Авторы

  • Begzod Umarov
    Amaliy matematika va informatika kafedrasi o'qituvchisi
  • Nurmuhammad Alimamadov
    Farg’ona Davlat Universiteti Amaliy matematika yo’nalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.82978

Аннотация

Ushbu maqola kompyuter grafikasining asosiy yo‘nalishlari – tasvirni tanlash (computer vision), tasvirni qayta ishlash (image processing) va kompyuter grafikasi (computer graphics) – ni o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu yo‘nalishlarning nazariy asoslari, tasvirlarni aks ettirish usullari (rastr, vektor va fraktal grafika) va ularning zamonaviy multimedia dasturlaridagi qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, tasvirni kompyuterda hosil qilishning asosiy bosqichlari, masalan, poligonal setka, geometrik proyeksiyalash, rastr algoritmlari va rendering kabi jarayonlar tahlil qilinadi. Maqola kompyuter grafikasining professional va havaskor foydalanuvchilar uchun ahamiyati, shu jumladan reklama, dizayn va o‘quv jarayonlarida qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi. Talabalarga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Maqola kompyuter grafikasini o‘qitish uslubiyatini rivojlantirishga qiziqish uyg‘otish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

21

KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYNDA DASTURIY VOSITALAR

Umarov Begzod Azizovich

Amaliy matematika va informatika kafedrasi o'qituvchisi

ubaumarov@gmail.com

Alimamadov Nurmuhammad Alimardon Õğli

Farg’ona Davlat Universiteti Amaliy matematika yo’nalishi 3-kurs talabasi

alimamadovnurmuhammad02@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15322452

Annotatsiya

Ushbu maqola kompyuter grafikasining asosiy yo‘nalishlari – tasvirni

tanlash (computer vision), tasvirni qayta ishlash (image processing) va
kompyuter grafikasi (computer graphics) – ni o‘rganishga bag‘ishlangan.
Maqolada ushbu yo‘nalishlarning nazariy asoslari, tasvirlarni aks ettirish
usullari (rastr, vektor va fraktal grafika) va ularning zamonaviy multimedia
dasturlaridagi qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, tasvirni kompyuterda hosil
qilishning asosiy bosqichlari, masalan, poligonal setka, geometrik
proyeksiyalash, rastr algoritmlari va rendering kabi jarayonlar tahlil qilinadi.
Maqola kompyuter grafikasining professional va havaskor foydalanuvchilar
uchun ahamiyati, shu jumladan reklama, dizayn va o‘quv jarayonlarida
qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi. Talabalarga yo‘naltirilgan pedagogik
yondashuvlar va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali dars
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Maqola kompyuter
grafikasini o‘qitish uslubiyatini rivojlantirishga qiziqish uyg‘otish va amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Аннотация

Эта статья посвящена изучению основных областей компьютерной

графики – выбор изображения (Computer Vision), обработка изображений
(Image Processing) и компьютерная графика (computer Graphics). В статье
будут рассмотрены теоретические основы этих направлений, методы
отображения изображений (растровая, векторная и фрактальная графика)
и их применение в современных мультимедийных программах. Также
анализируются

основные

этапы

компьютерного

формирования

изображения, такие как полигональная сетка, геометрическая проекция,
растровые алгоритмы и процессы рендеринга. В статье рассказывается о
важности компьютерной графики для профессиональных и любительских
пользователей, включая ее применение в рекламе, дизайне и процессах
обучения. Даны рекомендации по повышению эффективности урока за
счет использования педагогических подходов, ориентированных на


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

22

учащихся, и новых технологий. Статья призвана пробудить интерес к
разработке методики обучения компьютерной графике и сформировать
практические навыки.

Annotation
This article is devoted to the study of the main areas of computer graphics

– image selection (computer vision), image processing (image processing) and
computer graphics (computer graphics). The article will cover the theoretical
foundations of these directions, methods of representation of images (raster,
vector and Fractal graphics) and their application in modern multimedia
applications. Also, the basic steps of generating an image on a computer are
analyzed, such as polygonal setka, geometric projection, raster algorithms, and
rendering. The article provides information on the importance of computer
graphics to professional and amateur users, including its applications in
advertising, design and training processes. Recommendations are made to
improve the effectiveness of the lesson through student-oriented pedagogical
approaches and the use of new technologies. The article serves to arouse
interest in the development of the teaching methodology of computer graphics
and the formation of practical skills.

Kirish (

Введение

/

Introduction

)

Kompyuter grafikasi- bu xisoblash

tizimlarining dasturiy va apparat vositalari yordamida tasvirlarni hosil qilish va
qayta ishlash vositalarini hamda uslublarini o’rganuvchi, informatikaning
soxasidir. Kompyuter grafikasi tasvirlarni monitor ekranida yoki nusxa sifatida
tashqi tashuvchilar (magnit tashuvchilar, qog’oz, kinoplyonka) da namoyish
etishning turli ko’rinishlarini va shakllarini qamrab oladi. Axborotlarni
vizuallashtirish insoniyat faoliyatining turli soxalarida qo’llanilmoqda, masalan,
kompyuter tomografiyasi, somolyotlar va kemalar korpuslarini modellash,
moddalar tuzilishining o’rganish, magnit maydonlrini o’rganish, geologik
plastlar, binolarni konstruktsiya qilish, qurollanish, qurilmalar va moslamalar,
yer sirtini tadqiq qilish, ob xavoni tadqiq qilish. Kompyuter grafikasi
kompyuterlar, televizorlar va kinotexnalogiyalar asosida yuzaga keladi.

Ma’lumotlarni grafik ko’rinishda tasvirlash kompyuter tizimlarining,

ayniqsa shaxsiy (personal) tizimlarining eng oddiy texnologiyasiga aylandi.
Foydalanuvchi grafik interfeysi, bugungi kunda operatsion tizimlardan boshlab
boshqa murakkab dasturlarining standarti hisoblanadi.

Tasvirlarni xosil qilish usullariga qarab kompyuter grafikasi rastrli, vektorli

va fraktal grafika turlariga ajraladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

23

Tasvirlarni hosil qilishning yana bita qabul qilingan usuli bu-uch o’lchamli

(3D) grafika. 3D grafika ob’ektlarni hajmiy (uch o’lchamli) modellarini hosil
qilish usullari va vositalarini o’rganadi.

Kompyuter grafikasining apparat- dasturiy vositalari matematika, fizika,

ximiya, biologiya, dasturlashtirishning eng so’ngi yutuqlari asosida ishlab
chiqiladi.

Rastrli grafikada tasvirlar to’r shaklida joylashgan vann piksel deb,

nomlanuvchi nuqtalardan hosil qilinadi. Rastrli grafikada chiziqlar emas,
piksellarning rastr ko’rinishi o’zgaradi. Rastrli grafika ekran sirt birligidagi
ruxsat etilgan nuqtalar (piksellar) soni bilan xarakterlanadi, ya’ni bunda tasvir
ko’p sondagi rangli nuqtalarning jamlanmasidan iborat bo’lib, agar nuqtalar
qancha ko’p bo’lsa vizual tasvir shuncha sifatli bo’ladi va tasvir hajmi shuncha
katta bo’ladi. Rasterli namoyish etish odatda fotografik tasvirlarni namoyish
etganda ko’p sonli detallar va ranglardan foydalanadi.

Ruxsat etilganlik bir dyuym yuzasidagi joylashgan nuqtalar soni bilan

o’lchanadi (dpi). Bundan tashqarii tasvir sifati, nuqtaning qabul qilishi mumkin
bo’lgan ranglari soni bilan ham xarakterlanadi.

Rastrli tasvirlar uchun, uzunlik birligidagi nuqtalar sonini ifodalaovchi
ruxsat etilganlik 3 turga ega:

1

-original ruxsat etilganligi;

2

-ekrandagi tasvir ruxsat etilganligi;

3

-chop etiluvchi tasvir ruxsat etilganligi.

Original ruxsat etilganligi dyuymdagi nuqtalar soni bilan aniqlanadi (dots

perinch-dpi) va tasvir sifatiga qo’yilgan talabga, fayl o’lchamiga, kiruvchi


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

24

illyustratsiyani raqamlashtirish usuliga va fayl faoliyatiga bog’liq. Umumiy holda
quyidagi qoida o’rinli: tasvir sifatiga qanchalik talab katta bo’lsa, originalning
ruxsat etilganligi shunga yuqori bo’lishi kerak.

Ekrandagi tasvir ruxsat etilganligi. Tasvirning ekrandagi nusxasi uchun

rastrning elementar nuqtasini – piksel deb nomlash qabul qilingan. Piksel
o’lchami ekran ruxsat etilganligiga (standart qiymatlar soxasidan), original
ruxsat etilganligiga va namoyish etish masshtabiga bog’liq.

20-21 dyuym dioganalga ega bo’lgan tasvirlarni qayta ishlovchi monitorlar

odatda quyidagi standart ekran ruxsat etilganliklarini ta’minlay oladi: 640x480,
800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, 1600x1280, 1970x1200,
1920x1600 nuqtalar. Sifatli monitorlarda lyuminoforning 2 ta qo’shni nuqtalari
orasidagi masofa 0,22-0,25 mm ga teng bo’ladi. Ekraniy nusxa uchun 72 dpi,
rangli lazerli printerda chop etish uchun 150-200 dpi, fotoqurilmaga chiqarish
uchun esa 200-300 dpi ruxsat etilgan yetarli hisoblanadi.

Chop etiluvchi tasvir ruxsat etilganligi va miniatura tushunchasi. Huddi

tasvirning asl nusxasi (qog’ozdagi) kabi, ekrandagi nusxasining ham nuqtalari
o’lchami, qo’llanilgan usullar va original rastr ko’rsatgichlariga bog’liq.

Rastr turi chastotasi, dyuymdagi chiziqlar soni bilan aniqlanadi (linesper

inch-Lpi) va miniatura deb nomlanadi.

Rastr nuqtasi o’lchami har bita element uchun hisoblanadi va shu

yacheykadagi ton intensivligiga bog’liq. Intensivlik qancha yuqori bo’lsa, rastr
elementi shunchalik to’liq qoplanadi. Agar yacheykaga obsolyut qora rang
tushsa, rastr nuqtasi o’lchami–rastr elementi o’lchami bilan mos tushadi. Bu
holatda 100% to’ldirish haqida gapiriladi. Absolyut oq rang uchun esa to’ldirish
(qoplash) qiymati 0% ni tashkil etadi. Amaliyotda element to’ldirilganligi 3 %
dan 90% gacha bo’lishi mumkin.

Ton intensivligini 256 bosqichli taqsimlash qabul qilingan. Ko’p sonli

gradatsiya esa inson ko’zi bilan farqlanmaydi. Kam sonlisi esa tasvir
ko’rinishini yomonlashtiradi. Hisoblash qiyin emaski, tonning 256 bosqichini
namoyish etish uchun 256=16x16 ta nuqtali rastr yacheykasiga ega bo’lishi
yetarli.

Tasvirni printerdan yoki poligrafik qurilmada chop etishda, rastr

piklaturasi, talab qilinuvchi sifat, apparatlar imkoniyati va chop etiluvchi
maxsulotlar ko’rsatkichlaridan kelib chiqib chop etiladi. Lazer printerlar uchun
65-100 Lpi, gazetalar uchun 65-85 Lpi, kitob jurnallari uchun – 85-133 Lpi,
badiiy va reklama ishlari uchun -133-300 Lpi miniatura taklif etiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

25

Tasvir ko’rsatkichlari va fayl o’lchami orasidagi bog’liqlik. Rastrli tasvir

fayllari hajmi ruxsat etilganlik ortishi bilan ortib boradi.

Uy sharoitida ko’rish uchun mo’ljallangan oddiy fototasvir (10x15sm,

ruxsat etilganligi 200-300 dpi, ranglarini ruxsat etilganligi 24 bit), siqish
rejimidagi TIFF formatida 4 M bayt hajmni egallaydi, yuqori ruxsat etilganlik
qobiliyatiga ega bo’lgan tasvir esa 45-50 M bayt hajmni egallaydi. A4
formatidagi rangli tasvir 120150 M bayt hajmni egallaydi.

Rastrli tasvirlarni masshtablash. Rastrli grafikaning asosiy kamchiliklaridan

biri bu – tasvirni kattalashtirishdagi pikselizatsiyadir. Faqat bitta originalda
ma’lum nuqtalar soni bo’ladi, agar tasvir o’lchami kattalashtirilsa rastr
elementlari sezilib qoladi, ya’ni tasvir xiralashadi.

Piksellashtirishga qarshi jarayon uchun, originalnimasshtablashtirishda

sifatli vizuallashtirish uchun yetarli bo’lgan ruxsat etilganlik bilan, oldindan
raqamlashtirish (otsifrovka) qabul qilingan. Boshqa usul, berilgan chegarada
piksellashtirish effektini kamaytirish imkonini beruvchi, stoxastik rastrlarni
qo’llashdan iborat. Ayrim hollarda masshtablashtirishda interpolyatsiya metodi
qo’llaniladi, bunda illyustratsiya (tasvir) o’lchami nuqtalar o’lchamining
o’zgarishi bilan emas, balki zaruriy oraliq nuqtalarni qo’shish bilan amalga
oshiriladi.

Adobe Photoshop dasturi- grafik ob’ektlarni qayta ishlash, o’zgartirish,

saqlash uchun qo’llanuvchi ko’p sonli dasturlardan biridir. Adobe Photoshop
palitra bilan ishlash, skanerlash, import va eksport qilish, soxani belgilash,
konturlar, rasm chizish, rang tanlash, qatlamlar, niqoblar, filtr, tasvir o’lchami,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

tasvir ruxsat etilganligi, tasvirni almashtirish, tasvirni chop etish va boshqa
ko’plab imkoniyatlarga ega.

Dastur ko’rinishi rasmda keltirilgan. Dastur o’zining ishlab chiqarilgan

vaqtiga va nomlanishiga qarab ko’plab versiyalariga ega. Dasturni umumiy
sifatda qarab chiqamiz.

Adobe Photoshop dasturining asosiy boshqaruvchi elementlari menyu

qatori, asboblar paneli va xususiyatlar panelida keltirilgan. Asosiy guruxni-
asboblar palitrasi muloqot oynasi tashkil etadi. Adobe Photoshop dasturida
asosan 10 ta asboblar palitrasi ishlatiladi. Bu palitralar ekranda ko’rinish yoki
ko’rinmasligi Windows menyusidan, kerakli palitraga bayroqcha belgisini
qo’yish yoki olib tashlash bilan boshqariladi. Palitra oynasi sarlovxasining o’ng
tomonida menyuga olib boruvchi tugmacha bo’lib, bu menyu palitra ob’ektlari va
ko’rsatkichlarni sozlash bilan ishlovchi buyruqlardan iborat. Ayrim palitralar
kiritish maydonlari tugmasiga ega. Palitrani ekranning xoxlagan joyiga
joylashtirish, boshqa palitra oynasiga qo’shish va mavjud elementlardan
kombinatsiya hosil qilish mumkin. Dasturda quyidagi palitralar (asosiylari)
keltirilgan:

-

«Cloi» (Layers) palitrasi;

-

«Kanal» (Channels) palitrasi;

-

«Kontur» (Paths) palitrasi;

-

«Kisti» (Brushes) palitrasi;

-

«Parametr» (Parameters) palitrasi;

-

«Sintez» (Color) palitrasi;

-

«Katalog» (Swatches) palitrasi;

-

«Dizayn» (Design) palitrasi;

-

«Info» (Info) palitrasi;

-

«Komando’» (Navigator) palitrasi;

-

«Operaptsii» (Actions) palitrasi;

-

«Obozrevatel faylov» (File Browser) palitrasi; Har bitta palitraning

ishlatilishiga qarab chiqamiz.

«Sloi» (qatlamlar) palitrasi qatlamlarni hosil qilish, birlashtirish, nusxalash,

o’chirish uchun shu bilan birga niqob qatlamlarini hosil qilish uchun ishlatiladi.

Bulardan tashqari, bu palitra tasvirlarning aloxida qatlamlarini boshqarish

imkoniyatini beradi. Qatlam ko’rsatkichlarini aniqlash, ularning joylashish
tartibini o’zgartirish va qatlamlar ustida turli operatsiyalar bajarish imkoniyati
ham mavjud.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

«Kanal» (kanallar) palitrasi kanallarni yaratish, nusxalash, o’chirish,

ularning ko’rsatkichlarini aniqlash, kanallarni alohida mustaqil hujjatlarga
o’zgartirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari kanallarni birlashtirish va aralash
tasvirlarni hosil qilishda ham ishlatiladi. Kanallar palitrasi har bitta kanalni
ekranda ko’rinish yoki ko’rinmasligini ham boshqaradi. Kanallarni alohida
mustaqil obektlarga o’zgartirish va bir nechta kanallardan aralash tasvirni hosil
qilish mumkin.

«Kontur» (konturlar) palitrasi konturlarni hosil qilish, saqlash va qayta

ishlash uchun ishlatiladi.

Bu qismda palitralarni ochish va yopish, konturlarni belgilash va ularni

palitrada ko’rinishini hosil qilish tavsiflangan. Bu bo’lmning boshqa qismlarida
esa konturlarni yaratish va redaktsiya qilish haqida so’z yuritiladi.

Turli hil mo’ykalam, «Kist» (mo’ykalam) palitrasida keltirilgan va rasmlarni

chizish va redaktsiya qilish uchun ishlatiladi. Tinchlik holatida
mo’ykalamlarning bir qancha o’lchamdagi aylana shakllari taklif qilinadi, Adobe
Photoshop har bitta asbob uchun mo’ykalamlarning ko’rsatkichlarini alohida
saqlaydi.

Har bitta asbob (qayta joylashtirish va «matn» elementlaridan tashqari)

«Parametr» (Ko’rsatkichlar) palitrasida ko’rinib turuvchi ko’rsatkichlar to’plami
bilan xarakterlanadi. Bu palitra sarlovxasi va tarkibi joriy vaqtdagi tanlangan
asbobga bog’liq ravishda o’zgarib turadi.

«Sintez» palitrasi – joriy rangning rang qiymatlarini ifodalaydi. «Polzunkov»

yordamida bu ranglarni ranglar tizimida taklif qilinuvchi ranglarda qayta
ifodalash mumkin.

«Katalog» palitrasi ishlatish uchun ruxsat etilgan ranglar majmuasini

saqlaydi. Oldingi va orqa plan ranglarini mavjud variantlardan tanlash yoki
yangi ranglarni qo’shish va o’chirish orqali, qo’shimcha palitra hosil qilish
mumkin. Bundan tashqarii, ixtiyoriy ranglar palitrasini yaratib, bu palitrani
boshqa tasvirlarda qo’llash uchun saqlab qo’yish mumkin.

«Dizayn» palitrasida ishlash uchun ixtiyoriy tasvirlovchi elementdan

foydalanish mumkin. Palitra tarkibini ko’rish uchun «masshtab» va «ruka» (qo’l)
asboblarini qo’llash mumkin.

«Info» palitrasi joriy paytdagi faol asbob va kursor nuqtasi ko’rsatayotgan

nuqta kordinatalari haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi.

Sichqoncha ko’rsatkichi joylashgan nuqta kordinatalari, joriy vaqtda

belgilangan soxa o’lchami, tasvir elementining rang ko’rsatkichlari namoyish
etiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

28

«Komand» (buyruqlar) politrasi sichqoncha tugmasini bir marta bosish

orqali tez-tez ishlatiladigan buyruqlarni tanlash imkonini beradi.

«Komand» palitrasi ekranda faol holatda (ochiq) turgan bo’lsa, palitra

tarkibidagi ixtiyoriy buyruqni tonlansa shu buyruqqa mos operatsiyalar
bajariladi. Tinchlik holatida Adobe Photoshop dasturida bir nechta buyruqlar
klaviaturaning funktsional tugmalariga biriktirilgan bo’ladilar yoki klaviaturada
funktsional tugmalar mavjud bo’lsa, ularni mustaqil ravishda boshqa buyruqlar
uchun belgilash mumkin.

Adobe Photoshop dasturiy vositasida bir nechta maxsus buyruq (komanda)

palitrasi mavjud. Bu palitralar chop etilishgacha bo’lgan masalalar, ranglar
korrektsiyasi va tasvirlarni boshqarish buyruqlarini o’zida saqlaydi.

«Operatsii» (operatsyalar) palitrasi tasvirlar bilan berilgan ketma ketlikdagi

operatsiyalarni bajaruvchi-makro buyruqlarni yaratish imkonini beradi.

Adobe Photoshop dasturi, ma’lum turdagi skanerlarda, tasvir yoki qatlamni

raqamlashtirilgan tasvirga almashtirish jarayonini to’liq nazorat qilib turadi.
Tasvirni skanerlash uchun «Fayl» menyusidagi «poluchit» buyrug’i ishlatiladi.
Adobe Photoshop dasturi ixtiyoriy turdagi skanerlar bilan ishlashi mumkin,
lekin bunda moslashtiruvchi qushimcha qismiy dastur o’rnatilgan bo’lishi lozim.
Bunday modulni o’rnatish uchun, Photoshop kataloglarining qism katalogi
bo’lgan-PLUGINS katalogiga, skanerning mos fayllari nusxalanib tashlanishi
kerak. Skanerlar uchun PLUGINS katalogiga, o’rnatilgan barcha modullar, «Fayl»
menyusining «Poluchit» satrida ko’rinib turadi. Adobe Photoshop TWAIN
standart interfeysini qo’llab quvvatlaydi, bu interfeys skanerlash uchun ixtiyoriy
skanerdan foydalanish imkonini beradi (shu interfeysni qo’llab quvvatlovchi).
TWAIN interfeysini qo’llab quvvatlovchi skanerni ulash uchun, TWAIN modulini
o’rnatish va sozlash qoidalari bilan tanishib chiqish kerak.

Agar skaneringiz uchun Adobe Photoshop bilan moslashtiruvchi dreyverni

topa olmasangiz, unda tasvirni skanerlash uchun, skanerni ishlab chiqaruvchi
firma tomonidan taqdim etiluvchi drayverdan foydalanib tasvirni TIFF yoki BMP
formatda saqlashingiz mumkin. Keyin esa bu tasvirni Photoshop da ochish
uchun, «Fayl» menyusidan «Otkrt» (ochish) bo’yrug’idan foydalaniladi. Tasvirni
skanerlash jarayonida natijaviy fayl sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qancha
parametrlarni

boshqarish

mumkin.

Skanerlashga

o’tishdan

oldin,

skanerlashning ruxsat etilganligini aniqlash, eng samarali dinailik sohani
aniqlash, protsedurani ishlab chiqish borasidagi ko’rsatmalarni bajarish lozim.

Adobe Photoshop quyidagi formatdagi tasvirlarni ochish imkonini beradi:

Adobe Photoshop 3.0, Adobe Illustrotor, Amida IFF, BMP, Compu Serve (GIF),


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

29

EPS, JPEG, Kodak CMS PhotoCD, MacPaint, PCX, PICT File (faqat rastrli) PIXAR,
Pixel Paint, Raw, ScitexTMCT, Targa, TIFF, shuningdek TWAIN interfeysini
qo’llovchi formatlar.

Bundan tashqari Qick Edit moduli yordamida Photoshop 3.0 va Scitex

formatlaridagi katta fayllarning aloxida qismlarini va birlashtirillgan TIFF
fayllarni ochish mumkin.

Vektorli grafik tasvirlarni vektor deb nomlanuvchi egri va to’g’ri chiziqlar

yordamida hosil qiladi. Bundan tashqarii bu vektorining rangi va joylashishini
ifodalovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Vektorli grafika elementlari bilan
ishlashda, bu element shaklini ifodalovchi to’g’ri va egri chiziqLar
ko’rsatkichlari o’zgartiriladi. Foydalanuvchilar elementlarini o’lchamlarini
shakli va rangini o’zgartirishi mumkin, lekin bu uning sifatiga ta’sir qilmaydi.
Vektorli grafika, rastrli grafikadan farqli ravishda, ruxsat etilganlikka bog’liq
emas va turli xil chiqarish qurilmalari orqali sifatini yoqotmagan holda
ko’rsatish mumkin.

Vektorli grafikada tasvir elementlari berilgan rangdagi va to’ldirilganlikdagi

matematik egri chiziqlar bilan hosil qilinadi. Bunday ifodalash tastrli ifodalashga
qaraganda nisbatan kam hajmni egallamaydi.

Xulosa

Kompyuter grafikasi programmasida ishlashda talabalarni grafika bilan
ishlashga qiziqtirish lozim. Mustaqil ish sifatida aloxida, xar bir talabaga
topshiriqlar ya‟ni xisob-grafik ishlar tayorlash lozim. Amaliy mashgulotda
talabalr o‘z varianti asosida turli grafikalar yaratishi lozim. Ma’ruza
mashg’ulotida odatda barcha asosiy tushunchalar, umumiy ma’lumotlar beriladi.
Xulosa kilib aytganda, “Kompyuter grafikasining o‘qitish uslubiyati” mavzusi
juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish bilan programmaning
imkoniyatlarini o‘rganadilar. Bunda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish darsning samaradorligini oshiradi.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New

York, 2016. Page 669.
2.

S.S.Gulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik.-

T.: “Fan”. 2010.- 628 bet.
3.

Informatsionnie texnologii v ekonomike i upravlenii: uchebnik /pod red.

prof. V.V. Trofimova. 2-e izd., pererab. i dop.- M.: Yurayt, 2016.- 482 s.
4.

Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: uchebnik /

Pod red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -399 s.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

30

5.

Kenjabayev A.T., Jumaniyazova M.Yu., Tillyashayxova M.A. Informatika va

axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet.

Библиографические ссылки

Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New York, 2016. Page 669.

S.S.Gulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik.-T.: “Fan”. 2010.- 628 bet.

Informatsionnie texnologii v ekonomike i upravlenii: uchebnik /pod red. prof. V.V. Trofimova. 2-e izd., pererab. i dop.- M.: Yurayt, 2016.- 482 s.

Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: uchebnik / Pod red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -399 s.

Kenjabayev A.T., Jumaniyazova M.Yu., Tillyashayxova M.A. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet.