Авторы

  • G‘ayratjon Raxmatullayev
    IIV Akademiyasi magistratura “Tashkiliy-strategik boshqaruv”

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.69593

Аннотация

Mamlakatimizda probatsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi va ushbu yo‘nalishning huquqiy maqomi mustaxkamlanishida 2024 yil 7 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”[1]gi Qonuni muhim ahamiyatga egadir. Xususan, ushbu qonunda probatsiyani amalga oshirish sohasidagi asosiy tushunchalar – probatsiya, probatsiyaga oid axborot tizimi, probatsiya nazorati, probatsiya nazoratidagi shaxs, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) kabi tushunchalarga ta’riflar berildi.

 

 


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

63

PROBATSIYA FAOLIYATINI HUQUQIY MAQOMINI TASHKIL ETISH

TARTIBI

Raxmatullayev G‘ayratjon Toshxo‘jayevich

IIV Akademiyasi magistratura “Tashkiliy-strategik boshqaruv”

https://doi.org/10.5281/zenodo.14908581

Mamlakatimizda probatsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi va ushbu

yo‘nalishning huquqiy maqomi mustaxkamlanishida 2024 yil 7 avgustda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”

1

gi Qonuni muhim

ahamiyatga egadir. Xususan, ushbu qonunda probatsiyani amalga oshirish
sohasidagi asosiy tushunchalar – probatsiya, probatsiyaga oid axborot tizimi,
probatsiya nazorati, probatsiya nazoratidagi shaxs, elektron kuzatuv vositasi
(elektron braslet) kabi tushunchalarga ta’riflar berildi.

Shuningdek, probatsiyani amalga oshirish sohasini tartibga solish bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy ijro etuvchi
hokimiyat organlarining, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
probatsiya xizmatining va Probatsiya nazoratini amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi sub’ektlar sifatida mehnat organlarining, davlat sog‘liqni
saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalarining,
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy
bo‘linmalarining, ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari
va ta’lim tashkilotlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari
agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining vakolatlari belgilab berildi.

Shu bilan birga mazkur qonunda probatsiya nazoratida ishtirok etuvchi

sub’ektlar sifatida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolar probatsiya nazoratida ixtiyoriy ravishda,
probatsiya xizmatining roziligi bilan ishtirok etishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mazkur qonunga binoan, probatsiya xizmatining tizimiga quyidagilar

kiradi:

-

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi

departamenti probatsiya xizmatining markaziy apparati;

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar
boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatining probatsiya boshqarmalari
(bo‘limlari).

Qonunga asosan, probatsiya xizmati quyidagi huquqlarga ega:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

64

-

probatsiya

nazoratidagi

shaxslardan

probatsiya

to‘g‘risidagi

qonunchilikka rioya etishni, g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarni tugatishni talab
qilish;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarning

tekshiruvini amalga oshirish;

-

ozodlikni cheklash tarzidagi jazoga hukm qilingan, o‘ziga nisbatan

muayyan buyumlarga ega bo‘lishga yoki ularni saqlashga doir sud tomonidan
taqiq (cheklov) belgilangan shaxslarni ushbu taqiqqa (cheklovga) rioya
etilayotganligini tekshirish maqsadida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning
ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘zdan kechirish;

-

sud tomonidan o‘ziga nisbatan muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lish

majburiyati belgilangan, shuningdek o‘ziga nisbatan tuman (shahar) probatsiya
bo‘linmasining roziligisiz yashash joyini o‘zgartirishga, tegishli ma’muriy hudud
doirasidan tashqariga chiqishga doir taqiqlar (cheklovlar) belgilangan
probatsiya nazoratidagi shaxslarning mazkur taqiqlarga (cheklovlarga) va
majburiyatlarga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida
probatsiya nazoratidagi shaxslarning yashash joyini ushbu Qonunda belgilangan
tartibda tekshirishni amalga oshirish;

-

tegishli davlat organlarini va tashkilotlarini, shuningdek fuqarolarning

o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda
fuqarolarni probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirishga doir
faoliyatga jalb etish;

-

probatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarini, shuningdek ularning

sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish
haqida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga
bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalarni o‘z vakolatlari doirasida kiritish;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning mastlik holatini sertifikatlashtirilgan

maxsus texnik vosita yordamida yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika
muassasalarida mas’ul xodimlar yordamida aniqlash;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatish

maqsadida ushbu shaxslarga jamoat tarbiyachilarini (yashash joyi bo‘yicha) yoki
murabbiylarni (o‘qish yoki ish joyi bo‘yicha) biriktirishga doir chora-tadbirlarni
ko‘rish;

-

axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoni o‘tayotgan probatsiya nazoratidagi

shaxslarning ish joyidan ish haqi, ishlagan kunlari, ish haqidan ushlab
qolishlarning miqdorlari to‘g‘risidagi hisob-kitob ma’lumotnomalarini olish.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

65

-

Probatsiya xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega

bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, qonunga asosan,

Probatsiya xizmati quyidagi

majburiyatlarga ega:

-

sudning probatsiya nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga

taalluqli so‘roviga binoan tegishli axborotni taqdim etishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarga ularning xulq-atvori ustidan

nazoratning amalga oshirilish tartibini, sud tomonidan belgilangan taqiqlarga
(cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etilishi shartlarini, shuningdek mazkur
taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan yoki ushbu majburiyatlarni bajarmagan
taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlarni tushuntirishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan

taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishini tekshirishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish ishlarini

ularning elektron ijtimoiy-psixologik qiyofasini tuzgan holda ijtimoiy
moslashtirish dasturlari asosida amalga oshirishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning hisobini probatsiyaga oid axborot

tizimiga ma’lumotlarni kiritish orqali yuritishi;

-

o‘ziga nisbatan jinoyat ishi yopiq sud majlislarida ko‘rilgan probatsiya

nazoratidagi shaxslarning shaxsiy yig‘majildlarini belgilangan tartibda yuritishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga

olish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda genom bo‘yicha davlat
ro‘yxatiga olinishini ta’minlashi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan

taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya etishi ustidan nazoratni
amalga oshirish maqsadida mazkur shaxslarning uylariga (kvartiralariga)
kirilgan barcha hollar to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida prokurorni yozma yoki
elektron shaklda xabardor qilishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan sudga jazoni o‘tashdan

muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqida, jazoning o‘talmagan qismini
yengilroq jazo bilan almashtirish to‘g‘risida yoxud kasallik yoki mehnat
qobiliyatini yo‘qotganlik tufayli jazodan ozod qilish haqida taqdimnomalar
kiritishi;

-

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan belgilangan

taqiqlarni (cheklovlarni) va majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bekor qilish
haqida, shuningdek qo‘shimcha taqiqlar (cheklovlar) va majburiyatlar belgilash
to‘g‘risida sudga taqdimnomalar kiritishi;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

66

-

shartli hukmni bekor qilish yoki jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli

ozod qilishni bekor qilish haqida yoxud jazoning o‘talmagan muddatini og‘irroq
jazo turiga almashtirish to‘g‘risida sudga taqdimnomalar kiritishi;

-

jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga ozod qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma

taqdim etishi shart.

-

Probatsiya xizmatining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa

majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Probatsiya xizmatining faoliyati ustidan nazoratni qonunga ko‘ra, tegishli

davlat organlari va tashkilotlar qonunchilikda belgilangan hollarda hamda
tartibda hamda qonunlarning aniq hamda bir xil ijro etilishi ustidan nazorat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, ushbu qonunda probatsiya nazoratidagi shaxslarning

huquqlari va majburiyatlari, ularning belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) va
majburiyatlarni bajarmaganligining huquqiy oqibatlari, shaxsni probatsiya
hisobiga qo‘yish va probatsiya nazoratini amalga oshirish tartibi, muayyan
huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari va
ozodlikni cheklash tarzidagi jazolarni ijro etish tartibi, probatsiya nazoratidagi
shaxsga nisbatan elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) qo‘llash, Sud
tomonidan belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) va majburiyatlarga rioya
etilishi ustidan probatsiya nazoratini amalga oshirish tartiblari, probatsiya
nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, probatsiya nazoratidagi
shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish, intizomiy jazo va huquqiy ta’sir
choralarining qo‘llanilish tartibi va asoslari hamda probatsiya nazoratidagi
shaxsni probatsiya hisobidan chiqarish asoslari va tartibi, probatsiyani amalga
oshirish sohasidagi nizolarni hal etish tartibi hamda probatsiya to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilab berilgan.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, ozodlikdan mahrum etish bilan

bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosini ta’minlashda ichki ishlar organlarining
probatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmalarning faoliyatlari
keng ko‘lamligi va o‘ziga xos serqirraligi bilan ajralib turadi. Ushbu yo‘nalishda
ularning asosiy vazifalari ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazolarga hukm etilgan shaxslarga tegishli tartibda jazo o‘tattirish bilan birga
jamoat tartibining buzilishiga olib keluvchi omillarning oldini olish, jamoat
tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligining samarali ta’minlashdir.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, jamiyat har doim rivojlanishda bo‘lganidek,

ichki ishlar organlari probatsiya boshqarmasi faoliyati va ish samaradorligini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

67

yangi bosqichga olib chiqish bugun zamon talabidir. Boshqacha aytganda, Ichki
ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasi jamoat
tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning
profilaktikasini amalga oshirish, huquqbuzarliklarning sabablari va sodir
etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini bartaraf etishda qonun va qonunosti
normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, faoliyatning shakl va usullaridan hamda
xizmat vakolatlaridan samarali foydalangan xolda amalga oshirishlari maqsadga
muvofiqdir.
Shuningdek, yurtimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga oid muhim islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda Ichki
ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasining
fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy hamkorligiga oid xorijiy tajribani
o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, ya’ni ulardagi hamkorlikning shakllari, usullari
va tamoyillarini tadqiq etish orqali ularning ilg‘or yutuqlarini milliy tizimimiz va
qonunchiligimizga implemintatsiya qilish o‘ziga xos ahamiyatga egadir.