THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
89
ANGLIYANING AFG'ONISTONDAGI HARAKATLARI.
Turobova Gulnoza Eshdavlatovna
Rustamova Sevinch Qudrat qizi
Bobogulova Sarvinoz Shavkat qizi
Termiz Davlat Pedagogika Instituti 3 bosqich talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15480219
Annotatsiya
Mazkur maqolada XIX asr birinchi yarmida inglizlarning Ost-
Indiya kompaniyasi tomonidan Afg'oniston hududiga yuborilgan josuslari,
elchilari va missiyalarining maqsadlari, ularning mintaqada amalga oshirgan
geosiyosiy maqsadlardagi faoliyatlari, Afg'onistonning davlat tuzimi, boshqaruv
shakli, qo'shni davlatlar bilan munosabatlari, Afg'onistonning topografiyasi,
afg'on xalqining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahvoli, ularning, urf-odatlari,
an'analari, turmush tarzi, millatlar rang-barangligi, bu davrning o'ziga xos
xususiyatlari, bayon qilinadi. Shuningdek XIX asrning o'ttizinchi yillari oxirida
Britaniya mustamlakasi Afg'onistonga bostirib kirish uchun bo'lgan harbiy-
siyosiy va diplomatik tayyorgarliklarni qay tariqa olib borgani, Ular
mamlakatdagi har-bir yo'llarning batafsil chizmalarini, suv yo'llarini, xukumat
amaldorlarini, har qanday manbalarni, hududlarning siyosiy-iqtisodiy
sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishgani yoritiladi.
Kalit so'zlar:
Afg'oniston, afg'on xalqi, geosiyosiy, elchilar, ekspeditsiyalar
josuslar – M.Elfinstoun, Uilyam Murkroft, A.Byorns, Charlz Messon, Robert Lich,
Kobul, Hirot, Qunduz, Vaxan ko'li, Bomiyon darasi, Ost-Indiya kompaniyasi.
ABSTRACT In this article, the purpose of the spies, ambassadors and missions of
the British company Ost-India sent to the territory of Afghanistan in the first half
of the XIX century, their activities in the region, the state structure of
Afghanistan, the form of management, relations with the army countries, the
topography of Afghanistan, the economic, political and social situation of the
Afghan people, their It also covers the extent to which the British colonialist
conducted military-political and diplomatic preparations for the invasion of
Afghanistan at the end of the Thirties of the XIX century, they carefully studied
the detailed drawings of each of the roads in the country, the waterways, the
officials of the government, any sources, the political and economic conditions of
the territories.
Аннотация
В этой статье рассматриваются цели шпионов, послов и
миссий британской компании Ост-Индия, направленных на территорию
Афганистана в первой половине XIX века, их деятельность в регионе,
государственное устройство Афганистана, форма управления, отношения
с армией стран, топография Афганистана, экономическое, политическое и
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
90
социальное положение афганского народа, их В нем также рассказывается
о том, в какой степени британские колонизаторы вели военно-
политическую и дипломатическую подготовку к вторжению в Афганистан
в конце тридцатых годов XIX века, они тщательно изучили подробные
чертежи каждой из дорог в стране, водных путей, должностных лиц
правительства, любых источников, политических и экономических
условий территорий.
Ключевые слова:
Афганец, афганский народ, геополитика, послы,
экспедиции, шпионы - М.Элфинстаун, Уильям Моркрафт, А.Байорнс,
Чарльз Мессон, Роберт Лич, Кабул, Херот, Бивер, озеро Ваган, ущелье
бамии, Остиндийская компания.
Markaziy Osiyo muhim geopolitik mintaqa hisoblanib, Afg'oniston bo'lsa
uning asosiy strategik nuqtasini egallagan edi. Lekin bu davrda mintaqaga ikki
yirik mustamlakachi davlat tobora yaqinlashib kelmoqda edi. Biri shimoldan, bir
necha asrlardan beri Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro siyosiy va iqtisodiy
aloqalarga ega bo'lgan, bu davrga kelib Markaziy Osiyoning shimoliy hududlari
ustidan o'z hukmronligini qaror toptirib bo'lgan Rossiya bo'lsa, ikkinchisi esa
janubdan, Hindiston subkontinentida o'z ustivorligini o'rnatgan va tizimli
ravishda shimolga qarab siljib borayotgan Angliya edi. Shubhasiz bu ikki
mustamlakachi davlat ham yangi bozorlarga, xom-ashyo manbalariga, qolaversa
strategik qulay hududlarga ega bo'lish uchun mintaqani o'z ta'siriga olish va o'z
hukmronligini o'rnatish maqsadiga erishishga harakat qilishardi. Shu boisdan bu
o'lka borasida ingliz-rus raqobati vujudga keldi va u butun XIX asr xalqaro
munosabatlar tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoldi. Ingliz-rus
muxolifligi keyinchalik “Katta o'yin” deb atalgan yangi nomga ega bo'ldi.
Angliyaning tashqi tajovvuzkor siyosatining ustivor maqsadiga aylangan
Afg'oniston masalasi ingliz-afg'on urushlarini keltirib chiqardi. Birinchi ingliz-
afg'on urushidan so'ng Afg'oniston mamlakat sifatida tarqoq holga kelib,
buninng natijasida mamlakat ichkarisida kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
bo'hron boshlandi. Urushdan so'ng Afg'oniston amirligining bosh ustivor
vazifasi mamlakatni birlashtirish va siyosiy, iqtisodiy islohatlar o'tkazishdan
iborat edi.
Muhokama va natijalar
XIX asrning eng muhim xalqaro muammolaridan biri bu “Markaziy Osiyo”
masalasi edi. Natijada butun asr mobaynida Markaziy Osiyo Angliya va Rossiya
o'rtasidagi baxsga sabab bo'ldi. Oqibatda XIX asr oxiriga kelib bu ikki
imperialistik davlatlar o'rtasidagi inqiroz kattalashib uzoq davom etgan siyosiy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
91
mojaroga aylandi. Asosiy muammo mustamlakachi mamlakatlar o'rtasida hali
bo'lib olinmagan hududlarni egallab olish uchun bo'layotgan kurash edi. Bu
kurashda XIX asr kapitalistik tizim rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari
ko'rinadi. Angliya va Rossiyaning hukmron doiralari Markaziy Osiyodagi
tajovvuzkor harakatlarini oqlash, ushbu mintaqaning ma'lum qismlariga o'z
huquqlarini asoslash uchun ko'plab jiddiy dalillarni topdilar. Markaziy Osiyoda
ikkala davlatning siyosati qandaydir niqoblar ostida olib borilgan bo'lmasin, uni
amalga oshirish uchun har qanday bahonalar ishlatilgan bo'lsa ham, bu siyosat
mohiyati tajovvuzkor mustamlakachilik edi. XIX asrda Angliya yer-mulklari
ulkan, jahonning eng yirik mustamlakachi mamlakati edi. Birqancha davlatlar va
xalqlarni qamrab olgan Hindiston yarim orolida bosqinchilik va mustamlaka
ekspluatatsiyasi uchun ingliz burjuaziyasining asosiy tashkiloti Ost-Indiya
kompaniyasi bo'lib, u doimiy ravishda bosqinchilik urushlarini olib bordi. Ost-
Indiya kompaniyasi Osiyo qitasining istalgan joyini britaniya mulki deb eьlon
qilishi va istalgan joyiga qo'shin yuborishi mumkin edi. Xususan Markaziy
Osiyoda joylashgan Afg'oniston o'zining qulay geografik joylashuvi tufayli savdo-
sotiq, siyosiy va strategik jixatdan Britaniyanig aloxida qiziqish markazida
bo'lgan. Bundan tashqari u Hindiston, Eron, Xitoy va o'zbek xonliklari bilan ham
chegaradosh bo'lib, o'z vaqtida jaxon sivilizatsiya rivojiga anchagina katta xissa
qo'shgan va XIX asrda o'zining biroz axamiyatini yo'qotgan mintaqa orqali
Xitoydan Yevropaga qadimgi Buyuk Ipak yo'li o'tgan edi. Bu esa Afg'onistonning
geopolitik nuqtainazardan ham naqadar muhim hudud ekanligini bildirardi
1
.
Ost-Indiya kompaniyasi Afg'onistonning iqtisodiy va siyosiy holatini, hudud
orqali o'tgan barcha yo'llarni aniqlash, muhim geografik nuqtada joylashgan
harqanday obektlarni o'rganish, axolining ijtimoiy siyosiy qatlamini tadqiq qilish
shuningdek xukumat a'zolarini o'z tarafiga og'dirish va Angliya bilan siyosiy
aloqalar o'rnatish maqsadida o'z xodimlarini muntazam ravishda jo'natib turadi.
Xodimlar turli qiyofada yuborilgan bo'lib, ular asosan savdogar, darvesh, sayyoh,
muqaddas joylarga ziyorat qiluvchilar niqobi ostida bu hududda xarakat
qilishgan. Yuborilgan ayg'oqchilar mintaqaning eng xilvat joylarigacha kirib,
xudud joylashuvini mukammal o'rganishgan va extiyotkorlik bilan to'plangan
maьlumotlarni qayd etib borishgan. Ular mahalliy aholi tilini va ularning urf-
odatlarini yaxshi bilishgan bo'lib, bu esa ularga bu xududda uzoq muddat
faoliyat yuritishlariga va o'zlariga nisbatan shubxa paydo bo'lmasligiga yordam
bergan.
2
Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha Angliya siyosatida muhim ro'l
o'ynagan ingliz tarixchisi J.Older shunday yozadi: “Markaziy Osiyo masalasida
diplomatik faoliyat yuritishdan oldin mintaqa xaqidagi tadqiqotlar naqadar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
92
muhim ekanligi va ayniqsa geografik bilimlar har doim siyosat, iqtisodiyot,
diplomatiya va harbiy xarakatlar bilan chambarchas bog'liq ekanligini, bunda
xarqanday askar va siyosatchidan ko'ra tadqiqotchi va maxfiy josuslar muhim
ro'l o'ynashini” ta'kidlaydi.
3
Afg'onistonga dastlabki ingliz missiyasi 1809 yil
fevral oyida Maunnstyuart Elfinstoun boshchiligida yuboriladi. Unga
Afg'oistonni batafsil va hartomonlama o'rganish vazifasi yuklatiladi. Agarda
inglizlar mamlakatga bostirib kirganda bu xududda Britaniya o'zining
hukmronligini o'rnatishda suyanch bo'la oladigan ma'lum bir ijtimoiy qatlam,
guruh va qabilalar orasida alohida e'tiborga ega shaxslar bilan ham aloqalar
o'rnatish kabi ko'rsatmalar kirardi. Ekspeditsiya tarkibini ingliz ofitserlari va
josuslari tashkil etib, Afg'oistonda har taraflama chuqur harbiy-siyosiy azvedka
ishlarini olib bordi. Shaxsan M.Elfinstounga mamlakatning xukmron doiralari
haqida batafsil ma'lumotlar yig'ish topshirig'i yuklanadi. Ekspeditsiya deyarli
besh oy davom etadi. Shu vaqt mobaynida ular mamlakatdagi karvon yo'llari,
afg'on xalqi va qabilalari, alohida e'tiborga ega bo'lgan shaxslar bilan tanishadi.
Inglizlar mahalliy amaldorlarga qimmatbag'o sovg'alar berish orqali ular bilan
aloqalar o'rnatadi. Pora berib o'z tomoniga og'dirish ingliz siyosatiga xos
xususiyat bo'lib, harqanday urushda o'z xukmronligini o'rnatishda vosita bo'lib
xizmat qiladi.
4
1809 yil iyun oyida Peshavorda M.Elfinstounning shox Shujo ul-
Mulk bilan olib borgan muzokaralari natijasida birinchi afg'on-ingliz
shartnomasi imzolanadi. Shartnoma shundan iborat ediki mobodo Fransiya va
Eron Hindistonga xujum qilgudek bo'lsa Afg'oniston Angliya tomonida turib
urushda qatnashishi nazarda tutilgan edi.
5
Xulosa
Yer yuzining shunday mintaqalari, hududlari borki, ular tabiiy va turli-
tuman qazilma boyliklari bilan emas, aynan geografik joylashuvi bilan yirik
imperiyalar e'tiborini o'ziga jalb etadi. Markaziy Osiyoning strategik muhim
mintaqasida joylashgan Afg'onistonning siyosiy kurashlar va fitnalar markaziga
aylanib qolayotganining asosiy sababi ham shunda. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Angliya va Rossiya Afg'onistonga shunchaki mamlakat sifatida
eьtibor qaratib qolmay, balki uni o'z mamlakatlarining ostonasi sifatida ko'radi.
Sababi Britaniyaning bosqinchilik siyosati rejasida bo'lgan Eron va Markaziy
Osiyo yerlariga harbiy yurishlar olib borilgan taqdirda Afg'oniston eng muhim
harbiy amaliyotlarga tayyorgarlik ko'radigan maydon sifatida boshlang'ich
nuqta, Rossiya uchun esa janubiy sarhadlarining xavfsizligi uchun Afg'oniston
bufer zona vazifasini bajarishi lozim edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Хидоятов.Г.А. Британская экспансия в Средней Азии, Т.,1981, с.7
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
93
2. Тимченко С.В. Англо-русское соперничество в Средней Азии в 40- е гг.
XIX века. — Алматы. — 120 с.
3. Alder G. J. British India’s Northern Frontier. 1865-1895. London, 1963, p.4.
4. Хопкирк П. Большая Игра против России: Азиатский синдром. — М.:
Рипол классик, 2004. — 266 с.
5. Штейнберг, ЕЛ. История британской агрессии на Среднем Востоке / E.JI.
Штейнберг. М.: Воениздат, 1951. -212 с.
6. История Узбекистана и Средней Азии во второй половине XIX — начале
XX вв. / Английская экспедиция в Среднюю Азию в первой поло вине XIX в.
— [Электронный ресурс] — Режим доступа. — URL: http://testhistory.ru/
history.php?id=his_2_151 (дата обращения: 24.08.20 19)
7. Бёрнс А. Путешествие в Бухару, ч. III. М., 1850, с. 274. 8. Хидоятов.Г.А.
Британская экспансия в Средней Азии, Т.,1981, с.11.