Авторы

  • Kazakboyeva Parvina Alisher qizi
  • I. B. Xudoynazarov

Биографии авторов

  • Kazakboyeva Parvina Alisher qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

    Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti 3-kurs talabasi

  • I. B. Xudoynazarov

    Ilmiy rahbar: Katta oʻqituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99719

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Anushtagin saljuqiylar Malikshoh Qutbiddin Muhammad Takash Alouddin Muhammad Jaloliddin siyosat madaniy hayot. Key words: Anushtagin Seljuks Malikshah Qutbuddin Muhammad Alauddin Muhammad Jalaluddin politics cultural life.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqola anushtaginiy Xorazmshohlar davlati va uning yuksalishi to‘g‘risida bo‘lib, davlatning qanday tashkil topishi, uning hukmdorlari xususida, shuningdek, davlatdagi madaniy hayot, ilm-fan yuksalishi to‘g‘risida ham so‘z boradi.

Annotation: This article is about the Khorezmshah state and its rise, how the state was formed, about its rulers, as well as the rise of cultural life and science in the state.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

62

ANUSHTAGINIY XORAZMSHOHLAR DAVLATI VA UNING

YUKSALISHI

Kazakboyeva Parvina Alisher qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Katta oʻqituvchi I. B. Xudoynazarov

Annotatsiya: Ushbu maqola anushtaginiy Xorazmshohlar davlati va uning

yuksalishi to‘g‘risida bo‘lib, davlatning qanday tashkil topishi, uning hukmdorlari

xususida, shuningdek, davlatdagi madaniy hayot, ilm-fan yuksalishi to‘g‘risida

ham so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Anushtagin, saljuqiylar, Malikshoh, Qutbiddin Muhammad,

Takash, Alouddin Muhammad, Jaloliddin, siyosat, madaniy hayot.

THE STATE OF ANUSHTAGINI KHORAZMSHAH AND ITS RISE

Kazakboyeva Parvina Alisher qizi

Tashkent state university of oriental studies

3-course of student faculty of eastern civilization and philosophy

Annotation: This article is about the Khorezmshah state and its rise, how

the state was formed, about its rulers, as well as the rise of cultural life and science

in the state.

Key words: Anushtagin, Seljuks, Malikshah, Qutbuddin Muhammad,

Takash, Alauddin Muhammad, Jalaluddin, politics, cultural life.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

63

KIRISH:

Anushteginiylar - kelib chiqishi turkiy xalqlardan boʻlgan Anushtegin asos

solgan Xorazmni, Eronni va Kavkazorti davlatlarni boshqargan sulola (1097-

1231). Dastlab Saljuqiylar davlatiga qaram bir viloyat sifatida boʻlgan. Saljuqiylar

davlati hukmdori Malikshoh oʻz noiblaridan biri Anushteginni Xorazmga hokim

qilib tayinlaydi. Keyinchalik Saljuqiylar davlati zaiflashganidan soʻng Xorazm

mustaqillikni qoʻlga kiritadi. Davlatga 1077-yilda asos solingan va moʻgullar

bosqini tufayli oʻz mustaqilligini yoʻqotib, tarix sahnasidan oʻchirilgan.

Taxminlarga koʻra, sulola 2,3 milliondan 3,6 million kvadrat kilometrgacha

boʻlgan maydonni egallagan

1

.

ASOSIY QISM:

Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin yoshligida tarixiy

manbalarga ko‘ra Gurjistonda yashagan turk quli edi. Tarixchilar Rashididdin va

hofizi Abru uning o‘g‘uz turklarining Bekdili urug‘idan deb yozadi. Anushtaginni

yoshligida isfahsolor Izziddin Onar Bilgitagin sotib oladi va u saljuq sulton

Malikshoh I (1072-1092) ning saroy a’yonlardan biri, sulton hovuzlari va

hammomlari ashyolarining xazinachisi – tashtadorlik mansabida edi. Ko‘p o‘tmay

Anushtagin sultonning yaqin kishisiga aylanadi va u Xorazm mutassarif

(sarflovchi) mansabiga tayinlanib, unga Xorazm shixnasi (raisi,qal’a boshlog‘i)

unvonini beradi

2

. Lekin u Xorazmda hokimiyat ishlariga aralasha olmas edi. Sulton

Bayquyruq (1094-1104) zamonida saljuqiy saltanatining sharqiy viloyatlari

Xuroson amiri Dodbek Xabashiy ibn Oltintosh qo‘l ostida bo‘lgan va u

Saljuqiylarning o‘zaro nizolaridan foydalanib, 1097-yilda saljuqiylardan ajralib

chiqib mustaqil bo‘ladi. Xuddi shu yili Anushtagin vafot etadi. Xuroson hukmdori

Dodhohbek Xabashiy mansabidan chetlashtirilgan ibn Quchqor o‘rniga

1

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anushteginiylar

2

Bunyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231).

Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti. 1998. 61

-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

64

Anushtaginning o‘g‘li Qutbiddin Muhammadni Xorazm vorisi qilib tayinlaydi.

Anushtagin Xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida mana shu Xorazmshoh

Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi

3

. Milodiy 1100-yilda saljuq sultoni Barqirug

va ukasi Sanjar Xuroson amiri Dodbek Xabashiy isyonini bostirdi va Xurosonni

qo‘lga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabiga

tayinlaydi. Qutbiddin Muhammad otasi Anushtagin davrida Xuroson poytaxti

Marvda yaxshi ma’rifat olgan, adab va din ilmlarini o‘rgangan edi. Qutbiddin

Muhammad Xorazmda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kuch-g‘ayrat sarfladi.

Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad 30 yil davomida Xorazmda hukmronlik surdi.

U vafotigacha (1127) sulton Sanjarga sodiq fuqoroligini izhor etib, sulton

xazinasiga xiroj, o‘lponlarni o‘z vaqtida to‘lab turdi. U vafot etgach, uning o‘g‘li

Otsiz taxtga o‘tiradi va u ham otasiga o‘xshab Marvda ta’lim olgan edi. U Xorazm

aholisiga g‘amxo‘r, adolatli podsholik qildi. Bir manbada aytilishicha, fuqarolar

Xorazmshoh Otsizni yaxshi ko‘rar, uning zamonida fuqarolar xavf-xatardan

mutlaqo holi, tinchlik va osoyishtalikda, adolatli yashagan. 1193-yil

Xorazmshohlar davlatining asta-sekin yuksalish va kuchayishining davri bo‘ldi.

Musulmon olami Sharqida murakkab siyosiy vaziyatlarda davlatning

mustahkamlanishiga ma’muriy boshqaruv va qo‘shinni aniq tashkil qilish yo‘li

bilan erishilgan. Ko‘p o‘tmay bu davlat O‘rta Osiyo va Eron davlatlari orasida eng

qudratli davlatga aylandi

4

.

Xorazmshohlar davlatida markaziy davlat idorasining rahbari eng yuqori

martabali mansabdor bo‘lib, u vazir deb atalar edi. Vazir davlat rahbarining birinchi

maslahatchisi bo‘lib u faqatgina hukmdorga bo‘ysunar edi. U shoh nomidan tashqi

aloqalar, boysundirlgan yerlarda munozaralarda shoh nomidan qatnashar

shuningdek, barcha davlat amaldorlari, beklar, harbiy boshliqlar ham unga

bo‘ysunar edi. Vazirlarga sadr, dastur, xo‘jayi buzruk nomli unvonlar berilgan.

3

Murtazoyeva H.A. Odilov A. A, Ermetov A. O‘zbekiston tarixi. –

Toshkent. Donishmand ziyo. 2020. 235-b.

4

Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. Sharq nashriyoti.

Toshkent. 1999. 140-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

65

Vazir lavozimidagi kishi o‘zining siyohdon (dovot) va ma’lum xil movutdan

o‘ralgan salla bilan ajralib turardi. Xorazmshohlar saltanatida vazir lavozimi

dastlab sulton Otsiz hukumatida paydo bo‘lgan.

Maʼmuriy jihatdan bu davlat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va

qishloqlarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshqaruvining

ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori,

hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganjda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma

— devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq

ishlari, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar va boshqa

davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shugʻullanadigan mahkamalar boʻlgan.

Saroyning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik lavozimi boʻlib, u xoʻjayibuzruk

(bosh xoʻja) unvoniga ega boʻlgan. U devonxona ishlariga javob bergan, katta safar

paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan. Maʼmuniylar davrida

Xorazmshohlar davlatida ilm-fan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Maʼmun

akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat kilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar

oʻzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining

mavqeini oʻz davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga koʻtardilar. Biroq bu

madaniy yuksalish uzoq davom etmadi. 1017-yilda Xorazm Mahmud Gʻaznaviy

tomonidan zabt etildi. Shu bilan maʼmuniylar sulolasiga chek qoʻyildi. Mahmud

Gʻaznaviy oʻz sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi.

Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan

5

.

Xorazmni 1040-yildan Saljuq sultonlari tomonidan tayinlangan hokimlar

boshqargan. Ana shunday turk hokimlaridan biri anushteginiylar sulolasi asoschisi

Anushtegin Garchoi (1077-1097) edi. 1097-yilda Anushtegin vafotidan keyin

Xuroson noibi Dodbek Habashiy uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097-1127)

ni Xorazm noibi qilib tayinlab, unga xorazmshoh unvonini beradi. Qutbiddin

5

G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi. –

Toshkent. Fan. 1976. 121-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

66

Muhammadning adolatli va sadoqatli xizmati evaziga Sulton Sanjar uning oʻgʻli

Otsiz (1127-1156) ni Xorazm taxtiga tayinlaydi. Dastlab, Sulton Sanjarga sadoqat

bilan xizmat qilgan Otsiz 1130-yillar oxirlarida Movarounnahrdagi siyosiy

vaziyatdan foydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, u

bilan tinimsiz urush olib boradi. Otsiz vafotidan keyin taxtga oʻtirgan El Arslon

(1156-1172) mahalliy hokimlar va qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. Uning

vorislari Sultonshoh Muhammad (1172) va Alouddin Takash (1172-1200)

hokimiyat uchun 1193-yilga qadar oʻzaro kurash olib bordilar. Takash oʻz vorisi

Muhammad Xorazmshohga (1200-1220) markazlashgan mustahkam davlat va

tashkiliy jihatdan qudratli qoʻshinni meros qoldirgan boʻlsa, uning oʻz soʻzlari

bilan aytganda, oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi (1220-1231) ga parokanda saltanatni

meros qilib qoldirdi. 1231-yilda Jaloliddin Manguberdi vafoti bilan xorazmshoh

unvoni hamda saltanatni boshqargan sulolalar ham yakun topadi. Sulton

Shohruxning Xorazmdagi noibi amir Shohmalik (1413-1426) umrining oxirigacha

Xorazmshoh unvonini oʻzida saqlagan

6

.

Xorazmshohlar davlatida ayniqsa, sulton Takash va Alouddin Muhammad

davrlarida madaniy hayot ravnaq topgan. Ayniqsa, qasidago‘y va dostonchi

shoirlar ijodi gullab-yashnagan. Xorazm she’riyat maktabining deyarli barcha

vakillari saroy shoirlari bo‘lgan. Shulardan ko‘zga ko‘ringan shoir va olim

Rashiddin Muhammad al-Umariy (1115-1182) edi. U past bo‘yli, kalbosh,

ko‘rimsiz bo‘lganligi sababli Vatvot—jajji qush laqabini ilgan edi. Rashiddin

Vatvot o‘zining she’riyat haqidagi “she’r san’atining sehrli bog‘lari” kitobini

sulton Otsizga bag‘ishlangan edi. Vatvotning “Rassoiil” (“Nomlar”) to’plami juda

qimmatli. U ikki qismdan iborat:

1.Xalifalar, hukmdorlar, vazirlar, muftilarga bitilgan nomlar.

6

Oydin T. Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri.

Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at

nashriyoti. 1999. 12-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

67

2.Ulamolar, shayxlar, mashhur kishilar, shoirlar, do‘stlar va boshqalarga

bitilgan maktublar edi. Bu esa o‘sha davrning ijtimoiy siyosiy davrini o‘rganishda

muhim manba hisoblanadi. Yana Xorazmning o‘sha zamondagi mashhur shoir va

adiblaridan Faxul-mashiyix Abulqosim, Mahmud ibn Ahmad Samarqandiy, ibn

Rustam Xorazimiy va boshqa bir qancha shoirlar ijod qilgan

7

.

O‘zbek davlatchilgi taraqqiyotida muxim o‘rin egallagan Xorazmshohlar

davlati bo‘yicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi olimlar tomonidan

tadqiqot olib borilgan. Jumladan, Xorazmshohlarning yuksalishi va bu davlatning

keyingi taqdiri V.V.Bartoldning «Turiston Mo‘g‘ul istilochilari davrida»,

S.P.Tolstovning «Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab» ilmiy tadqiqotlarida, atoqli

adib V.Yanning «Chingizxon» tarixiy romanidan Xorazmshohlar davlatining

taqdiri haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkindir. Bu mavzuga aloqador xorijiy

mualliflarning tadqiqotlaridan misol keltirsak, Ibroxim Kafas o‘g‘lining 1956-yilda

Anqarada bosilgan «Xorazmshohlar davlati tarixi» da bu davlatning siyosiy va

harbiy tarixi ancha mufassal yoritiladi. 1978-yilda Bog‘dod dorilfununi mudarrisi

Nofi’a Tavfik al Ubudning magistrlik-nomzodlik dissertasiyasida Xorazm davlati

tarixi tadqiq qilingan. Erdugon Merchilining asarida ham Xorazmshohlar sulolasi

haqida bayon qilingan.

Shuningdek, Abul – Muayyid Muvaffaq ibn Ahmad al-Makkiy shoir va adib,

Abu Mador ad-Dabbiy Xorazmiy, Malik Nusratiddin Hamza ibn Muhammad ibn

Umar ibn Hamza an-Nasaviy - Niso shahri hokimi, shoir, bashoratchi, Sirojiddin

Ya’qub Sakkokiy - falakshunos, shoir, ilm- fanning barcha sohalarida asarlar

yozgan, Abdul-Karim ibn Muhammad ibn Mansur Abu Sa’id ibn Abul - Muzaffar

al-Marvoziy as-Sam’oniy (vaf.1167) - Marvning mashhur ulamosi, adib va

tarixchi, Shamsiddin Muhammad ibn Qays ar-Roziy - adib va olim, Zahiriddin

7

Bunyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231).

Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va

san’at nashriyoti. 1998. 138

-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

68

Muhammad ibn Umar ibn Muhammad Buxoriy-Nujobodiy - ilohiyotchi olim, Taho

ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn Ishoq shayx yoki Faqihul-a’lam imom Zayniddin Abu

Bakr al-Buxoriy (vaf.1252) faqih va adabiyotchi olim, Qosim Abu Muhammad

Buxoriy (1160 yilda tug’ilgan), Majiddin Nasaviy - olim va shoir, Shihobiddin

Nasaviy - shoir, tarixchi, davlat arbobi. Xorazmshoh sulton Jaloliddin devonida

munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi paytlarda elchilik ham qilgan,

Muhammad ibn Najib Bakron – jug‘rofiyun olim va boshqa olimu shoirlar

xorazmshohlar davrida ijod qilganlar

8

.

XULOSA:

Anushtagin Xorazmshohlar davlati O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan eng

yirik markazlashgan davlatlardan biri bo‘lgan. Bu davlatning qudrati faqatgina

O‘rta Osiyoda emas, balki butun O‘rta Sharqda mashhur bo‘lgan. Bu davda

Xorazmda yirik shaharlar gullab-yashnadi. Ilm-fan rivojlanib, yirik olimlar-u,

shoirlar ijod qildi. Afsuski, mo‘g‘ullar bosqini vaqtida bu shaharlar vayronaga

aylanib qoldi. Ammo, yirik va qudratli bo‘lgan Xorazmshohlar davlati hali uzoq

vaqt avlodlar xotirasida qolajak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bunyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). –

Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1998. 61-b.

2.

Jabborov I. Buyuk Xorazmshohlar davlati. Sharq nashriyoti. – Toshkent.

1999. 140-b.

3.

Murtazoyeva H.A. Odilov A. A, Ermetov A. O‘zbekiston tarixi. –

Toshkent. Donishmand ziyo. 2020. 235-b.

8

Tolstov S.P. Xorazm madaniyatini izlab.

Moskva. Nauka. 1948. 218-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025

69

4.

Oydin T. Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri. – Toshkent. G‘afur

G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. 12-b.

5.

G‘ulomov Ya. Xorazmning sug‘orilish tarixi. – Toshkent. Fan. 1976. 121-

b.

6.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Anushteginiylar

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)