vositalar:

Ko‘rgazmali materiallar, diagrammalar va

infografikalar yordamida kompleks tushunchalarni oddiy tarzda tushuntirish,
talabalarni yuboradigan ma’lumotni oson o‘zlashtirishga yordam beradi.

Onlayn Moslamalar:

Internet va onlayn ta’lim platformalari orqali mumkin

bo‘lgan resurslar, talabalar uchun o‘qituvchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada
bo‘lish imkonini beradi. Mukammal o‘quv dasturlari, video darslar va interaktiv
materiallar yordamida vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini baholash, progressni hisobga
olish va feedback olishni osonlashtiradi.

O‘z-o‘zini O‘rganish:

Multimediali texnologiyalar yordamida talabalarga

o‘z-o‘zini o‘rganish imkoniyatlari yaratiladi. Sun’iy intellekt tomonidan
tayyorlangan o‘quv dasturlari talabalarni individual tarzda rivojlantirishga
yordam beradi.

Sun’iy intellekt qo‘llanishining foydalari shulardan iborat bo‘lib ular asosan

multimediali ilovar asosida o‘qitish usullarini qo‘llashdan iboratdir va ularni
quydagicha izohlashimiz mumkin:

-

Sun’iy intellekt yordamida ta’lim dasturlari talabalarning individual

qobiliyat va qiziqishlariga mos ravishda ishlab chiqilishi mumkin. Bu usul ko‘p
talabalar uchun unikal o‘quv tajribasini ta’minlaydi;

-

Sun’iy intellekt yordamida talabalar faoliyatini real vaqtda tahlil qilib,

ularga sifatli feedback berish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa o‘quvchilarning
kamchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi;

-

Sun’iy intellekt o‘qituvchilarga ko‘proq vaqti va energiyani dars olib borish

uchun foydalanishga yordam beradi, taassurotlarni qabul qilish va noto‘g‘ri
urinishlarni kamaytiradi;

-

Sun’i intellekt o‘yinlarida va simulatsiyalarda foydalanilganda, o‘quvchilar

harmoniya orqali tajriba to‘plashlari va murakkab ma’lumotlarni yod olishlari
mumkin.

Multimediali usullarning samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar

2023-

yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, multimediali ilovalar yordamida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

141

o‘qitilgan talabalar mavzuni 35% tezroq o‘zlashtirgan va testlarda yuqori
natijalar ko‘rsatgan. Shuningdek, ular mavzuga qiziqish bildirganliklari sababli
darslarda faolroq ishtirok etganlar.

Multimediali ilovalarning joriy etilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar:

Resurslarni tanlash:

Mavzuga mos keladigan interaktiv dasturiy

vositalarni tanlash.

Bosqichma-bosqich o‘qitish:

Dastlab oddiy, keyinchalik murakkab

mavzularni o‘zlashtirish.

O‘qituvchilarni tayyorlash:

Multimediali ilovalardan foydalanish

bo‘yicha o‘qituvchilarni maxsus kurslardan o‘tkazish.

Xulosa.

Multimediali texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga

integratsiyasi, o‘qitish metodikalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Sun’iy
intellekt fanini o‘qitishda multimediali ilovalardan foydalanish ta’lim jarayonini
zamonaviylashtirish va talabalarning qiziqishini oshirish uchun muhim
vositadir. O‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar ochadi, talabalarning o‘rganish
jarayonini qiziqarli va samaraliroq qiladi. Bunday integratsiya kelajakda ta’lim
sohasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi, o‘qituvchilar va talabalar uchun
yangi ufqlarni ochishi shubhasiz. Ushbu maqolada ko‘rib chiqilgan usullar va
tavsiyalar o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Keyingi tadqiqotlar
ushbu texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi va natijalarini chuqurroq tahlil
qilishga yo‘naltirilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.

2.

Umaraliyevich, B. F. (2022). “ODAM VA UNING SALOMATLIGI” FANIDAN

QON AYLANISH SISTEMASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA MAVZUSINI
KOMPYUTER IMITASION MODELLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.
RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 279-282.
3.

Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern Approach.

Pearson.
4.

Umaraliyevich, B. F., & Begmurod o‘g‘li, O. E. (2024). Artificial Intelligence

and Multimedia Technologies: Integration and Opportunities. Innovative:
International Multidisciplinary Journal of Applied Technology (2995-486X),
2(5), 34-37.
5.

BEGALIYEV, F. IMPROVING THE TOPIC OF BONE STRUCTURE AND

COMPOSITION ON THE SUBJECT" MAN AND HIS HEALTH" ON THE BASIS OF
MULTIMEDIA ELECTRONIC MANUALS. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество
с ограниченной ответственностью" Интернаука, 11-13.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

142

6.

Alimova, S., & Karimov, U. (2022). Interactive Teaching Methods in Higher

Education. Uzbekistan Journal of Innovations in Education.
7.

Negmatova, N. (2023). RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA O'QITISH

USULLARINING LINGVODIDAKTIK JIHATI VA UNI O'RGANISH YO'LLARI.
Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(17), 11-14.
8.

Begaliyev, F. U. (2023). MULTIMEDIA MA’LUMOTLARNI SAMARALI

ONLAYN TARZDA O ‘RGANISH VA O ‘QITISH. Academic research in educational
sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 161-165.
9.

Oqnazarov, T., & Tugalov, R. (2022). O ‘QITUVCHILARNING INTERNET

TARMOG ‘IDAN FOYDALANISH KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
ASOSLARI. FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI, 901-903.
10.

Негматова, Н. (2024, April). ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ И

ЕГО РЕАЛИЗАЦИЯ В ПРЕПОДАВАНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ
НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРУПП). In Conference Proceedings: Fostering Your
Research Spirit (pp. 383-386).
11.

Oqnazarov, T. Z. (2014). TRAINING TEACHERS FOR INNOVATION USING A

VIRTUAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT: METHODS. The Way of Science, 76.
12.

Oblomurodov, E., & Xamroyev, Y. (2023). Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda

raqamli texnologiyalaridan foydalanish orqali boshqaruv jarayonini
raqamlashtirish. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences,
2(4), 172-175.
13.

Coursera. (2023). AI for Everyone Course. [Online material]

Библиографические ссылки

Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.

Umaraliyevich, B. F. (2022). “ODAM VA UNING SALOMATLIGI” FANIDAN QON AYLANISH SISTEMASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA MAVZUSINI KOMPYUTER IMITASION MODELLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 279-282.

Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern Approach. Pearson.

Umaraliyevich, B. F., & Begmurod o‘g‘li, O. E. (2024). Artificial Intelligence and Multimedia Technologies: Integration and Opportunities. Innovative: International Multidisciplinary Journal of Applied Technology (2995-486X), 2(5), 34-37.

BEGALIYEV, F. IMPROVING THE TOPIC OF BONE STRUCTURE AND COMPOSITION ON THE SUBJECT" MAN AND HIS HEALTH" ON THE BASIS OF MULTIMEDIA ELECTRONIC MANUALS. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука, 11-13.

Alimova, S., & Karimov, U. (2022). Interactive Teaching Methods in Higher Education. Uzbekistan Journal of Innovations in Education.

Negmatova, N. (2023). RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA O'QITISH USULLARINING LINGVODIDAKTIK JIHATI VA UNI O'RGANISH YO'LLARI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(17), 11-14.

Begaliyev, F. U. (2023). MULTIMEDIA MA’LUMOTLARNI SAMARALI ONLAYN TARZDA O ‘RGANISH VA O ‘QITISH. Academic research in educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 161-165.

Oqnazarov, T., & Tugalov, R. (2022). O ‘QITUVCHILARNING INTERNET TARMOG ‘IDAN FOYDALANISH KASBIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI. FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI, 901-903.

Негматова, Н. (2024, April). ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ И ЕГО РЕАЛИЗАЦИЯ В ПРЕПОДАВАНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРУПП). In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 383-386).

Oqnazarov, T. Z. (2014). TRAINING TEACHERS FOR INNOVATION USING A VIRTUAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT: METHODS. The Way of Science, 76.

Oblomurodov, E., & Xamroyev, Y. (2023). Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalaridan foydalanish orqali boshqaruv jarayonini raqamlashtirish. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(4), 172-175.

Coursera. (2023). AI for Everyone Course. [Online material]