https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
20
MAQOLA
O‘ZBEKISTONDA REKLAMA RIVOJLANISHINING TARIXIY
BOSQICHLARI
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti Amaliy grafika
kafedrasi o‘qituvchisi
Yusupova Nigora Vasikdjanovna
ANNOTATSIYA: O‘zbekiston reklama taraqqiyoti tarixidagi muhim davr
XIX asr oxiri va XX asr bo‘lib, O‘rta Osiyo mintaqasiga Rossiya kapitali va ishlab
chiqarish mahsulotlarining jalb etilishi, Yеvropacha madaniyatni kirib kelishi
mahsulotni reklama qilishning yangi metodlari va turlarini shakllanishiga turtki
bo‘ldi. Turkiston o‘lkasi hududida litografik bosmaxona, fotografiya atelelari,
doimiy chop etilgan gazeta va jurnallar shu davrdagi tijorat va ijtimoiy
reklamaning shakllanishi va joylarda faol tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Maqola O‘zbekiston reklamasi taraqqiyoti uchun eng ahamiyatli bo‘lgan
tarixiy davr – mamlakatning istiqlol yillari reklamasi xususiyatlarini shakllanish
va rivojlanish tendensiyalarini tavsiflash imkoniyatini beradi.
АННОТАЦИЯ: Важным периодом в истории развития рекламы
Узбекистана были конец 19-20 веков, привлечение в среднеазиатский регион
российского капитала и продукции производства, внедрение европейской
культуры стимулировали формирование новых методов и видов продукции.
реклама. На территории Туркестана литографическая типография,
фотоателье, постоянно издававшиеся газеты и журналы обусловили
формирование и активное распространение в регионе коммерческой и
социальной рекламы. Статья дает возможность описать особенности
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
21
становления и тенденции развития рекламы в важнейший исторический
период развития рекламы Узбекистана - годы независимости страны.
Kirish
Reklama tarixi yillar bilan emas, balki ming yilliklar bilan hisoblanadi. Tovar
kabi iqtisodiy toifaning paydo bo‘lishi va tovar ishlab chiqarishni tashkil etishidan
boshlab, reklama san’at sifatida rivojlana boshladi. Reklamaning ommaviy
san’atning alohida turi sifatida shakllanishi butun insoniyatning madaniy
rivojlanishidagi dinamik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Tashqi reklama haqli ravishda eng qadimgi reklama turlaridan biri hisoblanib
uning tarixi, - yozuvning paydo bo‘lishi va tarqalishi davridan boshlanadi.
Reklamaning sodda ko‘rinishlari eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi.
Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb qilish
ko‘rinishida bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini yangi konseptual metodologiyalar
asosida o‘rganish, turli ilmiy muammolarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan
tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish, me’moriy yodgorliklarni
restavratsiya va ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilishi bu boradagi katta ishlarni
amalga oshirishga xizmat qildi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov bir guruh tarixchilar bilan uchrashar ekan, “O‘zbekiston
tarixi” fanini yangi kontseptual metodologiyalar asosida ilmiy izlanishlar olib
borish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Olim-tarixchilarga davlat taraqqiyoti va
barcha sohalardagi dolzarb vazifalarning kafolati sifatida qaraladi. Reklama tarixi
ham mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan muhum soxa
sifatida nazardan qolmadi.
1
«Молодой учёный» . № 9 (113) . Май, 2016 г.
Реклама в Туркестане: изучение процессов формирования
и трансформatции —
актуальная проблема
Холикулова Шахноза Боймухаммадовна, преподаватель
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
22
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixida reklama tarixiga oid ilk tadqiqotlar
olib borildi. Jumladan, tarix fanlari nomzodi, doktor S. B. Shadmanova o‘z
tadqiqotlarida Turkiston davri matbuotida reklama paydo bo‘lgan va reklama
qilinayotgan tovar va xizmatlar turli xarakterga ega degan xulosaga kelgan.
Asosiy qism
Yurtimiz xududida reklamaning ilk tarixiy shaklllari nixoyatda soda
ko‘rinishlarda bo‘lgan. Buyuk Ipak yo‘li savdo shaharlarining markazida
joylashgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz, Farg‘ona, bozorlarida qadimgi
davr va o‘rta asrlarda tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sodda usullarda reklama
qilganlar.
Antik davr yozma manbaalarida Qadimgi Xorazm, Kushon Baqtriyasi,
Sug‘diyona kabi ilk davlatlarda xunarmandchilikning turli ko‘rinishlari mavjud
bo‘lganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu esa mazkur hududlarda savdo-sotiq
sohasining keng ko‘lamda bo‘lganligidan darak beradi. So‘g‘dlar ishlab chiqargan
mahsulotlar Buyuk Ipak yo‘lining turli yo‘nalishlari bo‘ylab tarqalgan.
Hunarmandlar mahsuloti yoki me’mor qurgan haqidagi yozma
ma’lumotlar, uzoq davrlardan reklama tushunchasini shakllanishi va u
mahsulotning halqaro bozorga chiqishida еtakchi vosita bo‘lganligidan dalolat
beradi.
VII-VIII asrlada O‘rta Osiyoning yagona musulmon dunyosiga kirishi,
qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining O‘rta va Yaqin Sharqqa
eksport qilinishi tadbirkorlikning etakchi omili bo‘lgan reklamaning yangi
shakllarini yuzaga keltirdi. Bozor va karvonsaroylarda maxsus dallollar –
“jarchilar”
Навоинский государственный педагогический институт (Узбекистан)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
23
paydo bo‘la boshladi. Jarchilar tarqatgan ma’lumotlar turli mazmunga ega bo‘lib,
asosan, siyosiy chaqiruvlar va tijorat reklamalaridan tashkil topgan. Jarchilar
shaharlarga savdo karvonlari etib kelguniga qadar bozorlarda, savdo rastalarida,
karvonsaroylarda reklama ma’lumotlarini tarqatishgan, aholidan buyurtmalar ham
qabul qilishgan.
Reklamaning mamlakatimiz tarixidagi rivojlanishning e’tiborli jihatlaridan
yana biri – Markaziy Osiyoning mahalliy mahsulotlarini reklama qilishda arab
sayyohlarining ahamiyatli o‘rnidir. Ular VII-IX asrlardan boshlab bizning
hududimizni ziyorat qila boshlaganlar. Sayyohlar yozma ma’lumotlarida shaharlar,
bozorlar, shuningdek, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlariga yuqori baho
berganlar. Mazkur yozma ma’lumotlar reklamaning o‘ziga xos shaklini yuzaga
keltirgan. Shu jihatdan arab sayyohi al-Maqdisiyning Shosh sirlangan kulolchiligi
haqida yozgan ma’lumoti e’tiborga molik. Uning fikriga ko‘ra, “Mazkur
hunarmandchilik mahsulotlaridan eng boy honadonlarda foydalanilgan”.
Shuningdek, arab sayyohi Yoqut Xorazm haqida o‘z kundaligida quydagicha
yozadi: “Men u yеrda 618 yilda bo‘lganman va o‘sha vaqtgacha hech bir erda bu
qadar go‘zal joyni uchratmaganman… Xorazmning katta qismi bozor rastalarga
ega shaharlardan tashkil topgan” . Ushbu ma’lumotlar reklama mohiyatiga ega.
XIV-XV asrlarda siyosiy maydonda Buyuk Amir Temur va uning
izdoshlaining paydo bo‘lishi natijasida asosiy intilisha savdo-sotiq aloqalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosatga ega markazlashgan davlat qurishga
qaratildi. Ushbu siyosat natijasida O‘rta va Yaqin Sharqdan ko‘plab usta va
hunarmandlar temuriylar imperiyasi poytaxtiga jalb etilgan.
Mazkur davrda usta hunarmandlar mahoratini ko‘rsatuvchi, ularning nomini
mashhur qilgan mahsulotlarni yaratish yangicha rusumga kirdi. Ya’ni, yaratilgan
mahsulot yuzasiga bajarilgan sana, byurtmachi va asar muallifi haqida malumotlar
yozib qo‘yildi. Bu esa aynan temuriylar davrida ham reklamaining o‘rni
bo‘lganligidan dalolat beradi. Mahobatli hajmi , shakli va ajoyib bezaklari bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
24
mashhur bo‘lgan temuriylar davriga oid quyma qozon bunga misoldir. Uning
yuzasiga “suls” va “qufi” yozuvlari bitilgan. Amir Temur buyurtmasi asosida,
shayx Ahmad al-Yassaviy xazratlari maqbarasi uchun, 1399 yil 25 iyun,
hunarmand Abd-al-Aziz tomonidan yaratilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Amaliy san’at asrlarida keltirilgan ma’lumotlar hunarmand faoliyatiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, tijorat reklamasini yuzaga kelishiga asos yaratgan.
Mazkur davrning ijtimoiy reklamasining klassik namunasi sifatida Amir
Temurning Shahrisabzdagi Oq saroy peshtoqiga bitilgan quyidagi so‘zlari misol
bo‘la oladi: “Agar bizning kuch- qudratimizdan shubhalansangizbiz, qurdirgan
imoratlarga boqing”.
Musulmon me’morchiligida QUR’ON oyatlaridan mahobatli epigrafik
yozuvlarni qo‘llanilishi o‘ziga xos mafkuraviy reklama shakli hisoblanib, odamlar
ongiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish uchun mahalliy me’morchilikda ulardam
keng foydalanilgan.
O‘zbek xonliklari davriga kelib hududlar iqtisodiyotining o‘sishi birmuncha
pasaydi. Natijada XVI-XVII asrlarga kelib halqaro savdo-sotiq aloqalari kamaydi.
Bu holat tabiy ravishda Mavarounnahrning reklama ishiga ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur
davrga oid yozma manbaalarda ushbu jarayon o‘z aksini topgan va shunga ko‘ra
tijorat va ijtimoiy reklama ko‘lami faqat hudud ichidagina mavjud bo‘lib qolgan.
Shubhasiz, O‘zbekiston mahalliy reklamasining taraqqiyot bosqichlari
hududda sodir bo‘lgan tarihiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar
bilan bog‘liq.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida chor Rossiyasi tomonidan Turkiston
o‘lkasini bosib olinishi natijasida Markaziy Osiyo xududida “yevropalashish”
jarayoni kuzatildi. O‘lkani Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishi, uni yangi
kapitalistik munosabatlar orbitasiga qo‘shilishi jamiyatning an’anaviy hayot tarzi,
madaniyat va san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu hol, asosan, shaharning
еvropalashgan hududida yaqqol aks etdi. Shaharning ushbu hududida yangi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
25
ko‘rinishdagi binolar qad ko‘tardi, jamoat transport vositalari , tipografiya va
fotoatelyelar barpo etildi. Yaratilgan barcha yangiliklar o‘zida XIX asr oxiri - XX
asr boshi rus madaniyati stilistikasini namoyon etdi . Ushbu holat ilk reklama
viveskalari va bosma nashrlarda ham o‘z aksini topdi.
O‘rta Osiyo mintaqasiga Rossiya kapitali va ishlab chiqarish
mahsulotlarining jalb etilishi, еvropacha madaniyatni musulmonlar orasiga kirib
kelishi, mahsulotlarni reklama qilishning yangi metodlari va turlarini
shakllanishiga turtki bo‘ldi. XIX asr oxiri xududda litografik bosmaxona,
fotografiya atelyelari, doimiy chop etilgan gazeta va jurnallar shu davrdagi tijorat
va ijtimoiy reklamaning shakllanishi va joylarda faol tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Reklama san’atining uzoq o‘tmishdagi og‘zaki shaklidan yozma shaklga
kelishi ham aynan ko‘rilayotgan davrga to‘g‘ri keladi. XIX asrda o‘lkada litografik
bosmaxona, fotografiya atelyelari, doimiy chop etilgan gazeta va jurnallar shu
davrdagi tijorat va ijtimoiy reklamaning shakllanishi va joylarda faol tarqalishiga
sabab bo‘ldi. XX asr gazeta va jurnallari, foto va kino arxivlarida bir qancha
reklama namunalari saqlanib qolgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshida Turkiston o‘lkasida iste’mol mollarining
bosma reklamalari turli xil gazetalarda muntazam chop etilgan.
Turkistonda ilk bosma reklamalar XIX asrning 70-yillarida paydo boʻlgan.
Turkiston general-gubernatorligining rasmiy organi – viloyatning birinchi gazetasi
“Turkestanskiye vedomosti” sahifalarida.
Xuddi shu davrda 1870–1883 yillarda
Turkistonda birinchi boʻlib chiqqan “Turkiston viloyatining gazetasi” davriy
nashri sahifalarida reklama joylashtirila boshlandi. “Turkestanskiye vedomosti”
gazetasiga ilova sifatida oyiga 2-4 marta oʻzbek tilida va 2 marta qirgʻiz (qozoq)
tillarida 500 nusxada chop etiladi. 1872—1883-yillarda gazeta muharriri sifatida
Turkiston general-gubernatori tarjimoni Shoximardon Ibrohimov, 1883-yilda
Muhammadhasan
Chanishev,
1883-yil
oxiridan
1917-yil
fevraligacha
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
26
N.P.Ostroumovlar ishladilar. 1883 yil 30 yanvarda “Turkiston viloyatining
gazetasi” mustaqil gazeta sifatida chiqa boshladi. 1885-1901 yillarda gazetaning
bir sahifasi rus tilidagi nashrlarga bag‘ishlangan. Gazeta nafaqat Turkistonda, balki
Rossiyaning boshqa viloyatlarida, xususan, Xelsingfors, Qozon, Qashqar,
Baxchisaroy, Moskva, Omsk, Sankt-Peterburgda ham o‘z o‘quvchilariga ega edi.
“Turkiston viloyatining gazetasi” sahifalaridagi reklamalar orqali
kitobxonlar, asosan, texnologiya olamidagi ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar bilan
yaqindan tanishdilar. Gazetaning birinchi va oxirgi sahifalarida reklamalar
joylashtirildi. O‘quvchilar e’tiborini jalb qilish uchun imkon qadar chiroyli ishlab
chiqilgan va uzoq vaqt davomida ma’lum mahsulotlar reklamasida illyustratsiyalar
ishlatilgan, bu esa reklama qilingan mahsulotga qiziqish uyg‘otgan.
XIX asrning 90-yillari oxiridan boshlab viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
noodatiy hodisa bo‘lgan mazkur gazeta sahifalarida yangi texnika va
texnologiyalar keng targ‘ib qilindi. Xususan, reklamaga haqiqiy qiziqishi
uyg‘ongan tikuv mashinalari, pechat mashinalari, velosipedlar, o‘tgan zamon
taksilari gazeta sahifalarida paydo bo‘ldi. Masalan, “Turkiston viloyatining
gazetasi”ning 1905 yil 25-sonida Toshkentdagi doʻkonda inglizlarning “Filit”
zavodining velosipedi (mahalliy aholining tilida “shaytan arbu”) sotilishi haqidagi
eʼlon bor edi , aravacha, Qozondagi zavod tomonidan ishlab chiqarilganligi va
katalogdan tanlash mumkunligi haqida ma’lumotlar keltirilgan edi.
Gazeta materiallari tahlillarida ko‘rinib turibdiki, gazetada mahsulot va uni
nafaqat Turkiston general-gubernatorligi hududida, balki telegraf orqali boshqa
shaharlarda ham olish imkoniyati haqida ma’lumotlar berilgan. Masalan, ana
shunday e’lonlardan birida Bokudagi ombordan xarid qilish mumkin bo‘lgan
o‘simliklarni sug‘orish uchun nasos
haqida ma’lumot berildi va ombor manzili va
uning telegraf manzili ko‘rsatilgan edi.
Reklama gazeta o‘quvchilarda hayotiy ma’lumotlarni berganligi sababli
katta qiziqish uyg‘otdi. Masalan, Turkistonning iqtisodiy hayotida qishloq xo‘jaligi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
27
katta o‘rin egallaganligi va sug‘orish uskunalariga ehtiyoj katta bo‘lganidan kelib
chiqib, gazetada suv nasosli dvigatellar haqida e’lon joylashtirilib, unda
mahsulotning afzalliklari sanab o‘tilgan va bu boradagi ishlarga alohida urg‘u
berilgan. Bunday dvigatellar katta miqdordagi suvni ishlab chiqarishi mumkin,
kerosinda ham, shamol va suv yordamida ham ishlaydi. Ularni narxlari bilan
ko‘rsatilgan va katalog bo‘yicha tanlash taklifi berilgan edi.
Ma’lumki XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida gazeta reklamasi oʻz vaqtida
boʻlganligi e’tiborni jalb qiladi.
O‘sha davrlarda Turkiston bozorlariga dunyoning mashhur kampaniya va
tashkilotlari kirib kela boshlagan, ular o‘z mahsulotlarini reklama qila boshlagan.
Ular orasida “Singer” kompaniyasi ham bo‘lib, uning reklamalarida ularning
tovarlarini nafaqat Toshkent, balki o‘lkaning boshqa shaharlarida ham xarid qilish
mumkinligi qayd etilgan. “Turkiston viloyati gazetasi” sahifalarida toshkentlik
tadbirkor Samijon Mullo Zafar o‘g‘li Azizboyev mazkur kompaniya tikuv
moshinalarini tashkilotningning hududiy bo‘limlaridan xarid qilish mumkinligi
haqida xabar beradi.
Keyinchalik Turkiston o‘lkasining shaharlarida o‘tkaziladigan tadbirlar
haqida ma’lumot beruvchi afishali maxsus qutilar va oshxona, choyxona,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
28
karvonsaroy, do‘kon, atelyelarda aholiga taqdim etilayotgan mahsulot va
xizmatlarning turlari keltirilgan ko‘rgazmalar paydo bo‘la boshladi. Reklama
san’atining rivojlanishi, asosan, Turkiston general gubernatorligining markaziga
aylangan Toshkentda kuzatildi. Bu davrlarda o‘lkaga Rossiya kapitali oqib kelishi
munosabati bilan tashqi tijorat reklamasi keng rivojlandi.
1917 yil Oktyabr inqilobidan so‘ng reklamaning tarkibi va vazifasi o‘zgardi.
Endilikda reklama sovet hukumati tomonidan davlat tasarrufiga o‘tkazildi.
Tadbirkorlar reklama evaziga o‘z faoliyatlarini kengaytirish imkoniyatidan
mahrum bo‘ldilar.
1920 yillardan Turkistonda tijorat va ijtimoiy reklamalar nisbati tubdan
o‘zgardi. Endilikda ijtimoiy reklamalar ko‘proq qo‘llanila boshladi. Rejali,
markazlashtirilgan iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotni mafkuralashtirilishi,
O‘zbekistonda ijtimoiy reklama rivojlanishining asosiy omili bo‘lib qoldi. Bu hol
Respublikaning mustaqillikka erishguniga qadar davom etdi.
XX asrning 60-70 yillarida hududlarda maxsus reklama tashkilotlari yuzaga
keldi. Bularga sobiq SSSR savdo-sotiq vazirligining “Soyuztorgreklama”, SSSR
Sentrosoyuzi qoshidagi «Glavko-optorgreklama» tashkiloti va boshqa ishlab
chiqarish sohasidagi tijorat-reklama tashkilotlari (boshqa vazirliklar qoshidagi)
kiradi. Ularning asosiy vazifasi butun sovet ittifoqida reklama ishini
tashkillashtirish, nazorat qilish va maxsus yarmarkalar o‘tkazishni amalga
oshirishdan iborat edi.
Xulosa
Reklama rivojlanish tarixi insoniyat jamiyati rivojlanishi va uning iqtisodiy
hayoti bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda zamonaviy tashqi reklamasini
ijtimoiy-madaniy funksiyalarini aniqlash hamda uning badiiy-estetik jihatlarini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
29
tasviriy san’at kesimida rivojlanishi va taraqqiyot tamoyillarini belgilashdan iborat.
XXI-asrni reklama sanoatining gullab-yashnashi bilan tavsiflash mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning barchasi reklamaning tarixda qanday
ko‘rinishlarda mavjud bo‘lganligi, yurtimizning siyosiy va ijtimoiy hayotida tutgan
o‘rnini belgilab, uning shahar muhitida qo‘llanilishida ham g‘oyaviy, ham estetik
jihatdan muhim ahamiyat kasb etganligini yana bir bor isbotlaydi.
Reklama inson hayotining barcha sohalarini qamrab olar ekan, iste’molchilar
bilan bevosita va bilvosita aloqaga kirishadi, bu esa barcha qadriyatlar – axloqiy,
estetik, diniy tushunchalarni o‘zgartiradi yoki yangicha qarashlarni shakllantiradi.
Albatta, reklama qilinayotgan mahsulot iste’molchiga kundalik ehtiyoji uchun
zarur bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berishi, sof madaniyatni keng yoyishi,
qoloq davlatlarda turmush tarzini o‘zgartirishi, axloqiy munosabatlarni targ‘ib
qilishi foydali. Bular millatlararo aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Lekin,
mentalitetimizga qarshi, milliy qadriyatlarimiz o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan
ommaviy madaniyatni keng targ‘ibot qilishi zarardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1.
Панкратов Ф.Г., Баженов Ю.К., Сергина Ю.К., Шахурин В.Г.
Рекламная деятелност. - М., 2000. С. 19
2.
Феофанов О.А.
США: реклама и общество. - М., 1974. С. 50
3.
Джон Р., Росситер, Лари Перси. Реклама и продвижение товаров. 2-е
изд. - СПб., Питер, 2000
4.
B.B. Inatullayev “Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama” ma’ruza
matni -N. 2014
5.
G.Karimova, X.Kamilova “Reklama va dizayn” -T.: O‘zbekiston, 2012.
6.
N.T. Haydarova. “O‘zbekiston animatsion filmlari” -T.: Turon Iqbol, 2019.
7.
“Юный Учёный” KNIGA
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-4_ Февраль-2025
30
8.
Shavkat MIRZIYoEV “ERKIN VA FAROVON, DEMOKRATIK
O‘ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”
9.
Mrziyoyev.Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Toshkent. O‘zbekiston, 2016-56
10.
A.B.Akilova “Reklama asoslari”
11.
B.B. Inatullayev “Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama” ma’ruza
matni -N. 2014
12.
Aziza Abbasovna Ibrokhimova. TDSHU
13.
Rashidova M. Reklama faoliyati uslubiyoti-Toshkent.2010
FOYDALANILGAN SAYTLAR RO‘YHATI
1.
www.ziyouz.com kutubxonasi. Sakina Muhamedjanova. O‘zbekiston
reklama san’ati tarixidan.
2.
3.
www.google.com
4.
https://shosh.uz/reklama-na-stranitsah-periodicheskoy-pechati-turkestana-
v-kontse-xix-nachale-xx-veka-na-primere-turkiston-viloyatining-gazeti/