Авторы

  • O‘g‘iloy Nomozova
    “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.60553

Ключевые слова:

oila muloqot madaniyati oilaviy munosabatlar jamiyat ijtimoiy omillar pedagogik omillar qadriyat an’ana muloqot texnikalari tinglash o‘zaro hurmat nutq madaniyati ijitmoiy institut axloqiy me’yorlar gender tenglik erkaklar nutqi ayollar nutqi.

Аннотация

Oilaviy munosabatlar barqarorligiga bir qancha omillar ta’sir etishi kuzatilgan bo‘lib, ularning orasida oiladagi muloqot yoxud er va xotinning muloqot madaniyati masalasi alohida dolzablik kasb etadi. Mazkur maqolada oilada er va xotinning muloqot madaniyatini rivojlantishga oid ijtimoiy-pedagogik omillar tahlilga tortilgan. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi olimlarning oilaviy muloqot, er va xotin muloqoti xususidagi qisqacha fikrlari bilan asoslangan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

88

OILADA ER VA XOTIN MULOQOT MADANIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK OMILLARI

Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14526207

Annotatsiya.

Oilaviy munosabatlar barqarorligiga bir qancha omillar

ta’sir etishi kuzatilgan bo‘lib, ularning orasida oiladagi muloqot yoxud er va
xotinning muloqot madaniyati masalasi alohida dolzablik kasb etadi. Mazkur
maqolada oilada er va xotinning muloqot madaniyatini rivojlantishga oid
ijtimoiy-pedagogik omillar tahlilga tortilgan. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi
olimlarning oilaviy muloqot, er va xotin muloqoti xususidagi qisqacha fikrlari
bilan asoslangan.

Kalit so‘zlar:

oila, muloqot madaniyati, oilaviy munosabatlar, jamiyat,

ijtimoiy omillar, pedagogik omillar, qadriyat, an’ana, muloqot texnikalari,
tinglash, o‘zaro hurmat, nutq madaniyati, ijitmoiy institut, axloqiy me’yorlar,
gender tenglik, erkaklar nutqi, ayollar nutqi.

Oiladagi sog‘lom va samimiy muloqot madaniyati nafaqat oilaviy

munosabatlarning barqarorligi, balki farzandlar tarbiyasi, o‘sib kelayotgan yosh
avlodda muloqot ko‘nikmlarini shakllantirish, shuningdek, jamiyat barqarorligi
va ma’naviy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayonda
ijtimoiy-pedagogik omillarning ahamiyati katta. Oiladagi muloqot madaniyatini
rivojlantirish uchun jamiyatdagi qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlar katta
ahamiyatga ega.

Mavzu bo‘yicha asosiy ijtimoiy-pedagogik yondashuvlar va olimlar fikrlari:

1.

Milliy qadriyatlarning o‘rni. Milliy va diniy qadriyatlar oilaviy muloqot

madaniyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu fikrni O‘zbekiston
Respublikasi

Prezidenti

Sh.Mirziyoyevning

oiladagi

qadriyatlarni

mustahkamlashga qaratilgan islohotlari ham tasdiqlaydi.
2.

O‘zaro hurmat va ishonchning ahamiyati. Ilmiy adabiyotlarda er-xotin

o‘rtasidagi muloqotda o‘zaro hurmat va ishonchning muhimligi bir necha bor
ta’kidlangan. Masalan, J. Gray o‘zining “Erkaklar Marsdan, Ayollar Venusdan”
kitobida er-xotin o‘rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun empatiya
va hurmatni rivojlantirishni taklif qiladi.
3.

Oilaviy muloqot texnikalari va psixologik treninglar. Er va xotin o‘rtasidagi

sog‘lom muloqot uchun faol tinglash, hissiyotlarni ifoda qilish va muammolarni
konstruktiv tarzda muhokama qilish usullari samarali hisoblanadi. T.Gordon


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

89

tomonidan ishlab chiqilgan “Faol tinglash usuli” bu borada ko‘plab oilalarga
yordam beradi .
Asosiy qism. Oiladagi muloqot madaniyatining shakllanishi, shuningdek, er-xotin
o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatning axloqiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlariga
bevosita ta’sir etadi. Ushbu jarayonni rivojlantirishda turli ijtimoiy va pedagogik
omillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida oiladagi muloqot madaniyatini
rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqamiz:
Ijtimoiy omillar:
1.

Oilaviy muhiting ta’siri – oiladagi munosabatlar, o‘zaro hurmat va mehr-

muhabbat nafqat er va xotin o‘rtasida, balki oilaning boshqa a’zolari (ota-onalar,
qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singillar, ayniqsa, bolalar) bilan samimiy
muloqot muhitini yaratishga yordam beradi va o‘z navbatida, oilaviy muloqot
madaniyatini shakllantirishga bevosita ta’sir qiladi. Umuman olganda, oilada
ijobiy atmosferaning mavjudligi muloqot madaniyati rivojlanishiga asos bo‘ladi.
2.

Milliy qadriyatlar va an’analar – har bir oilaning o‘ziga xos qadriyatlari

ham o‘z o‘rnida muloqot madaniyatini belgilaydi. O‘zbek oilasida er va xotin
muloqotining qadriyatlarga asoslangan muayyan qoliplari mavjud. Masalan,
“ayollarning o‘z umr yo‘ldoshlariga “siz” tarzida murojaat qilishlari belgilangan
me’yor bo‘lib, “siz”ning “sen”ga almashinuvi o‘zbek nutq odatining qo‘pol
buzilishidan dalolatdir” . Shuningdek, o‘zbek oilalarida er va xotin oilada bir-
biriga “dadasi/onasi” deb murojaat qilishi ham an’anaga aylanib qolgan bo‘lib,
bu ham oilaviy munosabatlar va oilaviy muloqotga ijobiy ta’sir qiladi.,
3.

Jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning roli – mahalla, maktab va boshqa

ijtimoiy tashkilotlar oilaviy tarbiya va muloqot madaniyatining muhim
shakllantiruvchilari hisoblanadi. Ular oilaviy muloqotning ahamiyatini targ‘ib
qilishda va targ‘ibot ishlarida muhim rol o‘ynaydi. Zero, oila qurish ostonasida
turgan osh yigit-qizlar uchunularni oilaga tayyorlashdagi bir qator vazifalar
qatorida nutq madaniyati – oilaviy muloqot madaniyatiga alohida e’tibor
qaratish lozim.
4.

Axloqiy me’yorlar va gender tengligi – jamiyatda erkaklar va ayollar

o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash ham, o‘z navbatida, oila ichidagi muloqot
madaniyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Chunki har bir shaxs
jinsidan qat’i nazar, erkin so‘zlash va fikr bildirish huquqiga ega. Ushbu fikr
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ham mustahkamlab
qo‘yilgan: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega” . Bundan
tashqari, gender masalasida ham ayrim axloqiy me’yorlar mavjud bo‘lib, ularga
amal qilish ham muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbek


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

90

erkak va ayollari muloqot xulqidagi farqli jihatlar til sistemasining deyarli
hamma sathlarida hamda muloqot jarayonining ko‘pgina bosqichlarida u yoki bu
darajada kuzatiladi . Masalan, ayollarga murojaat qilganda ularning jins
xususiyatidan kelib chiqib muomala qilish maqsadga muvofiq, ya’ni ayollar
ko‘pincha chiroyli so‘zlarni, chiroyli so‘zlashni xush ko‘radi. Erkaklarda esa
aksincha: ular ko‘p hollarda muloqotda muayyan maqsadga to‘g‘ridan to‘g‘ri
o‘tadilar. Oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan hurmatini kuchaytirish, bu boradagi
ijtimoiy me’yorlarni mustahkamlash kerak.
Pedagogik omillar:
1.

Oilaviy ta’lim va tarbiya – oila ichidagi ilk tarbiya bolalarga muloqot

madaniyatini o‘rgatishda eng muhim asos – poydevor hisoblanadi. Ota-onalar o‘z
muloqot uslublari orqali bolalarga samimiy, ochiq va hurmatga asoslangan
muloqotni o‘rgatishlari zarur. Ota va ona muloqoti, nutqi bolalar uchun namuna,
model bo‘ladi.
2.

Muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish – oila a’zolarining bir-biri bilan

samarali muloqot qilishiga yordam berish uchun maxsus treninglar yoki
dasturlarni tashkil etish muhimdir. Bu oila ichidagi munosabatlarning sog‘lom
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu kabi trening dasturlari, ayniqsa, Yoshlarni oilaviy
hayotga tayyorlash markazlarida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
3.

Psixologik qo‘llab-quvvatlash – nizolashayotgan yoki ajrim yoqasida

turgan er va xotinlarga psixologik yordam ko‘rsatish ularning o‘zaro
muloqotdagi ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. Bu jarayon oiladagi
muloqot madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday
qaltis vaziyatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlarga tayanish maqsadga
muvofiq.
4.

Tarbiya va resurslar taqdimoti – oila a’zolariga oilaviy muloqotni

yaxshilash bo‘yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va taqdim etish, jamiyatda
oilaviy muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
5.

O‘zaro tushunishni oshirish – oila a’zolariga bir-birini tinglash va

tushunishga asoslangan muloqot usullarini o‘rgatish ularning o‘rtasida yanada
mustahkam va sog‘lom aloqalarni o‘rnatadi.
Xulosa. Xulosa qilganda, oilaviy muloqot shaxs rivojlanishi uchun muhim omil
hisoblanadi. Shu bilan birga, oiladagi muloqotning nutq madaniyati qoidalariga
amal qilgan holda tashkil qilinishi, ya’ni olib borilishi muayyan jamiyatdagi
jamiyat a’zolarining nutq madaniyati uchun ham asos bo‘ladi.
Takliflar:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

91

Ochiq va samimiy muloqotni rivojlantirish: oilaviy suhbatlar va fikr

almashishning ahamiyatini oshirish kerak.

Xotin-qizlar uchun imkoniyatlar yaratish: ularni o‘z fikrlarini ochiq ifoda

etish, oilaviy qarorlar qabul qilishda ishtirok etishlariga rag‘batlantirish lozim.

Axborot resurslaridan foydalanish: oilaviy muloqot madaniyatini

yaxshilash maqsadida o‘qish uchun materiallar, filmlar va boshqa resurslardan
foydalanish samarali bo‘lishi mumkin.
Tavsiyalar:

O‘zaro muloqot texnikalarini o‘rgatish: er va xotin o‘rtasida faol tinglash va

hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus treninglar
tashkil etish.

Psixologik yordam va maslahatlar: oilaviy muammolarni hal qilish uchun

psixologik xizmatlar ko‘rsatish va maslahat berish tizimini takomillashtirish.

Oilaviy qadriyatlar va zamonaviylikni uyg‘unlashtirish: milliy qadriyatlarni

zamonaviy kommunikatsiya vositalari bilan birlashtirgan holda targ‘ib qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Active

Listening

https://www.gordontraining.com/free-workplace-

articles/active-listening/
2.

Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Филол.

фан. номз. ... дисс. Авторев. – Самарқанд, 1993.
3.

O‘zbekiston

Respublikasining

yangi

tahrirdagi

Konsitutsiyasi

https://lex.uz/docs/-6445145
4.

Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний

хусусиятлари – Фарғона, 2021. – Б. 170.

Библиографические ссылки

Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Филол. фан. номз. ... дисс. Авторев. – Самарқанд, 1993.

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konsitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145

Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари – Фарғона, 2021. – Б. 170.