HINDISTON ADABIYOTIDA VEDANTALARNING TUTGAN O’RNI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti , filologiya va tillarni o’qitish” hind ingliz guruhi 3-kurs talabasi
28-31
20

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kenjayev , F. . (2025). HINDISTON ADABIYOTIDA VEDANTALARNING TUTGAN O’RNI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(2), 28–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/63890
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

HINDISTON ADABIYOTIDA VEDANTALARNING TUTGAN O’RNI VA

BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Kenjayev Faxriddin Shodmon o’g’li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti , filologiya va tillarni o’qitish”

hind ingliz guruhi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14725338

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Hindiston adabiyotida Vedalarning yakuni

hisoblanadigan Vedantaning o’rni va bugungi kundagi ahamiyati haqida so’z
yuritiladi.

Tayanch so’zlar va iboralar:

Vedalar, Vedanta, Braxmanlar, Aranyaklar,

Upanishidlar,Sanskrit tili,

Ushbu maqola hind adabiyotida Vedalar va uning yakuni bo’lmish Vedantalar

haqida so’z yuritilarkan avvalo Hindiston adabiyotining bir muddat tarixiga
qaytamiz. Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Tarixchilarning fikricha
Vedalar adabiyoti miloddan avvalgi 2500- yildan 500- yilgacha davom ettirilgan.

Bizga ma’lum bo’lishicha Vedalar adabiyoti to’rt asardan iborat. Xususan

Rigveda, Atxarveda, Samaveda va Yajurveda. Bu kitoblarga batafsil to’xtaladigan
bo’lsak , Rigveda buni olimlar boshqa nom bilan ya’ni “madhiyalar devoni ” deb
ham atashadi va eng qadimgi va eng muhim to‘plamdir.

Ular miloddan avvalgi XI-X asrlarga tegishlidir. U 1028 madhiyadan (sukt)

iboratdir. Ba’zi madhiyalar qadimdan marosim duolari sifatida xizmat qilgan,
ammo boshqacha marosimlar ham bor. Bular samoviy va to‘y madhiyalaridir.
Rigvedada qahramonlik ulug’lash kabi xislatlar oldinga suriladi1.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki keying kitoblar ham Vedalar adabiyotida xususan

hind adabiyotida alohida o’rin tutadi. Ikkinchi madhiyalar to‘plami Atxarvedadir.
Hozirgi kunda u 731 madhiyadan iborat va 20 kitobga bo‘lingan2. Bu asar
Rigvedaga qaraganda keyinroq yaratilgan va son-sanoqsiz ruhlar, jinlar va sehrli
kuchlarga e’tiqod haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Olim larning fikricha, u
etnografiya va din tarixi uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi.

Uchunchi to‘plam – Samaveda (ashulalar devoni)dir. U 1549 madhiyadan

iborat. Bu madhiyalar qurbonlik qilish marosimida aytilgan. Samavedadagi
madhiyalar asosan marosimlarda qurbonlik keltirish uchun aytiladigan va
kuylanadigan qo’shiqlar to’plamidir.

To‘rtinchi to‘plam - Yajurveda (qurbonlik va xayr-ehsonga tegishli tilovatlar

devoni). U qisman madhiyalar va nasriy parchalardan iborat. Bunda turli xil


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

bayramlarda yoki kundalik hayotda ham qilinadigan qurbonlik va xayr-ehsonlar
haqida kuylanadigan kitob sanaladi.

Endi bevosita hind adabiyotida Vedantalarning o’rni haqida so’z yuritamiz va

ularni birma-bir ko’rib chiqamiz. Avvalo Vedantalarning o’ziga to’xtaladigan
bo’lsak bu qadimgi hind adabiyotidagi Vedalarning yakuni sarhisobi sifatida
keltiriladi. Vedanta bu qadimiy hind adabiyoti na’munalaridan bo’lib, uning
ma’zmuni asosan vedalarning madhiya-qo’shiqlariga izoh berish bilan bog’liq.

Bevosita asar nomi ham “veda” va “ant” ya’ni “oxiri” degan so’zlardan

olingan3.

O’sha paytda Hindistonda vedalardan tashqari biror bir manba bo’lmaganki

hind ziyolilari xususan braxmanlar vedalar tarkibidagi qo’shiq va madhiyalarni
zamirida yotgan diniy- falsafiy mazmuniy qarashlarni asta sekin hind xalqiga
singdirib ularga izoh yoza boshlashgan. Shu tariqa vedalardan so’ng vadanta ya’ni
vedalar yakuni, oxiri yuzaga kelgan. Braxmanlar paydo bo’lgan izoh va
qarashlarni mazmun-mohiyatiga ko’ra uch guruhga bo’lishgan ular;

-braxmanlar
-aranyaklar
-upanishidlar
Yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadigan bo’lsak vadantalarning yaratilish

davri miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga to’gri keladi va yana bir fikr o’rinliki ya’ni
kastachilik tizimidan voz kechib yangi dunyoqarashlar ham shakllana boshlagan.

Shu tarzda braxmanlar yaratgan diniy falsafiy qarashlar vaqtlar o’tgan sari

o’zgarib borgan va kitob holiga kelgan.

Dastavval vedantaning birinchi turi hisoblanadigan Braxmanlarga to’xtalib

o’tamiz. Braxmanlarning yuzaga kelish davri miloddan avvalgi VII-VI asrlarga
to’g’ri keladi deb ba’zi manbalarda keltiriladi4. Tarixdan ma’lumki Hindistonda
kasta-varna tizimi shakllangan shu boisdan ham eng yuqori qatlam bo’lmish
braxmanlar alohida o’rin tutgan. Braxmanlar veda ilmini o’rganib, inson hayotini
muhim to’rt davrga bo’lgan va shu haqdagi malumot va fikrlar “Braxmanlar”
to’plamida keng va batafsil bayon etilgan. Ular;

-yoshlik bu dastavval hayotni o’rganish hamda shogirdlik davri
-grixastxa bu davrda inson oilali bo’lish keltiriladi
-darveshlikka o’tish davri
-to’liq darveshlik davri
Hind faylasuflarini ta’kidlashicha inson hayoti davomida ushbu to’rtta davrni

o’z boshidan kechiradi va ular har bir davrga o’zlarini turli xil qarashlarini
keltirishadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

30

Biz ham har bir davrga birin ketinb to’xtalib o’tamiz. Yoshlik davri hind

faylasuflarining ta’kidlashicha bu davrda inson dunyoga kelib yashashni o’rganib
endi anglay boshlagan va bu hayotga kelganidan asosiy vazifasi nima ekanligini
tushunish davri shu uchun hambu davr boshqacharoq ataladi ya’ni shogirdlik
davri.

Shundan keytin inson keying hayotga ya’ni oilali bo’lish Grixastxa davriga

o’tadi. Bu davrga kelib inson o’z vazifasini bajarish xususan o’zidan nasl qoldirish
kabi vazifalarni o’tashi kerak. Bundan tashqari insoniyatni tarbiyalash ilm berish
kabi vazifalar ham bu davrga oid. Albatta o’ziga yarasha vazifa va majhburiyatlari
mavjud.

Sekinlik bilan oiladagi qiyinchiliklarni yengib tajriba oshgandan so’ng, inson

o’zi anglab yetgan qiyinchilik va hayotning past-u balandlarini, yaxsh-yu
yomonini ajratadigan bo’ladi. Braxmanlarning fikricha hamma hayot tajribalarini
va mulohazalarini boshidan kechirgandan so’ng asta-sekinlik bilan darveshlik
hayotiga ham o’ta boshlashi kerak. Shundan so’ng barcha tashvish g’amlar
yakuniga yetishi kerak deb o’ylashadi.

Darveshlik davri. Bu davrga kelib inson o’z umrini poyoniga yetib

borayotganini anglab o’zini faqat Yaratganga bag’ishlashi va oilasidan tamoman
yiroqlashishi lozim deb keltiriladi. Bu hayot fanda tarki dunyochilik deb yuritiladi.
Tarki dunyochilik uchun o’rmon eng qulay joy hisoblanadi. O’rmonni tanlash
bejizga emas, chunki o’rmon inson kundalik hayoti uchun zarur bo’lgan ko’pgina
qulayliklarga ega ya’ni boshpana daraxtlar, och qolishmaydi, o’t o’lanlar ko’rpa
to’shak vazifasini bajaradi5. Shu boisdan ham hindlar ongida inson hayoti uchun
o’rmon katta vazifani bajaradi. Bu haqida Vedantaning ikkinchi qismi bo’lmish
Aranyaklarda ko’plab ma’lumotlar keltirilgan.

Aranyaklardagi voeqalar braxmanlarning to’rtinchi davridan keying qismi

haqida gap boradi. Bunda inson braxmanlarning to’rtinchi ya’ni , o’rmon hayoti
haqida so’z yuritiladi. Bu kitobda insonning o’rmondagi hayoti , ibodati, tavba
tazarrusi kabi bir qancha tafsilotlar keltirilgan. Bu kitob taxminan VII-VI asrlarda
yaratilgan.

Hindlar hayotida pand nasihat, faylasufona fikrlar asosiy rol o’ynaydi, shu

boisdan ham Vedantaning uchinchi kitobi Upanishadlar katta ahamiyatga ega.
Upanishad asli sanskritcha so’z bo’lib uning ma’nosi “yaxshi nasihat” dir. Bu kitob
asosan insonni bu dunyoda hayot kechirishining sababi , uning vazifalari, va
ko’plab ta’limotlar vedalar tavsifida keltirilib o’tilgan. Upanishadlarda asosan
ustoz shogir o’rtasidagi savol javoblar bu savollar esa borliq, dunyo tashvishlari,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

31

olamni o’rganish va bir qancha shunga o’xshash ma’lumotlarni olishga yordam
beradi.

Upanishadlar 108 ta to’plamdan iborat bo’lib, bunda bir qancha izohlar

to’plami bor va ular;

-rigveda bo’yicha 10 ta Upanishad
- Shukla-yajurveda bo’yicha19 ta Upanishad
-krishna-yajurveda bo’yicha 32 ta Upanishad
- samaveda bo’yicha 16 ta Upanishad
-atxarveda bo’yicha 31 ta Upanishad
Hind xalqi ongida upanishadlar juda katta tasir qilgan va bu qisman ularning

butun hayotini belgilab bergan desak ham yanglishmaymiz.

Xulosa qiladigan bo’lsak hind adabiyotida vedantaning o’rni katta negaki

kundalik hayot bilan shu kitobdagi upanishadlar , qarashlar deyarli bir xil. Albatta
hindlar hozirga qadar bu kabi faylasuona qarashlar, fikrlarni darsliklarda ham
kiritshgan buni qiyosi sifatida islom dinidagi Naqshbandiylik, Kubroviylik kabi
ta’limotlar bir biriga yaqindir. Shu boisdan ham hind adabiyootida Vedalar va
Vedantaning o’rni katta va bugungi kunda ham shunday.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat.

Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet.
2.

Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004- C 32

3.

Uchqunova.U.U Hindiston adabiyoti. TDSHU. 2020 – B 33

4.

O’sha asar. B 34

5.

O’sha asar. B 35

Bibliografik manbalar

Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet.

Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004- C 32

Uchqunova.U.U Hindiston adabiyoti. TDSHU. 2020 – B 33

O’sha asar. B 34

O’sha asar. B 35