Авторы

  • Orifjonov Rasul Mashrabovich
  • Sabirov Salijan Pazilovich
  • Murotov Akbar Xatamovich

Биографии авторов

  • Orifjonov Rasul Mashrabovich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

  • Sabirov Salijan Pazilovich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

  • Murotov Akbar Xatamovich

    Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99698

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ilashish muftasi tirsakli val dvigatel kuch uzatmasi avtomatik transmissiya mexanik gidromexanik pnevmatik elektrik.

Аннотация

ANNOTATSIYA:Avtomobil harakatlana olishi uchun birinchi navbatda dvigatelning tirsakli validagi burovchi momentining kuch uzatmasi yordamida yetakchi g‘ildirakka uzatishi kerak. Ilashish muftasiga qo‘yilgan talablar uning har hil sharoit uchun turli hillarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Disklarning soni bo‘yicha bir, ikki, ko‘p diskli bo‘lishi mumkin. Bir diskli ilashma yengil avtomobillarda, kichik va o‘rta vazndagi yuk avtomobillarda, ikki disklisi esa katta vazndagi yuk tashuvchi avtomobillarda ishlatiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

421

AVTOMOBILLARNING ILASHISH MUFTASIGA QO‘YILADIGAN

TEXNIK TALABLAR

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Orifjonov Rasul Mashrabovich

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Sabirov Salijan Pazilovich

Farg’ona shahar 1-sonli politexnikum ta’lim ustasi

Murotov Akbar Xatamovich

ANNOTATSIYA:Avtomobil harakatlana olishi uchun birinchi navbatda

dvigatelning tirsakli validagi burovchi momentining kuch uzatmasi yordamida

yetakchi g‘ildirakka uzatishi kerak. Ilashish muftasiga qo‘yilgan talablar uning har

hil sharoit uchun turli hillarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Disklarning soni

bo‘yicha bir, ikki, ko‘p diskli bo‘lishi mumkin. Bir diskli ilashma yengil

avtomobillarda, kichik va o‘rta vazndagi yuk avtomobillarda, ikki disklisi esa katta

vazndagi yuk tashuvchi avtomobillarda ishlatiladi.

Kalit so‘zlar: ilashish muftasi, tirsakli val, dvigatel, kuch uzatmasi, avtomatik

transmissiya, mexanik, gidromexanik, pnevmatik, elektrik.

Avtomobil qo‘zg‘alishi, harakatlanishi va uning tezligini turli darajada tezkor

o‘zgartirishda ilashish muftasi (сцепление) muhim vazifani bajaradi. Jahonning

ilg‘or avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari o‘z mashinalarining barcha

detallarini eng zamonaviy texnik-ekspluatatsion talablarga moslashtirib borish

ustida doimiy ravishda izlanishlar olib boradi hamda olingan foydali ilmiy-amaliy

natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishga intilib kelmoqda. Avtomobilning eng


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

422

qimmatli

motortransmissiya

tizimida

barcha

mexanizmlarni

o‘zaro

muvofiqlashtirib turuvchi ilashish muftasining texnik imkoniyatlarini yaxshilash

va joriy va kutilayotgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishga

xizmat qiladigan, ilashish muftasi (сцепление)ni ishlash momentini sinash

uskunasini loyihalash va uni iqtisodiy samaradorligini asoslash orqali, uni mavjud

sinov-laboratoriya ishlariga oqilona tatbiq etish ishlari, mahsulot sifatini oshirib

borishda muhim ahamiyatga ega.

Avtomobil harakatlana olishi uchun birinchi navbatda dvigatelning tirsakli

validagi burovchi momentining kuch uzatmasi yordamida yetakchi g‘ildirakka

uzatishi kerak. Bu vazifani bajarishning eng yaxshi yo‘li dvigatel tirsakli vali

uzatmalar qutisining birlamchi vali bilan mufta yordamida mahkamlab qo‘yishdir.

Lekin bu tadbir qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqaradi. Agar avtomobil

joyidan qo‘zg‘alayotgan bo‘lsa, qo‘zg‘alish dinamik turtki bilan bo‘ladi.

Dvigatelning kuchi yo‘l qarshiliklaridan kichik va uzatmalar qutisini qo‘shish iloji

yo‘qligi sababli, avtomobil joyidan qo‘zg‘ala olmaydi.

Harakatdagi avtomobil bo‘lsa, zaruriyat tug‘ilganda dvigatelning kuch

uzatmasidan ajratish mumkin bo‘lmay qoladi [1]. Shunday qilib, dvigatel va

uzatmalar qutisi o‘rtasida yana bir agregat bo‘lib, u qolganlarni uzish-qo‘shish

vazifasini bajaradi. Ilashish muftasi avtomobilni o‘z joyidan ohista qo‘zg‘atish,

uzatmalar almashtirilganda qisqa vaqt dvigatelni kuch uzatmasidan ajratish va u

notekis yo‘ldan harakatlanganda kuch uzatmasini dinamik turtkilar ta’siridan

saqlash vazifasini bajaradi. Ilashish muftasi uch qismdan, ilashmaning o‘zi,

yuritmasi, kuchaytirgichdan iboratdir. Ilashish muftasi vazifani bajara olishi uchun

qator talablarga javob berishi kerak:

1.Dvigateldan kuch uzatmasiga burovchi momentni ishonchli uzatish;

2.Yetaklanuvchi va yetaklovchi qismlari to‘la va tekis ulanishi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

423

3.Qismlarning toza ajralishini ta’minlash ;

4.Yetaklanuvchi qismlarining inertsiya momenti eng kichik bo‘lishi;

5.Ishqalanuvchi yuzalardan issiqlikni yaxshi tarqatishi lozim;

6.Kuch uzatmasini dinamik kuchlardan muhofaza qilishi;

7.Ekspluatatsiya paytida yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlarni siquvchi

kuchni bir me’yorda saqlashi;

8.Boshqarish uchun eng kam kuch sarf etilishi;

9.Yaxshi muvozanatlangan bo‘lishi;

10.Kichik massa va o‘lchamli, tuzilishi sodda va texnik qarov o‘tkazish qulay

bo‘lishi, shovqinsiz ishlashi kerak .

Ilashish muftasiga qo‘yilgan talablar uning har hil sharoit uchun turli

hillarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ish jarayonining hususiyati bo‘yicha

yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlari muqim tutashgan va muqim tutashmagan

bo‘lishi mumkin. Avtomatik transmissiyaga ega (gidrotransformatorli)

avtomobillardan tashqari xammasida muqim tutashgan ilashish muftasi ishlatiladi.

Bu tur ilashmalarda yetaklanuvchi va yetaklovchi qismlar avtomobilni joyidan

qo‘zg‘atilganda, uzatmadan uzatmaga o‘tganda va tormozlanish jarayonidagina

ajratiladi. Muhim tutashmagan ilashmalarda esa dvigatel tirsakli valining kichik

burchak tezligida yetaklanuvchi va yetaklovchi qismlari ajralgan bo‘lib, tezlik

ortganda avtomatik ravishda qo‘shiladi . Yetaklanuvchi va yetaklovchi disklarni

prujina yordamida siqish usuli eng ko‘p tarqalgan. Siquvchi prujinalar doira

bo‘ylab bir yoki ikki qator joylashishi mumkin. Bular asosan yuk avtomobillarida

kuzatiladi. Bundan tashqari silindrik, konussimon, diafragmasimon prujina ilashma

o‘qi bo‘ylab joylashishi xam mumkin. Yarim markazdan qochirma turida esa

siquvchi kuch prujina va yuklagichlarni markazdan qochirma kuchlaridan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025

424

iboratdir. Markazdan qochirma va yarim markazdan qochirma turlari hozirda

ishlatilmaydi.

Yetaklanuvchi va yetaklovchi qismlar orasidagi bog‘lanish turiga qarab

ilashish muftalari friksion, gidravlik, elektromagnitli bo‘lishi mumkin. Friksion

ilashmada moment ikkita diskning bir-biriga ishqalanish hisobiga uzatiladi.

Bu ilashma gidromufta bo‘lib, bir diskli ilashish muftasi bilan birgalikda

ishlatiladi. Ilashish muftalarining ishqalanuvchi qismlari diskli, konusli, maxsus

bo‘lishi mumkin. Bugun nafaqat diskli ilashmalar ishlatiladi. Ishqalanuvchi disklar

quruqda va moyda ilashishi mumkin. Turli ilashish muftalarining sxemalari

Disklarning soni bo‘yicha bir, ikki, ko‘p diskli bo‘lishi mumkin. Bir diskli ilashma

yengil avtomobillarda, kichik va o‘rta vazndagi yuk avtomobillarda, ikki disklisi

esa katta vazndagi yuk tashuvchi avtomobillarda ishlatiladi.

Ilashish muftasi yuritmasining turi bo‘yicha mexanik, gidromexanik,

pnevmatik, elektrik, o‘zarouyg‘un bo‘lishi mumkin. Yengil avtomobillarda

mexanik va gidravlik turlari qo‘llaniladi. Katta vazndagi yuk avtomobillarida

o‘zaro-uyg‘un,

mexanikpnevmo

kuchaytirgichli,

gidravlik-pnevmo

kuchaytirgichlisi esa o‘ta og‘ir turidagi avtomobillarda ishlatiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES)

1. E.Fayzullaev va boshqalar, “Transport vositasining tuzilishi va nazariyasi”,

Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2006 yil, 375 bet.

2. O.Xamraqulov, X.Xamraqulov, “Avtomobil detallari ishlash qobiliyatini

qayta tiklash”, O‘quv qo‘llanmasi, Jizzax, 2007 yil, 152 bet.

3. Ismoiljon o‘g‘li S. A. et al. DVIGATEL KONSTRUKTSIYASI VA

ISHCHI JARAYONLARINI BOSHQARISHNI MUKAMMALLASHTIRISH

//Scientific Impulse. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 536-542.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)