Авторы

  • Raxmonov Murodjon Yuldashevich

Биография автора

  • Raxmonov Murodjon Yuldashevich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99651

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: avtomobil zaharli gazlar is gazi uglevodorodlar azod oksidi chiqindi gazlar.

Аннотация

Annotatsiya. Hozirgi kunda transport vositalari atrof-muhitning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarning ichida eng yuqori ko'rsatkichga ega hisoblanadi, mazkur maqolada avtotransport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida chiqayotgan chiqindi gazlarlarning tarkibini aniqlash, atrof-muhitga zararli ta'siri va ularni bartaraf etish yo'llari, ekologik va atrof muhitni zararlovchi omillar, ularni qonuniy oldini olish va yechimi hamda yuqoridagi muammolarga xulosa va takliflar keltirilgan.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

300

AVTOMOBILLARDAN CHIQADIGAN CHIQINDI GAZLAR

TARKIBINI ANIQLASH

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Raxmonov Murodjon Yuldashevich

Annotatsiya. Hozirgi kunda transport vositalari atrof-muhitning o'zgarishiga

ta'sir qiluvchi omillarning ichida eng yuqori ko'rsatkichga ega hisoblanadi,

mazkur maqolada avtotransport vositalarining ekspluatatsiya jarayonida

chiqayotgan chiqindi gazlarlarning tarkibini aniqlash, atrof-muhitga zararli ta'siri

va ularni bartaraf etish yo'llari, ekologik va atrof muhitni zararlovchi omillar,

ularni qonuniy oldini olish va yechimi hamda yuqoridagi muammolarga xulosa va

takliflar keltirilgan.

Kalit so'zlar: avtomobil, zaharli gazlar, is gazi, uglevodorodlar, azod oksidi,

chiqindi gazlar.

Kirish

. Chiqindi gazlarni (yoki ishlatilgan gazlar) asosiy manbai ichki yonuv

dvigatelidir-bu yonilg'ini, havoni, aerozollarni va har xil mikroaralashmalarni to'la

yoki chala yonishi natijasida bir jinsli bo'lmagan gaz holidagi har xil kimyoviy va

fizik xossalarga ega bo'lgan moddalar bo'lib, dvigatel silindridan chiqish tizimiga

tushadi. Ular o'zini tarkibida 300 dan ko'proq har xil moddalar mavjud bo'lib,

ko'plari zaharlidir. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan gazlarni asosiy

me'yorlashtiradigan zaharli komponentlari uglerod oksidi, azot va uglevodoroddir.

Bulardan tashqari chiqindi gazlar bilan birgalikda atmosferaga chegaralangan va

chegaralanmagan uglevodorodlar, aldegidlar, kanserogen moddalar, qurum va

boshqa moddalar chiqadi

Etillangan benzinlarda ishlayotgan dvigatellarni chiqindi gazlari tarkibida

qo'rg'oshin, dizelli yonilg'ilarda ishlaydigan dvigatellarda esa qurum ko'proq


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

301

bo'ladi. Uglerod oksidi (SO-is gazi). Shaffof, hidsiz, zaharli, havoga nisbatan

yengil, suvda yomon eriydi.

Uglerod oksidi-bu yonilg'ini to'la yonmasligidan hosil bo'ladigan mahsulot

bo'lib, havoda uglerod dioksidi hosil bo'lishi bilan ko'kimtir alanga bilan yonadi.

Dvigatelni yonish kamerasida SO yonilg'ini qoniqarsiz purkalishidan, sovuq

alangali reaksiya, yonilg'ini yetarli bo'lmagan kislorod bilan yonishi natijasida

hamda yuqori haroratlarda uglerod dioksidini dissosatsiyasida hosil bo'ladi.

Alangalanishdan so'ngi yonishda (yuqori chetki nuqtadan so'ng, kengayish taktida)

dioksid hosil bo'lganda kislorod bilan aralashib uglerod oksidi yonadi. Bunda SO

ni yonishi chiqish truboprovodida ham davom etadi. Shuni ham hisobga olish

kerakki, dizelli dvigatellarni ekspluatatsiya qilganda chiqindi gazlar tarkibidagi SO

miqdori kam bo'ladi (taxminan 0,1-0,2 foiz), shuning uchun SO miqdori faqat

benzinli dvigatellar uchun aniqlanadi. Azot oksidi (NO, NO2, N2O, N2O3, N2O5,

keyinchalik-

NOx).

Avtomobillardan

chiqayotgan

gazlarni

zaharliroq

komponentlaridan biri azot oksididir. Normal atmosfera sharoitida azot inert gaziga

o'xshaydi. Yuqori bosimda va yuqori haroratda azot kislorod bilan faol reaksiyaga

kirishadi. Dvigatellarni chiqindi gazlari tarkibidagi NOx ni 90 foizini azot oksidi

NO tashkil etadi, u chiqarish tizimida so'ng atmosferada azot dioksidiga NO2

oksidlanadi.

Azot oksidi NO ko'zni yosh pardasiga ta'sir ko'rsatadi, odam o'pkasini

shikastlaydi, chunki ular nafas olish yo'lida harakatlanganda yuqori nafas olish

yo'llaridagi namlik bilan o'zaro ta'sirda bo'lib, azotli va azotsimon kislota hosil

qiladi. Odatda odam 10 organizmni NO x bilan zaharlanishi birdaniga bo'lmaydi,

asta-sekin bo'ladi, ularni neytrallovchi vositalar yo'q. Azot zakisi (№O-gemioksid,

xursandlovchi gaz)-xushbo'y hidli gaz bo'lib, suvda yaxshi eriydi. Narkotik ta'sirga

ega. NO2 (dioksid)-oqish sariq rangli suyuqlik, tutunli tuman hosil qilishda

qatnashadi. Havo tarkibida azot oksidi konsentratsiyasi 0,5-6,0 mg/m3 bo'lganda


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

302

daraxtlarga to'g'ridan-to'g'ri zaharli ta'sir ko'rsatadi. Azot kislotasi uglerodli

po'latlarni qattiq zanglashiga olib keladi.

Uglevodorodlar (CnHm-etan, metan, etilen, benzol, propan, atsitelen va b.).

Uglevodorodlar-organik birikma bo'lib, molekulalari faqat uglerod va vodorod

atomlaridan tashkil torgan, zaharli modda hisoblanadi. Chiqindi gazlar tarkibida

200 dan ko'p har xil uglevodorodlar majud bo'lib, alifatik va aromatik halqaliga

bo'linadi. Aromatik uglevodorodlar molekulasida bitta yoki bir nechta sikllar

uglerodni 6 atomidan iborat bo'lib, o'zaro oddiy yoki ikkilangan birikmalar bilan

bog'langan. Xushbo'y hidga ega.

Chiqindi gazlar bilan chiqib ketayotgan to'la yonmagan SN tarkibida bir necha

yuzlab kimyoviy birikmalar mavjud, bo'lib noxush hidga ega, ko'pgina xronik

kasalliklarni sababchisidir. Benzin bug'lari ham zaharlidir, chunki ular ham

uglevodorodlardir. Benzin bug'larini o'rtacha sutkalik konsentratsiyasi 1,5 mg/m3

dir. Chiqindi gazlar tarkibidagi SN drossellashda va majburiy salt yurish rejimida

o'sadi. Ular biologik faol moddalarni paydo bo'lishida faol qatnashadi, bu bioligik

moddalar ko'zni va burunni achishtiradi, va ularni kasallanishiga olib

keladi.Bundan tashqari uglevodorodlar o'simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar

keltiradi. Uglevodorodli birikmalar markaziy asab tizimiga narkotik ta'sir

ko'rsatadi, xronik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin, ba'zi SN lar zaharlovchi

xususiyatga ega. Uglevodorodlar va azot oksidlari alohida metereologik sharoitda

tutunli tuman (smog) hosil bo'lishiga sharoit yaratadi.

Tutunli tuman (smog). Tutunli tuman (smog-tutun, fog-tuman )- zaharli

tuman, atmosferani pastki qatlamida hosil bo'ladi, bu ishlab chiqarish

korxonalaridan

chiqayotgan

zaharli

moddalar,

avtomobil

transportidan

chiqayotgan gazlar va boshqa qurilmalardan chiqayotgan chiqindilar noqulay ob-

havo sharoitida tutunli tuman hosil qiladi. Ularni tarkibida tutun, tuman, chang, va

bir qism suyuqlidan iborat aerozoldir. Sanoat shaharlarida ma'lum meteorologik

sharoitda paydo bo'ladi. Azot oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar va boshqa


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

303

moddalar quyoshni ultrabinafsha nurlari bilan reaksiyaga kirishib murakkab

fotokimyoviy jarayonlar natijasida fotooksidantlar hosil bo'ladi.

Smog ko'zni suvli qatlamlarini achishiga, bosh og'rig'iga, oyoqlarni oqishiga,

qon oqishiga, nafas yo'llari kasalliklarini og'irlashishiga olib kelishi mumkin.

Yo'llarda ko'rish yomonlashadi, bu yo'l-transport hodisalarini ko'payishiga olib

keladi.

Chiqindi gazlarni atrof-muhitga va insonlarga ta'siri

Chiqindi gazlar — dvigatelda ishlab chiqilgan ishchi mahsulotdir. To'la

yonmagan uglevodorodli yonilg'i va oksidlanish mahsulidir. Chiqindi gazlarni

chiqarib

yuborilishi

shaharlar

atmosferasidagi

zaharli

moddalarni

va

kanserogenlarni ruxsat etilgan konsentanatsiyasini oshishiga sabab bo'lmoqda.

Smoglarni paydo bo'lishi berk muhitda zaharlanishlarni sababchisi bo'lishi

mumkin.

Avtomobillardan chiqayotgan chiqindi gazlar miqdori Avtomobillardan

chiqayotgan gazlar miqdori yonilg'i sarfi miqdori bilan aniqlanadi. Yonilg'i sarfi

bosib o'tgan yo'lga nisbatan me'yorlanadi va avtomobil ishlab chiqaruvchi

tomonidan ko'rsatiladi. Avtomobil trubasidan chiqayotgan chiqindi gazlar hajmiga

qarab taxminiy yonilg'i sarfini aniqlash mumkin. Bir kg benzinni yonishidan 16 kg

har xil gazlar aralashmasini hosil qiladi.

• k — karbyuratorli dvigatel

• i — injektorli dvigatel

• D — dizelli dvigatel

• benzinni +20S zichligi 0,69 dan 0,81 g/sm3 gacha

• dizel yonilg'isini zichligi +20S da GOST 305-82 bo'yicha 0,86 g/sm3 ko'p

bo'lmagan.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

304

Zaharli chiqindilarni hajmini kamaytirish uchun rag'batlantirish avvalambor

yonilg'i sarfini kamaytirishga qiziqtirishdir. Chiqindilar miqdoriga (yonilg'ini

yonishi va vaqtn i hisobga olmaganda) shaharlarda avtomobil harakatini tashkil

etish (chiqindilarni katta qismi tiqilinchlar va svetoforlarga to'g'ri keladi) juda ham

katta ta'sir ko'rsatadi. Harakatni yaxshi tashkil qilganda kam quvvatli

dvigatellardan pastroq tezliklarda ishlatish imkoniyati yaratiladi.

-yonilg'i sifatida yo'lovchi gazlar yoki tabiiy gazlardan foydalanish chiqindi

gazlar tarkibidagi uglevodorodlarni 2-martadan ko'proqqa kamaytirishi mumkin.

Tabiiy gazlarni asosiy kamchiligi nisbatan kamroq yo'l bosib o'tishi, bu esa shahar

sharoitida unchalik asosiy emas;

-yonilg'i tarkibidan tashqari dvigatelni holati va sozlanganligi chiqindi gazlar

zaharliligiga ta'sir ko'rsatadi (asosan dizel dvigatellarida-qurum 20-martagacha

oshishi, karbyuratorlida azot oksidi 1,5-2-martagacha oshishi mumkin);

-injektorli ta'minlash tizimli zamonaviy konstruksiyali dvigatellarda chiqindi

gazlar kamaytirilgan (yonilg'i sarfi kamaytirilgan). Bu dvigatellarda etillanmagan

benzinlarni doimiy stexiometrik aralashma hosil qilinadi, katalizator o'rnatilgan,

gazli dvigatellar agregatlari haydovchi va havoni sovutuvchi, aralash uzatmalar

qo'llanilgan. Lekin bunday konstruksiyalar avtomobillarni qimmatlashuviga olib

keladi. -SAE ni sinovlari shuni ko'rsatadiki, chiqindi gazlar tarkibidagi azot

oksidini (90 % gacha) va butunlay gazlar zaharliligini kamaytirish yo'llaridan biri

yonish kamerasiga suvni purkashdir.

Ekologik muammolarni texnik yechimini topish, dunyo amaliyotida uchta

yo'nalish bo'yicha amalga oshiriladi yonilg'i, dvigatel va chiqindi gazlar

zaharliligini kamaytirish tizimi. Demak, yonilg'i. Yonilg'i sifati bo'yicha talablarga

javob beradi. Ishlatilgan gazl arni zaharliligini kamaytirish yo'llaridan biri yonilg'i

sifatida siqilgan va suyultirilgan gazlarni ishlatishdir. Farg'ona vodiysi

viloyatlaridagi benzinli dvigatellarni qariyib 90 foizi gaz balonli avtomobillarga


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

305

o'tkazilgan, gazlashtirilgan avtomobillarni 95 foizidan ko'prog'i metan gazlariga

mo'ljallangandir.

Yonilg'i sifatida vodorodni ishlatish eng istiqbolli hisoblanadi. Bunda

dvigatelning energetik, ekologik ko'rsatkichlari keskin yaxshilanadi. Vodorodning

yuqori yonish issiqligi 120 MJ/kg ga teng va boshqa yonilg'ilarning massaviy

issiqligidan ancha yuqori: benzinniki 45 MJ/kg, dizel yonilg'isiniki esa 42,7 MJ/kg.

Ammo vodorodning zichligi kamligi natijasida uning oddiy energetik

xarakteristikalari neft yonilg'ilariga nisbatan past. Vodorod -havo aralashmasining

issiqlik chiqarish qobiliyati 18 benzin-havo aralashmasidan 15 foiz va spirt-havo

aralashmasidan 10 foiz past.

Vodorod dvigatellar uchun katta istiqbolga ega bo'lgan yonilg'i turidir, chunki

bitmas -tuganmas xom ashyo bazasiga ega, yonish issiqligi juda yuqori (uning

yonish issiqligi 118045

kJ/kg ni tashkil etadi), yonish natijasida o'zidan zaharli moddalar (azotdan

tashqari) chiqarmaydi va moyning xossalarini yomonlashtirmaydi.

Vodorodning diffuziyalanish koeffitsiyenti yuqoriligi yonilg'i silindrga har

qanday usulda uzatilganda ham bir jinsli aralashma hosil qilish, dvigatelning

barcha ish rejimlarida uni silindrlarga bir tekis taqsimlash imkonini beradi.

Vodorod yonganda lok, so'xta va koks hosil bo'lmaydi, bu esa dvigatel detallarining

yeyilishi va xizmat muddati nuqtayi nazaridan maqbuldir. Ammo vodorodning

zichligini kamligi tufayli uning hajmiy energiya sig'imi nisbatan pastdir. Vodorodli

yonuvchi aralashmaning yonishi benzin-havo aralashmasining yonish tezligidan 6

barobar tez amalga oshadi. Vodorodni havo bilan 1:10 nisbatdagi ishchi

aralashmasi nisbatan samarali hisoblanadi. Vodorod vodorodli aralashmaning quyi

alangalanish chegarasini kichikligi (vodorod va havo nisbati 1:25) va alangalanish

energiyasining juda kamligi (benzinga nisbatan 12-14 barobar kam) bilan ajralib

turadi. Vodorodning bu xususiyatlari ishchi aralashmani kiritish o'tkazgichlarida

chaqnash hosil bo'lishi, silindrlardagi ishchi aralashmani belgilangan paytdan avval


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

306

alangalanishi, yonish jarayonining shiddatli bo'lish i, detonatsiya kabi holatlarni

keltirib chiqaradi. Bu holatlar natijasida karbyuratorli dvigateldagi ish jarayoni

buziladi.

Hozirgi kunda tejamkorlik va ekologik parametrlari bo'yicha hammadan

samarali bo'lgan gibridli kuch qurilmalaridan foydalaniladi: ular avtotrassalarda

ichki yonuv dvigateli bilan ishlasa, shahar hududida esa elektrodvigatel bilan

ishlaydi. U yoki bu dvigatel turiga o'tkazish harakatlanish va yo'l sharoitiga qarab

avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirishni uchinchi yo'nalishi chiqish

quvurlariga qo'shimcha qurilmalar, ya'ni yonilg'ini qo'shimcha yondiruvchi

qurilmalar o'rnatish, bular qimmatbaho katalizatorlar bilan jihozlangan toksinlarni

neytrallashtiruvchilardir. Qo'shimcha qurilma avtomobil narxini oshiradi,

quvvatini va tejamkorligini pasaytiradi, biz ikkita yuqoridagi usullar bilan

tejamkorlik va ekologiklikka erisholmadik, shuning uchun har xil turdagi chiqindi

gazlar zaharliligini kamaytiruvchi qurilmalarni ishlatishimizga to'g'ri keladi.

Bundan tashqari ekome'yorni ta'minlash yo'llaridan biri dvigatelni foydali ish

koeffitsiyentini (FIK) oshirish, shinani tebranishga qarshiligini kamaytirish, yangi

materiallardan foydalanib avtomobil og'irligini kamaytirish va h.k.

Xulosa

Hozirgi kunda avtomobillarni resurs tejamkorlik va ekologik ko'rsatkichlarini

yaxshilash uchun dvigatelni salt ishlashida silindrni o'chirish metodidan foydalanib

kelinmoqda. Bu metodni ayniqsa, shaharlarda qo'llanilishi yaxshi natija beradi,

chunki shahar sharoitida har 500 -1000 metrda svetofor yoki piyodalar o'tish joyi

mavjud bo'lib, avtomobillar to'xtaganda undan chiqayotgan zaharli gazlar shu

atrofdagi korxona va muassalarga zaharli ta'sir ko'rsatadi. Bu metodda avtomobillar

piyodalar o'tish joylari, svetoforlar, avtomobillar turur joylarida dvigatel salt

ishlaganda bitta yoki ikkita silindr avtomatik ravishda o'chiriladi, bunda qolgan


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

307

ikkita silindr dvigatelni salt yurishidagi quvvatini ta'minlab turadi. Bu metodni

kamchiligi silindrlarni o'chirishni algoritmi ishlab chiqilmaganligidir, shuning

uchun silindrlarni qaysinisi qachon o'chirilishida ba'zi kamchiliklar kelib

chiqmoqda.

Avtotransport kompleksida resurslarni tejash va ekologik xavfsizlikni

ta'minlash muammosini tahlil qilish ish maqsadini shakllantirishga imkon beradi,

unga erishish uchun quyidagi topshiriqlarni bajaramiz:

-elektron purkash tizim bilan jihozlangan dvigatelli zamonaviy avtomobilni

yonilg'i -tejamkor va ekologik ko'rsatkichlarini yaxshilash metodini ishlab chiqish;

-dvigatelni salt yurish rejimida va ekspluatatsiya sharoitida boshqarish

uslubini hisobga olib avtomobilni yonilg'i sarfini differensiyalashgan me'yori

metodikasini ishlab chiqish;

-taklif etilgan dvigatelni boshqarish metodini avtomobilni ekspluatatsion va

me'yoriy yonilg'i sarfiga, ishlab chiqarilgan gazlarni zaharliliga va tebranish

faoligiga ta'sirini tadqiqot qilish metodikasini ishlab chiqish;

-ekspluatatsiya jarayonida zamonaviy avtomobillarni salt yurishida

silindrlarini o'chirish bilan dvigatelni boshqarish uslubini ishlab chiqish;

-ekspluatatsiya sharoitida dvigatelni salt yurishini boshqarishni ratsional

algoritmini vibroakustik, yonilg'i-tejamkor va ekologik ko'rsatkichlariga ta'sirini

tadqiqot qilish.

ADABIYOTLAR

1. Masodiqov, Q. X. O. G. L., Xujamqulov, S., & Masodiqov, J. X. O. G. L.

(2022). AVTOMOBIL SHINALARINI ISHLAB CHIQARISH VA ESKIRGAN

AVTOMOBIL

SHINALARINI

UTILIZATSIYA

QILISH

BO'YICHA

EKSPERIMENT O'TKAZISH USULI. Academic research in educational

sciences, 3(4), 254-259.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

308

2. Meliboyev, A., Khujamqulov, S., & Masodiqov, J. (2021). Univer

calculation-experimental method of researching the indicators of its toxicity in its

management by changing the working capacity of the engine using the

characteristics. Экономика и социум, (4-1), 207210.

3. Khodjaev, S. M. (2022). The main problems of organization and

management of car maintenance and repair stations in the Ferghana region.

Innovative Technologica: Methodical

Research Journal, 3(9), 1-10

4. Xujamqulov, S. U. O. G. L., & Masodiqov, Q. X. O. G. L. (2022).

AVTOTRANSPORT

VOSITALARINING

EKSPLUATATSION

XUSUSIYATLARINI

KUZATISH

BO'YICHA

VAZIFALARNI

SHAKLLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(4), 503-508.

5. Xujamqulov, S. U., Masodiqov, Q. X., & Abdunazarov, R. X. (2022,

March). Prospects for the development of the automotive industry in uzbekistan.

In E Conference Zone (pp. 98-100).

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)