Авторы

  • Latofat Turdiyeva
    Xalqaro innovatsion universiteti “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.92063

Ключевые слова:

oila oilaviy tarbiya nizo va ajrim oilaviy zo‘ravonlik oilaviy muhit huquqiy savodxonlik milliy qadriyatlar sog‘lom turmush tarzi psixologik xizmat.

Аннотация

Mazkur maqolada oilaviy munosabatlar tizimi, oiladagi nizolar va ularning kelib chiqish sabablari hamda oilaviy zo‘ravonlik holatlariga oid masalalar bayon etilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

111

OILAVIY MUNOSABATLARDA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI

KAMSITILISHINI OLDINI OLISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI

TADBIQ ETISH

Turdiyeva Latofat Almardonovna

Xalqaro innovatsion universiteti

“Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi

Email: l.turdiyeva87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15487095

Annotatsiya

Mazkur maqolada oilaviy munosabatlar tizimi, oiladagi nizolar va ularning

kelib chiqish sabablari hamda oilaviy zo‘ravonlik holatlariga oid masalalar
bayon etilgan.

Shuningdek, oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar huquqlari kamsitilishini

oldini olish mexanizmlari va chora-tadbirlari yuzasidan pedagogik-psixologik
tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, oilaviy tarbiya, nizo va ajrim, oilaviy zo‘ravonlik, oilaviy

muhit, huquqiy savodxonlik, milliy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, psixologik
xizmat.

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы, связанные с системой семейных

отношений, семейными конфликтами и их причинами, а также случаями
насилия в семье.

Также даются педагогические и психологические рекомендации о

механизмах и мерах по предупреждению дискриминации прав женщин в
семейных отношениях.

Ключевые слова:

семья, семейное воспитание, конфликты и

разногласия, насилие в семье, семейная среда, правовая грамотность,
национальные ценности, здоровый образ жизни, психологическая служба.

Ma’lumki, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib,

oilaning bolalarga tarbiyaviy ta’sir doirasi ijtimoiy ta’sir doirasi singari o‘ta
kengdir. Oila bolalarni Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat,
mehnat va xalq boyliklariga ongli munosabat, nuqsonlarga murosasizlik, yuksak
axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga
nisbatan psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashda kata imkoniyatlarga egadir.
Biroq, keyingi yillarda oilada farzandlarimizni tarbiyalashda, ularni kamol
toptirishda bir qator muammolar, nuqsonlarga duch kelinmoqda. Shu boisdan
oilaviy tarbiyada turmush munosabatlari har doim ham bir maromda
bo‘lavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarishda er-xotin va oila a’zolarining


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

112

burchi, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyati hamda farzandlarning
kattalar oldidagi burchlarini ado etish jarayonida ularning fikr va qarashlaridagi
ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchilik va anglashilmovchilik hamda
shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘lib, oilada turli ko‘rinishdagi nizolar
yuzaga kelmoqda.

Zero, oilada yoki jamiyatda tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun

avvalo, har qaysi xonadondagi ma’naviy, tarbiyaviy sharoit o‘zaro hurmat, axloq-
odob, insoniy munosabatlarga tayangan holda shakllanishi o‘z samarasini
beradi. Bu borada, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z asarlarida oila
muqaddasligini, oila jamiyat ko‘rki ekanligini va bu haqda har bir oila va shaxs
kesimida jamiyat muqarrarligini ta’minlash har bir rahbarning kundalik
qoidasiga aylanishi kerakligini ta’kidlab kelmoqdalar. Zotan, millatning ertangi
kuniga dastlab oilada poydevor qo‘yiladi, unda hayotning davomiyligini
ta’minlovchi avlod shakllanadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
tub mohiyatida inson va uning manfaatlari ustuvor ekan, ko‘zlangan maqsadga
erishishda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan oilaning o‘rni - beqiyosdir.

Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning bir muncha qiyinlashuvining

sabablaridan biri, barkamol inson tarbiyasiga qo‘yilayotgan talablarning ortib
borayotganligida ko‘rinadi. Bu esa oilada bolaga ma’naviy-axloqiy, nafosat va
mehnat tarbiyasi berishning sifati hamda samaradorligiga alohida e’tibor
qaratishni talab etadi. Oilaviy munosabatlarda mo‘tadillikning buzilishi esa alal
oqibat ajrimga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitda er-xotin “nikoh”ning muqaddas
tushuncha ekanligini, arzimagan muammolar evaziga qo‘ydi-chiqdi qilish
mumkin emasligini, qolaversa, sha’riy nikohda er o‘z bo‘yniga olgan shartlarga
amal qilishi lozim ekanligini esdan chiqarmasligi kerak.

Oilaviy muhitning buzilishida ko‘proq farzandlar aziyat chekadi, qiynaladi.

Kelgusida ularning sog‘ligi, tarbiyasi mammoli bo‘lishi muqarrar ekanligini bilib
turgan ota-ona, har qanday oilaviy nuqsonni farzand ko‘z yoshi oldida
arzimagan narsa deb bilishi lozim [2]. Ajrim - bu illat. Buning ketidan qancha-
qancha insonlar (quda-andalar, qarindoshlar, do‘stlar) qiyin ahvolga tushadi.
Keyingi yillarda oilaviy munosabatlarni nizo va janjallar, murosasizliklar
oqibatida bir qancha oilalarda zo‘ravonlik, oilada ayolning kamsitilishi va unga
nisbatan tazyiqlar ortib bormoqda. Natijada oilalardagi arzimagan nizolar va
munosabatlar jarayonida oilaviy zo‘ravonlik holatlari sodir etiladi.

Oiladagi zo‘ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi

kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy
zo‘ravonlik ko‘rsatishidir [1]. Odatda bu turdagi zo‘ravonlik ostida bir tomon


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

113

oiladagi boshqa a’zolarining hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo‘lgan
intilishi yotadi. Oilaviy zo‘ravonlik qurboni ko‘pchilik hollarda ayol kishi yoki
yosh bolalar bo‘ladi, ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham
jabrlanuvchilar yo‘q emas. Bu muammo o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U
turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’i nazar, dunyoning barcha
mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq
yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb
ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi.

Oilaviy zo‘ravonliklarning keng tarqalgan ayrim ko‘rinishlari quyidagi

hollarda, xususan, erning xotinini urishi, ruhiy kamsitish, uning nasl-nasabini,
oilaviy sharoiti yoki ota-onasi yohud qarindoshlari qilgan ishlari tufayli ayblab,
haqoratlashi, erning xotinini jinsiy zo‘rlashi, jinsiy kamsitishi, moliyaviy jihatdan
cheklash, ayolining o‘qishiga yoki ishlashiga qarshilik ko‘rsatishida namoyon
bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oiladagi zo‘ravonlik jabrlanuvchilarini
asosan uning ojiz bo‘lgan a’zolari, ya’ni bolalar, ayollar, qariyalar va nogironlar
tashkil etadi. Oilada zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan
jabrlanganlarning 57,4% ayollar, 29,7 % voyaga yetmaganlar, 6,1% qariyalar,
4,6% erkaklar va 2,6% nogironlar tashkil etmoqda. Ayrim tadqiqotlarda shaxsga
nisbatan tan jarohati yetkazishdan jabrlanganlarning 60%ni ayollar va bolalar
tashkil etishi aniqlangan.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning ijtimoiy holati

o‘rganilganida ularning 60,8% vaqtincha ishsiz, 25,6% ishchilar, 12,0%
xizmatchilar, 1,6% tadbirkorlar ekanligi aniqlandi. Ta’kidlash kerakki,
jabrlanuvchilar hulq-atvorining sodir etilgan jinoyatlardagi o‘rni va ta’sirini
o‘rganish ham motivi rashk bo‘lgan qilmishlarning etimologik profilaktikasi
chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qiziqarli tomoni
shundaki, ko‘p hollarda oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlanganlar o‘zlariga
yetkazilgan zarar (hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati) haqida huquqni
muhofaza qilish, xususan ichki ishlar organlari yoki tibbiyot muassasalariga
murojaat qilishmaydi. Bu ko‘pincha ayollarda kuzatiladi. Sud-tergov
idoralaridan olingan ma’lumotlar o‘rganilganida, ayollarga nisbatan eri
tomonidan zo‘ravonlik ishlatilgan taqdirda ham bu haqidagi ma’lumotlarni
oshkor qilmaslikka, shunday holatlarni yashirishga yoki tibbiyot muassalariga
murojaat qilgan taqdirida ham olgan tan jarohatini o‘zining ehtiyotsizgi
oqibatida olganligi bilan izohlashga harakat qilishadi. Buning asosiy sababi
bo‘lib, ayollarning oilaning buzilib ketishidan qo‘rqishi yoki erining obro‘sini
to‘kmaslikka intilishi deb izohlash mumkin.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

114

Bugun biz fuqarolik jamiyatda yashar ekanmiz har bir insonning o‘z huquq

va burchlari kafolatlanishi muqarrar ekanligini bilishimiz, oilaviy munsabatlarda
hech kimni kamsitilishi, taqqirlanishi mumkin emasligini anglashimiz zarur. Bu
kabi noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, chek qo‘yish, oldini olishda fuqarolarni
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va huquq-tartibot organlarining asosiy e’tiborli
vazifalari hisoblanadi. Bu kabi holatlarni oldini olishda fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari hamda profilaktika inspektorlari o‘zlariga biritkirilgan
ma’muriy hududlarda nosog‘lom turmush tarzi kechirayotgan oilalarni aniqlab
ular bilan manzilli profilaktika ishlarini olib borishlari lozim bo‘ladi. Xususan,
ma’muriy hududlarda yashovchi oilalar haqida tezkor vaziyatdan xabardor
bo‘lish, sodir etilishi mukin bo‘lgan nizolarni barvaqt profilaktikasini ta’minlash,
notinch oilalardagi ijtimoiy ruhiy-muhitni sog‘lomlashtirish hamda kam
ta’minlangan oilalarni aniqlab ularni moddiy qo‘llab ahvolini yaxshilash
borasidagi ishlarni amalga oshirishlari talab etiladi [3]. Shuningdek, mahalla va
huquq tartibot xodimlari tomonidan ma’muriy hududda sodir etilgan oiladagi
zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va ularga imkon berayotgan sabab va
sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish va kelgusida ushbu turdagi
huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish
hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, oilaviy qadriyatlarni
mustahkamlash komissiyasi, xotin-qizlar masalasi bo‘yicha mutaxassis bilan
hamkorlikda

ertalabki

yo‘riqnomalarda

oila-turmush

doirasidagi

huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan
va giyohvandlik kasalligiga mubtalo bo‘lgan shaxslarni aniqlab, zarur hollarda
ularni belgilangan tartibda sog‘lom turmush tarziga qaytarish choralarini
amalga oishish zarur.

Oilaviy zo‘ravonlikka barham berish qiyinligining sabablarini mushohada

qilganda, mentalitetga xos xususiyatlarni e’tibordan qochirmaslik lozim. O‘zbek
oilalarida shaxsiy hayot, oilaviy sir – muqaddas va xalqimiz bu ma’noda ancha
konservativ hisoblanadi, ya’ni ko‘pchilik holatlarda oiladagi zo‘ravonlik oiladan
tashqariga chiqmaydi [4]. Albatta yurtimizni yanada ravnoq topishini istagan
har bir shaxs, fuqaro o‘z aziz vatanimizni turli xil illat va xatarlardan himoya
qilishda eng avvalo o‘z oilamiz qadri va qo‘ni qo‘shnilar bilan bo‘lgan voqea va
hodisalardan xabardor bo‘lishimiz kerakligini, ularga ham huquqiy maslahat
berishni bilmagan taqdirda, bu holatda darxol ichki ishlar idoralariga xabar
berish vazifamiz ekanligini unutmasligimiz kerak. Mazkur maqolada oilaviy
munosabatlarda xotin-qizlar huquqlari kamsitilishini oldini olish va sog‘lom
turmush tarzini tadbiq etish masalasiga e’tibor berar ekanmiz, bugungi


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

115

jamiyatimizda har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlanganligini yodda
tutishimiz zarur. Shunday ekan, yurtimizda qonunga muvofiq xotin-qizlarni
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari sifatida huquqiy kafolatlari hamda ularga chek qo‘yishning umumiy
chora-tadbirlari belgilab berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Список литературы:

1. O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida 2019 yil 2 sentabr,O‘RQ-561-sonli Qonuni.
2. Inomova M. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasi”. –Toshkent, 1999. -
138 bet.
3. Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh.T. Pisxologik xizmat. Darslik. –T.: “Fan va
texnologiyalar”, 2014.-423 b.
4. Ubaydullaeva R.A. Mustaqil O’zbekiston: ayol, oila va jamiyat. T.: O’zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi, FAN nashriyoti, 2006.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida 2019 yil 2 sentabr,O‘RQ-561-sonli Qonuni.

Inomova M. “Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasi”. –Toshkent, 1999. -138 bet.

Nishanova Z.T., Alimbayeva Sh.T. Pisxologik xizmat. Darslik. –T.: “Fan va texnologiyalar”, 2014.-423 b.

Ubaydullaeva R.A. Mustaqil O’zbekiston: ayol, oila va jamiyat. T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, FAN nashriyoti, 2006.