MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI OʻSISH SURATLARINI TAʼMINLASH

Annotasiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, jadal rivojlanish strategiyalari, investitsiyalar oqimini kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, infratuzilmani takomillashtirish va raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
76-79
8

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Norqobilov , A. . (2025). MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI OʻSISH SURATLARINI TAʼMINLASH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 76–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/90229
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, jadal rivojlanish strategiyalari, investitsiyalar oqimini kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, infratuzilmani takomillashtirish va raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar tahlil qilingan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

76

MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI

OʻSISH SURATLARINI TAʼMINLASH

Norqobilov Asliddin Eshmamat o’g’li

Termiz davlat pedagogika instituti Musiqa

ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti

asliddinnorqobilo@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421881

Annotatsiya

: Mazkur maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga

oshirilayotgan islohotlar, jadal rivojlanish strategiyalari, investitsiyalar oqimini
kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda eksport salohiyatini
oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Shuningdek,
makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, infratuzilmani takomillashtirish va
raqamli iqtisodiyotga o‘tish kabi muhim yo‘nalishlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar

; Milliy iqtisodiyot, jadal rivojlanish, investitsiyalar, eksport,

raqamli iqtisodiyot, infratuzilma, makroiqtisodiy barqarorlik.

Bugungi globallashuv davrida har bir davlat oʻzining iqtisodiy

barqarorligini mustahkamlash, raqobatbardoshligini oshirish hamda xalq
farovonligini taʼminlash yo‘lida izchil choralar koʻrmoqda. Oʻzbekiston ham
yangi taraqqiyot bosqichida bozor mexanizmlarini chuqurlashtirish, investitsiya
muhitini yaxshilash va zamonaviy infratuzilmalarni rivojlantirish orqali milliy
iqtisodiyotda jadal oʻsish surʼatlarini taʼminlashga intilmoqda. Ushbu jarayon
iqtisodiyotning barcha sohalarida tub oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda va
yurtimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish poydevorini mustahkamlab
bermoqda Prezidentimiz taqdim etgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot
strategiyasi yetti yo'nalishdan iborat bo'lib, u 5 yil avval qabul qilingan
Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli
islohotlarning uzviy davomi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, Yangi
O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi – milliy
iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida
rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar
strategiyasiningiqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo'nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash
mumkin. O'z o'rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan
islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat debochasigagarovdir. 2022–2026-yillardagi
ustuvor vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish
orqali aholi jon boshiga YaIM hajmini oshirish ko'zda tutilganligida
ham o'ziga xos ma'no bor. O'tgan 5 yil, ya'ni 2017–2021-yillarda
Harakatlar strategiyasi doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari (to'qimachilik,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

77

elektrotexnika, avtomobil sanoati, qurilish materiallari sanoati, kimyo va
neft-kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, energetika kabi
tarmoqlar)ni rivojlantirish strategiyalari qabul qilindi.Shuningdek, qishloq
xo'jaligida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish,
xususan paxta va g'alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish
orqali ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishlab
chiqaruvchilar manfaatdorligi oshirildi. Yetakchi tarmoqlarga ixtisoslashgan
kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning samarali faoliyat yuritishi
uchun zarur infratuzilmalar barpo etildi. Yirik ishlab

quvvatiga ega bo'lgan innovatsion texnoparklar tashkil etilib, ularda

zamonaviy ilm-fan yutuqlari orqali yaratilgan mahsulotlarni ishlab
chiqarish yo'lga qo'yildi.Shu bilan birga, O'zbekistonda turizm sohasini tubdan
isloh qilish orqali sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirildi, sayyohlik xizmatlari
tarkibining (ziyorat turizmi, tibbiy turizm, kino turizmi va h.k.lar) yana
ham kengaytirilishi natijasida mamlakatning sayyohlik potensiali yildan yilga
oshib bormoqda.Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022–
2026-yillarda yuqorida ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan
islohotlarni samarali davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar
etgan holda, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot
hajmini yanada oshirish, 2030 yilga borib esa, O'zbekiston jon boshiga
hisoblaganda, aholi daromadlari o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan
davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan.Qayd etish muhimki, 2017-
yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari
rolini oshirishga qaratilgan eng muhim iqtisodiy islohotlardan biri, bu milliy
valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish
tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich
liberallashtirilishi bilan bog'liq amaliy qadamlar bo'ldi.Shu bilan birga, pul-
kredit (monetar) siyosati sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi,
jumladan to'lov tizimlari rivojlantirildi, chet el valyutasini cheklovsiz sotib
olish imkoni yaratildi, naqd pul muammosi hal etildi, uzluksiz
ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Tashqi
savdoning liberallashtirilishi natijasida tashqi savdo hajmi ham jadal oshib
bormoqda. Alohida e'tirof etish joizki, inflyatsiyaning past va barqaror
ko'rsatkichlari, iqtisodiy o'sishdagi muvozanatni ta'minlash, ishlab chiqarish
raqobatbardoshligi va aholi yashash darajasini oshirishda muhim omil
sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o'sish sur'atlarining pasayishi va
barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

78

bo'lishi lozim. O'tgan 5 yil ichida O'zbekistonning fiskal sohadagi siyosati
tubdan o'zgardi, xususan byudjetning shaffofligi va ochiqligi ta'minlandi,
soliqqa tortishni soddalashtirish va takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli
islohotlar amalga oshirildi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan
bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. Taraqqiyot strategiyasiga
muvofiq, 2022–2026-yillarda O'zbekistonda byudjet va tashqi qarz
barqarorligini ta'minlash vazifasiga ustuvorlik berilmoqda. Sababi, mamlakatda
fiskal defitsitning ortib borishi va tashqi qarzlarning xalqaro darajada
belgilangan me'yorlardan oshib ketishi, albatta milliy iqtisodiyotga xavf
tug'dirishi mumkin.Shuningdek, mazkur strategiyada byudjet mablag'larining
samarali sarflanishini ta'minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning
imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan.
Fiskal sohada belgilanayotgan mazkur ustuvor vazifalar avvalgi
islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanib, bu bir tomondan byudjet
daromadlarini oqilona shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan,
byudjet pirovard natijada esa, mamlakatda iqtisodiy faollik ortib
makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanadi.Xulosa o'rnidaShu o'rinda alohida
ta'kidlash lozimki, yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida kelgusi besh
yillikda mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida bir qator
strategik vazifalar belgilangan. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo'llab-
quvvatlash, biznes muhiti va zarur infratuzilmalarni yaratish bo'yicha
islohotlarni davom ettirish, kambag'allikni ikki barobar qisqartirish,
hududlarni rivojlantirish va agrar sohani rivojlantirishga oid vazifalarga
alohida ahamiyat berilgan.Mazkur vazifalar Harakatlar strategiyasi
doirasida samarali amalga oshirilgan islohotlarning uzviy davomi yoki
boshqacha aytganda, yangi muvaffaqiyatning boshlanishi bo'lib, u
mamlakatning iqtisodiy farovonligini va boshlangan islohotlar samarasini
yanada oshirishga xizmat qiladi

Xulosa qilib aytganda

, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori

oʻsish surʼatlarini taʼminlash Oʻzbekistonning strategik maqsadlaridandir. Bu
borada amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan dasturlar
mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash, aholi farovonligini oshirish va
global bozorlarda munosib oʻrin egallash imkonini bermoqda. Kelgusida bu
jarayonlarni davom ettirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va
inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali yanada barqaror va inklyuziv iqtisodiy
o‘sishga erishiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

79

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.
2.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.–T.:O‘zbekiston, 2017.
3.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz.
4.2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex.Uz

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.–T.:O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.

-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex.Uz