THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
96
“OʻRTA OSIYO RENESSANSI DAVRIDA SAMARQANDLIK
ALLOMALARNING ILM -FAN VA MAʼNAVIY HAYOTGA QOʻSHGAN
HISSASI( IX-XII ASRLAR)”
Mamarajabova Nilufar
Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Tarix yo’nalishi 1- bosqich magistranti
nilufarmamarajabova974@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14922566
Rezyume
Ushbu maqolada Oʻrta Osiyo Renessansi davrida Samarqandlik
allomalarning ilm-fan va maʼnaviy hayotga qoʻshgan hissasi, ushbu davrda
Samarqand nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va ilmiy markaz bo'lib, ko'plab
buyuk olimlar, shoirlar va mutafakkirlar shu yerda yashagan va oshirgan
ishlarining natijalari ko’zda tutilgan.
Kalit so‘zlar:
Renessans, falsafa, sxolastika, jaholat, aqidaparastlik,
ratsionalizm, irratsionalizm, dogmatizm, mutaassiblik.
Abstract
In this article, the contribution of Samarkand scholars to science and
spiritual life during the Central Asian Renaissance, Samarkand was not only an
economic, but also a cultural and scientific center during this period, many great
scientists, poets and thinkers lived and improved their work here.
Key words:
Renaissance, philosophy, scholasticism, ignorance, bigotry,
rationalism, irrationalism, dogmatism, bigotry.
Аннотатция
В данной статье рассмотрен вклад самаркандских ученых в науку и
духовную жизнь в эпоху Среднеазиатского Возрождения, Самарканд в этот
период был не только экономическим, но и культурным и научным
центром, здесь жили и совершенствовали свою работу многие великие
ученые, поэты и мыслители.
Ключевые слова:
Возрождение, философия, схоластика, невежество,
фанатизм, рационализм, иррационализм, догматизм, фанатизм.
«Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod
qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq
o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob
asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga
javob topish mumkin. Xususan, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini
chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
97
yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z
qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros
vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-
o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon
hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan
olish kerak» . Tarixdan ma’lumki, Oʻrta Osiyo Renessansi davri - bu yangi
g‘oyalar, ilm-fan va san'atning rivojlanishi uchun muhim bosqich bo'ldi.
Samarqand bu jarayonda markaziy rol o'ynab, ko'plab olimlar va madaniyat
arboblarini tarbiyalagan. Samarqandlik allomalar, masalan, Al Beruniy, Ulug'bek
va Ibn Sino kabi buyuk shaxslar matematika, astronomiya, tibbiyot va boshqa
sohalarda jahon ilmiga katta hissa qo'shgan. Ularning asarlari ham nafaqat o'z
zamonida, balki keyingi asrlarda ham o'qilmoqda. Ma’naviyat va adabiyot: Oʻrta
Osiyo Renessansida adabiyot ham yuqori darajada rivojlangan. Samarqandlik
shoirlar va mutafakkirlar inson ruhiyatini yoritib beruvchi asarlar yaratdilar.
Ushbu maqola orqali Samarqandlik allomalarning ilm-fan va ma’naviy hayotga
qo'shgan hissasini o'rganish, ularning asarlarini yangidan tiklash yoki yangicha
yondashuv bilan tahlil qilish muhimdir.Tarixdan olingan darslarni zamonaviy
ta’lim tizimiga qo'shish orqali yosh avlodni tarbiyalashda samarali natijalarga
erishish mumkin. Oʻzbekistonning tarixidagi ushbu buyuk allomalarni tanitish
orqali xalqaro miqyosda mamlakatimiz madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish
imkoniyatlari yaratiladi.Shuning uchun Samarqandlik allomalarning merosini
o'rganish nafaqat tarixiy qiziqish uyg'otadi, balki bugungi kunda ham ilm-
fanning rivojlanishi uchun zarurdir.
Maqolaning Asosiy Mazmuni
Renessans – Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) G’arbiy
Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. U,ni oʻrta
asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar.
Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat
va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (Gumanizm), uning isteʼdodi,
aqliy fikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum)
madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib,
adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson
erki, hurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va
tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar
yaratildi, ilmfan rivojlandi. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning
ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movaraunnahr, Xuroson
Yevropaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
98
koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor
insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik
gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq
Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari
bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad.
davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy
Osiyoda IX-XII asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini
Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti,
„ishroq“ falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar
yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror
topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan
ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni
sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.
Dunyodagi bir qancha mashhur shaharlardan biri bo’lgan Samarqand
shahri ham o’zining tarixi va madanyati bilan tarixda o’zining o’chmas izini
qoldirgan. Dastlab Samarqandda Sohibqiron Amir Temur tomonidan
davlatchiligimizning tamal toshi qo’yilgan bo’lib, asrlar davomida buyuk
daholarni kamolga yetkazgan, talim-tarbiya bergan ilm-marifat manzili bo’lib, bu
tabarruk zamindar Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Mir Sayyid Baraka, Xoja
Axror Valiy, Maxmudu A’zam kabi buyuk allomalar mangu hayotga ketganlar.
Milodiy 982-983-yillarda yozilgan “ Xududul olam” (“Olamlar Xududi”) asarida
Samarqandni shunday ta’rif beradi: “ Samarqand – katta va obod shahar bo’lib,
unda nemat ko’pdir. Shaharda butun jahon tijoratchilari to’planadigan joydir. Bu
shaharda qo’g’oz ishlab chiqarilib, bu yerdan jahonnong barcha mamlakatlariga
olib ketilardi” . Ba’zi manbalarda Samarqandlik aholining odati mexmon
chaqirish , rabotlar qurish, ehsonlar berish, masjid va madrasalarga mol-
mulklarini sarf etishdan iborat ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.Milodiy
960-970 yillar orasida Samarqandga safar qilgan arab olimi Abulqosim Ibn
Xavqal (vafoti 367-977yillar) “Al Masolik val Mamolik” ( Yo’llar va
mamlakatlar”) nomli asarida: “Samarqand – jahon olimlari, fozil kishilari,
yozuvchi – adiblari yig’ilgan shahar bo’lib, ularning eng mashhurlari
Samarqandda ta’lim olishgan va komil inson bo’lib yetishganlar”,- degan. Juda
qadimdan Samarqand madaniy-ilmiy markaz bo’lib, “ Samarqandiy” nomi bilan
qalam yurutgan yuzlab, minglab allomalar, adiblar, shoirlar shu diyorda unib
o’sib kerakli ta’limni o’rganishgan. Xususan IX-X asrlarda yashab ijod etgan
mashhur olim Muhammad ibn Axmad ibn Yusuf Samarqandiy 865-866 yillarda
Samarqandda ilk astronomiyaga oid “Zij” I yulduzlar jadvalini tuzgan bo’lib ,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
99
astronomiya faniga asos solganligini takidlab o’tish joizdir. O’zbekistonlik
olimlar va akademiklar tomonidan Samarqand taraqqiyoti va tarixi bilan bog’liq
bo’lgan bir qancha ilmiy adabiyotlar nashr etilgan. Bunga misol tariqasida Qori
Niyoziyning (1897-1970) “ Ulugbekning astronomiya maktabi” asarini
keltirishimiz mumkin. Shu kabi olimlar bilan birgalikda yozilgan “Ulug’bek davri
tarixidan” to’plami, .akademik V. Abdullayevning “ Navoiy Samarqandda
Risolasi, A. O‘rinboyevning «Abdurrazzoq Samarqandiyning «Hindiston
safarnomasi» va Abdurrazzoq Samarqandiyning «Matla’i sa’dayn va majma’i
bahrayn» kitoblari, B. Ahmedovning «Davlatshoh Samarqandiy», . yuzga yaqin
olimlarni o‘zida jamlagan I. Abdullayev va H. Hikmatullayevning «Samarqandlik
olimlar» risolasini ko‘rsatish mumkin. Samarqand tarixi bo‘yicha yana bir necha
asarlar keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan bo‘lib, ular orasida akademik
I. Mo‘minovning «Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli»
nomli kitobchasi, «Samarqand tarixi» nomli ikki jildlik kitobidir. «Temur
tuzuklari»ning 1894 yili Qozonda N. Ostroumov tomonidan rus tiliga qilingan
tarjimasining faksimile nashri va unga yozilgan so‘zboshi, Ali Qushchining
«Astronomiyaga oid risola»- sini akademik I. Mo‘minov tahriri, kirish maqolasi
va izohlari bilan tayyorlangan o‘zbekcha nashri muhim ahamiyatga egadir.
Samarqand tarixini o‘rganish istiqlol yillarida izchillik kasb etdi. Xususan,
Afrosiyob tepaliklarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlarda
shahar arkining eng quyi qatlamlari o‘rganildi. Eramizdan avvalgi VIII-VII
asrlarda bunyod etilgan bu devor Markaziy Osiyodagi eng qadimiy mudofaa
istehkomi hisoblanadi. Bu yerdan topilgan ko‘hna buyumlar Fransiya ilmiy
tadqiqotlar milliy markaziga qarashli laboratoriyada tadqiq qilindi. Tahlillar
Afrosiyob ashyolari 2750 yillik tarixga ega ekanligini ko‘rsatdi. Samarqandlik
allomalarning har birini batafsil o’rganish, bazi asarlarni chuqur ilmiy tadqiqot
qilish uchun bir necha yillab vaqt kerak bo’lishi ma’lumdir. Samarqandlik
allomalarning ijodini o’rganish kabi muhim masala fanlarning ko’pgina
tarmoqlari bo’yicha mutaxasis bo’lgan respublikamiz olimlarining hamkorligini
talab qiladi. Samarqandlik allomalar ijtimoiy fanlar bilan birgalikda aniq fanlar
bilan ham shug’ullanganlar. Bu fanlarning har ikki yo’nalishi bo’yicha asarlar
yozib qoldirganlar. Samarqandlik allomalar tarixdan malumki astronomiya,
matematika, tibbiyot, geografiya kabi fanlarga qiziqishganlar va o’rganishganlar.
Bundan tashqari islom ilmlariga katta hissa qo’shgan fiqx, xadis kalom olimlari
zamona taqozosiga ko’ra diniy asarlar yozib qoldirgan bo’lsa ham, o’sha davr
uchun ilm-fan va marifatni tarqatishga o’zlarining katta hissalarini qo’shganlar.
Bu kabi asarlar maktab va madrasalarda qo’llanmna darslik sifatida o’qitilgan.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
100
Faqihlar, mufassirlar muhaddislar va mutakallimlar tasnif etgan asarlarda axloq
va odobga oid nasihatomuz rivoyatlar, tarixiy voqealar va o‘sha davrda yashagan
tarixiy shaxslar, islom dinining tarixi, uning Markaziy Osiyoda shakllanishi va
ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘ynagan roli haqida ma’lumotlar keltirilgan. Diniy
fanlar haqida yozilgan asarlarni o‘rganish Markaziy Osiyoda arab tilining
tarqalishi va uning mahalliy tillarga ko‘rsatgan ta’sirini, umuman, o‘sha davr tili
tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Samarqandlik allomalar yozib
qoldirgan boy ilmiy merosni har tomonlama o‘rganish, ularning fan va
madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini faktik materiallar bilan ilmiy
ravishda isbotlash tarixchi, islomshunos, dinshunos, faylasuf, tilshunos,
sharqshunos va aniq fanlar bilan shug‘ullanuvchi olimlarning bugungi kundagi
sharafli vazifalaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, ba’zi allomalarning dunyo
kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlari haqidagi ma’lumotlar ham
mavjuddir.
Xulosa
Xulosa qilib, bugun yangilanayotgan O’zbekiston Uchunchi Renessans
davrida fuqorolik jamiyati, davlatchilik va davlat boshqaruvi shakli hamda inson
huquqlarini ta’minlanishi haqidagi qarash va ta’limotlari uziga xos o’ringa ega.
Buyuk mutafakkirlar fikricha, inson kamolotiga ta’sir etuvchi eng muhim kuch –
bu ta’lim-tarbiyadir. Oʻrta Osiyo Renessansi davrida Samarqandlik allomalarning
ilm-fan va maʼnaviy hayotga qoʻshgan hissasi juda katta ahamiyatga ega. Ushbu
davrda Samarqand, Sharqning ilmiy va madaniy markazlaridan biri sifatida
tanilgan. Bu yerda bir qator buyuk olimlar, mutafakkirlar va sanʼatkorlar faoliyat
yuritgan. Ulugʻbekning astronomiya sohasidagi ishlari, uning tashkil etgan
observatoriyasi orqali yulduzlarni kuzatish va ularning harakatini o‘rganish.
Ulug‘bekning "Zij-i Sultoni" asari O‘rta Osiyo astronomiyasining rivojlanishiga
katta hissa qo‘shdi. Samarqandlik allomalar, masalan Al-Xorazmiy, algebra
asoslarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynadi. Algebra so‘zining kelib chiqishi
ham Al-Xorazmiy nomi bilan bog'liq. Abu Ali ibn Sino (Avicennaning) tibbiyot
sohasidagi asarlari, jumladan "Tibbiyot qonunlari" asari Evropada uzoq vaqt
davomida asosiy tibbiy manba sifatida xizmat qildi. Al-Farg‘oniy va boshqa
mutafakkirlarning falsafiy qarashlari nafaqat Oʻrta Osiyo, balki butun musulmon
olamiga ta’sir ko‘rsatdi. Muhammad Tarxon va boshqa tarixchilar Oʻzbekiston
tarixi haqida qiymatli ma’lumotlarni to‘pladilar va tarixni o‘rganishda yangi
metodologiyalarni ishlab chiqdilar. Samarqand o'zining me'morchiligi
(masjidlar, madrasa va saroylar) orqali ma'naviyatni yuksaltirishda muhim rol
o'ynadi. O'zbek she'riyati va nasri bu davrda rivojlanib, xalq ruhiyatini ifoda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
101
etuvchi asarlar paydo bo'ldi.Madrasa tizimi ilm-fan tarqatishda muhim rol
o'ynadi; bu yerda talabalar turli fanlarga oid bilimlarni olganlar. Ushbu
tadqiqotlarning ilmiy yangiligi shundaki, u nafaqat tarixiy voqealarni yoritadi,
balki zamonaviy ilm-fan taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatgan an'analarni ham qayd
etadi. Bularning barchasi Oʻrta Osiyo Renessansi davridagi Samarqandlik
allomalarning merosini yanada kengroq tushunishga yordam beradi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda
Oliy Majlisga Murojaatnomasida so‘zlagan nutqida.
2.
Xududul olam- Qohira Ad- Dorus skofiya, 1999.84-bet
3.
Т. Н. Кары-Ниязов. Астрономическая школа Улугбека. – М. – Л.: Изд.
АН СССР, 1950.
4.
А. К. Арендс. Из истории эпохи Улугбека. – Т.: Наука, 1965
5.
А.
Ўринбоев.
Абдурраззоқ
Самарқандийнинг
«Ҳиндистон
сафарномаси». – Т., 1960.
6.
Абдурраззоқ Самарқандий. Матлаъи саъдайн ва мажмаъи баҳрайн.
Форс тилидан таржима ва изоҳлар А. Ўринбоев. ЎзР ФАШИ. – Т.:
Ўзбекистон, 2008.
7.
Б. Аҳмедов. Давлатшоҳ Самарқандий. – Т, 1967
8.
История Самарканда. В двух томах. Том 2. Ответственный ред. И. М.
Муминов. – Т.: Фан, 1970
9.
”ЎРТА
АСРЛАРДА
ЯШАГАН
МАШҲУР
САМАРҚАНДЛИК
АЛЛОМАЛАР’’Ш. Зиёдов, Қ. Маҳмудов. ТОШЕНТ – 2019.10-11bet.