Авторы

  • Mashhura Salomova
    Termiz davlat pedagogika Instituti 3- bosqich talabalari.
  • Dildora Oʻralova
    Termiz davlat pedagogika Instituti 3- bosqich talabalari.
  • Og’abek Bahronov
    Termiz davlat pedagogika Instituti 3- bosqich talabalari.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.92067

Ключевые слова:

Asikaga syougunati knyaz-daimonlar asikaga sulolasi qilichlarni izlash tokugava rejimi samuray.

Аннотация

Yaponiya tarqoqlik hamda fuqarolar urushi davrida, davlatni birlashtirish uchun kurash, Yaponiyada Tokugavalar syogunati davrida hamda davlatning yakkalanib qokishi haqida gap boradi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

98

XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXI.

Salomova Mashhura Yusup qizi

Oʻralova Dildora Yangiboy qizi

Bahronov Og’abek Obidjon o’g’li

Termiz davlat pedagogika Instituti 3- bosqich talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15486363

Annotatsiya

Yaponiya tarqoqlik hamda fuqarolar urushi davrida, davlatni

birlashtirish uchun kurash, Yaponiyada Tokugavalar syogunati davrida hamda
davlatning yakkalanib qokishi haqida gap boradi.

Kalit so’zlar:

Asikaga syougunati, knyaz-daimonlar, asikaga sulolasi,

qilichlarni izlash, tokugava rejimi, samuray.

Abstract:

Japan's disintegration and civil war, the struggle for national

unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation.

Keywords:

Asikaga syougunati, princes-permanent, Asikaga dynasty,

search for swords, tokugawa regime, samurai.

Yangi zamonni Yaponiya ‘‘jangari viloyatlar davri’’ nomini olgan tarqoqlik

va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) meros qilib
oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi.
Asikaga xonadonidan bo’lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo’ldan
berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi.
Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga – knyaz-daimolarga o’tdi. Bu
davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o’zgardi. 1543-yili yaponiya
qirg’oqlarida portugallarning, olti yildan so’ng esa ispanlarning ham paydo
bo’lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta’sir
ko’rsatdi. Ular mamlakatga o’qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning
paydo bo’lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning
mukammallashishiga ko’maklashdi. Bu esa o’z navbatida o’zaro urushlarni
keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo’linib ketish xavfini emas balki uning
yevropaliklarga tobe bo’lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O’zaro urushlar
va dehqonlarning qo’zg’alonlari feodallarning o’ziga ham real xavf tug’dirdi. Shu
vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib
kelayotgan edi.

1

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

XVI asr boshlarida Yaponiya o’zaro ichki urushlar oqibatida mayda-mayda

davlatlarga bo’linib ketgan edi. O’zaro ichki urushlar faqat 1573-yilda ikkinchi
syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag’darilishi bilan nihoyasiga yetdi.
Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish
ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nabunaga rahbarlik qildi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

99

Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so’ng Oda Nabunaga 1573-yilda Asikagani
syogunlikdan maxrum etdi.

2

O’z yo’llarini to’g’ri va notug’ri yullar bilan

kengaytirib, dehqonlar qo’zg’alonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga
‘‘siyosiy-knyzlik’’ (bakuxan) davlatiga asos soldi. 1582-yil Kiotodagi
ibodatxonalardan birida raqiblarining qo’shinlari tomonidan qo’rshab olingan
Oda o’zini o’ldirish bilan hayotini yakunladi. Mamlakatni birlashtirish ishini,
dehqonlardan chiqqan va Odaning xizmatida o’zini ko’rsatgan Toyatami
Xideyosi davom ettirdi. O’zi dehqonlardan chiqqan Xideyosi dehqonlar
qo’zg’alonini ayovsiz bostirardi. 1588-yilda chiqqan “qilichlarni izlash”deb
atalgan farmonga binoan dehqonlarning qilichlar, miltiqlar va boshqa qurollarga
ega bo’lishi taqiqlanardi. 1598- yili Xideyosining o’limi birinchi
birlashtiruvchilarning o’rinishlarini yuqqa chiqardi. 1603-yili Ieyasu Tokugava
syogun unvonini qabul qildi va Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib,
syogunatga (1603-1867) asos soldi. Bu bilan u zamonasining eng mashxur
xonadoni harbiy-feodal diktaturasini boshlab berdi. Amalda Tokugava va uning
izdoshlari imperator xonadonini hokimiyatdan hamda siyosiy hayotdan ajratdi.
Ammo ular imperatorning (Mikado) diniy obro’sini ta’kidlashda davom etdilar
va doimo hokimiyatga imperator ruxsati bilan kelganliklarini ta’kidlar edilar.

3

Muhokama

Tokugava xonadonidan dastlabki syogunlar davrida Yaponiya yagona

davlatga aylana boshlasada, aslida mamlakatning birlashishiga erishilmagandi.
XVII asr boshlarida Yaponiyaning umumiy sholi daromadi 11 million koku
(1koku – 180.4kg) miqdorida belgilandi. Ana shu miqdordan 4 million koku
Tokugava xonadoniga tegishli edi. Tokugavalar davrining boshlarida
Yaponiyaning axolisi 20 millionga yaqin kishidan iborat edi. XVII asrdagi
barqarorlik tufayli aholi 29 millionga yaqinlashdi. Tokugavalar davrida yerlar
feodallarga tegishli bo’lgan. Feodal yer egaligining asosiy shakllari quyidagilar
edi: 1) syogunlarning yerlari 2) knyazlarning yerlari 3) cherkov va
monastrlarning yerlari. Savdogarlik va hunarmandchilik asosan Yaponiyaning
bevosita syogunat nazorati ostida bo’lgan shaharlarida to’plangandi. Eng yirik
shaharlar EdoYaponiyaning poytaxti (hozirgi Tokio), Osaka-mamlakatning bosh
savdo markazi, Kioto-imperatorning qarorgohi, port shaharlari Sakai hamda
Nagasaki edi.

4

Natija

Yaponiyaning tashqi dunyodan ajralib qolishi XIX asrning yarmigacha

davom etdi. Tokugava rejimining butun bir sistemasiga kiruvchi bu siyosat
umuman mamalkat uchun g’oyat og’ir va salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

100

narsa Yaponiyada feodal munosabatlarning eng qoloq formalari saqlanib
qolishiga yordam berdi. Yakkalanib qolish sharoitida yapon feodallari va
ularning amaldorlari yapon mehnatkashlar ommasi ustidan ayniqsa har
tomonlama va nazoratsiz hukmronlik qilib, o’z sinfiy diktaturalarini eng
daxshatli formalarda amalga oshira oldilar. Ayni vaqtda Yaponiyaning
yakkalanib qolishi uni ochiqdan-ochiq qoloqlikka mahkum etdi. Bu esa sanoatda
ham, qishloq xo’jaligida ham eski ishlab chiqarish usullarining saqlanib qolishida
o’z ifodasini topdi. Bu narsa mamlakat madaniy o’sishining to’xtab qolishiga ham
ta’sir ko’rsatdi.

Xulosa

Shunday bo’lsa ham XVII asrda Yaponiyada sust bo’lsa ham muayyan o’sish

ro’y berdi. Mamlakatda Tovar-pul munosabatlari rivojlanib sekin-asta yapon
qishloqlariga ham kirib bordi. Shaharlarda savdogarlar kapitali to’plandi.
Feodallarning orasida ko’proq tabaqalashuv ro’y berdi. Feodallar –
samuraylarning past qatlami xonavayron bo’lib, shahardagi o’rtacha va hatto
quyi qatlamlarga tobora yaqinlashib bordi.

5

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi- T. ”O’zbekiston”- 2013-y. 380-381-betlar
2. Semyonov-O’rta asrlar tarixi-T. “O’qituvchi”-1973-y. 617-bet
3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA
QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific
progress, 1(5).
4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA
HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI. Scientific progress, 1(5).
5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI
O’RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific
progress, 1(5). www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific
Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6 97
6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).
7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA
SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O’RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).
8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI
O’RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).
9. Амирқулович, Ҳ. С. (2021). ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА
ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ.
Scientific progress.

Библиографические ссылки

Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi- T. ”O’zbekiston”- 2013-y. 380-381-betlar

Semyonov-O’rta asrlar tarixi-T. “O’qituvchi”-1973-y. 617-bet

Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O’RNI. Scientific progress, 1(5).

Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5). www.scientificprogress.uz «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// Volume: 1, ISSUE: 6 97

Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O’RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O’RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

Амирқулович, Ҳ. С. (2021). ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress.