Авторы

  • Ozoda Ma’rifova
    Navoiy Innovatsiyalar Universiteti talabasi.
  • Zarixa Abdullayeva
    Ilmiy raxbar: Navoiy Innovatsiyalar Universiteti o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.65986

Ключевые слова:

pedagogika tarbiya urf-odat qadriyat tarix va madaniyat an’analar xalq hikoyalari.

Аннотация

ushbu maqolada siz milliy urf-odatlar va xalq pedagogikasi orqali bolalar nimalarni o’rganishlari,milliy qadriyatlarni zamonaviylik bilan birlashtirish orqali ma’naviy-axloqiy tarbiya yanada samaraliroq bo’lishi haqida o’rganasiz.Shu bilan birga,zamonaviy sharoitlarga moslashish va global dunyo bilan aloqani ko’rib chiqish muhimligini maqolada o’qiysiz.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

119

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA MILLIY URF-ODATLAR VA XALQ

PEDAGOGIKASINING ROLI

Ma’rifova Ozoda Nabiyevna

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti talabasi.

Abdullayeva Zarixa Bahodirovna

Ilmiy raxbar:

Navoiy Innovatsiyalar Universiteti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862684

Annotatsiya:

ushbu maqolada siz milliy urf-odatlar va xalq pedagogikasi

orqali bolalar nimalarni o’rganishlari,milliy qadriyatlarni zamonaviylik bilan
birlashtirish orqali ma’naviy-axloqiy tarbiya yanada samaraliroq bo’lishi haqida
o’rganasiz.Shu bilan birga,zamonaviy sharoitlarga moslashish va global dunyo
bilan aloqani ko’rib chiqish muhimligini maqolada o’qiysiz.

Kalit so’zlar:

pedagogika, tarbiya, urf-odat, qadriyat, tarix va madaniyat,

an’analar, xalq hikoyalari.

Аннотация:

в этой статье вы узнаете о том, чему учатся дети

посредством национальных традиций и народной педагогики, как
духовно-нравственное воспитание может быть более эффективным,
сочетая национальные ценности с современностью, одновременно
адаптируясь к современным условиям и глобальному миру. прочитаю в
статье о том, как важно учитывать общение с миром.

Ключевые слова:

педагогика, образование, традиция, ценности,

история и культура, традиции, народные сказания.

Abstract:

in this article, you will learn about what children learn through

national traditions and folk pedagogy, how spiritual and moral education can be
more effective by combining national values with modernity. At the same time,
adaptation to modern conditions and global you will read in the article about the
importance of considering communication with the world.

Key words:

pedagogy, education, tradition, values, history and culture,

traditions, folk stories.

Bugungi zamonaviy dunyoda ma’naviy-axloqiy tarbiyada milliy urf-odatlar

va xalq pedagogikasining roli muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Urf-odatlar,

an'analar va xalq pedagogikasi avlodlarga o'ziga xos ma'naviy-axloqiy
qadriyatlarni, odob-axloq me'yorlarini, e'tiqodlarni va hayot ko'nikmalarini
o'rgatishda katta ahamiyatga ega. Bu o'quv usullari yosh avlodning milliy ruhida
tarbiyalanishini ta'minlaydi va ularni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga
yo'naltiradi.Masalan, milliy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar va xalq


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

120

hikoyalari orqali bolalar o'zlarining tarixi, madaniyati va qadriyatlari bilan
tanishishadi. Xalq pedagogikasi o'ziga xos uslublari bilan (masalan, misol qilib,
hikoya, she'r va qo'shiq orqali) bolalarga axloqiy qadriyatlarni o'rgatishda,
ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi.Milliy urf-
odatlar va xalq pedagogikasi orqali bolalar milliy qadriyatlarga hurmatni
o’rganadilar,o’z xalqining tarixi va madaniyati bilan tanishadilar,axloqiy
qadriyatlarni o’zlashtiradilar,ijtimoiylashishadi va hayot ko’nikmalarini
o’rganadilar va o’zlarining milliy o’zligiga ega bo’ladilar.

Shu bilan birga, zamonaviy sharoitlarga moslashish va global dunyo bilan

aloqani ko'rib chiqish muhimdir. Milliy qadriyatlarni zamonaviylik bilan
birlashtirish orqali ma'naviy-axloqiy tarbiya yanada samaraliroq bo'ladi.

Xalq pedagogikasida hikoya va qo'shiqlar orqali axloqiy tarbiya quyidagi

usullar orqal amalga oshiriladi:

Hikoyalar orqali axloqiy tushunchalarni o'rgatish,xalq hikoyalari, afsonalar,

ertaklar va masallar orqali yosh avlodga yaxshilik, adolat, mehnatsevarlik,
samimiylik, vatanparvarlik kabi muhim axloqiy qadriyatlar singdirilgan.
Hikoyalardagi qahramonlarning harakatlari va natijalari orqali bolalar to'g'ri va
noto'g'ri harakatlar oqibatlarini o'rganadilar, shu bilan axloqiy fikrlashni
rivojlantiradilar.Shuningdek,hikoyalar

orqali

hissiyotlarni

uyg'otish,hikoyalardagi

qahramonlarning

his-tuyg'ulari

va

tajribalari

bolalarning empatiya qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Bolalar hikoyalar orqali
boshqalarning hissiyotlarini tushunishga o'rganishadi va shunga mos ravishda
harakat qilishni o'rganadilar.Qo'shiqlar orqali axloqiy qadriyatlarni eslatish,xalq
qo'shiqlari, madhiyalari va taronalari orqali yosh avlodda milliylik hissi,
patriotlik, mehnatsevarlik va boshqa axloqiy qadriyatlar o'stiriladi. Qo'shiqlar
orqali bolalar muhim tarixiy voqealar, qahramonlar va urf-odatlarni yodlab
olishadi.Bundan

tashqari,qo'shiqlar

orqali

his-tuyg'ularni

ifodalashni

o'rgatish,qo'shiqlar orqali bolalar o'z his-tuyg'ularini ifodalashni, ularga o'zlarini
fikrlashni va badiiylikni ifodalashning boshqa usullarini o'rganadilar.Musiqaning
tarbiyaviy qiymatidan foydalanish,xalq qo'shiqlarining ritmi va melodikasi
orqali bolalarning ijodiy qobiliyati, musiqiy hissi va musiqaga bo'lgan sevgisi
rivojlantiriladi.Ilmiy va axloqiy fikrlashni rivojlantirish,hikoyalar va qo'shiqlarda
ma'lum bir g'oya, axloqiy qoida va yaxshilik haqida bir necha marta qayta-qayta
takrorlash, yosh avlodning shu g'oyalarni yaxshi o'zlashtirishiga va ularga
ko'proq e'tibor berishiga olib keladi.Ba'zi xalq qo'shiqlari va hikoyalari orqali
turli ko'nikmalar ham o'rgatiladi (masalan, mehnat, sa'y-harakat va
ijtimoiylashish).


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

121

Umuman olganda, xalq pedagogikasi hikoyalar va qo'shiqlar orqali

bolalarning axloqiy va ma'naviy qadriyatlarini rivojlantiradi, milliylik hissini
oshiradi va ularning fikrlash qobiliyatlarini kengaytiradi.

Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy teatr va

musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san’ati namunalarining falsafiy, psixologik va
tarbiyaviy jihatlarini tushunish, mazmun-mohiyatini chuqur bilish uchun uni
xalq pedagogikasi bilan bog‘lab o‘rganish kerak. Chunki yuqorida ta’kidlangan
san’at va hunarmandchilik turlari xalq hayotining bevosita ifodasi bo‘lib,
xalqimizning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, uning yuksak didini,
estetik qarashlarini va shu bilan birga xalq pedagogikasining axloqiy tarbiya
bilan bog‘liq muhim qirralarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, xalqimizning uzoq
tarixi, urf-odatlari, keng dunyoqarashi, orzu umidlarini ham butun ulug‘vorligi
va teranligi bilan ko‘rsatib, ular haqida keng, chuqur bilim beradi va ma’naviy-
axloqiy qadriyatlarga, kasb-hunarga qiziqish uyg‘otishda muhim manba
hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kelajak yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat

berib:”Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,yuksak intelektual va ma’naviy
salohiyatga ega bo’lib,dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada
bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi,baxtli bo’lishi uchun davlatimiz
va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ” degan edilar.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga
mustaqil qadam qo'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga
qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh
avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edilar:”Maktabda o'qitish
metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham
o'zgarmaydi”. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda tarbiyaning noodatiy bo’lgan
shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam tarbiya
va qarashlarini shakillantirish bola shaxsida milliy madaniyat va milliy
qadriyatlarni hurmat qilish, avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatini
qarratmog’imiz lozim. Хalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash masalalari keng qamrovli bo’lib,o’z zamirida tarbiya usullari, insoniy
qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi,do’st birodarlik,ahillik,mehnatsevarlik,
kasb-hunarga muhabbat,yaxshilik va yomonlikning ta’rifi, yaxshi va yomon
so’zning oqibati,halollik, to’g’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va
insofsizlik, og’ainichilik va qon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va
qo’rqoqlik, odobodobsizlik, mehmon va mehmondo’stlik kabi kategoriyalar
talqin qilinadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

122

Biz ko’ramizki,tez aytishlar, maqollar, ertaklar turli xalqlarda yaratilgan,

mazmun jihatidan bir xil, yoki bir-biriga yaqin bo'lgan materiallar uchrab
turadi.Bu hol xalq og'zaki ijodini umumbashariy ta'siriga ega ekanligidan dalolat
beradi. Tez aytishlar, maqollar, ertaklar mazmuniga qarab, yoshlarni
tarbiyalashni turli yo'nalishlarini, aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy, estetik,
mehnatsevarlik va boshqa xususiyatlarni tarkib toptirishga qaratilgan bo'ladi.
Inson kamolotining biror sohasi yo'qki, unga tez aytish, maqollar, ertaklar ta'sir
etmagan bo'lsin.Tarbiya fanidagi ayrim materiallar yoshlarni tarbiyalashni
qonun-qoidalari, printsiplari, metodlarini aks ettirish bilan ajralib turadi. Xalq
og’zaki ijodi, bizning xalqimizning boy madaniy me’rosining namunalaridan
hisoblanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy va rang-barang urf-odatlari, sabr
va matonat bilan amalga oshiradigan mehnat faoliyati, xalqimizning sodda
qalbidagi orzu-umidlari, g’am-tashvishlari, armonlari, quvonchlarini ifodalab,
har bir davrga hamnafas bo’lib, sayqallanib boradi. Xalq og'zaki ijodining
pedagogik ahamiyati uning turli janrlari (ertaklar, masallar, she'rlar, qo'shiqlar,
afsonalar) orqali yosh avlodning axloqiy, ijtimoiy, milliy va ijodiy rivojlanishini
ta'minlashdadir. Bu ijodning qadimiy va doimiy qiymatini ta'kidlaydi.

Qisqa qilib aytganda xalq og’zaki ijodini ta’lim-tarbiya jarayoniga qorishuvi

xar tomonlama ijobiy natijasini ko’satadi. Buni albatta to’g’ri yondashuv, aniq
usul va yo’nalishlar bilan amalga oshirish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Qodiriyning “Turkiy guliston yoxut axloq”.Toshkent. 1998.
2. Xudoyqulov Xol Jumayevich, Xolov Olimjon Chorshamiyevich. Tarbiyaviy
ishlar metodikasi. Termiz. 2010,3,4-betlar.
3. Esonov Olimjon Abdullajonovich. Yoshlarda milliy qadriyatlarga jalb
qilish darajasini o‘rganish. (maqola) Andijon. 2020
4. N.Jo’rayev, M.Hoshimov, M.Hakimova, G.Ochilov, G.Musaxonova.
Pedagogika. Toshkent-2007,7-bet.
5.Mirziyoyev. Sh.M: “ Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz” .- T.:O’zbekiston-2017,13-b
6.Mirziyoyev SH.M: “Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”-T:O’zbekiston-2017,14-b
7.Mirziyoyev Sh.M: ”Ta’lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta’lim
sifatini oshirishga bag’ishlangan videoselektor mavzusida”30.10.2020.
8.Karimov.I.A: “O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li ’-.T.:
O’zbеkiston, 1992 70-71 bеt.
9.Avloniy.A: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.-T.:.Yoshlar nashriyot uyi.2018.9-
Bet.

Библиографические ссылки

A.Qodiriyning “Turkiy guliston yoxut axloq”.Toshkent. 1998.

Xudoyqulov Xol Jumayevich, Xolov Olimjon Chorshamiyevich. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Termiz. 2010,3,4-betlar.

Esonov Olimjon Abdullajonovich. Yoshlarda milliy qadriyatlarga jalb qilish darajasini o‘rganish. (maqola) Andijon. 2020

N.Jo’rayev, M.Hoshimov, M.Hakimova, G.Ochilov, G.Musaxonova. Pedagogika. Toshkent-2007,7-bet.

Mirziyoyev. Sh.M: “ Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” .- T.:O’zbekiston-2017,13-b

Mirziyoyev SH.M: “Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”-T:O’zbekiston-2017,14-b

Mirziyoyev Sh.M: ”Ta’lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga bag’ishlangan videoselektor mavzusida”30.10.2020.

Karimov.I.A: “O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li ’-.T.: O’zbеkiston, 1992 70-71 bеt.

Avloniy.A: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.-T.:.Yoshlar nashriyot uyi.2018.9- Bet.