Авторы

  • Uyg'un Po'latov
    Nordic universiteti pedagogika va psixologiya yonalishi magistranti
  • Mansur Holmatov
    Nordik Universiteti katta o'qituvchisi, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.87082

Ключевые слова:

psixologik infantilizm tashxis metodlari korreksiya usullari psixologik testlar psixoterapiya kognitivbehavioral terapiya shaxsiy rivojlanish emotsional yetuklik masʼuliyatsizlik.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizm muammosi ko'rib chiqilgan. Maqolada psixologik infantilizmning asosiy tushunchasi, sabablari, uning turlari va shakllari aniqlangan. Shuningdek, psixologik infantilizmni tashxislash usullari va uni korreksiya qilish yo'llari tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili asosida psixologik infantilizmni diagnostika qilishda qo'llaniladigan standartlashtirilgan metodikalar va psixologik testlar, shuningdek terapevtik yondashuvlar va metodikalar ko'rib chiqilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

119

ZAMONAVIY JAMIYATDA PSIXOLOGIK INFANTILIZM: TASHXIS

METODLARI VA KORREKSIYA YO'LLARI

Po'latov Uyg'un

Nordic universiteti pedagogika va psixologiya yonalishi magistranti

Holmatov Mansur

Nordik Universiteti katta o'qituvchisi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.15377740

Annotatsiya

: Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizm

muammosi ko'rib chiqilgan. Maqolada psixologik infantilizmning asosiy
tushunchasi, sabablari, uning turlari va shakllari aniqlangan. Shuningdek,
psixologik infantilizmni tashxislash usullari va uni korreksiya qilish yo'llari tahlil
qilingan. Adabiyotlar tahlili asosida psixologik infantilizmni diagnostika qilishda
qo'llaniladigan standartlashtirilgan metodikalar va psixologik testlar,
shuningdek terapevtik yondashuvlar va metodikalar ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar

: psixologik infantilizm, tashxis metodlari, korreksiya usullari,

psixologik testlar, psixoterapiya, kognitivbehavioral terapiya, shaxsiy
rivojlanish, emotsional yetuklik, masʼuliyatsizlik.

Abstract:

This article examines the problem of psychological infantilism in

modern society. The article identifies the main concept, causes, types and forms
of psychological infantilism. Methods for diagnosing psychological infantilism
and ways to correct it have also been analyzed. Based on the analysis of the
literature, standardized methodologies and psychological tests used in the
diagnosis of psychological infantilism, as well as therapeutic approaches and
methodologies, were considered.

Keywords:

psychological infantilism, diagnostic techniques, correction

methods, psychological tests, psychotherapy, cognitivbehavioral therapy,
personal development, emotional maturity, irresponsibility.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматривается

проблема

психологического инфантилизма в современном обществе. В статье
определено основное понятие психологического инфантилизма, причины,
его виды и формы. Также проанализированы методы диагностики
психологического инфантилизма и пути его коррекции. На основе анализа
литературы были рассмотрены стандартизированные методики и
психологические тесты, используемые при диагностике психологического
инфантилизма, а также терапевтические подходы и методики.

Ключевые

слова:

психологический

инфантилизм,

методы

диагностики, методы коррекции, психологические тесты, психотерапия,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

120

когнитивно-поведенческая терапия, личностное развитие, эмоциональная
зрелость, безответственность.

Zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizm muammosi tobora dolzarb

ahamiyat kasb etmoqda. Psixologik infantilizm - bu kattalarning bolalarcha xulq-
atvorini, emotsional reaktsiyalarini va fikrlash tartibini saqlab qolishi bo'lib, bu
kishi yoshiga mos keladigan darajada masʼuliyat va mustaqillikka ega emasligida
namoyon bo'ladi. Bugungi kunda ko'pchilik mutaxassislar infantillik
holatlarining kuchayishini, ayniqsa, yoshlar orasida ortib borayotganini
ta'kidlamoqdalar.

Infantilizm muammosi har qanday jamiyatda mavjud bo'lgan, ammo so'nggi

o'n yilliklarda u yanada ko'zga tashlanadigan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ldi.
Zamonaviy jamiyatda mazkur holatning keng tarqalishiga bir qator omillar ta'sir
ko'rsatmoqda: uzaytirilgan ta'lim davri, kech turmush qurish, bolalar
tug'ilishining kechikishi, ota-onalarga uzoq muddat moddiy bog'liqlik, hamda
ijtimoiy tarmoqlar va virtual haqiqat [1].

Metodologiya va adabiyotlar tahlili

Maqolani tayyorlashda psixologiya, psixiatriya va psixoterapiya sohasidagi

ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida rus, o'zbek va xorij tillaridagi
ilmiy maqolalar, monografiyalar, o'quv qo'llanmalari hamda internet resurslari
o'rganildi.

Psixologik infantilizm tushunchasi birinchi marotaba XIX asrda fransuz

psixiatri Ernest Laseg tomonidan kiritilgan, u uni "umr bo'yi bola bo'lib
qoladigan odamlar" sifatida tavsiflagan [2]. Vaqt o'tishi bilan bu tushuncha
ancha kengaytirildi va hozirgi kunda psixologik infantilizm deganda shaxsning
psixologik rivojlanishining kechikishi, uning xulq-atvori yoshiga mos kelmasligi,
masʼuliyat olishni va o'ylangan qarorlar qabul qilishni xohlamamsligi
tushuniladi [3].

Adabiyotlar tahlili ko'rsatishicha, infantilizm deyilganda odatda turli xil

holatlar nazarda tutiladi. Kovalsova (2018) psixologik va psixik infantilizm
o'rtasidagi farqni ko'rsatib o'tdi [4]. Psixik infantilizm - bu psixopatologik holat
bo'lib, u emotsional-shaxsiy rivojlanish sur'ati kechikishiga asoslangan.
Psixologik infantilizm esa psixikasi normal rivojlangan odamlarda kuzatiladigan
bolalarcha xususiyatlardir.

Lebedinskaya (2016) psixologik infantilizmni ikkita asosiy turga bo'lgan:

harmonik va disgarmonik [5]. Harmonik infantilizm emotsional-irodaviy soha va
shaxsning umumiy rivojlanishi bir xil darajadagi orqada qolishiga xos.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

121

Disgarmonik infantilizm esa umumiy psixologik yetilmaganlik bilan birga,
shaxsning ba'zi sohalarida rivojlanganlik bilan xarakterlanadi.

Suxareva infantilizmning kelib chiqish sabablariga qarab organik,

somatogen va psixogen turlarini ajratgan [6]. Psixologik infantilizmning
rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan asosiy sabablar orasida quyidagilar ajratiladi:
biologik omillar (markaziy asab tizimining zarar lanishi, endokrin tizimi
patologiyalari); ijtimoiy va psixologik omillar (noto'g'ri tarbiya, gipoproteqsiya,
giperproteqsiya, despotik munosabat); ijtimoiy-madaniy omillar (jamiyatda
yoshlar masʼuliyatini kamaytirish, ijtimoiy me'yorlarning o'zgarishi) [7]. Klinik
suhbat shaxsning anamnezini o'rganish bilan birga qo'shilganda, uning hayotiy
vaziyatlarda o'zini qanday tutishini, masʼuliyatni qay darajada olishga tayyor
ekanligini va shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini tushunish imkonini
beradi.

Projeksion metodikalar, xususan "Odam rasmi", "Uy, daraxt, odam" va

"Mavjud bo'lmagan hayvon" kabi metodikalar bolalar va o'smirlarning
rivojlanish darajasini aniqlashda, shuningdek, kattalardagi psixologik
infantilizmning ayrim jihatlarini ochib berishda samarali hisoblanadi. Bu
metodikalar orqali tadqiqotchi shaxsning ichki olamini, emotsional holatini va
shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini aniqlaydi [9]. Psixologik infantilizmni
korreksiya qilish yo'llari adabiyotlarda turlicha yondashuvlar orqali ko'rib
chiqilgan. Asosiy yo'nalishlarga psixoterapiya, psixologik mashqlar, hayotiy
ko'nikmalarni rivojlantirish dasturlari va ot-onalar bilan birgalikda olib
boriladigan ishlar kiradi [7].

Natijalar Va Muhokama

Adabiyotlar tahlili asosida psixologik infantilizmni tashxislash usullari va

uni korreksiya qilish yo'llarini tizimlashtirishga harakat qilamiz.

Infantilizmni tashxislash usullariga kelsak, ular bir nechta asosiy

guruhlarga bo'linadi: klinik metodlar, psixologik testlar va projeksion
metodikalar. Klinik metodlar orasida klinik suhbat va anamnezni yig'ish eng
samarali hisoblanadi. Bu usullar orqali mutaxassis shaxsning hayot davomida
rivojlanish xususiyatlarini, uning shaxslararo munosabatlarini, masʼuliyatni qay
darajada olishini va hayotiy muammolarni qanday hal qilishini aniqlaydi.

Psixologik testlar orasida masʼuliyat, emotsional intellekt va psixologik

etuklik darajasini aniqlaydigan testlar ajralib turadi. Xususan, "Kechiktirilgan
yetuklik shkalalari" (DMS) infantilizmning ayrim jihatlari qanchalik
rivojlanganligini aniq baholash imkonini beradi [8]. Emotsional intellekt testlari
(MSCEIT) esa shaxsning o'z va boshqalarning emotsiyalarini tushunish va


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

122

boshqarish qobiliyatini baholaydi, bu esa psixologik yetuklikning muhim
ko'rsatkichi hisoblanadi [10].

Projeksion metodikalar, masalan, "Odam rasmi" testi orqali shaxsning

rivojlanish darajasi, emotsional holati va turmush muammolarini hal qilishga
tayyorligini aniqlash mumkin. "Mavjud bo'lmagan hayvon" metodikasi esa
bolalar va kattalardagi ijodiy yondashuvni, abstraktsiyalash qobiliyatini va
fantaziya rivojlanganligini ko'rsatadi.

Infantilizmni korreksiya qilish yo'llariga kelsak, eng samarali yondashuvlar

quyidagilar hisoblanadi:

1.

Kognitiv-behavioral terapiya (KBT). Bu yondashuv shaxsning

fikrlash tartibini, emotsiyalarini va xulq-atvorini o'zgartirish orqali masʼuliyat
tuyg'usini oshirishga, shaxsiy mustaqillikni rivojlantirishga va infantil xulq-atvor
modellarini yengishga yordam beradi.

2.

Guruhlarda psixoterapevtik ish. Bu usul ijtimoiy ko'nikmalarni

rivojlantirish, boshqalar bilan bir qatorda o'zaro munosabatlarni o'rnatish va
masʼuliyatli qarorlarni qabul qilishni o'rganish imkonini beradi.

3.

Hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish dasturlari. Bu dasturlar shaxsga

har kungi vaziyatlarda mustaqil ravishda masalalarni hal qilishni, moliyaviy
savodxonlikni oshirishni va o'z hayotini rejalashtirish va tashkil etishni
o'rgatadi.

4.

Oilaviy terapiya. Bu yondashuv oiladagi munosabatlarni o'zgartirish,

ota-onaning farzandiga bo'lgan noto'g'ri munosabatini tuzatish va oila doirasida
masʼuliyatni to'g'ri taqsimlashga yordam beradi [7].

Adabiyotlar tahlili ko'rsatishicha, infantilizmni korreksiya qilish

samaradorligi bir qator omillarga bog'liq: shaxsning o'zgarishlarga tayyorligi,
infantilizm darajasi, terapiyaga munosabati, hamda psixologik ishning
davomiyligi [4]. Samarali terpiyanining asosiy omili - bu shaxsning o'z
muammolarini tan olishi va o'zgarishga bo'lgan istagidir.

Zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizmni yengish uchun quyidagi

tavsiyalarni berish mumkin:

1.

Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida masʼuliyat tuyg'usini va

mustaqil qarorlar qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.

2.

Bolalar va o'smirlar bilan psixologik-pedagogik ishlarni

kuchaytirish, ularni emotsional bilimlar va ijtimoiy ko'nikmalar bilan ta'minlash.

3.

Ota-onalar uchun ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni bolalarni

to'g'ri tarbiyalash, masʼuliyatni rivojlantirish va mustaqillikni o'rgatish bo'yicha
bilimlar bilan ta'minlash.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

123

4.

Jamiyatda ma'naviy qadriyatlar va yetuklik ideallarini targ'ib qilish,

oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash.

Xulosa

Zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizm muammosi ko'plab omillar

ta'siri ostida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun,
avvalo, uni aniq tashxislash va keyin samarali korreksiya usullarini qo'llash
zarur. Adabiyotlar tahlili asosida psixologik infantilizmni tashxislashning eng
samarali usullari aniqlandi: klinik suhbat va anamnezni o'rganish, psixologik
testlar (DMS, MSCEIT) va projeksion metodikalar ("Odam rasmi", "Uy, daraxt,
odam", "Mavjud bo'lmagan hayvon" testlari).

Psixologik infantilizmni korreksiya qilishning eng samarali yondashuvlari

orasida quyidagilar ajralib turadi: kognitivbehavioral terapiya, guruhlarda
psixoterapevtik ish, hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish dasturlari hamda
oilaviy terapiya. Zamonaviy jamiyatda psixologik infantilizmni yengish uchun
kompleks yondashuvni qo'llash zarur, bu bolalar va yoshlarni tarbiyalashda
masʼuliyat va mustaqillikni rivojlantirishni, ota-onalar uchun ta'lim dasturlarini
ishlab chiqishni va jamiyatda ma'naviy qadriyatlarni targ'ib qilishni o'z ichiga
oladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1.

Arnett, J. J. (2015). Emerging adulthood: The winding road from the late

teens through the twenties. New York: Oxford University Press.
2.

Lasegue, E. (1864). L'anorexie hysterique. Archives Generales de Medicine,

1, 385-403.
3.

Ковалев, В. В. (2015). Психиатрия детского возраста: руководство для

врачей. Москва: Медицина.
4.

Ковалсова, Н. И. (2018). Психологический и психический

инфантилизм: сходства и различия. Современная психология, 5(3), 45-58.
5.

Лебединская, К. С. (2016). Клиническая систематика инфантилизма.

Журнал неврологии и психиатрии, 7(2), 23-31.
6.

Сухарева, Г. Е. (2017). Клинические лекции по психиатрии детского

возраста. Москва: Медицина.
7.

Мирзаева, Д. А. (2020). Психологик инфантилизмнинг диагностикаси

ва коррекцияси. Психология ва таълим журнали, 3(2), 78-89.
8.

Marcia, J. E. (2009). Education, identity and iClass: From education to

psychosocial development. Policy Futures in Education, 7(6), 670-677.
9.

Венгер, А. Л. (2018). Психологические рисуночные тесты. Москва:

Владос.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

124

10.

Mayer, J. D., Salovey, P., & Caruso, D. R. (2012). Mayer-Salovey-Caruso

Emotional Intelligence Test (MSCEIT) User's Manual. Toronto, Ontario: Multi-
Health Systems.

Библиографические ссылки

Arnett, J. J. (2015). Emerging adulthood: The winding road from the late teens through the twenties. New York: Oxford University Press.

Lasegue, E. (1864). L'anorexie hysterique. Archives Generales de Medicine, 1, 385-403.

Ковалев, В. В. (2015). Психиатрия детского возраста: руководство для врачей. Москва: Медицина.

Ковалсова, Н. И. (2018). Психологический и психический инфантилизм: сходства и различия. Современная психология, 5(3), 45-58.

Лебединская, К. С. (2016). Клиническая систематика инфантилизма. Журнал неврологии и психиатрии, 7(2), 23-31.

Сухарева, Г. Е. (2017). Клинические лекции по психиатрии детского возраста. Москва: Медицина.

Мирзаева, Д. А. (2020). Психологик инфантилизмнинг диагностикаси ва коррекцияси. Психология ва таълим журнали, 3(2), 78-89.

Marcia, J. E. (2009). Education, identity and iClass: From education to psychosocial development. Policy Futures in Education, 7(6), 670-677.

Венгер, А. Л. (2018). Психологические рисуночные тесты. Москва: Владос.

Mayer, J. D., Salovey, P., & Caruso, D. R. (2012). Mayer-Salovey-Caruso Emotional Intelligence Test (MSCEIT) User's Manual. Toronto, Ontario: Multi-Health Systems.