THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
102
ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA XIZMATNI O‘TASH ASOSLARI VA
TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Rayimov Sherzod Toshtemirovich
Qoraqolpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14540526
O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash
asoslari va tartibi haqida yuqoridagi paragraflarda ham to‘xtalib o‘tildi. Biroq
ushbu paragrafda avvalgilardan farqli o‘laroq asosan ichki ishlar organlarida
xizmatni o‘tash asoslari va tartibini takomillashtirish yo‘nalishlarini ko‘rib
chiqish zarurati asoslab beriladi.
Olib borilgan tadqiqotlar va tahlillar asosida quyidagilar O‘zbekiston
Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash asoslari va tartibini
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi:
1)
ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
2)
nomzodlar va kadrlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish;
3)
xizmatni o‘tash kun tartibini ishlab chiqish va ushbu kun tartibi
asosida ishning tashkil etilishini ta’minlash;
4)
normativ-huquqiy hujjatlarda ichki ishlar organlari xodimi
kompetentligini mustahkamlash;
5)
xodimlarning o‘qishi, boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka
oshirishining uyg‘unligini ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan takomillashtirish yo‘nalishlari shartli ravishda belgilangan
bo‘lib, ularning doirasi zaruratga qarab yanada kengaytirilishi mumkin. Biroq,
tadqiqot natijalariga asoslanib, bugungi kunda takomillashtirilishi zarur bo‘lgan
eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olishga harakat qilingan.
Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Ma’lumki, har qanday faoliyat muayyan huquqiy asoslarga tayanib, tashkil
etiladi.
Huquqshunos olimlar T.R.Saitbaev va B.T.Akramxodjaev faoliyatning «huquqiy
asoslari» haqida so‘z yuritib, unga – qonun va qonunchilik hujjatlarida
ifodalangan qoidalar, farmoyish va ko‘rsatmalar, davlat organlarining
buyruqlari, qo‘llanmalari, yo‘riqnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlari yig‘indisi,
deb ta’rif berishgan .
Biroq so‘nggi paytlarda amaliyotda «huquqiy asoslar»ga nisbatan, «normativ-
huquqiy hujjatlar» tushunchasidan ko‘proq foydalanilmoqda. Ammo, huquqiy
asos tushunchasi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan kengroq tushuncha
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
103
bo‘lib, huquqiy tartibni belgilovchi barcha hujjatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Boshqacha qilib aytganda, barcha normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy asos
bo‘lishi mumkin, lekin huquqiy asoslarning hammasi ham normativ-huquqiy
hujjatlar bo‘lavermaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi «Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida»gi qonuni 3-moddasiga ko‘ra, «normativ-huquqiy hujjat»
deganda, qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat
ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor
qilishga qaratilgan rasmiy hujjat, tushunilishi belgilangan.
Avvalgi paragraflarda ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga doir
munosabatlarni tartibga soluvchi 10 dan ortiq qonun va qonunosti huquqiy
hujjatlar mavjudligi, ularning ayrimlarida bir-birini takrorlovchi, shuningdek
bir-biriga zid qoidalar uchrashi haqida so‘z yuritildi. Qolaversa, ichki ishlar
organlarida xizmatni o‘tash tartibi bilan bog‘liq ba’zi bir munosabatlar «Ichki
ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom da emas, balki
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy Nizomlari bilan
belgilangan.
Bu esa, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarni unifikatsiya va kodifikatsiyalash zarurati mavjudligini
ko‘rsatadi.
Shu boisdan, huquqni qo‘llash amaliyotida qulaylikni yaratish maqsadida ichki
ishlar organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni
tartibga soluvchi barcha qonunchilik hujjatlarini yagona normativ-huquqiy
hujjatga birlashtirish hamda «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash kodeksi»ni
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni dolzarblashtiradi.
Nomzodlar va kadrlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish. Avalgi
paragraflarimizda ta’kidlanganidek, ichki ishlar organiga xizmatga qabul
qilinadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar mavjud emasligi sababli ham
kadrlarni tashlash, tayyorlash, joy-joyiga qo‘yish va malakasini oshirishni tashkil
etishda tizimlilik, o‘zaro aloqadorlik va uyg‘unlik yetarlicha ta’minlanmagan.
Shu bois, ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashga nomzodlar va kadrlarga
quyidagi yo‘nalishlardagi umumiy va maxsus talablarni ishlab chiqish va
amaliyotga tatbiq etish zarur hisoblanadi:
umumiy talablar ‒ bu, nomzodning ichki ishlar organi xizmatiga munosibligini
(loyiqligini) belgilashga xizmat qiladi;
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
104
maxsus talablar ‒ bu, nomzodda ichki ishlar organlarining qaysi xizmatida
faoliyat olib borish layoqatiga egaligi yoki xodimning rahbarlik lavozimlariga
munosib ekanligini oydinlik kiritishga yordam beradi.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga nomzodlar va kadrlarga qo‘yiladigan
talablarning yo‘nalishlari:
birinchi yo‘nalish: ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilinadigan nomzodlarga
qo‘yiladigan talablar;
ikkinchi yo‘nalish: Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan talablar;
uchinchi yo‘nalish: ichki ishlar organlarining har bir lavozimi, ayniqsa rahbarlik
lavozimlari bo‘yicha xodimlarga qo‘yiladigan talablar.
Ushbu talablarning ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi: birinchidan,
ichki ishlar organlari tizimida kadrlar qo‘nimsizligiga barham berishga;
ikkinchidan, ichki ishlar organlarida xizmatga munosib nomzodlarning tanlab
olinishini
ta’minlashga;
uchinchidan,
Ichki
ishlar
vazirligi
ta’lim
muassasalarining faoliyatini aniq maqsadli yo‘naltirishga va ularning bu
boradagi mas’uliyatini yanada oshirishga; to‘rtinchidan, ichki ishlar organlari
tizimida kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, rahbarlik lavozimlari zaxirasini munosib
kadrlar bilan jamlash va ushbu kadrlar bilan ta’minlash samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Xizmatni o‘tash kun tartibini ishlab chiqish va ushbu kun tartibi asosida ishning
tashkil etilishini ta’minlash. Ichki ishlar organlarining muayyan yo‘nalishdagi
faoliyatini samarali tashkil etish yoki takomillashtirishga yo‘naltirilgan o‘nlab
dissertatsion tadqiqotlar olib borilganiga qaramasdan, ichki ishlar organlaridagi
me’yorlanmagan kun tartibi tadqiqotlar predmeti doirasidan o‘rin olmasdan
kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun ning
30-moddasida «Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi
haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas»ligi belgilangan. Qolaversa,
«sutkalik rejim» haqida ham so‘z yuritilgan bo‘lsa-da, ammo kun tartibi mavhum
qoldirilgan.
Garchi ushbu normada «Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari
uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi to‘rt soatdan oshmaydigan ish
belgilanishini nazarda tutadi» mazmunidagi qoida belgilangan bo‘lishiga
qaramasdan, ushbu qoidani amalda qo‘llashning mexanizmi qonunchilik
hujjatlarida aks ettirilmagan.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
105
Aynan shuning uchun ham qonun qabul qilinganidan keyin orda ma’lum bir
muddat «sutkalik rejimda xizmat o‘tash»ga jalb etilgan xodimlarga to‘langan pul
miqdorlari, so‘nggi yillarda to‘lanmasdan qolmoqda.
«Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ning 138-
bandida ichki ishlar organlari xodimlarining odatdagi xizmat o‘tash rejimi olti
kunlik ish haftasi o‘rnatilib, kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish
haftasida esa, – sakkiz soatdan oshmasligi nazarda tutilgan.
Ushbu tartibga faqatgina ta’lim muassasalarida qisman amal qilinishi mumkin,
amaliyotda esa, ba’zi xizmatlarda xizmat o‘tashning kamidi 3 smenali tartibini
ishlab chiqish va joriy etish talab etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda ichki ishlar organi xodimi kompetentligini
mustahkamlash. Kompetensiya ¬¬– mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni
kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatidir.
«Competence» so‘zi «to compete» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
«musobaqa¬lashmoq», «raqobatlashmoq», «bellashmoq» degan ma’noni
bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa «musobaqalashishga layoqatlilik»
ma’nosida keladi .
Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya,
kompetent¬lilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak
bo‘lgan tushuncha¬lar¬dir. Shu boisdan, uning talqinlari ham hajman, ham
tarkibiga ko‘ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman.
Atamaning mohiyati shuningdek, «samaradorlik», «mosla¬shuvchanlik»,
«yutuqlilik», «muvaffaqiyatlilik», «tushunuvchanlik», «natijalilik», «uquvlilik»,
«xossa», «xususiyat», «sifat», «miqdor» kabi tushunchalar asosida ham
tav¬sif¬lan¬moqda. Shunga ko‘ra, ta’lim kompetensiyalarini tasdiqlangan
standartda keltirilgan ta’rif bo‘yicha qabul qilish o‘rinlidir .
S.B. Xujakulov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-
avgustdagi «O‘zbe¬kiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi uchun
oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitiladigan mutaxassisliklar
uchun malaka talab¬lari, namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlash
hamda amalga kiritish to‘g‘risida»gi 259-son buyrug‘ida nafaqat tayanch (ta’lim
mazmunining umumiy (metapredmet) qismiga tegishli) yoki umumpredmet
(ma’lum doiraga kiruvchi o‘quv predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli)
kompetensiyalar, balki predmetga oid (oldingi ikkitaga nisbatan xususiy
hisoblanib o‘quv predmeti doirasida shakllan-tiriladi) kompetensiyalar haqida
ham so‘z yuritilmaganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, uning fikricha, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
106
356-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablarida esa, umumiy va kasbiy
kompetensiyalar belgila¬nib, mavjud bo‘shliq bartaraf etilgan. Ammo, umumiy
va kasbiy kompeten¬siyalarni belgilashda tizimlilik va o‘zaro aloqadorlik
yetarlicha ta’minlanmagan. Vaholanki, kompetentlik – kompetensiyalarni qo‘llay
olishda ega bo‘lishi kerak bo‘lgan minimal tajribaga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Shu bois, ushbu masalani o‘quvchining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni
shakllantirishda hamda o‘quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda albatta
yodda tutish talab etiladi .
Demak, eng avvalo, ichki ishlar organi xodimlari uchun tayanch, umumpredmet
va predmetga oid kompetensiyalarni ishlab chiqish hamda ularni normativ-
huquqiy hujjatlarda mustahkamlash lozim. So‘ngra ushbu kompetensiyalar
asosida Davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitiladigan mutaxassisliklar uchun
malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlarni ishlab chiqish
zarur. Zero, bu kabi kompetensiyalar orqali o‘qitiladigan fanlarning nazariy
asoslarini shakllantirish bugungi kun davr talabidir.
Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organi xodimlarining kompetentligi tizim
xodimi sohaga doir maxsus bilim, ko‘nikma malakani o‘zlashtirib, ushbu bilim,
ko‘nikma va malakalarni amaliyotda mohirlik bilan qo‘llay olish imkoniyatiga
egaligini bildiradi.
Xodimlarning o‘qishi, boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirishning
uyg‘unligini ta’minlash. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining ta’lim
muassasalari sifatida, IIV akademik litseylari, Akademiyasi, IIV Malaka oshirish
instituti va uning Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik
fakulteti faoliyat yuritadi.
Mazkur ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini yagona tamoyil va yondashuv
asosida tashkil etish talab etiladi. Aks holda ta’lim jarayonida bo‘shliq paydo
bo‘lishi yoki aksincha bilim berishda takrorlanishlar kuzatilishi mumkin. Bu esa,
xodimda to‘laqonli kompetentlikka ega bo‘lish imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
Natijada, o‘z-o‘zidan ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashda ichki ishlar
organi xodimining mansab vakolati doirasidan chetga chiqishi, ya’ni o‘ziga
qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni
qasddan sodir etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga putur
yetkazish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, ya’ni xizmat vazifalariga
loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lish, xizmatga sovuqqonlik bilan
qarash, ya’ni o‘z xizmat vazifalariga nisbatan pala-partish yoki vijdonsizlarcha
munosabatda bo‘lish, mansab soxtakorligi, mansab vakolatlarini suiiste’mol
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
107
qilishi kabi huquqbuzarliklarni sodir etishiga sharoit yaratuvchi omil yuzaga
kelishi mumkin.
Buning uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari
uyg‘unligini ta’minlash zarur hisoblanadi.