Авторы

  • N.I. Mirzakulova
    Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” kafedrasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.70178

Ключевые слова:

talaba malakaviy amaliyot ta’lim-tarbiya metodist ko'nikmalar bilimlar shaxsiy fazilatlar rivojlantish kompetensiya malaka.

Аннотация

Ushbu maqola Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida rivojlanadigan kompetensiyalari, oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan metodistning vazifalari, talabalar mehnat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, bilimlar va shaxsiy fazilatlar, rivojlanadigan asosiy kompetensiyalar haqida fikrlar bayon etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

211

TALABALARDA 4+2 MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA

RIVOJLANADIGAN KOMPETENSIYALAR

N.I.Mirzakulova

Buxoro davlat pedagogika instituti

“Texnologik ta’lim” kafedrasi

doktoranti

mirzakulovanodira@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14970022

Annotatsiya:

Ushbu maqola Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida

rivojlanadigan kompetensiyalari, oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan
metodistning vazifalari,

talabalar mehnat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari

uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, bilimlar va shaxsiy fazilatlar, rivojlanadigan
asosiy kompetensiyalar haqida fikrlar bayon etilgan.

Tayanch iboralar:

talaba, malakaviy amaliyot, ta’lim-tarbiya, metodist,

ko'nikmalar, bilimlar, shaxsiy fazilatlar, rivojlantish, kompetensiya, malaka.

Bugungi kunda 4+2 tartibda malakaviy amaliyot bakalavr yo‘nalishdagi

talabalarning oliy o‘quv yurtida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining
izchil davomi sanalib, bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni
mustahkamlsh va mazkur bilim, ko‘nikma, malakalarni bevosita talim-tarbiya
jarayoniga qo‘llash imkoniyatini beradi. 4+2 tartibda malakaviy amaliyot
talabalarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi pedagogik
jarayon bo‘lib, amaliyotchi talabalar o‘quv-tarbiya jarayonining barcha
tomonlarini tahlil qiladilar.

4+2 tartibda malakaviy amaliyot

o‘tayotgan talaba qabul qiluvchi ta’lim

muassasalar bilan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama namunaviy
shartnomalari asosida tashkil qilinadi.

4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil etishga mas’ul oliy ta’lim

muassasasi va uni o‘tkazish uchun mas’ul qabul qiluvchi muassasa zimmasiga
yuklatiladi. Amaliyotchi-talabaning 4+2 tartibda malakaviy amaliyot reja-jadvali
va dasturlarini to‘liq bajarilishiga qabul qiluvchi muassasa rahbari javobgar
hisoblanadi. Amaliyotchi-talabalar va 4+2 tartibda malakaviy amaliyot

uchun

mas’ul metodistlarning faoliyati 4+2 tartibda malakaviy amaliyot

dasturiga

muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalar tomonidan
belgilanadigan mas’ul bo‘linma 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil etish,
o‘quv-uslubiy ta’minlash hamda o‘tashni muvofiqlashtirish ishlarini mutaxassis
chiqaruvchi kafedra mudiri, fakultet dekani hamda qabul qiluvchi muassasa
rahbari bilan birgalikda amalga oshiradi. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan
amaliyotchi talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha doimiy yashash


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

212

hududidagi ta’lim muassasalarida shartnoma asosida pedagogik faoliyatini davom
ettirayotgan bitiruvchilarga mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan uslubiy
yordam ko‘rsatish monitoringi joriy etiladi.

Oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan amaliyot metodistlari amaliyot

davomida talaba tomonidan amaliyot dasturining o‘z vaqtida bajarilishini nazorat
qiladi va zarur hollarda unga amaliy yordam ko‘rsatadi.

1.Oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan 4+2 tartibda malakaviy

amaliyot metodist vazifalari:

fakultet dekanati bitiruvchi talabani oliy ta’lim muassasini

tugatgandan keyin ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnoma
imzolagan qabul qiluvchi muassasada 4+2 tartibda malakaviy amaliyotni tashkil
qilish hamda amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin pedagogik amaliyot reja-
jadvali va dasturini tasdiqlash uchun oliy ta’lim muassasasi kengashiga taqdim
etish;

texnologik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 4+2 tartibda malakaviy

amaliyot buyruqlar loyihalarini shakllantirish;

4+2 tartibda malakaviy amaliyotni o‘tkazuvchi qabul qiluvchi

tashkilotlarni amaliyotchi-talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tash to‘g‘risida
buyruq bilan xabardor qilish;

talabalarni sinflarga taqsimlashda ishtirok etadi;

amaliyotchi-talabalarning ish hujjatlarini nazorat qiladi;

talaba amaliyotiga umumiy rahbarlik qiladi;

talabaga zarur ko‘rsatmalar beradi;

talabaning amaliyot o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat

qiladi;

qabul qiluvchi umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan amaliyot rahbari

bilan birgalikda amaliyot o‘tash holati bo‘yicha muntazam axborot almashgan
holda faoliyat yuritadi;

talabaga amaliyot o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam

beradi;

amaliyot o‘tash joylariga borish orqali amaliyot o‘tash tartibiga talaba

tomonidan rioya qilinishi va amaliyot o‘tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi;

amaliyot o‘tashni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va

mulohazalarini oliy ta’lim tashkiloti kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Ma’sul kafedralarga tegishli yig‘ilishlarda 4+2 tartibda malakaviy

amaliyot o‘tkazilganligi haqida hisobot berish.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

213

Umumta’lim maktablarida malakaviy amaliyot jarayonida talabalar

quyidagi malakalarni egallaydilar:

Tashkilotchilik malakalari:

- tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlikni amalga oshirish (tadbir joylarini

bezatish, moslama va jihozlarni joylashtirish va boshqalar);

- “Texnologiya” faniga oid - tadbirlarini tashkil qilish;
- madaniy – ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilish;
- jamoaviy tadbirlarni tashkil etish;
- tashkiliy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayonda turli usullar, trening,

amaliy tajriba va fikr-mulohazalardan foydalanish;

- jamoani samarali boshqarish va belgilangan maqsadlarga erishish;
- o‘tkazilgan tadbirlar va musobaqalarning hisobotini tayyorlash.

Baholash-diagnostik malakalari:

-maktablarda “Texnologiya” fani darslarini tahlil qilish;
- o‘quvchilar bilimini baholash va diagnostika qilish;
- o‘quvchilar bilimini formativ baholash, o‘quv jarayonini uzluksiz nazorat

qilish;

o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni, tadbirlarni tahlil qilish va ularga baho berish;
- o‘quvchilarning kelajakdagi yutuqlarini bashorat qilish;
- psixologik-pedagogik tadqiqotlarni o‘tkazish;
- o‘quvchining psixologik-pedagogik xarakteristikasini tuzish;
- o‘zining shaxsiy pedagogik faoliyatini baholash.
- zamonaviy baholash va diagnostika usullarini o’rganish;

Gnostik malakalar:

- muammoli pedagogik vaziyatni tahlil qilish va uni hal qilish uchun yangi

bilimlarni izlash;

- zarur ma’lumotlarni izlab topish, ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalana

olish;

- ijodkorlik va konstruktorlik madaniyati bilan shug‘ullanuvchilarning

qiziqishlari va manfaatlarini o‘rganish.

- bilishning intellektual jihatini, balki voqelikning mohiyatini chuqurroq

anglash;

- psixologiya kontekstida gnostik malakalar boyligini aks ettiradi, balki

erkinlik, bilim va hayot mazmunini tafakkur qilish;

- gnostik an’ananing muhim jihatini ifodalaydi, bu haqiqatni izlash

kontekstida individual bilish va hissiy tajribaning muhimligi;

Prognostik malakalar:


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

214

- “Texnologiya” fani bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga mashg‘ulotlar ta’siri

natijalarini prognozlashtirish;

- o‘quvchilar sog‘ligi darajasiga sohaga oid tadbirlarning ta’siri natijalarini

prognozlashtirish.

-

O‘quvchilarning

olgan

nazariy

bilimlarini

chuqurlashtirish,

mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash natijalarini prognozlash;

-Texnologiya fani darslarini ko‘rgazmali qurollar, didaktik vositalaridan

unumli foydalanish natijalarini prognozlash;

- mustaqil holda ish faoliyatini tashkil etish va yuqori professionallikda

bajarish natijalarini prognozlash;

Loyihaviy malakalar:

- “Texnologiya” fani bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish hujjatlarini

tuzish;

- “Texnologiya” faniga oid ijodiy ishlarni rejalashtirish hujjatlarini tuzish;
- jamoaviy tadbirlarining dasturlari va senariylarini ishlab chiqish;
- “Texnologiya” fani mazmuniga oid loyihalarni samarali rejalashtirish;
- Guruhlarda ishlash, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish va real hayotdagi

loyihalarda ishtirok etish;

- “Texnologiya” fani bo‘yicha dars jarayonlarini loyihalash;

Konstruktiv malakalar:

- mashg‘ulotlarga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq zamonaviy metodlar va

o‘qitish usullarini qo‘llash;

- “Texnologiya” faniga oid mashqlar texnikasini o‘rgatishda yo‘l qo‘yilgan

xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish;

“Texnologiya” faniga oid mashqlarni bajarib ko‘rsatish va tushuntirish

texnikasiga ega bo‘lish;

-

“Texnologiya”

fani

o‘qituvchisi

va

metodist

maslahatlari,

shug‘ullanuvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishlari natijalariga qarab o‘z
shaxsiy faoliyatini korrektirovka qilish;

- maktab o’quvchilar tarbiyasi, muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni

tashkil qilish va o‘tkazish.

- talabalar nazariy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladigan

ma’lumotlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash;

- tanqidiy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish;
- konstruktiv bilim yaratish jarayonida jamoaviy ishlarda ishtirok etish;
- konstruktiv ko‘nikmalar texnologiyadagi o‘zgarishlarga moslasha oladigan

malakali mutaxassislarni rivojlantirish;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

215

Kommunikativ malakalar:

- fan, ta’lim to‘g‘risidagi axborotlardan mashg‘ulotlar, sinfdan tashqari

tarbiyaviy va ommaviy tadbirlarini o‘tkazishda o‘zaro aloqadorlikda
foydalanish;

-

o‘qituvchining

shug‘ullanuvchilar

va

o‘quvchilar

orasidagi

munosabatlarda ijobiy muhitni yaratish;

- suhbatdoshini o‘ziga jalb qilish, o‘quvchilar va kasbdoshlari bilan muloqot

qilishda zamonaviy pedagogik-psixologik texnologiyalarni qo‘llash;

- o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro teng munosabatlarni o‘rnatish;
- ifodali, jo‘shqin nutqga ega bo‘lish;
- dialog, diskussiya va boshqalarni olib borishni bilish.
- o‘zaro muloqotda bo‘lish, boshqalarni tinglash, fikrni aniq ifoda etish;
- o‘z fikrlaringizni ifodalashda aniqlik va mantiqning muhimligini ta’kidlash,

axborotni tuzish va uni izchil taqdim etish;

- Onlayn muloqot raqamli platformalardan malakali foydalanish va o‘zaro

aloqa formatiga qarab muloqot uslubini moslash;

4+2 tartibda malakaviy amaliyot kasbiy faoliyatga maksimal

yaqinlashtirilgan sharoitlarda tashkil etiladi va talabalar tomonidan texnologik
ta’lim sohasi mutaxassisi saviyasi talablariga mos kasbiy faoliyatni
egallashlarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Talabalar malakaviy amaliyot davrida o'zlarining mehnat vazifalarini

muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, bilimlar va shaxsiy
fazilatlarni rivojlanadi. Bu kompetensiyalar nazariy jihatlarni ham, amaliy
ko‘nikmalarni ham qamrab olgan bo‘lib, ularga zamonaviy mehnat bozori
talablariga moslashish va mehnat faoliyatida samaradorligini oshirish imkonini
beradi.

Amaliyotchi talabalarda malakaviy amaliyot

davrida rivojlanadigan asosiy

kompetensiyalardan biri kasbiy kompetentsiyadir. Kasbiy kompetentsiya -
kasbiy vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va
shaxsiy fazilatlar yig'indisidir. Amaliyotchi talabalar mavzu bo'yicha bilimlarni
turli vaziyatlarda qo'llash qobiliyatini ham o'z ichiga oladi. Amaliyot davomida
talabalar muammolarni tahlil qilish, qarorlar qabul qilish va ish natijalari uchun
mas'uliyatni o'z zimmalariga olishni o'rganadilar, bu ularning kelajakdagi kasbiy
faoliyati uchun muhim sanaladi.Bundan tashqari, malakaviy amaliyot
talabalarga muloqot ko‘nikmalari, jamoada ishlash va tanqidiy fikrlash kabi
shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Hamkasblar,
o’quvchilar va o’qituvchilar bilan muloqot qilish jarayonida talabalar suhbat


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

216

qurish, tinglash va boshqalarning fikrlarini hisobga olishni o'rganadilar, bu har
qanday kasbiy sohada juda muhimdir.

Malakaviy amaliyot

davrida amaliyotchi talabalarda ijodiy va innovatsion

ko'nikmalari, kasbiy mahorat kompetensiyalari, fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi
bu esa talabalarning kasb talablariga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam
beradi.

Zamonaviy

mehnat

bozori

mutaxassislardan

o'zgarishlarga

moslashuvchan munosabatda bo'lishni va nostandart yechimlarni taklif qilishni
talab qiladi. Bundan tashqari, talabalar texnologiya faniga oid o‘quv
materiallarini ishlab chiqish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lib, turli kompetensiyalar,
jumladan, tadqiqot olib borish, pedagogik usullarni tahlil qilish, o‘quv jarayoniga
psixologik yondashuvlarni qo‘llash va o‘quv jarayonini boshqarish ko‘nikmalari
rivojlanadi.

Talabalarda 4+2 malakaviy amaliyot davrida shakllanadigan

kompetensiyalar:

mutaxassislik bo‘yicha olgan nazariy bilimini amaliy ish bilan

mustahkamlash.
1.

Yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega o‘qituvchilarning ish

tajribalarini o‘rganish. Texnologiya fanidan dars olib borish ko‘nikmasiga ega
bo‘lish.
2.

Maktabdagi o‘quv jarayoni, o‘quv-metodik yo‘nalishi, o‘quv-tarbiya

jarayoni bilan tanishish, o‘quv yurtidagi tarbiya ishlarda faol ishtirok etish,
mustaqil ish yuritish malakasini hosil qilish.
3.

Texnologiya fanidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarni o‘rganish va

tashkil etishda ishtiroki.
4.

O‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari

individual ishlash usullarini o‘rganish.
5.

Maktabda Texnologiya fani yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot

ishlarini olib borish, mavzu tanlash, material to‘plash, sinov-tajriba ishlarini olib
borish, tajribali metodist o‘qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish.
6.

Amaliyot davomida sinf rahbarlari ish uslubini o‘rganish, tarbiyaviy ish

rejasiga mos tadbirlar tashkil etish. Maktab miqyosida o‘tadigan tadbirlarda faol
qatnashish.
7.

Sinf xonalarini jihozlash, ko‘rgazmali qurollar, metodik qo‘llanmalar bilan

boyitishga yaqindan yordam berish.
Malakaviy amaliyot davrida amaliyotchi talabalar didaktik materiallarni
tayyorlash va ulardan foydalanish qobiliyati, psixologik jihatlardan kelib chiqqan
holda ta’lim jarayonini tashkil etish qobiliyati, muayyan sohada talabalarning
ta’lim natijalarini baholash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

217

Bu kompetensiyalar talabalarga kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada samarali
o‘zlashtirishga yordam beradi.
Malakaviy amaliyot talabalarga nafaqat kasbiy sohadagi muvaffaqiyatlariga
hissa qo‘shadigan, balki tez o‘zgaruvchan dunyoga moslashishiga yordam
beradigan turli kompetensiyalarni rivojlanatirish uchun keng imkoniyatlar
ochadi. Amaliyotni o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi zamon talablariga
tayyor, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning muhim sharti
hisoblanadi.
Talabalar bilimlarini amaliyotda qo‘llanishi, hayotga tatbiq etishni o‘rgansalar va
bu jarayonda nazariy xulosalarga kelsalar ularning olgan bilimlari qatiy
ishonchga aylanadi. Amaliyot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining kasbiy-
pedagogik fazilatlari shakllanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashning kuchayishiga
ko‘mak beradi.
Malakaviy amaliyotning birinchi kunidayoq talabalardan asosiy ijtimoiy vazifa,
ya’ni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxsni shakllantirish, yosh avlodni
hayotga va faol mehnatga tayyorlash talab etiladi.Shuni ta’kidlash lozimki,
malakaviy amaliyot davrida talabalar faoliyati ijodiy xarakterga ega bo‘lishi
lozim.Talabalar o‘z kasbiy majburiyatlarini ijodiy bajarsa pedagogik topshiriqni
hal qilishining samalrali shakl va usullarini qidirsa, o‘zi tanlagan kasbiga
munosabati, pedagogik faoliyatga qiziqishi, kasbiy mahorati oshib boradi. Shu
nuqtai-nazardan olib qaraganda malakaviy amaliyot ilg‘or ish tajribalarini
o‘rganish uchun mahorat maktabi hisoblanadi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Aliev I.T. Pedagogik amaliyotni tashkil etish. –T.: “Fan va texnologiya”. –

2014. –56 b.
2.

Rozov V. K. Pedagogik amaliyot. T., - 1985. – 24 b.

3.

Ro‘ziev X.R.va boshqalar. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotni

tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. – 2001. – 61 b.
4.

N.I. Mirzakulova. “Talabalarning amaliyot davrida pedagogik mahoratini

rivojlantirish”. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences.International scientific-online conference. 06.2024
5.

N.I. Mirzakulova. “Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘qituvchi kasbiy

tayyorgarligining yetakchi bo‘g‘ini sifatida”. Xalqaro konferensiya – 2024, 15-
may. “Fan, ta’lim va innovatsiyalar: nazariya, amaliyot, natijalar” mavzusida
ilmiy-nazariy anjuman. https://bui.uz/konferensiya.html
6.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy pedagogik amaliyotlarni oʻtashlari

davrida oʻquv-uslubiy ta‟minotining oʻrni”. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy
va metodik jurnal 8-son 2024-yil, avgust.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

218

7.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy va pedagogik amaliyotni olib borish

jarayonida kutilgan natijalar hamda tayyorlashi lozim bo‘lgan hujjatlar”.
“Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar,
takliflar va yechimlar” mavzusidagi 72-sonli respublika ilmiy-amaliy on-line
konferensiyas 1-oktyabr, 2024-yil
8.

Mirzakulova N. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish shakllarini

modifikatsion yondashuv asosida takomillashtirish // MODERN PROBLEMS IN
EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS: a collection of scientific works
of the International scientific conference (31st May, 2023) – England, London:
"CESS", 2023. Part 1.
9.

D.A. Sayfullayeva, N.I.Mirzakulova. Amaliyotchi-talabalarning malakaviy

pedagogik amaliyotiga qo’yiladigan talablar. «Ta'limda raqamli texnologiyalarni
tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari» mavzusidagi
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy, masofaviy konferensiya. 18-to’plam 1-
qism may 2023. www.pedagoglar.uz.
10.

Mirzakulova N.I. Oliy ta’limda modifikatsion yondashuv. Innovation in the

modern education system. Part 33 september, 2023. Colletions of scientific
works. www.interonconf.org.
11.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Pedagogika

12.

http://www.dissercat.com

13.

https://careerhub.students.duke.edu/resources/internships/

Библиографические ссылки

Aliev I.T. Pedagogik amaliyotni tashkil etish. –T.: “Fan va texnologiya”. –2014. –56 b.

Rozov V. K. Pedagogik amaliyot. T., - 1985. – 24 b.

Ro‘ziev X.R.va boshqalar. Kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotni tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. – 2001. – 61 b.

N.I. Mirzakulova. “Talabalarning amaliyot davrida pedagogik mahoratini rivojlantirish”. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences.International scientific-online conference. 06.2024

N.I. Mirzakulova. “Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining yetakchi bo‘g‘ini sifatida”. Xalqaro konferensiya – 2024, 15-may. “Fan, ta’lim va innovatsiyalar: nazariya, amaliyot, natijalar” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman. https://bui.uz/konferensiya.html

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy pedagogik amaliyotlarni oʻtashlari davrida oʻquv-uslubiy ta‟minotining oʻrni”. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 8-son 2024-yil, avgust.

N.I. Mirzakulova. “Talabalar malakaviy va pedagogik amaliyotni olib borish jarayonida kutilgan natijalar hamda tayyorlashi lozim bo‘lgan hujjatlar”. “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi 72-sonli respublika ilmiy-amaliy on-line konferensiyas 1-oktyabr, 2024-yil

Mirzakulova N. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish shakllarini modifikatsion yondashuv asosida takomillashtirish // MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS: a collection of scientific works of the International scientific conference (31st May, 2023) – England, London: "CESS", 2023. Part 1.

D.A. Sayfullayeva, N.I.Mirzakulova. Amaliyotchi-talabalarning malakaviy pedagogik amaliyotiga qo’yiladigan talablar. «Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari» mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy, masofaviy konferensiya. 18-to’plam 1-qism may 2023. www.pedagoglar.uz.

Mirzakulova N.I. Oliy ta’limda modifikatsion yondashuv. Innovation in the modern education system. Part 33 september, 2023. Colletions of scientific works. www.interonconf.org.