THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
153
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INFORMATIKA FANINI
INTERFAOL O‘QITISH USULLARI
Н.Б.Утебаева
1-курс, Амалий-математика таълим йўналиши
Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти
https://doi.org/10.5281/zenodo.15083016
Аннотация
. Ushbu maqolada informatika fanida interfaol ta’lim
resurslaridan
foydalanishning
ahamiyati,
qo‘llanilayotgan
zamonaviy
texnologiyalar va samarali o‘qitish usullari haqida batafsil so‘z yuritiladi.
Shuningdek, informatika fanida interfaol ta’lim resurslaridan foydalanishning
ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari interfaol ta’limning
o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil o‘rganish imkoniyatlarini
kengaytirishda muhimligini ko‘rsatadi
.
Аннотация
. В статье анализируется важность и эффективность
использования интерактивных образовательных ресурсов в обучении
информатике. Будут рассмотрены среды визуального программирования,
виртуальные лаборатории, платформы онлайн-обучения и методы
обучения на основе искусственного интеллекта. Результаты исследования
демонстрируют важность интерактивного обучения в укреплении знаний
студентов и расширении их возможностей для самостоятельного
обучения.
Аннотация
. The article analyzes the importance and effectiveness of using
interactive educational resources in computer science. Visual programming
environments, virtual laboratories, online learning platforms, and artificial
intelligence-based teaching methods are considered. The results of the study
show the importance of interactive education in consolidating students'
knowledge and expanding their opportunities for independent learning.
Kalit so’zlar:
Raqamli texnologiyalar
,
vizual dasturlash, gamifikatsiya
,
masofaviy ta’lim
,
onlayn ta’lim platformalari
,
sun’iy intellekt
,
virtual
laboratoriyalar
,
dasturlash asoslari
,
adaptiv o‘qitish
,
ta’lim resurslari
,
innovatsion pedagogika, loyihaviy ta’lim.
Ключевые слова
: Цифровые технологии, информатика, визуальное
программирование, геймификация, дистанционное обучение, платформы
онлайн-обучения, искусственный интеллект, виртуальные лаборатории,
основы программирования, адаптивное обучение, образовательные
ресурсы, вовлеченность студентов, инновационная педагогика, проектное
обучение.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
154
Keywords:
Digital technologies, computer science, visual programming,
gamification, distance learning, online learning platforms, artificial intelligence,
virtual laboratories, programming fundamentals, adaptive learning, educational
resources, student engagement, innovative pedagogy, project-based learning.
Bugungi kunda ta’lim tizimi tez sur’atlar bilan raqamlashtirilmoqda.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida an’anaviy ta’lim shakllari
o‘zgarib, interfaol va innovatsion o‘qitish usullari keng qo‘llanila boshlandi.
Ayniqsa, informatika fanida raqamli texnologiyalar va interfaol ta’lim
resurslaridan foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish,
amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda ularning mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Informatika fani bugungi kunda
eng muhim va zamonaviy fanlardan biri hisoblanib, uning interfaol ta’lim
usullari orqali o‘qitilishi o‘quv jarayonini samarali va qiziqarli qilish imkonini
beradi.
Interfaol ta’lim — bu o‘qitish jarayonida faqatgina o‘qituvchining emas,
balki o‘quvchining ham faol ishtirokini talab qiladigan yondashuvdir. Interfaol
ta’limning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
-
O‘quvchilarning faolligini oshiradi. An’anaviy darslar bilan taqqoslaganda,
interfaol usullar o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etadi.
-
Nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtiradi. Dasturlash, algoritmik
tafakkur va axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari interaktiv
mashg‘ulotlar orqali mustahkamlanadi.
-
O‘quvchilar mustaqil ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zamonaviy
ta’lim resurslari ularga har qanday joyda va istalgan vaqtda bilim olish imkonini
beradi.
-
Muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Jamoaviy loyiha va
muhokamalar orqali o‘quvchilar o‘zaro fikr almashish va jamoada ishlashni
o‘rganadilar.
Informatika fanini samarali o‘qitishda quyidagi zamonaviy raqamli
texnologiyalar va vositalar keng qo‘llanilmoqda:
Vizual dasturlash muhitlari:
-
MIT App Inventor – boshlang‘ich dasturchilar uchun mo‘ljallangan
platforma bo‘lib, u orqali o‘quvchilar oddiy mobil ilovalarni yaratishi mumkin.
-
Scratch – bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan
vizual dasturlash muhiti. Bu dastur o‘quvchilarga dasturlashning asosiy
tamoyillarini o‘rgatish imkonini beradi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
155
-
Code.org – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan dasturlash
platformasi bo‘lib, blokli kodlash asosida ishlaydi.
Interaktiv o‘yinlar va baholash tizimlari: Kahoot, Quizizz, Plickers – bu
vositalar yordamida o‘quvchilar dars jarayonida test topshiriqlarini bajara oladi
va natijalarini real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin.
Xususiyatlari
esa, quyidagisha:
-
o‘qituvchi real vaqtda viktorina o‘tkazishi yoki o‘quvchilar mustaqil
ravishda test topshiriqlarini bajara olishi mumkin;
-
rang-barang va dinamik interfeys;
-
o‘yin elementlari qo‘shilganligi sababli motivatsiyani oshiradi;
-
Javoblar tezligi va to‘g‘riligi bo‘yicha ballar beriladi.
Informatika
fani
bo‘yicha
o’quvchilarning
bilimini
baholashda
https://kahoot.com, https://quizizz.com, https://plickers.com veb saylaridan
foydalanish tavsiya etiladi.
-
Blockly – Google tomonidan ishlab chiqilgan vizual kodlash muhiti bo‘lib,
dasturlashni o‘rgatish uchun qo‘llaniladi.
Virtual laboratoriyalar va simulyatorlar:
-
Tinkercad – robototexnika va elektronika bo‘yicha tajribalar o‘tkazish
imkonini beruvchi simulyator.
-
CodeHS – dasturlash asoslarini interaktiv tarzda o‘rganish imkonini
beruvchi platforma.
Onlayn ta’lim platformalari:
-
Google Classroom, Moodle, Edmodo – masofaviy ta’limni tashkil qilish
uchun samarali platformalar bo‘lib, ular orqali dars materiallarini ulashish,
testlar yaratish va topshiriqlarni tekshirish mumkin.
Raqamli texnologiyalarni informatika darslarida samarali tatbiq etish
uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Gamifikatsiya (o‘yin elementlaridan foydalanish)
O‘yin shaklidagi topshiriqlar o‘quvchilarni darsga yanada jalb etadi va
ularning motivatsiyasini oshiradi. Misol uchun:
-
Dasturlash darslarida o‘yin shaklidagi kod yozish mashg‘ulotlari
o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi.
-
Scratch va Code.org platformalarida o‘yin yaratish orqali dasturlash
asoslari o‘rgatiladi.
Loyihaviy ta’lim orqali o‘quvchilar muayyan muammoni hal qilishga
qaratilgan amaliy ishlarni bajaradilar. Misol uchun:
-
Veb-sayt yoki mobil ilovalar yaratish.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
156
-
Sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlar ishlab chiqish.
Bugungi kunda o‘quvchilar mustaqil ravishda onlayn kurslarni o‘rganib,
bilim olishlari mumkin. Masalan, Udemy, Coursera, Codecademy kabi
platformalar orqali Informatika fani bo‘yicha chuqur bilim olish mumkin.
Xulosa qilib aytganda raqamli texnologiyalar va interfaol ta’lim resurslari
informatika fanini o‘qitishda samarali natijalar berishi isbotlangan. Ushbu
texnologiyalar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning
amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Kelajakda informatika
ta’limi yanada rivojlanib, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim platformalari orqali
individual yondashuv yanada keng qo‘llaniladi. Shu sababli, o‘qituvchilar ham
doimiy ravishda yangi texnologiyalar bilan tanishib, o‘z darslarini innovatsion
usullar yordamida tashkil etishlari lozim.
Адабиётлар:
1.
С.В.Киселев. Средства мультимедиа: учебное пособие / — Москва:
Академия, 2009. — 64 с.
2.
Как
создавать
задания
в
сервисе
LearningApps
[URL:
http://teachbase.ru/blog/servis-learningapps/
3.
Ilyasova Z. Problems of teaching informatics in pedagogical universities
//European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. –
2019. – Т. 7. – №. 9.
4.
Ilyasova Z.K. ADVANTAGES OF USING ELECTRONIC EDUCATIONAL
RESOURCES IN TEACHING COMPUTER SCIENCE AND INFORMATION
TECHNOLOGY //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. – 2025. –
Т. 5. – №. 1. – С. 440-443.
5.
I.Z Kenesbayevna. The Use of the Project Method to Develop Students'
Information Competence. International Journal of Human Computing Studies 3
(10), 24-26.
6.
Ильясова З. К. БЎЛАЖАК ИНФОРМАТИКА ЎҚИТУВЧИЛАРНИ
ТАЙЁРЛАШ СИФАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН АДАПТИВ
МОДЕЛ //Innovations in Technology and Science Education. – 2023. – Т. 2. – №.
10. – С. 569-579.
7.
Utebaeva N. B. THE USE OF INTERACTIVE EDUCATIONAL RESOURCES IN
COMPUTER SCIENCE //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. –
2025. – Т. 5. – №. 3. – С. 256-258.