THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
120
KICHIK VA O`RTA BIZNESDA BUXGALTERIYA AXBOROT
TIZIMLARINING MOSLASHUVCHANLIGI: RAQAMLI O’ZGARISHLAR
SHAROITDA AMALIY TAHLIL
Ishmamatova Sevinch Raximjon qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Kurbonaliyev Abduhamid Shuxrat o‘g‘li
Ilmiy rahbar:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15488606
Annotatsiya:
Mazkur tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning jadallashuvi
sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining axborot tizimlariga moslashuvi
tahlil qilinadi. Bugungi kunda kichik va o‘rta biznes egalarining faoliyatini
muvaffaqiyatli tarzda olib borishida zamonaviy texnika-texnologiyalar muhim
rol o‘ynamoqda. Ushbu tadqiqotda buxgalteriya hisobini yuritishda
foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining moslashuvchanlik
darajasi hamda afzalliklari o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu tizimlarning
amaliyotda qo‘llash jarayonidagi qulayliklari, kamchiliklari va amaliy foydasi
tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
: buxgalteriya axborot tizimi, kichik va o‘rta biznes (KOB),
raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, moslashuvchanlik
Annotation
:Today, modern technologies play a crucial role in ensuring the
successful operation of small and medium-sized business owners. This study
explores the flexibility and advantages of automated information systems used
in accounting. Additionally, it analyzes the practical benefits, conveniences, and
drawbacks of applying these systems in real-world practice.
Keywords:
accounting information system, small and medium-sized
businesses, digital transformation, automation, flexibility.
Аннотация:
В данном исследовании анализируется адаптация
информационных систем субъектов малого и среднего бизнеса в условиях
ускоренного развития цифровой экономики. На сегодняшний день
современные технологии и технические средства играют важную роль в
успешной деятельности владельцев малого и среднего бизнеса. В
исследовании рассматривается уровень адаптивности и преимущества
автоматизированных
информационных
систем,
используемых
в
бухгалтерском учёте. Также анализируются удобства, недостатки и
практическая польза применения данных систем в реальной
деятельности.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
121
Ключевые слова:
бухгалтерская информационная система, малый и
средний бизнес (МСБ), цифровая трансформация, автоматизация,
адаптивность.
Bugungi kunda tezkor, aniq va samarali moliyaviy boshqaruv kichik va o‘rta
biznes subyektlarida muhim omil hisoblanadi. Ko‘plab kichik va o‘rta korxonalar
qo‘lda yuritiladigan yoki oddiy hisob-kitob usulidagi buxgalteriyadan ko‘ra
ancha mukammal va nisbatan nuqsonsiz hisoblaydigan avtomatlashtirilgan
tizimga o‘tishni afzal bilishmoqda. Bundan kelib chiqadiki, buxgalteriya axborot
tizimlari hisob yuritish bilangina cheklanib qolmay, muhim strategik qarorlar
qabul qilishda ham muhim rol o‘ynaydigan omil hisoblanadi. Biroq, raqamli
transformatsiyaga o‘tish jarayonida ham moliyaviy cheklovlar, xodimlar
malakasida kamchiliklar , murakkab interfeys tuzilmalari kabi muommolar
vujudga kelmoqda.
Tadqiqot maqsadi
: Tadqiqotning asosiy maqsadi — kichik va o‘rta biznes-
korxonalarning buxgalteriya axborot tizimlaridan foydalanish jarayonidagi
afzalliklari va foydali jihatlari, moslashuvchanlik darajasini tahlil qilish hamda
ularning amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llashni joriy etish kabi masalalarni ko‘rib
chiqishdir.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
:
O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida
faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlaridan intervyu
va so‘rovnomalar o‘tkazildi va qanday dasturlardan foydalanayotganligi,ularga
to‘sqinlik qilayotgan, qoniqtirmayotgan muommolar tahlili Excel va SPSS
dasturlari orqali o‘rganilganda natijalar shuni ko‘rsatdiki,ko‘pchilik kichik
korxonalar oddiy va bepul bo‘lgan dastur – Exceldan hozir ham
foydalanishmoqda. Biroq, 1C, SAP Business One va MyBooks kabi eng ommabop
avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanuvchi korxonalarda ish samaradorligi
o‘sganini va ancha qulaylik yaratilganligi aniqlandi. Ya’ni, so‘rovnomada
qatnashgan korxonalarning 70 foizi elektron hisob-kitob tizimlaridan
foydalansa-da, faqat 30 foizida integratsiyalashgan ERP tizimlari mavjud.
Shunday bo‘lsa-da, dasturlar narxi nisbatan qimmatligi va ko‘p hollarda ulardan
foydalanish ko‘nikmalari yetishmasligi bois muommolar ham vujudga kelmoqda.
So‘rovnomadagi tahlillarga ko‘ra eng jiddiy muommolar sifatida respondentlar
yuqori narxlar (65%), malakali IT xodimlar yetishmovchiligi (48%) va
texnologiyalarning tez eskirishi (34%)ni ko‘rsatmoqda.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
122
1-rasm. Kichik va o‘rta biznesda buxgalteriya axborot tizimlaridan
foydalanish bo‘yicha asosiy statistik ko‘rsatkichlar
Munozara
Metodologik tahlilga ko‘ra kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun raqamli
transformatsiya jarayoni oson kechmayapti. Ko‘plab KOBlar ushbu jarayonda
davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu yo‘lda davlat
startap loyihalar uchun grantlar va imtiyozlar subsidiyalar ajratishi, texnik
ko‘mak markazini tashkil etishi joiz. Shuningdek, korxonaga zamonaviy
texnologiyalardan foydalana oladigan va ularni real hayotda qo‘llay oladigan
kadrlar zaxirasini shakllantirish zarur. Bu esa kollej, litsey va universitet
dargohlarida zamonaviy o‘quv dasturlari asosida yoshlarni o‘qitish, o‘z sohasiga
oid eng so‘nggi texnik bilimlarni o‘rgatish kabi zaruriy choralarni talab qiladi.
Xulosa
Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, moslashuvchan
buxgalteriya tizimlari kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun raqamli
transformatsiya sharoitida samarali ish faoliyatini ta’minlashga yordam beradi.
Shuningdek, BAT (buxgalteriya axborot tizimlari) foydalanuvchilari dasturni
qulay narxda sotib olishi,tizim tushunarli interfeysda bo‘lishi, tizimdagi
kamchiliklar to‘g‘rilanishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Davlat statistika qo‘mitasi (2024). Kichik biznes subyektlari faoliyati
to‘g‘risida hisobot.
2. Rakhmatova, G. (2023). Kichik biznes va raqamli hisobot tizimlarining
uyg‘unligi. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
3. Lee, M., & Kim, H. (2022). Flexibility of Accounting Systems in SME
Environments. International Journal of Digital Business, 17(3), 210–225.
4. Tursunov, A. (2021). Raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston kichik
biznesi uchun IT yechimlar. Buxgalteriya va audit, 2(1), 44–50.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
123
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O‘zbekiston – 2030"
strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni, 2020-yil