THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
159
SHERMUHAMMADBEK QO’RBOSHI FAOLIYATI
Tilavov Jaloliddin Erkin o’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi
Tilavov Jaloliddin
tilavovjaloliddin51@gmail.com
Tel: +998937538844
Poyonov Abdusamad Bahodir o’g’li
Ilmiy rahbar:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14949734
Annotatsiya
Mazkur maqolada milliy ozodlik harakati yetakchilaridan biri bo’lgan
Shermuhammadbek qo’rboshining faoliyati yoritiladi.Uning Turkiston
mustaqilligi yo’lidagi kurashi ,bosqinchilarga qarshi olib borgan harbiy
harakatlari hamda tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi .Qo’rboshi tomonidan ilgari
surilgan g’oyalar va uning shiorlari ham qisqacha talqin qilinadi.Shuningdek,
qo’rboshining o’z davridagi siyosiy jarayonlardagi o’rni haqida ham so’z
yuritiladi.
Kalit so’zlar
: Qo’rboshi, Boleshevik, Turkiston, Ko’rshermat, Farg’ona,
Bosmachilik, Madaminbek, harbiy guruh
Annotation
This article covers the activities of Shermuhammadbek Korbashi, one of the
leaders of the national liberation movement. His struggle for the independence
of Turkestan, his military actions against the invaders, and his historical
significance are analyzed. The ideas put forward by the Korbashi and his slogans
are also briefly interpreted. The role of the Korbashi in the political processes of
his time is also discussed.
Keywords
: Korbashi, Bolshevik, Turkestan, Kurshermat, Fergana,
Basmachilik, Madaminbek, military group
Аннотация
В
данной
статье
освещается
деятельность
Горбаши
Шермухаммадбека, одного из лидеров национально-освободительного
движения, анализируется его борьба за независимость Туркестана, его
военные действия против оккупантов и их историческое значение.
Ключевые слова:
Корбоши, Большевик, Туркестан, Коршермат,
Фергана, Босмачилик, Мадаминбек, военный отряд
Shermuhammadbek Qo‘rboshi – XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Farg‘ona
vodiysida Rossiya imperiyasiga qarshi kurash olib borgan mashhur qo‘rboshi
(sarkarda)lardan biri hisoblanadi. U o‘z davrida mustamlakachilarga qarshi
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
160
harakatning faol ishtirokchisi bo‘lib, milliy ozodlik kurashida muhim rol
o‘ynaganShermuhammadbek Farg‘ona vodiysida sovet rejimiga qarshi milliy
ozodlik uchun kurashning ilk bosqichidan boshlab jang maydoniga kirgan. U
Katta Ergash va Madaminbekning o‘rinbosarlari sifatida istiqlolchilarning tan
olingan yirik lashkarboshisi edi. U kurash maydoniga qadam qo‘ygan ilk
kunlardan boshlab «Turkiston – turkistonliklarning yurtidir, unga boshqa hech
kimning egalik qilishga haqqi yo‘q!» degan shiorni o‘rtaga tashlagan. Uning
asosiy maqsadi Turkistonda islom jumhuriyatini tashkil qilish bo‘lgan
Shermuhammadbek Turkiston mintaqasining barcha aholisiga qilgan
murojatida qurolli kurash faoliyatini shunday ifodalagan edi:” Bolesheviklar
aldaydilar va o’ldiradilar.Barcha davlatlar bolesheviklarni tugatish uchun ularga
qarshi kurashmoqdalar.Turkiston xalqiga o’zini o’zi boshqarish huquqi
berilganida edi , biz kurashmagan bo'lar edik.Turkistonga o’z huquqi berilmas
ekan , biz huquq va vijdonimiz , or-nomusimiz uchun so’nggi tomchi qonimiz
qolgunicha bolesheviklar bilan kurash olib boraveramiz”. Xullas , Farg’ona
vodiysida istiqlolchilik harakatiga Shermuhammadbek rahbarlik qilishi bilan
qizil armiyaga qarshi kurash 1920- yillar o’rtalarida o’zining yangi bosqichiga
qadam qo’ydi.Kurashning bu bosqichida u yanada shafqatsiz va murosasiz tus
oldi .1921-yil bahorda Shermuhammadbek boshchilik qilgan Farg’ona
vodiysidagi qurolli harakat yangi kuch bilan ajv olib ketti. Sovet qo’shinlari
Farg’ona armiyasi guruppasi shtabining “mutlaqo maxfiy”malumotlarida
keltirilishicha ,1921-yil iyul-sentabr oylarida Farg’ona vodiysida 200 dan ortiq
qo’rboshilar dastalari rahbarlik qilgan . Farg’ona vodiysidagi butun qo’rboshilar
va mahaliy aholi vakillari Oltiariq tumanidagi G’oyibota qishlog’ida o’zlarining
navbatdagi qurultoyiga to’plandilar. Qurultoy 1920- yil 3- mayda Turkiston- turk
mustaqil islom jamhuriyatini tuzdi . Ushbu qurultoyda Shermuhammadbek
hukumat raisi va oliy bosh qo’mondon qilib saylandi .Shermuhammadbek bu
paytda Buxoro va Xorazm respublikalari hamda Samarqand viloyatida harkat
qilayotgan istiqlolchilar bilan aloqalarni yo’lga qo’ydi. Anvar Posho va Junaidxon
bilan uch tomonlama hamkorlik o’rnatdi. Shuningdek , Shermuhammadbekning
Sharqiy Buxoro qo’rboshilari Ibrohimbek va Fuzayl Mahdum bilan
munosabatlari yaxshi bo’lgan .Turkiya va Afg’oniston bilan aloqalar rivojlangan
.Shermuhammadbek o’z qol ostidagi mavjud qo’rboshilarni birlashtirish bilan
cheklanmadi, yangi-yangi qo’rboshi guruhlarini tashkil qilishga ham kirishdi.
Shermuhammadbek 1920–1923-yillarda Samarqand, Buxoro, Qarshi, Hisor,
Ko‘lob va Boysun tog‘larida Sovet qo‘shinlariga qarshi partizan urushini olib
bordi. Uzoq vaqt davomida u Sovet garnizonlariga hujumlar uyushtirib,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
161
qishloqlarda o‘z tarafdorlarini yig‘ib, mahalliy aholini qo‘zg‘olon ko‘tarishga
chorlagan.Sovet qo‘shinlari Shermuhammadbek va uning qo‘shinlariga qarshi
qat’iy harbiy operatsiyalar boshlagan. 1923–1924-yillarda Qizil Armiya maxsus
harbiy bo‘linmalar yordamida basmachilar harakatini bostirishga kirishdi.
Ayniqsa, 1925–1926-yillarda Sovet harbiy kuchlari Shermuhammadbekning
kuchlarini tor-mor qilish uchun kuchli bosim o‘tkazdi1920- yilning iyulida
Yangichek-Buloqboshi,
Shahrixon-Durmon-Zarkent,
Yozyovon-Mingbuloq
yo’nalishlarida istiqlolchilar bilan qizil askarlar o'rtasida qaqshatqish janglar
bo’lib o’tdi. Shermuhammadbekning harakatlari partizancha urush taktikasiga
asoslangan bo‘lib, u rus harbiy qismlariga kutilmaganda hujumlar uyushtirish,
tog‘ va o‘rmon hududlarida yashirinib harakat qilish, rus ma’murlariga qarshi
hujumlar qilish bilan shug‘ullangan. Shermuhammadbek qo’shinida zambarak va
miltiqlar yasash, o’q-dori ishlab chiqarish hamda qurol-yarog’larni tuzatish
ishiga marg’ilonlik miltiqsoz usta Axrorxo’ja Eshon va sharrihonlik Sulaymon
Eshon , shuningdek,Germaniya va Avstriyadan kelgan nemis mutaxasislari
rahbarlik qilganlar.Qo’rboshilar va yigitlarning ko’pchiligi maxsus libos kiygan.
Shermuhammadbek guruhida janglarda chiniqqan saralangan yigitlardan iborat
guruh bo’lgan.Bu guruh jangchilari qo’shindagi barcha askarlardan farqli
ravishda qizil chiziq qoplangan qora shimlar va yevropacha bichimda tikilgan
turli rangdagi ko’ylaklar kiyib olganligi ham ma’lumotlarda keltirib o'tilgan
.Shermuhammadbek qo’shini 1919-yil kuzida 20 ming bo’lgani haqida ham
malumotlar bor.Bu davrda Farg’ona vodiysida Shermuhammadbek bilan bir
qatorda Katta Ergash, Kichik Ergash,Madaminbek,Islom Polvon va boshqa bir
nechta qo'rboshilar faoliyat olib borgan . Xususan Farg’ona qo’rboshilari orasida
Shakarxon va Muhiddinbekning onasi kabi o’zbek xotin- qizlaridan yetishib
chiqqan ayol qo’rboshilar ham istiqlolchilik kurashiga o’z xissalarini qo’shdilar.
Bu ham qo’rboshilik faoliyatining muhim jihatlaridan biri bo’lib xizmat
qiladiBolesheviklarning maddohlaridan biri etirof etishicha , ular uchun
“Madaminbek qo’rboshilr o’rtasida eng kuchlisi bo’lgan, Shermuhammadbek,
shubhasiz, eng xavflisi edi “ Shermuhammadbekning hayotining so‘nggi yillari
haqida aniq ma’lumotlar kam. Ayrim manbalarga ko‘ra, u sovetlar tomonidan
yo‘q qilingan, boshqalarga ko‘ra esa, chet elga qochib ketgan va yashirincha
faoliyatini davom ettirgan. Bugungi kunda Shermuhammadbek Qo‘rboshi
faoliyatiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ba’zi tarixchilar va tadqiqotchilar uni
mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik harakatining jasur rahbari sifatida
ko‘rsalar, boshqalar uning faoliyatini murakkab va ziddiyatli deb
baholaydilar.Bir tomondan, u mahalliy aholining mustaqillik uchun kurashida
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
162
yetakchilik qilgan va o‘z jonini fido qilgan qahramon sifatida e’tirof etiladi. Uning
harakati Turkiston xalqlarining erk va ozodlikka intilishini namoyon etgan
tarixiy hodisalardan biri bo‘lgan.Boshqa tomondan, ba’zi tadqiqotchilar uning
harakatini tartibsiz va o‘zaro ichki nizolar bilan zaiflashgan deb hisoblaydi. Sovet
hokimiyati esa uzoq yillar davomida uni bosqinchilik va anarxiya keltirib
chiqargan shaxs sifatida tasvirlab keldi.Hozirgi kunda O‘zbekiston va Markaziy
Osiyodagi boshqa mamlakatlarda Shermuhammadbekka nisbatan ijobiy
munosabat shakllanmoqda. Uning nomi mustaqillik uchun kurashgan
yetakchilardan biri sifatida tarixiy adabiyotlarda tilga olinmoqda. Umuman
olganda, u Turkiston ozodligi uchun kurashgan va o‘z davrining murakkab
sharoitlarida harakat qilgan shaxs sifatida baholanadi.
Xulosa
Shermuhammadbek qo‘rboshi Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik
harakatining muhim yetakchilaridan biri bo‘lib, uning faoliyati rus
mustamlakachiligiga qarshi kurash tarixida alohida o‘rin tutadi. U mahalliy xalq
orasida jasorati va vatanparvarligi bilan mashhur bo‘lib, milliy qahramon
sifatida e’tirof etiladi. U boshlab bergan harakat mahalliy aholini
mustamlakachilikka qarshi safarbar qilishga xizmat qildi. Garchi u yetakchilik
qilgan qo‘zg‘olon sovet armiyasining kuchli zarbalari va ichki ziddiyatlar sababli
muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, bu harakat o‘z davrida milliy ozodlik
g‘oyalarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shermuhammadbekning jasorati va
fidoyiligi tarixiy xotirada mustaqillik yo‘lida kurashning yorqin namunasi
sifatida saqlanib qolgan. Bugungi kunda uning shaxsiga nisbatan ijobiy
munosabat shakllanayotgani ham qo’rboshining faoliyatini ijobiy tomondan ,
to’liqroq o’rganishga yordam beradi. Shermuhammadbek qo’rboshi haqida
hozirda kitoblar chop etilyapti va uning faoliyati chuqur o’rganilayapti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ражабов Қ.К. Шермуҳаммадбек (рисола) / Ķаҳрамон Ражабов. —
Тошкент : Abu Matbuot- konsalt, 2011. — 55 с.; 20. — (Тарих ва тақдир); ISBN
978-9943-336-74-2
2. Xo‘jaev, Mansurxo‘ja. Shermuhammadbek qo‘rboshi: (Tarixiy, hujjatli, badiiy-
publitsistik qissa) Mansurxo‘ja Xo‘jaev, R.Shamsutdinov, Q.Rajabov. — T.: Sharq,
2008.
3. Qahramon Rajabov . Madaminbek(risola).-T.:”ABU MATBUOT”
4.Bahodir Qandov,Feruza Amanova, Qahramon Rajabov “O’zbekiston
tarixi”.OCHUN nashriyoti .Toshkent-2024
5.Qahramon Rajabov “O’ZBEKISTON XX ASRDA”.O;zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi “FAN”nashriyoti davlat korxonasi.TOSHKENT-2024
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
163
6.Akbar Zamonov, Qahramon Rajabov O’zbekiston tarixi (1917-1991) 10-sinf
darslik.G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi , Toshkent-2017