https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
55
SOMONIYLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT
Kazakboyeva Parvina Alisher qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: I. B. Xudoynazarov
Annotatsiya: Ushbu maqolada IX-X asrlarda Movarounnahrda Somoniylar
hukmronlik qilgan davrda madaniy hayotning rivoji xususida so‘z boradi.
Shuningdek, bu davrda ijod qilgan olimlar hayoti va faoliyati, ilm-fan, islom
dinining keng rivoj topishi, xususan me’morchilik to‘g‘risida ham to‘xtalib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Somoniylar, Movarounnahr, shaharlar, Bag‘dod, Damashq,
Bayt ul-hikma, forsiyti, arab tili, Islom dini, me’morchilik.
CULTURAL LIFE IN THE SOMONIAN STATE
Kazakboyeva Parvina Alisher qizi
Tashkent state university of oriental studies
Faculty of East civilization and philosophy
Ilmiy rahbar: I. B. Xudoynazarov
Abstract: This article deals with the development of cultural life during the
reign of the Somanites in Movarounnahr in the 9th-10th centuries. Also, the life
and work of the scientists who created during this period, the wide development of
science, Islam religion, especially architecture, were also discussed.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
56
Key words: Samanids, Mowarounnahr, cities, Baghdad, Damascus, Bayt ul-
hikma, Persian language, Arabic language, Islamic religion, architecture.
KIRISH:
Somoniylar davlati (875-999) — Movarounnahr va Xurosondagi oʻrta asr
davlati. Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda
Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi
bilan bogʻliq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va
Sharqiy Eronni oʻz ichiga olgan. Bu davlatda madaniy hayot ham gurkirab
rivojlanib, o‘z davrining cho‘qqisiga erishgan.
ASOSIY QISM:
Somoniylar hukmronligi davrida IX—XI asr boshlaridan Movarounnahr va
Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u
bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining
madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir etdi.
IX-X asrlarda ayniqsa Buxoro shahri madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda
— amir saroyida turli sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina
kutubona barpo etiladi. Somoniy amirlarning aksariyati adabiyot, she'riyat, ilm-fan,
san'at va me'morchilikka homiylik kiladilar.
Bu davrda Buxoroda ayniqsa she'riyat ravnaq topadi. Uning rivojiga fors
klassik poeziyasining buyuk vakillari Abu Abdulloh Ja'far Rudakiy, Abu Mansur
Daqiqiy, Abulhasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar g‘oyatda katta hissa qo‘
shadilar.
Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan.
Yoshlik chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan. She'r yozib, kuy
bastalagan va hofizlik kilgan. Xalqo‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Ahmad
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
57
(914-943) tomonidan sozanda va shoir sifatida Buxoroga chaqirtirilib olingan.
Rudakiy «Kalila va Dimna», «Sind-badnoma», «Arois un-nafois» va «Davroni
oftob» asarlarini yozgan. U she'riyatda ayniqsa qasida bitishning mohir ustasi
bo‘lgan. Uning «Jo‘yi Muliyon», «Mayning onasi» va «Qarilik» kabi qasidalari
xalq o‘rtasida g‘oyat shuhrat top-gan. Rudakiyning ulkan she'riy merosidan hozirgi
vaqtgacha saqlanib qolgan ozgina qismi ham (2 ming misraga yaqin) shoirning zo‘r
va yorqin iste'dodidan, poetik tilining ta'sirchanligidan, obrazlarining teranligidan
dalolat beradi. Rudakiy o‘z she'rlarida ona- Vatanni, uning tabiati va aholisini,
insoniy his-tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoir haqsizlik va adolatsizlikka dadil
qarshi chiqadi, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartibsizliklarni ayamay fosh etadi.
Umr bo‘yi ta'qib etilgan, oxiri Buxorodan quvilgan Rudakiy 941-yilda ona
qishlog‘ida vafot etadi
Asli Xorazm va So‘g‘d tilida soʻzlashgan Farg‘ona, Samarqand va Buxoro
somoniylar davrida til jihatidan forsiylasha boshladi. Samarqand va davlatning
boshqa shaharlarida ishlab chiqarilgan sopol buyumlarga yozuvlar bitilgan arab
tili somoniylar uchun katta ahamiyatga ega edi.
Somoniylar davlati aholisining ayrim guruhlari turkiyzabon edi. Xorazmlik
etnograf olim Beruniy (973-1048) o‘z asarlarida Xorazmning turkiy aholisi
qo‘llagan turkiy oylar va turkiy dorivor o‘tlarning nomlarini ko‘rsatadi. Beruniy
oʻzining 1000-yillarda Xorazmda yozgan „Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar“ asarida yillarning turkiy nomlarini hayvoniy davrga koʻra bergan
boʻlib, ular Xorazmning turkiy aholisi ishlatgan: sichqon, ot, barlar, jerboa, lui,
ilon, yunt, kuy, pichin, tagigu, Tunguz. Beruniyning „Hindiston“ asarida Toshkent
vohasining turkiy nomi mustahkamlangan. Beruniyning yozishicha, Shosh shahri
1
Ma’naviyat yulduzlari.
–
Toshkent. Sharq nashriyoti. 2001. 28-b.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
58
nomi turkiy tildan kelib chiqqan bo‘lib, unda Tosh-kand, yaʼni tosh shahar deb
ataladi.
Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi
edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-
hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta
kutubxona hamda Bog‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib
boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar
tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan
merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar.
Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat korsatgan jahonga mashhur bu ilmiy
dargohning ko‘p sonli olim-u fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy,
Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va kopgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni
mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat korsatganlar.
Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur,
Xolid Marvarudiy, Ahmad Fargoniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Soguniy,
Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar
ilm-u fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va
huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar.
«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy 831-
yilda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan.
U ham o‘z «Zij» ini tuzadi, yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga
boshchilik qiladi.
Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn
Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar ortasida Habash al-Hosib («Hisobchi
habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan orta asr
2
Uvatov U. Donolardan saboqlar.
–
Toshkent. Abdulla Qodiriy nashriyot uyi. 1994. 21-b.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
59
astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-
Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini
kiritib, ularning jadvallarini keltirgan
Somoniylar
davlati,
xususan,
Movarounnahrning
ravnaqida Islom
dini ruhoniylarining hissasi katta boʻldi. Shu boisdan ularning obroʻyi oshib,
poytaxt Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi.
Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va
namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida Oʻrta Osiyodagi ilk
ilmgoh — madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda bino
qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat maʼnaviy hayotida „ustod“
deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom „shayx
ul-islom“ nomi bilan yanada ulug‘landi. Ustoddan keyin xatiblar turardi.
Somoniylar masjid, madrasa va xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning
sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi,
shubhasiz, Oʻrta Osiyo aholisining mustaqil xalq boʻlib shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etdi.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va
mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham
xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil al-Buxoriy va uning zamondoshi va
shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al-Buxoriyning
toliq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. U 810-yilda
Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq
hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va
ta’fsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa
o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini
saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar
3
Негматов Н. Государство Саманидов. –
Душанб. Дониш
. 1997. 167-
б
.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
60
islom dunyosida Qur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom
dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p
sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson
ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmat-u
izzat,
muruvvat-u himmat, halollig-u mehnatsevarlik, saxiyliK-u ochiqko‘ngillik hamda
o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan
. Uning atrofiga
ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri
Imom at-Termiziy edi.
Imom at-Termiziy 824-yilda Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda
joylashgan Bug qishlogida dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis
olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok
az-Zarir at-Termiziy al-Bugiydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda
mashhur muhaddislar asarlarini organib, islom dunyosining turli shahar va
mamlakatlariga safar qilib, Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari
bilan muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as-
Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at-Shamoil
an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham
Movarounnahr olimlari ulkan hissa qo‘shdilar. Bu davrning islom
nazariyachilaridan biri Hakim Ter-miziy edi. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-Hakim at-Termiziydir. U 820 yidda
Termiz shahrida dunyoga keladi. Umr bo‘yi ilm bilan shug‘ullanib, tasavvufni
targ‘ib qiladi. 80 dan ortiq muhim asarlar yozadi: «Kitob an-nahi» («Yo‘riqnoma
4
Muhammadjonov A.R. O‘zbekiston tarixi.
–
Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.
2004. 138-b.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-2_ Февраль-2025
61
kitobi»), «Kitob al-Furuh» («Allohdan qo‘rquvchilar haqida kitob») shular
jumlasidandir. Ayniqsa, uning «Ilal ash-Shariat va hatm ul-avliyotun» nomli kitobi
islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd etiladigan asardir. Asarlari va
ularda berilgan teran fikr-mulohazalar, g‘oyalar bilan at-Termiziy oz zamonining
ma'naviy hayotiga katta hissa qoshadi. Shu boisdan zamondoshlari uni «Al-hakim»
degan nom bilan ulug‘lashgan
Bu davr O‘rta Osiyoda me’morchilik san’ati ham gurkirab rivojlandi.
Buxoroda Dehgaron, Masjidi kalon, Namozgoh, Maqoki Attoriy masjidlari,
Surxondaryodagi Jarqo‘ton minorasi, Ko‘hna Urganchda Faxriddin Roziy
maqbarasi, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi, Talxojanbobo masjidi va boshqa
yodgorliklar me’morchilik san’atining yorqin namunalari hisoblanadi.
XULOSA:
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qilgan Somoniylar
davlatida madaniyat yuqori darajada rivojlandi. Bu davrda nafaqat davlatning o‘zi
balki, unda ijod qilgan olimlar-u, shoirlar ham butun Sharq olamida dong‘i ketgan
edi. Movarounnahr shaharlari gullab yashnadi. Ilm-fan, din sohasi ham yuksalib,
tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bunga somoniylar sulolasining hissasi katta, zero,
davlatdagi tinchlik osoyishtalik, yaxshi shart sharoit rivojlanish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Axmedova B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent. O‘qituvchi. 1994. 46-b.
2.
Ma’naviyat yulduzlari. – Toshkent. Sharq nashriyoti. 2001. 28-b.
3.
Muhammadjonov A.R. O‘zbekiston tarixi. – Toshkent. G‘afur G‘ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 2004. 138-b.
4.
Uvatov U. Donolardan saboqlar. – Toshkent. Abdulla Qodiriy nashriyot uyi.
1994. 21-b.
5.
Негматов Н. Государство Саманидов. – Душанб. Дониш. 1997. 167-б.
5
Axmedova B. Tarixdan saboqlar.
–
Toshkent. O‘qituvchi. 1994. 46
-b.