THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
184
PEDAGOGIKA FANLARINI ÒQITISHDA TA'LIMIY METODLARINI
MUVOFIQLASHTIRSHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI
Mirvohidova Nigora Isroil qizi
Renessans ta`lim universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15099463
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogika fanlarini o`qitishda ta`limiy metodlarni
muvofiqlashtirishning muhimligi, pedagogikaning fanlar ta`lim tizimidagi o`rni
va ayni damda turli metodlarni muvofiqlashtirish bo`yicha o`qituvchilar tajribasi
muhokama
qilinadi.
Shuningdek,
ta`lim
jarayonida
metodlarni
uyg`unlashtirishning ahamiyati haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Tayanch so‘z va tushunchalar: ta’lim metodi, metodlar tasnifi, o‘qitish usuli,
ta’lim jarayoni, ta’lim tizimi, ta’lim texnologiyasi.
Аннотация
В
данной
статье
обсуждается
важность
согласования
образовательных методов в преподавании педагогических дисциплин,
роль педагогики в системе образования и современный опыт учителей по
координации различных методов. Также представлена информация о
значимости гармонизации методов в образовательном процессе.
Ключевые слова
и понятия: метод обучения, классификация
методов, метод обучения, образовательный процесс, образовательная
система, образовательная технология
Abstract
This article discusses the importance of coordinating educational methods
in teaching pedagogical sciences, the role of pedagogy in the system of subject
education, and teachers' experiences in harmonizing various methods.
Additionally, information is provided on the significance of integrating different
methods in the educational process.
Key words and concepts:
teaching method, methods classification,
teaching method, educational process, educational system, educational
technology.
Jahondagi oliy ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida
boshqarish asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini
rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Zamonaviy oliy
ta’lim tizimini kreativ yondashuv asosida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish
mexanizmlarini va ularni amaliyotga joriy etishning innovatsion tizimini yanada
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan oliy ta’lim tizimida o‘quv-
tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishning innovatsion
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
185
texnologiyalarini yaratish, yangi bilimlarni yaratuvchi zamonaviy pedagogik
jarayonlar asosida raqobatbardosh mutaxassiskadrlarlarni tayyorlash
imkoniyatlarini kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. 2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida oliy ta’lim sifatini
oshirish va oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, davlat oliy ta’lim muassasalariga
akademik va moliyaviy mustaqillik berish, salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS
va TNE xalqaro reytinglariga kiritish, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni
nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini ikki baravarga oshirish
kabi muhim vazifalar belgilangan .
Ayni damda, zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogika fanlarini samarali
o‘qitish uchun ta’limiy metodlarning muvofiqlashtirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Pedagogik metodlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini samarali tashkil etishga, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu
tadqiqot pedagogika fanlarini o‘qitishda turli ta’lim metodlarini qanday
muvofiqlashtirish mumkinligi va bu jarayonning ilmiy-nazariy asoslarini
o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqot mavzusi
Mazkur tadqiqot pedagogika fanlarini o‘qitishda ta’limiy metodlarni
muvofiqlashtirishning ilmiy va nazariy jihatlarini tahlil qilishga asoslangan.
Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogik ta’lim metodlari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.
Metodlarning
samaradorligini
ta’minlash
uchun
ularning
muvofiqlashtirilishi.
3. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining pedagogika fanlarida qo‘llanilishi..
4. O‘qitish jarayonida interfaol yondashuv va uning samaradorligi kabi
jabhalardan tashkil topgan.
Pedagogik metod – bu o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilar tomonidan qo‘llaniladigan usullar majmuasi bo‘lib, ta’limning
maqsadlariga erishish uchun xizmat qiladi. Ta'lim metodlari turli mezonlar
bo‘yicha tasniflanadi, ammo ularning asosiy turlari quyidagilardir:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni so‘z orqali ifodalash, suhbat, darslik,
ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Ko‘rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar). Bular
ma’lum darajada shartlidir, chunki bu metodlarning hammasi o‘zaro bir-biri
bilan bog‘liq hisoblanib, ularni doim ham aniq chegaralash mumkin emas.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
186
Har bir ta’lim metodining o‘z vazifalari mavjud. S. G. Shapovalenko
metodlarning to‘rt jihatini ko‘rib chiqadi: mantiqiy mazmuniy, protsessual va
tashkiliy boshqarilishi. Metodlarni tasniflash muammosiga turlicha qarashlar
ular haqidagi bilimlar tabaqalanishi va birlashishining tabiiy jarayonini aks
ettiradi (Svetlovskaya , Suvorova, Lvov, Mavlonova va boshqalar) .
N.S.Sayidahmedov orqali ishlab chiqilgan ta’lim metodlari tasnifi asosida
didaktik jarayon nazariyasi yotadi .Endi bularning barchasi keng qamrovda
o`rganiladigan yo`nalishlar hisoblanib, har birining uyg`unlashuvi orqali kreativ
va mix holdagi yangi talaba yoki o`quvchi zerikmaydigan jarayon hosil bo`lishini
ta`minlaydi. Ta'lim jarayonida metodlarning samaradorligini oshirish uchun
ularni muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu quyidagi usullar bilan
amalga oshiriladi:
Kombinatsiyalash: Turli metodlarni birlashtirib, o‘quvchilarning turli
o‘rganish uslublariga moslashish. Masalan, yangi mavzuni tushuntirishda og‘zaki
metodlardan foydalanib, keyinchalik ko‘rgazmali va amaliy metodlar bilan
mustahkamlash.
Moslashtirish: O‘quvchilarning yoshiga, bilim darajasiga va qiziqishlariga
qarab metodlarni tanlash va qo‘llash. Bu yondashuv ta'lim jarayonining
samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytiradi.
Zamonaviy ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Elektron ta'lim platformalari: Masofaviy ta'lim tizimlari orqali o‘quvchilarga
bilim berish. Bu usul o‘quvchilarga istalgan joyda va vaqtda o‘qish imkoniyatini
yaratadi.
Interfaol doskalar va multimedia vositalari: Dars jarayonida interfaol
doskalar, videolar va animatsiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Bu usul mavzuni yanada jonli va tushunarli
qilib yetkazishga yordam beradi.
O‘quvchilarning bilim darajasini onlayn testlar orqali baholash va
natijalarni tezkor tahlil qilish. Bu usul o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘qituvchilarga individual yondashuv imkonini
beradi. Pedagogik ta'lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va muvofiqlashtirish,
innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va interfaol yondashuvni
qo‘llash ta'lim jarayonining sifatini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida,
o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogika fanlarini o‘qitishda
ta’limiy metodlarni muvofiqlashtirish o‘quv jarayonining samaradorligini
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
187
oshirishga xizmat qiladi. Xususan, ta’lim jarayonida diversifikatsiyalangan
pedagogik
yondashuvlarni
integratsiyalash,talabalarning
kognitiv
kompetensiyalarini va bilimlarni konstruktiv o‘zlashtirish darajasini oshiradi.
Epistemologik refleksiya va divergent tafakkurni rivojlantirib, mustaqil analitik
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchilarga
differensial yondashuv asosida moslashuvchan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
imkoniyatini yaratadi. Interfaol pedagogik texnologiyalar va innovatsion ta’lim
metodlarini integratsiyalash orqali didaktik samaradorlikni oshirishga
ko‘maklashadi. Shunday qilib, ta’limiy metodlarning optimal muvofiqlashtirilishi
zamonaviy
pedagogik
strategiyalarni
takomillashtirishga,
didaktik
innovatsiyalarni pedagogik amaliyotga tatbiq etishga va natijada ta’lim sifatini
yuqori darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.
Xulosa
Umumiy qilib aytganda, pedagogika fanlarini o‘qitishda ta’limiy metodlarni
muvofiqlashtirish zamonaviy didaktik jarayonning integral qismiga aylanib,
o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga, mustaqil va ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu yondashuv
pedagogik amaliyotda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlardan
samarali foydalanish imkonini yaratib, moslashuvchan va samarali o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishga zamin hozirlaydi. Natijada, ta’lim jarayoni yanada
samarali bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga va umuman ta’lim
sifati oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
References:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги
“2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт
стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сонли Фармони
2.
Jurayev, Bobomurod Tojiyevich. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish
metodikasi [Matn] : o'quv qo'llanma / B.T. Jurayev .- Buxoro : Fan va ta’lim,
2022. –326 b.
3.
Mavlonova R. va boshq., Pedagogika, T: O‘qituvchi 2001y., 469 b.
4.
Сайидахмедов
Н.С.
Методў
обучения
и
коллектив
механизированному труду в хлопководстве. – Тошкент, Ўқитувчи, 1991. – с.
112.