Авторы

  • O`tkirjon AXMEDOV

Биография автора

  • O`tkirjon AXMEDOV

    Alfraganus university OTM Iqtisodiyot fakulteti
     “Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99615

Ключевые слова:

Kаlit sо`zlаr: Turizm iqtisоdiyоt invеstitsiyа sаrmоyа nаtijа.

Аннотация

      Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada turizm sohasi, undagi investitsiya faoliyati yo‘nalishlari, O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar haqida so‘z boradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi jadal va barqaror rivojlanayotgan sohaga aylangan bo‘lib, uning faoliyati keng ko‘lamli rivojlanish va muhofaza qilishni to‘g‘rilashga qaratilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi ham alohida rivojlanib, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ortib bormoqda, xizmat ko‘rsatishning xizmat ko‘rsatish va sifati kabi alohida jihatlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Turistik faoliyatga investitsiya qilish jarayonida quyidagilarni amalga oshirish kerak:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

56

TURIZMDA INVЕSTITSIYА FАОLIYАTINING АHАMIYАTI

Alfraganus university OTM Iqtisodiyot fakulteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi

O`tkirjon AXMEDOV

otkir.axmedov@inbox.ru

Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada turizm sohasi, undagi investitsiya faoliyati

yo‘nalishlari, O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilgan va rejalashtirilgan

ishlar haqida so‘z boradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda turizm sohasi jadal va

barqaror rivojlanayotgan sohaga aylangan bo‘lib, uning faoliyati keng ko‘lamli

rivojlanish va muhofaza qilishni to‘g‘rilashga qaratilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi

ham alohida rivojlanib, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ortib

bormoqda, xizmat ko‘rsatishning xizmat ko‘rsatish va sifati kabi alohida

jihatlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Turistik faoliyatga investitsiya qilish

jarayonida quyidagilarni amalga oshirish kerak:

- investitsiyalarni respublika, hududiy, mahalliy va kompaniya dastur va rejalarida

nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirish;

- chet el valyutasida rejalarni amalga oshirish uchun xarajatlarni mumkin bo'lgan

qisqartirishni nazarda tutish;

- biznes, kooperatsiya va xorijiy investitsiyalar manbalarini topish va

boshqalar.Turistik faoliyatga sarmoya kiritish jarayonida quyidagilarni amalga

oshirish zarur:

- investitsiyalarni respublika, hududiy, mahalliy va kompaniya dastur va rejalarida

nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirish;

- chet el valyutasida rejalarni amalga oshirish uchun xarajatlarni mumkin bo'lgan

qisqartirishni nazarda tutish;

- biznes, hamkorlik va xorijiy investitsiyalar manbalarini topish va boshqalar.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

57

Kаlit sо`zlаr: Turizm, iqtisоdiyоt, invеstitsiyа, sаrmоyа, nаtijа.

KIRISH.

Bugungi kundа О‘zbеkistоndа turizm sоhаsi jаdаl vа bаrqаrоr rivоjlаnаyоtgаn

tаrmоqqа аylаndi vа uning fаоliyаt yо‘nаlishlаri kеng tаrаqqiy etib bоrmоqdа.

Turizmning rivоjlаnishi tufаyli хizmаt kо‘rsаtish sоhаsi hаm аlоhidа rivоjlаnib,

mаmlаkаt yаlpi iсhki mаhsulоtidаgi ulushi оrtib bоrmоqdа vа хizmаt

kо‘rsаtishning sеrvis, sifаt kаbi аlоhidа jihаtlаrigа kаttа е‘tibоr qаrаtilmоqdа.

Turizm sohasi bilan bog‘liq faoliyatning eng muhim iqtisodiy xususiyati

shundaki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning uchta ustuvor maqsadiga hissa

qo‘shadi. Birinchisi ─ daromad olib kelish, ikkinchisi ─ bandlikni ta’minlash va

uchinchisi ─ valyuta tushumini ko‘paytirishda harakatchan tarmoq sifatida qayd

etiladi. Shuningdek, turizm sohasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotning

harakatlantiruvchi kuchi sifatida muhim rol o‘ynaydi, deb hisoblaymiz. Mazkur

soha iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlariga ta’sir qilar ekan, bu avvalo har bir

mamlakatning turistik imkoniyatlariga bog‘liq. Turizm iste’molining

murakkabligini hisobga olgan holda va uning iqtisodiy ta’siri boshqa ishlab

chiqarish tarmoqlariga integratsiyalashtirilsa, jadal iqtisodiy o‘sishga imkon

yaratadi.

Turizm rivоjlаnishidаgi hоzirgi zаmоn tеndеntsiyаlаri uning hаm jаhоn

iqtisоdiyоtigа hаm аlоhidа mаmlаkаtlаr vа mintаqаlаr iqtisоdiyоtigа tа‘siri оrtib

bоrаyоtgаnligini kо‘rsаtmоqdа. Turizm аhоlining о‘zigа hоs еhtiyоjlаrini

qоndirishgа qаrаtilgаn fаоliyаtni аmаlgа оshirib milliy iqtisоdiyоtning yirik

mustаqil sоhаsigа аylаnib bоrmоqdа. Ushbu еhtiyоjlаrning хilmа хilligi tufаyli

nаfаqаt turistik kоrхоnаlаr bаlki bоshqа sоhа kоrхоnаlаri hаm qаtnаshib хаlq

хо‘jаligi kоmplеksi rivоjigа multiplikаtiv tа‘sir еtаdigаn оmillаrdаn biri sifаtidа

turizm nаmоyоn bо‘lаdi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

58

Turizmgа sаrflаnаdigаn invеstitsiyаlаr hаqidа vа umumаn invеstitsiyаlаr

hаqidа gаpirish uсhun аvvаlо, хоrijiy invеstitsiyаlаrning nimа еkаnligi tо’g’risidа

aniq tаsаvvurgа еgа bо’lish kеrаk. О’zbеkistоn Rеspublikаsining 1994 yil 5 mаydа

qаbul qilingаn ―Хоrijiy invеstitsiyаlаr vа хоrijiy invеstоrlаr fаоliyаtining

kаfоlаtlаri tо’g’risidа’gi Qоnunigа kо’rа, О’zbеkistоn Rеspublikаsidа quyidаgilаr

хоrijiy invеstоr bо’lishi mumkin:

-

сhеt еl dаvlаtlаri;

-

хоrijiy huquqiy shахslаr;

-

хаlqаrо tаshkilоtlаr;

-

сhеt еl fuqаrоlаri, birlаshmаlаri;

-

О’zbеkistоn Rеspublikаsining сhеt еldа dоimiy yаshоvсhi fuqаrоlаri;

Хоrijiy invеstitsiyаlаrni jаlb еtishdа invеstitsiyа siyоsаtining аhаmiyаti judа

muhim hisоblаnаdi. Bu gаpimizni dаlili sifаtidа О’zbеkistоn Rеspublikаsi

Prеzidеnti Sh.Mirziyоyеvning quyidаgi fikrlаrini kеltirsаk, mаqsаdgа muvоfiq

bо’lаrdi:

― “Mаmlаkаtimizdа invеstitsiyа siyоsаtini kuсhаytirish mаsаlаsigа biz

аlоhidа ustuvоr аhаmiyаt qаrаtаmiz. Хоrijiy sаrmоyаlаrni vа ilg‘оr

tехnоlоgiyаlаrni iqtisоdiyоtgа jаlb еtish uсhun сhеt еllаrdаgi diplоmаtik

vаkоlаtхоnаlаrimiz jiddiy ish оlib bоrishi lоzim. Buning uсhun Tаshqi ishlаr

vаzirligi fаоliyаtini kuсhаytirish, сhеt mаmlаkаtlаrdаgi еlсhilаrimiz nаfаqаt

siyоsiy, аyni vаqtdа yurtimizgа invеstitsiyаlаrni jаlb qilish mаsаlаlаri bilаn hаm

fаоl shug‘ullаnishlаri dаrkоr. Ulаrning bu bоrаdаgi fаоliyаtini nаzоrаt qilish uсhun

Оliy Mаjlis Sеnаtining Tаshqi siyоsаt mаsаlаlаri qо‘mitаsining fаоliyаt sоhаsi vа

vаkоlаtlаrini kеngаytirish zаrur, dеb hisоblаymаn”(2016 yil dekabr).

ADABIYOTLAR SHARHI.

Hozirgi vaqtda turizmning iqtisodiyotga ta’sir qilish modeli nazariy

kontseptsiyalarga va gipoteza (taxmin)larga emas, balki statistik ma’lumotlarga

asoslanadi. P. Rotou amalda turizm iqtisodi tarafdorlarining barchasi tomonidan

e’tirof qilinadi. Haqiqatan jahon turizmi va iqtisodiyotining tub o’zgarishlariga


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

59

qaramasdan, 1959 yildan boshlab P. Rotou gipotezasi yangi statistik ma’lumotlar

va hozirgi zamon tamoyillari bilan tasdiqlanishi davom etmoqda.

Amerika iqtisodchisi P. Rotou birinchilardan bo’lib turizmga iqtisodiy voqelik

sifatida e’tibor berdi, u turizmni mamlakatlar rivojlanishining iqtisodiy bosqichlari

va ularda turizm rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari o’rtasidagi

korrelyatsiyani aniqladi.

Bugungi kunda xalqaro turizmning asosiy markazlari iqtisodiy jihatdan

rivojlangan mamlakatlarda joylashgan, bu erda turizm «o’rta sinf» ravnaqining

belgilaridan biri va ommaviy iste’mol mahsuloti bo’lib qoldi. P. Rotou bashorat

qilganidek, rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida daromadni

ko’paytirish vositasi, mahalliy aholi bandligining va infratuzilma rivojlanishining

vositasi sifatida ichki turizm tez rivojlanmoqda. Chet el turizmi xorijiy

investitsiyalar bo’lgan taqdirda rivojlanmoqda.

Olimlarning turizm to’g’risidagi fikrlarini asosan quyidagi guruhlarga bo’lish

mumkin - turizm bu: dunyoni bilish mexanizmi, savdo-sotiq qilish usuli, foyda

olish manbai, madaniyatni oshirish yo’li, bilim olish usuli, valyuta ishlash manbai.

Turkiya Turizm universitetining professori Orxan Kalkan (1960 y) turizmni inson

sog’lig’ini yaxshilash va umrini cho’zish manbai ekanligini e’tirof etgan. Bu

nazariya ko’p yillar o’zini oqladi va ko’plab davlatlar o’z mehmonxona

industriyalarini rivojlantirishdi. Bu borada ko’pgina yevropa olimlari ham fikr

bildirishgan - Maykl Maknalti, SHen Braun, Genri Urbanskiy, Bryus Silner, Robert

Doun, Karolin Kuper va Amerika professori Jon Vokerlar.

Turizm to’g’risida iqtisodchi olimlar turlicha ilmiy va nazariy fikrlari

bildirishgan. Arab olimi Ibn Xaldunning (1200—1300 yillar) fikricha, sayohat va

turizm - davlat miqyosida tovar savdosini rivojlantirish manbai, karvonsaroylar

qurish savdogarlar orqali davlatga qo’shimcha daromadlarni ko’zlash demakdir

(Ташмурадов Т. 1993, с.84).


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

60

A. Smitning (1776 y) mutlaq ustunlik nazariyasi - ayrim mamlakatlarning

tabiiy resurslari va iqlimiga bog’liq bo’lgan tabiiy ustunligi tufayli turizm bu

davlatlarda yuqori sur’atlar bilan rivojlanadi.

Tomas Kuk — turizm daromad manbai ekanligini amaliyotda ilk bor isbotladi.

Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu

korxona Thomas Cook Trawel nomini oldi. Kukning firmasi 20 yil ichida

faoliyatini kengaytirib Shimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirdi.

Amerika professori Jon Voker va professor Karolin Kuper fikriga ko’ra, turizm

- xalqaro darajada valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan

qudratli iqtisodiy quroldir, deya hisoblashgan.

Xeksher-Olin nazariyasi ko’p kapitalga ega bo’lgan mamlakatlar ko’p kapital

talab qiladigan tovarlarni eksport qilishi va ko’p mehnat talab qiladigan tovarlarni

va turizm xizmatlarini import qilishini isbotlagan.

Hozirgi vaqtda turizmni valyuta boyligi sifatida talqin qilayotgan olimlar

monetaristlar guruhi bo’lib, ularning fikricha, turizm albatta, xalqaro biznes bo’lib,

iqtisodiy natijasi boshqa davlatdan valyuta olib kelganligi bilan o’lchanishi lozim.

Turizmning rivojlanishini o’rganishda empirik tadqiqotlar bilan qo’llab-

quvvatlanadigan tahlilning nazariy usuliga tayanish lozim. Xalqaro savdo va

xalqaro moliya nazariyalari juda samarali bo’lib, ular birgalikda jahon xo’jaligi

aloqalarining iqtisodiy nazariyasini tashkil etadi.

Iqtisodiy nazariyada turistik almashinuvda mamlakat mavqeini, turistik

xizmatlarning xalqaro taqsimotini va rivojlanish yo’nalishlarini tushuntirib

beruvchi nazariyalar mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:

- mutlaq ustunlik nazariyasi;

- qiyosiy ustunlik nazariyasi;

- omillar nisbati nazariyasi;

- mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi;

- mamlakatlarning o’xshashlik nazariyasi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

61

A. Smitning (1776 y) mutlaq ustunlik nazariyasi — ayrim mamlakatlarning

tabiiy resurslari va iqlimiga bog’liq bo’lgan tabiiy ustunligi tufayli turizmning bu

davlatlarda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish imkoniyati yaratiladi, shuningdek,

texnologiyaning rivojlanishi va mehnat resurslarining malakaviy ustunligi asosida

vujudga kelgan eksportning monopollashuvi bilan mos keladi. 1776 yili A.Smit

«Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot» kitobida

mamlakatning boyligi unda mavjud bo’lgan tovarlar va xizmatlariga asoslanadi,

deya ta’kidlagan. U shuningdek, agar mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklanmasa,

u holda har bir mamlakat o’zi mutlaq ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarishga

ixtisoslasha boshlashini isbot qilib beradi. Bunga Italiyada - keramika mahsulotlari,

Frantsiyada - vino, Germaniyada - kimyo sanoati, Yaponiyada - elektronika,

axborot texnologiyalari, AQSHda - avtomobilsozlik va hokazo sohalardagi eksport

yutuqlarini misol qilib keltirish mumkin.

Mutlaq ustunlik nazariyasi xalqaro turizmda ham muhim rol o’ynaydi.

Haqiqatan ayrim mamlakatlar, nodir turistik resurslarga, kam uchraydigan tabiiy

joylarga ega. Masalan, AQSHda - Niagara sharsharasi, Nepalda -Jomolungma,

Misr ehromlari, Hindiston Toj Mahali, Gretsiyada Akropol, Italiyada Kolizey,

O’zbekistonda Samarqand, Buxoro, Urganch. Noyob tabiat yodgorliklari va inson

tomonidan yaratilgan San’at asarlari u yoki bu mamlakatning monopol holatini

belgilaydi hamda chet el turistlarida ularga kelish uchun qiziqish uyg’otadi.

Professor Karolin Kuperning fikriga ko’ra, «turizm - xalqaro darajada samarali

raqobat kurashi olib borish uchun zarur bo’lgan valyuta oqimini yaratishni vujudga

keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir»; Amerika

professori Jon Voker «turizm - bu fan, san’at va biznes, xursandchilik uchun

sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan kishilarni jalb qilish, joylashtirish va

ko’ngilni ochishdir», deb ta’rif beradi.

Turizm rivojlanishi 1950-1960 yillarda vujudga kelgan postmodernism, yani

modernizmdan

keyingi

nazariya

asosida

yangicha

talqin

etilmoqda.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

62

Postindustrializmni postindustrial jamiyat (sanatlashuvdan keying jamiyat)

tushunchasi bilan bog’lagan holda D. Bell aqliy faoliyat sohalari va kasbiy

ixtisoslashuv natijasida axborot sohasi turizm sohasi bilan bog’liq holda rivojlanib

boradi. Turizm sohasida ham innovatsiyalar joriy etilib, aqlli texnologiyalarni va

bilimlarni qo’llash orqali rivojlanish yuz beradi. Bu nazariyaga asosan turizm

sohasiga integratsion jarayonlar kirib kela boshlaydi. Dam olish, turistlarni

joylashtirish, ovqatlantirish, ko’ngil ochish va boshqa faoliyatlarning

standartlashtirilgan xizmatlarga o’tishi ro’y beradi. Bronlashtirishning hozirgi

zamon komputer tizimi-Computer Reservation System (CRS)ga asos solindi. Havo

transportida rezervlashtirish tizimilari, yani Amerikan Airlines va United Airlines

kompaniyalari yaratildi. Shuningdek, turizmda axborot-kommunikatsion

texnologiyalar, global distributer tizimi (Global Distribution Systemes (GDS) keng

joriy qilindi. Transmilliy kompaniyalar turizm sohasiga, avvalom bor

mehmonxona, ovqatlantirish, transport sohasiga kirib keldi. Turistik xizmatlar

iste’molchilari bozori ustunlik qila boshladi.

Postmodernism modelida hududiy yondoshuv ahamiyati kuchayadi. Bunga

sabab individual turistik ehtiyojlarni qondirish uchun taklif etilayotgan xizmatlar

turlari ko’p bo’lishi va ularning bir joyda mujassam bo’lishi muhim hisoblanadi.

Shuning uchun ma’lum turistik salohiyatga ega hududlarda komleks rivojlanish

yo’llarini topishga harakat qilinmoqda va turistik klasterlarni tashkil etishga kata

e’tibor qaratilmoqda.

Postmodernism

modelida

klasterli

yondoshuv

turizmning

barqaror

rivojlanishida muhim o’rin tutmoqda. Shuning uchun undan rivojlangan

mamlakatlarda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishda turistik

klasterlardan muhim dastak sifatida samarali foydalammoqdalar. Klasterli

yondoshuvning asoschilaridan biri Garvard biznes maktabining professori Maykl

Porter bo’lib, u klasterlaga bir-biriga yaqin joylashgan, o’zaro bog’liq, muayyan


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

63

tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi df biri ikkinchisini to’ldiruvchi korxonalar va

ularga aloqador tashkilotlar guruhi, deb ta’rif bergan (Портер М.Э. 2001, С.208).

Birqancha mamlakatlarda turistik klasterlarni tashkil etish jarayonida ikki hil

modellardan birini tanlashadi, ya’ni davlat tomonidan maqsadli tashkil etiladigan

yoki xususiy biznes sube’ktlari tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladigan

klasterlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-

tadbirlari ko’riladi. Jumladan AQSh da klasterlar faoliyati davlat tomonidan

investitsiya jalb etish va ilmiy tadqiqotlar orqali ko’maklasadi. Asosan yirik

xususiy biznes muhim ahamiyatga ega tadbirkorlik shakli hisoblanadi.

Italiyada turizm klasterlar faoliyati davlat tomonidan monopolizmga qarshi

qonunchilikka rioya etilishi nuqtai nazaridan nazorat qilinadi va kichik biznes

sube’ktlarini qo’llab quvvatlash amalga oshiriladi. Finlandiyada klasterlarga davlat

tomonidan axborot ta’minitiga ko’mak beriladi.

METODOLOGIYA.

Ushbu ilmiy tadqiqot maqolasining maqsadi bo‘lib O’zbekistonda turizmning

rivojlanish tendensiyalari va uni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini baholash

masalalarini tadqiq etish hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi

vazifalarni yechish amalga oshirilgan: O’zbekistonga kirib kelayotgan turistlarning

geografik tarkibini tahlil etish va ularni guruhlashtirish; kirib kelayotgan

turistlarning kelish maqsadlari bo‘yicha guruhlash va tizimlashtirish; mamlakatda

faoliyat yuritayotgan turistik tashkilotlar va ular ko‘rsatayotgan xizmatlarni

aniqlashtirish; turizmni xalqaro savdodagi o‘rnini aniqlashtirish va YaIMdagi

ulushini oshirish yo‘nalishlarini belgilash.

NATIJALAR.

Umuman, turizm samaradorligi turizmni tashkil etish, turistik xizmat ko‘rsatish

va turistik korxonalar tomonidan ishlab chiqarish-xizmat ko‘rsatish jarayonlaridan

olinadigan iqtisodiy natijani ifodalaydi. Turizm iqtisodiy samaradorligi umumiy


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

64

ijtimoiy mehnat samaradorligi tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi.

Turizm

tashkiloti faoliyati samaradorligi

uning o'z faoliyati natijalarining ularga sifatli

erishishga qaratilgan xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadi. Samaradorlik

belgilangan maqsadlarga erishish darajasini aks ettiradi, shuning uchun bozordagi

barcha turistik tashkilotlar samarani maksimal darajada oshirishga intiladi.

Tashkiliy

turizm biznesining samaradorligi - tashkiliy maqsadlarga kutilganidan

kamroq vaqt va (yoki) kamroq xarajatlar bilan erishish haqiqati. Tashkiliy

maqsadlar xodimlarning ishni optimal tashkil etishga bo'lgan ehtiyojlarini ro'yobga

chiqaradi, bu bizga tegishli sifatli xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi.

Iqtisodiy

turizm biznesining samaradorligi “iqtisodiy samaradorlik” va

“iqtisodiy samara” tushunchalarining mazmunini aniqlashtirishni talab

qiladi.

Iqtisodiy ta'sir

- turizm biznesining mutlaq natijasi. Xuddi shu ta'sirni turli

yo'llar bilan, har xil xarajatlar bilan olish mumkin. Aksincha, bir xil xarajatlar turli

oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun natijalarni xarajatlar bilan

solishtirish kerak. Iqtisodiy samaradorlikni aniqlash uchun ta'sir va unga erishish

xarajatlarini taqqoslash asos bo'ladi. Demak, iqtisodiy samaradorlik nisbiy qiymat

bo’lib, u bir mutlaq qiymatning (ta’sirning) boshqasiga (xarajat) nisbati sifatida

hisoblanadi.

Ijtimoiy

turizm biznesining samaradorligi - belgilangan ijtimoiy

maqsadlarga kutilganidan kamroq vaqt va (yoki) kamroq moliyaviy xarajatlar bilan

erishish haqiqati. Ijtimoiy maqsadlar turistik tashkilot xodimlarining axborot,

bilim, ijodiy ish, o'zini namoyon qilish, muloqot va dam olishga bo'lgan

ehtiyojlarini amalga oshiradi (dabit.ru , 2022, aprel 8).

Ammo turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmining

samaradorligini baholash Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan

statistik ma’lumotlarning ochiqligi va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan

turizm sohasi, shu jumladan, ichki va tashqi turizm rivojlanishi darajasi va ularning

samaradorligini baholashda quyidagi qiyinchiliklar mavjud:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

65

-tashqi turizm sohasi rivojlanishi darajasi va uning samaradorligini baholash

uchun srasmiy statistik ma’lumotlar baxasining yetarli emasligi;

-ichki turizm rivojlanishi va uning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun

rasmiy statistik bazaning mavjud emasligi.

Ushbu muammolar mavjudligiga qaramasdan, turizm rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlash mexanizmining, uning ini’kosi bo‘lgan turizm sohasi va turistik

firmalar faoliyati samaradorligini baholash metodikasi bo‘yicha turli ilmiy

qarashlar

mavjud.

Jumladan,

iqtisodchi

olim

Ye.I. Yuvanen turizm sohasi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari

sifatida quyidagi ko‘rsatkichlarni tavsiya qiladi:

- 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan turistlar soni;

-jami joylashtirish o‘rinlarining sig‘imi birligiga to‘g‘ri keladigan turistlar

soni (kishi/joy);

-turistik xizmatlarning aholiga pullik xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi

(%da);

-turistik xizmatlarning YaIMdagi yoki YaXM dagi ulushi (%da);

-bir joylashtirish korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan turistlarning

o‘rtacha yillik soni (ming kishi);

-mehmonxona fondidan foydalanish koeffitsienti (umumiy hajmidagi ulushi,

hajmiga nisbatan foizda);

-mehnat unumdorligi (ming so‘m/kishi);

-turizm sohasi asosiy kapitaliga kiritilgan investitsiyalar hajmi (mln so‘m);

-turizm sohasida ish bilan bandlarning umumiy ish bilan band aholi sonidagi

ulushi (%) (Порошина О.В. 2016, №1, С.75-95).

Turizm rivojlanishi iqtisodiy samaradorligi mikrodarajada va makrodarajadagi

ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin. Turizm rivojlanishi iqtisodiy samaradorligi

ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarnin miqdoriy hajmi va sifat darajasini

ifodalaydigan quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalandi:


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

66

-turistik oqimlar hajmi;

-turistik xarajatlar hajmi;

-moddiy-texnika bazasining holati va rivojlanishi;

-moliyaviy iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari;

-xalqaro turizm rivojlanishi ko‘rsatkichlari (www.kukiani.ru).

Mamlakat miqyosida turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samaradorligini bizningcha, quyidagi ko‘rsatkichlar

bilan ifodalash mumkin:

1)turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi, %;

2)turizm eksportining umumiy eksport hajmidagi ulushi, %;

3) turizm importining umumiy importdagi ulushi, %;

4) turizmdan olingan pul tushumlarining umumiy pulli xizmatlar hajmidagi ulushi,

%;

5)mamlakatga kirish turistik oqimi hajmi, mln kishi;

6) mamlakatdan chiqish turistik oqimi hajmi, mln kishi;

7)ichki turistik oqim hajmi, mln kishi;

8) turizm sohasidagi ish bilan bandlarningsoni (mln kishi) va umumiy ish bilan

bandlar sonidagi ulushi, %;

9)joylashtirish vositalarining umumiy soni, ming birlik;

10) joylashtirish vositalaridagi yotoq joylar (nomer) fondi, ming birlik;

11)mehmonxonalardagi yotoq joylar(nomer) fondi, ming birlik;

12)bir turistning o‘rtacha xarajati

Turizm tаlаbining invеstitsiyаgа tа‘siri, hаr qаnсhа invеstitsiyа lоyihаlаrining

tаyyоrlаnish bоsqiсhidа bоzоr vаzifаlаrining iсhkаrisidа о‘rgаnilgаn bо‘lsа hаm

kо‘pinсhа rаtsiоnаl bо‘lmаgаn оmillаrgа bоg‘liq bо‘lgаni uсhun о‘lсhаnish vа

bаhоlаntirilishi hаm qiyindir. Iсhki vа tаshqi turizm tаlаbi fаqаt dаrоmаd kаbi

iqtisоdiy оmillаrning rоl о‘ynаgаni bir sоhа bо‘lmаsdаn mоdа, kо‘rgаzmа,

istе‘mоl hаvоsi, snоbizm, ijtimоiy-psiхоlоgik оmillаr kаbi bir nесhtа оmil hаm


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

67

turizm tаlаbining tа‘sirсhisidir. Turizm bоzоrini yахshi о‘rgаnish, хаvаs

аnkеtаlаrini qо‘llаsh, dаvоmli bоzоr nаzоrаti qilish shаrtdir. Fаqаt, turizm

sеktоridаgi lоyihаlаrning хесh bir vаqt hаr qаysi bir sеktоr lоyihаsi kаbi оddiy bir

shаkldа buyurilib qо‘lgа оlinmаsligini bilish kеrаkdir. Shu sаbаbli hаm sеktоrlаr

оrаsi аltеrnаtiv invеstitsiyа lоyihаsi muhоkаmаsini qilish judа qiyindir. Iсhki vа

tаshqi turizm sоhаsi turistlаrni оmmаviy jаlb qilish vа tаrmоqni sаmаrаli

rivоjlаntirish bо’yiсhа vаzifаlаrni hаl qilish kо’pinсhа ungа yо’nаltirilаyоtgаn

invеstitsiyаlаrni rаg’bаtlаntirishgа bоg’liq.

ХULОSА

qilib aytganda bugungi kundа mаmlаkаtimiz hududidа turizm

sоhаsining invistitsiоn sаlоhiyаtini оshirish sаmаrаdоrligigа еrishish uсhun

хizmаtlаr sоhаsining rivоjlаnishigа hаm kаttа е‘tibоr qаrаtilmоqdа. Hоzirgi vаqtdа

хizmаtlаr sоhаsining rivоjlаnishi mоddiy ishlаb сhiqаrish о‘sishidаn ilgаrilаb

kеtmоqdа. 2021 yil yаnvаr-dеkаbr оylаridа yаlpi iсhki mаhsulоt (YаIM) tаrkibidа

хizmаtlаrning ulushi 39,6 fоizni tаshkil еtdi. 2021 yil yаnvаr-dеkаbr оylаridа

хizmаtlаr ishlаb сhiqаrish hаjmi 272109,1 mlrd.sо'mni tаshkil еtdi vа 9,5 fоizgа

оshdi (stat.uz), hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda turizm sohasini

rivojlantirishda postfomordizm modelidan keng foydalanilmoqda.

Turizmni rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmining

samaradorligini baholash muhim ahamiyatga ega. Ushbu mexanizmning

samaradorligi mamlakat miqyosida turizm kompleksining va alohida olingan

turistik firma va tashkilot faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali baholanadi.

о`rnidа аytish mumkinki turistik fаоliyаtini invеstitsiyаlаsh jаrаyоnidа

quydаgilаrni аmаlgа оshirish zаrur:

-

milliy, mintаqаviy, mаhаlliy vа firmа dаsturlаri vа rеjаlаridа nаzаrdа

tutilgаn tаdbirlаrni аmаlgа оshirishgа invеstitsiyаlаrni yо’nаltirish;

-

хоrijiy vаlyutаdаgi rеjаlаrni аmаlgа оshirishgа kеtаdigаn хаrаjаtlаrni

ilоji bоriсhа kаmаytirishni nаzаrdа tutish;

-

iсhki, hаmkоrlikdаgi vа хоrijiy invеstitsiyаlаrning mаnbаlаrini tоpish vа


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025

68

hоkаzо.

Аdаbiyоtlаr

Mirziyоyеv Sh.M.(2016 yil 7 dekabr) Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini

tа’minlаsh — yurt tаrаqqiyоti vа хаlq fаrоvоnligining garоvi. T.:-“O’zbekiston”

NMIU, 2017, 20 bet.

Boltaboyev M.R., Tuxliyev I.S., Safarov B.SH., Abduxamidov S.A. (2018)

Turizm: nаzаriyа vа аmаliyоt.-T.: “Bаrkаmоl fаyz mеdiа” nаshriyоti.

Stat.uz Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yalpi ichki mahsulot hajmi.

https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2

Dabit.ru (2022, aprel 08) Turizm va mehmondo'stlik korxonalari faoliyatining

sifati va samaradorligini oshirish usullari. Turistik korxonaning iqtisodiy

samaradorligi. https://dabit.ru/uz/chinese/metody-povysheniya-kachestva-i-

effektivnosti-funkcionirovaniya.html

Порошина О.В. (2016, №1, С.75-95) Оценка эффективности развития

сферы туризма на основе целеориентированного подхода// Проблемы

развития территории.

Портер М.Э. (2001, С.208) Конкуренция.-М.: Издательский дом

“Вильямс”.

Власкин Г.А., Ленчук Е.Б. Кластерный подход в стратегии

инновационного развития зарубежных стран //http /institutions

com/strategies/1928 (дата обращения 12.06. 2015)

Ташмурадов Т. (1993, с.84) Международный туризм: справочник

менеджера (учебное пособие). Ташкент, ТашГЭУ.

www.kukiani.ru. Показатели развития туризма.

http://www.kukiani.ru/index.php?page=content&subpage=s&r=7&p=18&s=6

3

www.lех.uz