THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
11
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING NUTQIY
RIVOJLANISHIDA VOKAL SAN’ATINING O’RNI
Ikromova Farangiz Yigitali qizi
Farg’ona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti
Musiqa ta’limi yo’nalishi magistranti
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15321074
Annotatsiya:
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning nutqiy
rivojlanishida vokal san’atining o’rni va uning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
Shu bilan birga bunday bolalar bilan ishlash usullari hamda vositalari to’g’risida
atroflicha ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
nutqiy nuqson, autizm, bola psixologiyasi, vokal, ohang, ritm,
teatr, qo’shiq.
Abstract:
In this article, the role of vocal art and its importance in the
speech development of children with mental disabilities is discussed in detail.
With this, detailed information about the methods and means of working with
these children is given.
Key words:
speech defect, autism, child psychology, vocal, melody, rhythm,
theater, song.
Аннотация:
В данной статье подробно рассматривается роль
вокального искусства и его значение в речевом развитии детей с
нарушениями психического развития. При этом дается подробная
информация о методах и средствах работы с этими детьми.
Ключевые слова:
дефект речи, аутизм, детская психология, вокал,
мелодия, ритм, театр, песня.
Bugungi kunda jamiyat hayotida aqlan imkoniyati cheklangan bolalarning
safi tobora kengayib bormoqda. Yurtboshimiz tomonidan bunday bolalar uchun
keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan, ular uchun maxsus maktab
hamda bog’chalar mavjud. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning jamiyatda
o’z o’rnini topishi va ta’lim olishida yechimini kutayotgan muammolar talaygina.
Hozirgi davrda imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy psixologik hamda aqliy
rivojlanishi uchun ta’lim berishning turli usul va vositalari mavjud. Imkoniyati
cheklangan bolalarning atrof muhit bilan kommunikatsiya o’rnatishida san’at
turlaridan biri hisoblangan vokal janrining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, ruhan imkoniyati cheklangan yohud autism tashxisi bilan aziyat
chekadigan bolalarda ko’pincha nutq nuqsoni mavjudligi xohishlarini ifodalay
olmasligi o’z qobig’iga o’ralib olishi ularning asosiy belgilaridan biridir.
Mutaxasislarning fikricha, maktabgacha yosh - musiqiy qobilyatlarni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
12
shakllantirish uchun asosiy davr hisoblanadi. Ayniqsa nutqida nuqsoni mavjud
bolalarda nutqni rivojlantirish eng asosiy vazifadir. Nutq tovushlari nafas olish,
fonatsiya ya’ni tovush ishlab chiqarish va artikulyatsiya tomoq, tanglay, til va
lablar harakati o’z ichiga olgan bir qator aniq muvofiqlashtirilgan mushak
harakatlaridan kelib chiqadi. Mushaklar harakati miya tomonidan boshqariladi.
Nutq eshitish bilan birga keladi. Nogiron bolalarning muammolari orasida
quyidagi beixtiyor harakatlar mavjud. Masalan, yangi joydan qo’rqish, begonalar
bilan muloqot qilishdan qochish, oyoq uchida harakatlanish, beixtiyor stimulyar
harakatlar, o’z o’qi atrofida aylanish, nutqning buzilishi, bee’tiborlik, o’z ismiga
reaksiya yo’qligi, ko’z qiri bilan qarashi va hokazolar. Bunday bolalarda
onomatopiya, bo’g’inli kuylash va eng oddiy ohanglarning intonatsiyasi bo’yicha
ijro etish ko’nikmasi yetishmaydi. Shuning uchun ham bunday bolalar bilan
ishlash jarayoni birmuncha murakkab bo’ladi. Imkoniyati cheklangan bolalarda
nutq nuqsonini bartaraf etish ko’proq vaqt talab qiladi. Quyida ular bilan ishlash
jarayonining bosqichma bosqich tavsifi keltirilgan:
Nafas mashqlari: bunda bolaning holati inobatga olingan holda u bilan bir
qancha nafas mashqlari olib borish mumkin. Dastlab bolaning yoshi va xulqidan
kelib chiqib ushbu jarayonni qiziqarli olib borish mumkin. Xususan, qog’ozlarni
mayda bo’laklarga bo’lgan holda tarelkaga solinadi va bolaga puflatiladi. Bola
qog’oz bo’laklarining atrofga yoyilganidan quvonib bu mashqni qayta-qayta
takrorlaydi. Shuni unutmaslik kerakki, nafaqat aqlan zaif balki sog’lom
bolalarning ham nutqini rivojlantirishda aynan nafas mashqlari katta
ahamiyatga ega. Ushbu jarayonning yana bir turi maxsus puflagichlardan
foydalanishdir. Misol uchun musiqa cholg’u asboblaridan nay, kselofon, saksafon
va hokazolar. Bola puflaganda chiqqan tovushdan zavqlanadi.
Keyingi jarayon til mashqlari; bunda bola tilini tashqariga chiqargan holda
uni ikki yonga tepaga pastga aylantirish orqali turli mashqlar bajaradi. Albatta
aqlan imkoniyati cheklangan bola bilan bunday mashqlar bajarish birmuncha
murakkab bo’lishi mumkin, ammo uni bu jarayonga qiziqtirish pedagogning
mahoratidan kelib chiqib o’tkaziladi.
Navbatdagi bosqich bu ovoz sozlash mashqlari: bunda bolaning nutqidagi
mavjud tovushlardan foydalangan holda shunga mos ravishda turli xil
ko’rinishdagi ovoz sozlash mashlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Albatta bu jarayonda ham bolaning yosh xususiyati va xulqi inobatga olinishi
zarur.
Yuqorida keltirib o’tilgan tavsiyalar nafaqat aqlan zaif balki sog’lom ammo
duduqlanish kabi nutqiy muammosi mavjud bolalar uchun nutq terapiyasi ya’ni
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
13
bu muolaja bilan nutqni sekinlashtirishi va duduqlanishini tushunishi nutqni
ravonligini oshirish uchun foydalanish ham mumkin. Albatta qisqa vaqt ichida
bunday muammoni bartaraf etish mushkul. Ammo turli xil mashqlar davomida
shunday muammolarga korreksiyalanish hamda, moslashish mumkin. O’z
navbatida hammani bir savol qiynaydi. Nega bugungi kunda jamiyatda
bolalarning nutqi chiqishi sekinlashib bormoqda yoki umuman rivojlanmay
qoladi? Buning asosiy sababi bugungi dunyomizni qamrab olgan hayotimizdagi
eng muhim va zarur vosita bo’lib ulgirgan turli xil smartfon, planshet yoki
gadjetlardir. Bugun nafaqat biz yoki voyaga yetmagan yoshlar balki hali go’dak
hisoblanmish yosh bolalar ham kunini deyarli smartfonlarsiz o’tkazmaydi.
E’tibor qaratadigan bo’lsak o’tmish yillarida gadjetlar ommaga keng
tarqalishidan oldin bolalar o’zlarini doimo o’yin faoliyati bilan mashg’ul
qilganlar. Buning natijasida ular atrofidagi tengdoshlari bilan o’z o’zidan
kommunikatsiya jarayoniga kirishganlar. Shuning uchun ham ularda nutq
rivojlanishida muammo paydo bo’lmagan. Ammo bugungi kunga kelib
jamiyatimizda buning mutlaqo aksi bo’layotganini ko’rishimiz mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlardan shuni xulosa qilish mmkinki, nafaqat aqlan
zaif balki sog’lom bolalarda ham atrofi olamdagi kishilar bilan hamisha
muloqotda bo’lish, aqliy faoliyatini oshiruvchi mashg’ulotlar bilan shug’ullanish
turli xil zararli gadjetlardan yiroq bo’lish uning nutqiy kamchiliklarini bartaraf
etishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2.N.Rejametova
.Maktabgacha
ta’limda
musiqa
o’qitish
metodikasi.
Toshkent.2020.
3. Watson. Music therapy with adults with learning disabilities. New York.2007.
4.N.Qahhorov. Vokal asoslari. Toshkent 2008.
5. R.Jumaniyozov.Nutqiy mahorat.Toshkent 2005.
6.E.Rahimov. Vokal.Toshkent.2017