Авторы

  • M.R. Sodiqova
    Farg‘ona davlat universiteti, falsafa va milliy g‘oya kafedrasi o ‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.60552

Ключевые слова:

Ipak Ipakchilik sanoati bozor munosabatlari iqtisodiyot ipakchilik korxonalari ipak qurti klaster.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi mustaqilligning dastlabki yillarida yengil sanoat tarmoqlaridan biri ipakchilik sohasidagi olib borilgan o‘zgarishlar, ipakchilikning respublika taraqqiyotidagi o‘rni hamda isqitbollari haqida so‘z boradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

92

MUSTAQILLIK YILLARIDA IPAKCHILIKDAGI O‘GARISHLAR.

M.R.Sodiqova

Farg‘ona davlat universiteti, falsafa va milliy

g‘oya kafedrasi o ‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14533965

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston respublikasi mustaqilligning

dastlabki yillarida yengil sanoat tarmoqlaridan biri ipakchilik sohasidagi olib
borilgan o‘zgarishlar, ipakchilikning respublika taraqqiyotidagi o‘rni hamda
isqitbollari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Ipak, Ipakchilik sanoati, bozor munosabatlari, iqtisodiyot,

ipakchilik korxonalari, ipak qurti, klaster.

O‘zbekiston mustaqilligi arafasi va uning dastlabki yillari bozor

munosabatlariga o‘tayotgan bir sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab
edi. Uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy buyruqbozlik tizimining
asoratli ta’siri sharoitida muammolarni hal etishning yagona to‘g‘ri yo‘li – bu
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib va
rivojlantirib borish edi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumati

ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor berdi.
Anʼanalar va ming yillik tajribalar negizida Oʻzbekistonda zamonaviy yangi
ipakchilik industriyasini yaratish yoʻli belgilandi. 1993-yildan pilla yetishtirish
davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish kelishilgan narxlar asosida olib
boriladigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1998-yil
30-martdagi

"Respublikada

pillachilik

sohasini

boshqarish

tizimini

takomillashtirish toʻgʻrisida" Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi "Respublika pillachilik sohasini
boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra
mustaqil "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga ipakli va
aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek,
tabiiy shoyi ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha Markaziy ilmiy tadqiqot
institutini ("Shoyi" tadqiqot instituti, Margʻilon) oʻz ichiga oladigan "Shoyi"
aksiyadorlik kompaniyasi hamda pilla xom ashyosi, ipak kalava ishlab
chiqaradigan pillakashlik korxonalari, ipak qurti tayyorlanadigan zavodlar, ipak
qurti naslchilik xoʻjaliklari, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish
korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot institutini
oʻz ichiga oladigan "Pilla xolding" xolding kompaniyasi kiradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

93

1991-yilda respublikada 33,8 ming tonna pilla tayyorlandi. 1993-yildan
pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish erkin
kelishilgan narxlar asosida olib borildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar
band etildi. Respublikada pillachilik sohasida 21500 tonna tirik pilla, 8290,2
tonna quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 tonna xom ipak, 130 tonna yigirilgan
ipak ipi ishlab chiqarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5
million dona tut koʻchati yetishtirildi.
O‘zbekistonda ipakchilik korxonalari asosan an’anaviy ipakchilik sohasi
rivojlangan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida joylashgan. Mustaqillik yillarida
Farg‘ona viloyatida Marg‘ilon ipakchilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi,
Fargʻona shahridagi “Fargʻona Agropilla” MCHJ, “Fargʻona tut ipak qurti
urugʻchiligi” MCHJ, Fargʻona tumanidagi “Vodiy Ipak yigiruv” shoʻba korxonasi ,
Andijon viloyatida “Andijan Silk Co” qo‘shma korxonasi, “Andijon Agro pilla”,
“Xarir Tola” pillachilik klasteri, Namanganda “Golden silk” ShK, “Verigrov ipagi”
XK MChJ, “Marjon tola fayz” MChJ, “Fabriktex” MChJ, “Sof ipak invest” MChJ va
pillani qayta ishlash korxonalari tashkil etildi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik ipak ishlab chiqaruvchi korxona “Xon-atlas”
fabrikasi Marg‘ilon shahrida joylashgan. Korxonada kuniga 2,5 kilometrgacha
gazlama ishlab chiqariladi, uning asosiy qismi eksport qilinadi.
1994-yilda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon ipakchilik ilmiy ishlab chiqarish
birlashmasining yigiruv fabrikasi qoshida “Spining-silk” nomli O‘zbek-Italiya
qo‘shma korxonasi tashkil etildi va 663 ta ish o‘rni tashkil etildi. Pilla xom
ashyosini respublikaning oʻzida qayta ishlanishini taʼminlash maqsadida 2000-
yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan pilla xom
ashyosi, ipak chiqindilari va ipak ipni respublikadan chetga chiqarishga chek
qoʻydi.
1991-2016-yillarda O‘zbekistonning ipak sanoati iqtisodiyotdagi strukturaviy
o‘zgarishlar va jahon bozoridagi talab taqchilligi sababli pasayishga yuz tutdi va
2017-yilda bor-yo‘g‘i 13 000 tonna pilla yetishtirildi. Birinchi navbatda bu
pasayish qishloq joylarida minglab ish o‘rinlarini yo‘qotilishi, aholi daromadini
kamayishi va mamlakatga valyuta oqimining kamayishini ko‘rsatadi.
O’zbekistonning asosiy iqtisodiy sohasi bo‘lgan ipakchilik tarmog‘ida klaster
tizimini joriy etish yangi faoliyat bo‘lib, uning puxta tashkil etilishi ushbu
tizimning rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan ham bu
sohani har tomonlama o‘rganish, ya’ni nazariy-amaliy jihatdan tadqiq qilish
muhim.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

94

2017-yildan boshlab mamlakat ipakchilik tarmog‘ida klaster tizimi joriy etildi.
“74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug‘chilik korxonasi tashkil qilindi. Tut
maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaydi. Bularning natijasida
pilla etishtirish hajmi 2,5 barobar, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko‘paydi.
O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

29-martdagi

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi pillachilik tarmog‘ini yangi rivojlanish
bosqichga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
Unga ko‘ra tasdiqlangan “2017-2021 yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks
rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” doirasida pillachilik sohasida faoliyat
yuritayotgan 20 ta ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish va 40 dan ortiq pillani qayta
ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, sifatli va jahon bozorida
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda xom ipak ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga
oshirish va yiliga 3 ming tonnaga yetkazish, xom ashyoni chuqur qayta ishlashni
tashkil qilish orqali ipak mato ishlab chiqarish hajmini qariyb 8 martaga oshirish
va yiliga 11,2 mln.p.metrga yetkazish rejalashtirildi.
Jahonda ipakchilik sanoati yetakchi tarmoqlaridan hisoblanadi. 60 dan ziyod
mamlakatlarda pilla va ipakni qayta ishlash yo‘li bilan tayyor ipak matolari
ishlab chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Vetnam, Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston,
Tojikiston va Turkmaniston kabi mamlakatlar bilan ipakchilikning turli
yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. O’zbekiston Xalqaro ipakchilik
komissiyasiga 2017-yil 20- sentyabrda a’zo bo‘ldi.

Adabiyotlar va manbalar:

1.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

1998-yil

30-martdagi

“Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish
toʻgʻrisida” Farmoni.
2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi

“Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarori.
3.

Р. П. Мамбетова “Dунё ва республикамиз халқ хўжалигида

пиллачиликнинг ўрни”, 2022-yil
4.

Q.A.Jumag‘ulov “Ipakchilik va tutchilikning iqtisodiy ahamiyati” –“Ta'lim

innovatsiyasi va integratsiyasi” jurnali 22-son_3-to‘plam_Iyun -2024-yil
5.

FVDA 2593-fond, 1-ro‘yxat, 36-yig‘ma jild. 200-varaq.

6.

https://www.qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-ipakchilik-sanoati-

yanda-rivozhlintiriladi-1989


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

95

7.

https://www.goldenpages.uz/uz/company/?Id=57357

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 30-martdagi “Respublikada pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi “Respublika pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

Р. П. Мамбетова “Dунё ва республикамиз халқ хўжалигида пиллачиликнинг ўрни”, 2022-yil

Q.A.Jumag‘ulov “Ipakchilik va tutchilikning iqtisodiy ahamiyati” –“Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi” jurnali 22-son_3-to‘plam_Iyun -2024-yil

FVDA 2593-fond, 1-ro‘yxat, 36-yig‘ma jild. 200-varaq.