https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
353
YO’L HARAKATI QOIDALARI VA BELGILARINING AHAMIYATI
Farg’ona sahar 1-sonli politexnikum talim ustasi
Raxmonov Murodjon Yuldashevich
Farg’ona sahar 1-sonli politexnikum talim ustasi
Orifjonov Rasul Mashrabovich
Annotatsiya: Yo’l harakati qoidalarini o’rganish, haydovchi, piyodalarni
hatti harakatlari, yo’l belgilari, yo’l transport hodisalarini kelib chiqish
sabablarini hamda uni oldini olish choralari haqida tushuncha beradi.
Kalit so’z: transport, yo’l, haydovchi, temir yo’l, moped, velosipedchi, asosiy
yo’l, aholi punkti, ajratuvchi mintaqa
.
1. Ushbu Yo‘l harakati qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston
Respublikasi hududida yo‘l harakatining yagona tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng
tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan.
3. Yo‘l harakati qatnashchilari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor
ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yo‘l chiziqlarining (ushbu
qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga
berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning
ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart.
4. Yo‘l harakati qatnashchilari boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining
harakatlanishiga xavf tug‘dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan
yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo‘l
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
354
belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik
vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish,
shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish
taqiqlanadi. Harakatga to‘sqinlik tug‘dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun
imkoniyati darajasida barcha choralarni ko‘rishi, agar buning iloji bo‘lmasa,
mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini
ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi o‘rinlarda IIO) xabar berishi
shart. 5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
Avtomagistral — 5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning qatnov
qismlari ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari bilan)
hamda boshqa yo‘llar, tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped yo‘lkalari
bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l.
Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va
yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport
vositasi tarkibi.
Yo‘l harakati xavfsizligi — yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport
hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l
harakati holati.
Velosiped — odam kuchi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar
aravachasidan tashqari) ikki yoki undan ortiq g‘ildirakli transport vositasi.
Transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa
ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Haydovchi
— yo‘llarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni
o‘rgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
355
ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar
haydovchiga tenglashtiriladi.
Majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va
yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-
havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish.
Asosiy yo‘l — tuproqli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-
betonli, tosh va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan
yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud
yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali
yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l
bilan teng huquqli qilmaydi.
Arava — ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo‘shib tortiladigan yoki odam
mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk
tashishga mo‘ljallangan qurilma.
Yo‘l — transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan
yoki moslashtirilgan yer bo‘lagi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l avtomobil va
shahar elektr transporti yo‘llarini hamda trotuarlarni o‘z ichiga oladi.
Yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi
jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar
yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa
moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki
bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi
munosabatlar majmui. Temir yo‘l kesishmasi — yo‘lning temir yo‘llar bilan bir
sathda kesishgan joyi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
356
Yo‘nalishli transport vositasi — belgilangan yo‘nalishi va bekatlari bo‘lgan,
yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari
(trolleybus, tramvay, avtobus, yo‘nalishli taksi).
Mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport
vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o‘ziyurar moslamalarga
ham taalluqlidir.
Moped — ish hajmi 50 sm3 gacha, yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan
oshmaydigan dvigatel bilan harakatga keltiriladigan ikki yoki uch g‘ildirakli
transport vositasi. Osma dvigatelli velosipedlar va yuqoridagi ta’rifga ega bo‘lgan
boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.
Mototsikl — kajavali yoki kajavasiz ikki g‘ildirakli mexanik transport
vositasi. Aslahalangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch va
to‘rt g‘ildirakli mexanik transport vositalari, shuningdek dvigatelining ish hajmi 50
sm3 dan yoki eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan
skuter, kvadrotsikl, elektroskuterlar ham mototsikllarga tenglashtiriladi.
Aholi punkti — kirish va chiqish yo‘llari 5.22 — 5.25 yo‘l belgilari bilan
belgilangan hudud. Etarlicha ko‘rinmaslik — yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi
va shunga o‘xshash sharoitlarda, shuningdek kunning g‘ira-shira vaqtida yo‘lning
ko‘rinish masofasi 300 metrdan kam bo‘lishi.
Quvib o‘tish — egallagan harakatlanish bo‘lagidan chiqib, oldinda
harakatlanayotgan transport vositasidan o‘zib ketish.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo‘l-transport hodisalarining kelib
chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirishga
qaratilgan faoliyat.
Yo‘l yoqasi — yo‘lning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan,
qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yo‘l chizig‘i yordamida ajratilgan, ushbu
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
357
Qoidalarga muvofiq harakatlanish, to‘xtash va to‘xtab turish uchun mo‘ljallangan
bo‘lagi.
Yo‘l harakatini tashkil etish — yo‘llarda harakatni boshqarish bo‘yicha
huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi — Qoidalarning 16-bandi talablariga
muvofiq, yo‘lda bir yo‘nalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi — oldida yalt-yalt etuvchi ko‘k
rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi
kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish bo‘lagida,
chiroqlarini doimiy yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport
vositalari guruhi.
Bolalar guruhini tashkiliy tashish — yo‘nalishli transport vositalariga daxli
bo‘lmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi.
To‘xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga
to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).
Yo‘lovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs. Chorraha
— yo‘llarning o‘zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oxiridagi qarama-
qarshi tomonlarning eng uzoq burila boshlagan joylarini tutashtiruvchi tasavvur
qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.
Yondosh
hududlardan
chiqish
joylari
chorraha
hisoblanmaydi.
Ogohlantiruvchi ishoralar — avariya holatlarining oldini olish maqsadida,
shuningdek harakat yo‘nalishini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan ishoralar.
Piyoda — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir
yumush bilan band bo‘lmagan shaxs. Velosiped, moped, mototsikl, chana,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
358
aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini yetaklagan, nogironlarning
dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
Piyodalar o‘tish joyi — yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun
mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo‘l chiziqlari bilan
ajratilgan bo‘lagi. Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi
5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yo‘lkasi — yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan
va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
Yondosh hudud — bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib
ketishi uchun mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil
to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish shoxobchalari, korxona va shunga
o‘xshashlar).
Imtiyoz — mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga
nisbatan oldin harakatlanish huquqi.
Tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga
mo‘ljallangan, dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim
tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.
Qatnov qismi — yo‘lning relssiz transport vositalari harakati uchun
mo‘ljallangan qismi.
Harakatlanish bo‘lagi — avtomobillarning bir qator bo‘lib harakatlanishi
uchun yetarlicha keng bo‘lgan, yo‘l chiziqlari bilan belgilangan yoki
belgilanmagan yo‘l qatnov qismining har qanday bo‘ylama bo‘lagi.
Ajratuvchi bo‘lak — yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini
ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
359
mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizig‘i bilan
belgilangan qismi.
Ruxsat etilgan to‘la vazn — aslahalangan transport vositasining ishlab
chiqargan korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yo‘lovchilari bilan
birgalikdagi eng yuqori vazni (o‘lchovi). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama
va h. k.) transport vositalarining ruxsat etilgan to‘la vazniga shu tarkibga kiruvchi
transport vositalarining ruxsat etilgan to‘la vaznlari yig‘indisi kiradi.
Reversiv harakat — yo‘l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35 — 5.37
yo‘l belgilari, 1.9 yo‘l chizig‘i bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor
o‘rnatilgan bo‘lagida harakat yo‘nalishining qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi.
Tartibga soluvchi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat
yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX), harbiy avtomobil
nazorati organlari xodimi, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda
ko‘zda tutilgan ishoralar yordamida yo‘l harakatini tartibga solish vakolatiga ega
bo‘lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan, yo‘ldan foydalanish xizmati
xodimlari, temir yo‘l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar. Tartibga
soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo‘l bog‘ichi, jezl, qizil ishorali
yorug‘lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo‘lishi shart.
Yo‘l berish — yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan
boshqa yo‘l harakati qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini
o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda harakatni davom
ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini
bildiruvchi talab.
Yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining
haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025
360
Transport vositasi — odamlarni, yuklarni tashishga yoki maxsus ishlarni
bajarishga mo‘ljallangan qurilma. Trotuar — qatnov qismiga tutashgan yoki undan
maysazor, ariq, maxsus to‘siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi
uchun mo‘ljallangan yo‘l qismi.
To‘xtab turish — transport vositasiga yo‘lovchilarni chiqarish yoki tushirish,
yuk ortish yoki tushirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan
ko‘proq vaqtga atayin to‘xtatish.
Qorong‘i vaqt — kechki g‘ira-shiraning oxiridan tonggi g‘ira-shiraning
boshlanishigacha bo‘lgan oraliqdagi vaqt.
Haqiqiy vazn — transport vositasining yuki, haydovchi va yo‘lovchilari bilan
birgalikdagi vazni. Foto va video qayd etish — yo‘l harakati qoidalari buzilishini
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video texnik vositalari yordamida qayd etish.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”
2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y.,
12- son, 75-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 21-noyabrdagi 241- son qarori
(O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 87-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari haydovchilari va
yo‘lovchilari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-
martdagi 44- son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y