THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
17
MILLIY KURASH TURLARI VA NAZARYASI
Vaxobov G‘iyos Do‘stmurodovich
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14508030
Annotatsiya.
Kurash usullariga tarbiyaviy ahamiyat berilishi bejiz emas
albatta. O‘sib kelayotgan yosh navqiron avlod ongi va qalbida milliy istiqlol
g‘oyasini singdirish, usul, vosita va omillar qatorida milliy kurash o‘ziga xos
xususiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Kurash, kurash turlari, belbog’li kurash, jismoniy mashqlar,
mashg’ulotlar, harakat texnikasi, nazariy tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik.
Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki
sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim
zamonlardan buyon maʼlum.
Kurash, ayniqsa, Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiyada
musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil
koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya,
Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa
mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr
oxiri – XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi.
1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144
mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining
yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng
tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida
dunyo miqyosida tan olina boshlandi.
Ma’lumki, o’zbek milliy kurashi O’rta Osiyo va Qozog’iston hududida keng
tarqalgan sport turi bo’lib, bu hududlarda kurashning “Buxorocha” va
“Farg’onacha” shakllari keng qo’llaniladi.
“Buxorocha” kurashda tik turgan holda, beldan pastni ushlamasdan,
qalmoqi qilib yiqitish usuli mavjud. Bu kurashning asosiy usullari raqibni
oshirib otish, qalmoqi, qoqma, ichki tomondan poypechak qilib ag’darib,
raqibning yelkasidan ushlab, tizza tomon bilan ilomoq qilib yelkadan oshirib
tashlashdan iborat. Buxoro, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida “Buxorocha”
kurash keng tarqalgan.
Kurash qoidalarining xususiyatlari Kurashda raqibni ushlab olganda,
ko’targanda oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni yerdan
ko’targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon tomonlarga tashlash kerak.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
18
Yerdan ko’tarishda chapga yoki o’ngga tez o’girilish shart va bunda raqibni yon
tomonga yoki kurakka tashlanadi. Har bir olishuv boshlanishidan oldin uchta
hakam (o’rtadagi xakam, ikkita yon hakam) musobaqalar o’tkaziladigan
maydonning chetiga birgalashib turishadi, ung qo’llarini chap ko’krakka qo’yib,
o’z joylarini yegallashdan oldin ta’zim qiladilar. Musobaqalar o’tkaziladigan
maydondan chiqishdan oldin xakamlar takroran chetda yig’iladilar va o’ng
qo’llarini chap ko’krakka qo’yib tomoshabinlar ko’p tomonga qarab, ta’zim
qiladilar.
Kurashchilar ham gilamga chiqishdan oldin va uni tark yetishda, Kurash
maydoniga kirishda va undan chiqishda, xar bir olishuvning boshlanishida va
oxirida o’ng qo’llarini chap ko’krakka qo’yib ta’zim qiladilar. Kurash maydoni
oldidagi ta’zimdan so’ng Kurashchilar maxsus belgilangan joyga qadar to’g’riga
yurishlari shart, keyin o’ng qo’lni chap ko’ksiga qo’yib, bir-birlariga ta’zim
qilishlari shart.
Hakam olishuv natijasini ye’lon qilgandan so’ng Kurashchilar yana bir bor
o’ng qo’llarini chap ko’ksiga qo’yib bir-birlariga ta’zim qiladilar va gilamdan
chiqib ketadilar.
Hakam va yon tomondagi hakamlar tayyorgarlik holatida olishuvdan oldin,
Kurashchilar gilamga chiqishlaridan oldin turishlari shart.
Hamma ta’zimlar bo’yin va gavdaning yegilishi orqali bajariladi. Agar
Kurashchilar ta’zimni bajarmasalar, hakam uning bajarilishini talab qilishi shart.
Gilamdagi hakamlar maydonni nazorat qilar ekanlar, gilamning usti tekis,
toza, tatamilar orasi ochiq bo’lmasligiga, yon hakamlar o‘rindiqlarilari o’z
joylarida joylashishlariga va kurashchilar belgilangan qoida talablariga javob
berishlariga e’tibor qaratishi shart. Hakam gilam o’rtasida vaqt ro’yhatga
olinadigan stolga qarab tik holatda turishi kerak.
Belbogʻli kurash. Oʻzbek xalq yakka kurashining
belbogʻli kurash
deb
nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va
tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrgan
mansub Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash
usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qadimiy „Tan-
shu“ qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar kurash musobaqalarisiz
oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va shu kabilar kurashning ana
shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri – 20-asr boshi). Chorizm istilosi va
shoʻrolar davrida oʻzbek milliy kurashini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda
siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu
urinishlarga barham berildi. 1991-yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
19
kurash turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha
kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chiqdi:
kurash tushuvchilar 14x14m dan 16x16m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil
rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan koʻk-yashil tusli kurash gilamida tik
turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-
harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi.
Kurash hozirgi kunda insonlar hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki
kurash ham milliy sport turi, ham insonni chiniqtirib, ruhiy tarafdan ham ancha
mustahkamlaydi. Kurash bilan har kim ham shug‘ullana olmaydi. Chunki uning
tartibqoidalari, uning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud.
Kurashchining jismoniy tayyorligi undagi mahoratning tarkib topishida hayotiy
muhim sifatlar hamda mehnatda va Vatanni himoya qilishda zarur bo‘ladigan
malakalarning hosil bo‘lishida asos bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyot:
1.
Yusupov kurash, Kurash, T., 1999; Moʻminov A., Prezident. Sport. Gʻalaba!,
T., 2001.
2.
Vaxobov, G. I. (2023). MILLIY KURASH SPORT TURIGA 12-13-YOSHDAGI
BOLALARNI TAYYORLASH. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences, 2(21), 178-180.
3.
Dustmuratovich, V. (2023). METHODS OF DEVELOPMENT OF SWEEPING
METHODS AND TECHNIQUES IN 14-15-YEAR-OLD WRESTLERS IN CHILDREN'S
AND YOUTH SPORTS SCHOOLS.
4.
Ochilov, J. (2022). O ‘QUVCHI VA TALABALARNI JISMONIY
TARBIYALASHNING AHAMIYATI. Academic research in educational sciences,
(Conference), 811-816.
5.
Ochilov, J. (2022). QISHLOQ XO ‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA
TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR.
Academic research in educational sciences, (Conference), 834-839.
6.
Ochilov, J. A. X. (2023). ZAMONAVIY AXBOROT JAMIYATIDA O
‘QUVCHILARNI SPORTGA OID TA’LIM-TARBIYA MADANIYATINI (INTEGRAL)
TAKOMILLASHTIRISH (STOL TENNISI MISOLIDA)”. Academic research in
educational sciences, 4(SamTSAU Conference 1), 237-240