https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
219
G‘ARBIY RIM IMPERIYASINI QULASHI
Karimova Feruza Avazovna
Andijon davlat texnika instituti akademik litseyi tarix va huquqshunoslik fani
o'qituvchisi.
Annotatsiya: Maqolada g’arbiy Rim imperasi yerlarini German qabilalari
tomonidan bosib olinishi, g’arbiy Rim imperasining qulashi va qadimgi Rim
madaniyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: G’arbiy Rim imperasi, German qabilalari, Rim madaniyati,
imperator hokimiyati , imperator Feodosiy II.
G’arbiy Rim imperasi yerlarini German qabilalari tomonidan bosib olinishi:
Rim imperiyasini to’la ikkiga bo’linishi asosida O’rtayer dengizining ikki
hududini romanlashgan G’arb va Ellin sharqini tarixiy taraqqiyotini o‘ziga xos
xususiyatlari bilan belgilanar edi. G'arbiy provinsiyalarda shaharlar, tovar
ishlab chiqarish savdo- hunarmandchilik tushkunlikka yuz tutdi. Aholini
xonavayron bo‘lishi, umumiy iqtisodiy turg‘unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat
zaiflashib magnatlar kuchaydi, aholini varvarlashuvi, harbiy qo'shinlarni
buzilishi yuz berdi. Aksincha sharqda kuchli imperator hokimiyati mavjud
bo‘lib provinsiyalar kamroq talandi, shaharlar, savdo-hunarmandchilik
rivojlandi. Qo‘zg’olon ko‘tarilgan vestgot federatlari, Alarix boshchiligida
395—396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladilar. O’zi varvar boigan
rimlik sarkarda Stilixon Yunonistonning janubida Alarix qo‘shinlarini tor-mor
qildi. Sharqiy imperiya Alarix bilan shartnoma tuzdi. Alarix 401-yilda Italiyaga
yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 2 marta tor-mor qildi va Italiyadan haydab
chiqardi. Rimga so‘ngi marta triumf vestgotlar ustidan g'alaba sharafiga
o‘tkazildi. Baribair rimliklar vestgotlarni Illiriyada yashashlariga ruxsat berishga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
220
majbur bo‘ldilar. Italiya 405-yilda Konung Radagays boshchiligidagi germanlar
bosqiniga uchradi. Florensiya yaqinida Stilixon Radagays hujumini qaytardi.
Shu bilan birga himoyasiz qolgan g‘arbiy provinsiyalar, german qabilalari
tomonidan bosib olindi. Stilixon Olarixni Rim bilan ittifoq tuzishga
ko‘ndirishga urindi, ammo tuhmatga uchrab, xoinlikda ayblanib qatl qilindi.
Stilixon o‘limini eshitgan Alarix Rimga yurish qilib, uni qamal qildi. Alarix 5
ming funt oltin, 30 ming funt kumush miqdorida tovon olib qaytib ketdi.
Shundan so‘ng Alarix Rimni yana bir necha bor qamal qildi. 410-yil avgust
oyida qullar shahar darvozasini ochib berdilar va varvarlar shaharni talon-taroj
qilib, Alarix boshchiligidagi qo‘shin janubga yurish qildilar. Yo‘lda kasallangan
Alarix 40 yoshida vafot etdi.Vestgotlar bir necha yildan keyin (419-yil)
Akvitaniyada o‘z qirolliklarini tuzdilar.Stilixon o‘limidan keyin Rimni himoya
qiladigan birorta sarkarda qolmadi. 407-yilda rimliklar Britaniyadan chiqib
ketishga majbur boidilar. Janubiy-sharqiy Galliyada birgund qabilalari
Ispaniyaning shimoli g'arbida svevlar o‘rnashib olgan Afrikada poytaxti
Karfagen bo‘lgan vendal qirolligi tashkil topdi
G’arbiy Rim imperasining qulashi:
Pannoniyada kelib chiqishi Markaziy Osiyo choMlaridan bo‘lgan xunnlar
o‘mashib Rimga katta xavf soldilar. Atilla (434— 453-yillar) g‘ayratli sarkarda
edi. U xunnlar va boshqa qabilalami birlashtirib, Markaziy Yevropada
ko'chmanchilarni kuchli davlatini tuzdi. Xunnlar Bolqonga va g‘arbiy
provinsiyalarga yurish qildilar. Ular 450-yil boshida Galliyaga bostirib kirdilar.
Xunnlarga qarshi rimlik sarkarda Flaviy Aetsiy frank, alan, burgund, vestgot
va boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal qiluvchi jang Ispaniya va Fransiya
chegarasidagi Katalun dalasida 451-yil iyunida bo‘lib o‘tdi. Got tarixchisi
Iordanning ma’lumotiga ko‘ra, bu jangda har ikkala tomondan 300 ming kishi
1
Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of
interaction’’. Oxford University Press. England I994.p.372-374.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
221
halok boMgan. Bu jangdan keyin Attila Reyn ortga chekindi, 452-yilda yana
shimoliy Italiyaga hujum qildi. Attila 453-yilda vafot etdi va uning davlati
tarqab ketdi. Varvar qabilalari va qirolliklari impertiya bilan hisoblashmay
qo‘ydilar. Biror bir imperator davlatni yemirilishini to‘xtata olmadi. Imperatorlar
Ravenna shahrini doimiy qarorgoh qildilar. Rim xristian cherkovi boshlig’i
Rara qarorgohi bo’lib qoldi. Afrikada o‘rnashib qolgan vandallar Ravenna
imperatorlarini zaifligidan foydalanib Sitsiliya, Sardiniya va Korsikaga bosqin
qilar edilar. Ular 455-yil Italiyaga yurish qilib Rim shahrini 14 kun davomida
talon-taroj qildilar. Olib keta olmagan buyumlarni vandallar yo‘q qildilar.
Nodir san’at asarlari, haykallar, saroylar o‘t ichida qolib, Galliya va Ispaniyani
mahalliy zodagonlari uzoqdagi ravenna imperatorlari bilan aloqa qilganidan
ko'ra, bosib olingan viloyatlaming amalda hokimlari varavar qirollari bilan
hamkorlik qilishni foydali deb hisobladilar. 375-yilda illiriyalik Orest o‘zini 14
yoshli o'g’lini imperator taxtiga o‘tkazib o‘zi hokimiyatni boshqardi. Songgi
imperator Rim shahrini va imperiyasini barpo qilganlar Romul afsonaviy
avgustul ismlariga bog’lab balog‘atga yetmagani uchun Avgust emas, Avgustul
deb atalar edi. O’smir imperatorni rimliklar mazaxaramuz avgustcha deyishar
edi. 476-yilda germanlarning skir qabilasidan bolgan imperator gvardiyasi
qo‘mondoni Odoakr Rimda hokimiyatini bosib oldi. Orest oldirildi. Romul
Avgustul 476-yil 23-avgustda taxtdan tushirilib, Neapol yaqinidagi Lukull
villasiga surgun qilindi va shu yil shu yerda vafot etdi. Odoakr g‘arbiy Rim
imperiyasi imperatori unvoni tugatilgani to'g‘risida senatni rasmiy qarorini
olishga erishdi. Imperatorlik ramzlari Konstantinopolga yuborildi. Bu rasman
Sharqdagi imperator hokimiyati ostida Rim imperiyasining yaxlitligi
tiklanganligini bildirar edi. Antik dunyo tarixining oxirgi sahifalari imperator
Yustinian nomi bilan bog’liq. U VI asr o‘rtalarida Rim huquqini kodifikatsiya
qildi. Yustinian kodeksi qadimgi Rimda huquqning uzoq yillardagi
taraqqiyotini tugallangan holda o‘zida aks ettirdi. Shu bilan bir aktda Yustinian
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
222
tomonidan antik tafakkur markazi bo’lgan Afinadagi Platon Akademiyasini
tantanali yopilishi yangi davrning antik davr bilan ramziy xayrlashuvi boidi.
Qadimgi Rim madaniyati.
Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta yutuqlaridan bo‘lib, asrdan-
asrga yuridik tafakkurning klassik namunasi bo’lgan. Rim huquqining
manbalari odatdagi huquq, senat qabul qiladigan qonunlar, magistratlarning
ediktlari va yuristlarning faoliyati tashkil qilar edi. Rim tarixida huquqiy
normalarni kodifikatsiya qilish natijasida XII qonunlar jadvalini yaratilishi bo‘ldi.
Er av 366-yilda xususiy kishilar o'rtasidagi huquqiy qarama- qarshiliklarni
tartibga solish uchun Rimda shahar pretori lavozimi joriy etildi. Pretorlarning
yuridik amaliyotidan fuqarolik protsessual huquqi paydo bo‘ldi. I—III asrlar Rim
huquqi tarixi davrida klassik davr hisoblanadi. Rim imperiyasida 212-yilgacha
huquq va sud amaliyotini ikki shakli kvirit (Rim) huquqi va xalqlar huquqi
mavjud edi. Bundan tashqari ba’zi provinsiyalarda mahalliy-huquqiy tizimlar
va Rim noiblarining ediktlari amal qilar edi. Imperator Adrian (abadiy edikt)ini
e’lon qilinishi imperiya hududida yagona huquqiy kenglikni yaratish yo'lidagi
muhim qadam bo‘ldi. II asrning ikkinchi yarmida Gay 4 jilddan iborat huquq
darsligi (institutsiyalar) to‘plamini tayyorladi. II asr oxiri III asrning boshlarida
mashhur huquqshunoslar Emiliy Papinian, Domitsiy Ul’pian va Yuliy Pavel
faoliyat ko'rsatdilar. 429—438-yillar imperator Feodosiy II buyrug'i bilan
«Feodosiy kodeksi nomida imperator qonunlari to‘plami tayyorlandi, 529- yilda
«Yustinian kodeksi», 533-yilda «Digetslar»-rim huquqshunoslarining
asarlaridan olingan ma’lumotlar to‘plami 50 jildda e’lon qilindi. Rim adabiyotini
shakllanishi va taraqqiyotida xalq og‘zaki ijodi va yunon adabiy an’analari
muhim o‘rin egalladi. Rim adabiyoti tarixi er avIll asr o‘rtalarida yunon
janrlarida taqlid qilish bilan boshlandi. Tarentlik ozod qo‘yilgan qul yunon
Liviay Adronik (er av 280—204-yillar) birinchi latin muallifi edi. U Gomeming
«Odisseya»sini lotin tiliga taijima qildi, yunon dramalarini erkin taijima qilish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
223
va badiiy qayta ishlash bilan shug‘ullandi. Liviy Andronikdan Rim badiiy
adabiyoti boshlanadi
. Uning zamondoshlari shoirlar Neviy va Enniylar edi.
Giney Neviy (er av 201-yilda vafot qilgan) Rim syujetlariga asoslangan birinchi
tradegiyalarni yaratdi, yunon mualliflari syujetlaridan o‘zlashtirib dramalar
yozdi. Neviy I puni urushi to‘g‘risida 7 jildda epik poema yozdi. Kvint Enniy
(er av 239—169-yillar) Rim tarixiga bag'ishlangan «Annalar» epik poemasini
18 jildda yozdi, bu shoirdan 1100 dan ortiq she’rlar meros qoldi.Tit Maktsisy
Plavt (er av 250— 184-yillar) birinchi Rim komediografi bo‘lib, uning 130
komediyasidan 2I tasi saqlanib qolgan. Ikkinchi buyuk rim komediografi Publiy
Terensiy Afrikalik (er. av. 185—159-yillar) bo‘lib, uning pyesalaridan 6 tasi
bizgacha yetib kelgan. Rimda tradegiya keng tarqalmadi. Rim tragiklari Mark
Pakui (er av 220—130-yillar) va Lutsiy Aksiy (er av 170—90-yillar) o‘z
tradegiyalarini yaratish uchun buyuk yunon dramaturglarining asarlaridan
foydalandilar. Rimda keng tarqalgan adabiy janr satira (she’r, masal, latifa va
dialoglar aralashmasi) edi. Vaqt o‘tishi bilan u bizga yaxshi tanish bo‘lgan
satiraga aylandi. Birinchi Rim satiriki Gay Lutsiliy (er av 180—102-yillar) 30
kitobdan iborat satiralar to‘plamini bunyod qildi. Latin prozasining ilk
namunalaridan biri Mark Portsiy Katon Kattaning (er av 234—249-yillar)
«Dehqonchilik to‘g‘risida» nomli asari edi. Uning 7 jildli Rimning qadimgi
davrlaridan II puni urushigacha boMgan tarixan yoritilgan kitobi, tibbiyot
bo'yicha traktatlari, notiqlik san’atiga bag'ishlangan asarlari, 150 nutqlari
saqlanib qolmagan. So‘ngi respublika davrining latin poeziyasi Tit Lukrletsiy
Kar (er av 95—51 -yillar) va Gay Valeriy Katull (er av 87—54-yillar) kabi taniqli
vakillari bilan mashhur. Lukretsiyga «Narsalami tabiati to‘g‘risida» nomli 6
jildli falsafiy poema tegishli. Katull mashhur Rim liriki bo‘lib, I16 she’rlaridan
iborat to'plam qoldirgan. Latin madaniyatining mashhur vakillalari Mark
2
Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of
interaction’’. Oxford University Press. England I994.p.380-382.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
224
Terentsiy Varron er av 116—27-yillar) va Mark Tulliy Sitseron (er. av. 106—
43-yillar) adabiyot sohasida muhim iz qoldirdilar. Varron 620 jildda 74 asar
muallifi bo'lgan ensiklopedist yozuvchi edi. Uning asosiy asarlari
«Qadiniyatlar» (41 jild) va latin tili to‘g‘risida (25 jild)gi kitobda edi. Sitseron
qadimda notiqlik san’atining nazariyotchisi va amaliyotchisi, davlat arbobi,
huquqshunos va advokat, faylasuf va fiolog tarjimon, adabiy tanqidchi,
san’atshunos edi. Uning 58 siyosiy va sud sohasidagi nutqlari, 12 ta falsafiy
to'plami, notiqlik san’ati bo‘yicha 7 traktati, 800 xatlari, ko'pgina nutqlari va
poetik asarlari mayjud boigan. Avgust davri latin poeziyasini «oltin asri»
hisoblanadi. Bu davrda buyuk shoirlar Pubiy Veigiliy Maron (er av 79—19-
yillar), Kvint Goratsiy Flakk (er av 65—8-yillar) Publiy Ovidiy Nazon (er av
49-eramizning 18-yillari) yashab ijod qildilar. Vergiliy dehqonlar mehnatiga
bag‘ishlab 14 jildli didaktik poema, 12 jildli «Eneyda» poemasini, «Bukolika»
she’riy to'plamini yaratdi. Goratsiy ijodini satira va munozara janrida boshladi
(Epodlar, 2 jildda satiralar). Keyin esa 4 jildli «Odalar»ni , «Maktublar»
kitobini, 5 jildli elegiyalarni parodiya didaktik janrida «Sevgi fani», «Sevgi
da’vosi» asarlarini 15 jildli «G‘amgin elegiyalar», 4 jildli «Pontdan maktublar»
asarlarini yozdi. Qobiliyatli link shoirlar Tibull (er av 50-eramizning 19- yillari)
va Sekst Propertsiy (er av 49—15-yillar). Tibul o‘zidan elegiyalarni ikki
to‘plamini, Propersiya bir to‘plamini qoldirdi. Oktavian Avgustni o‘zi proza va
she’riyatda ko‘p asarlar yozdi. Satirik janrda kichik Seneka (er av 4-eramizning
65-yillari) va Petroniy Arbitr mashhur edilar.. Petroniyning mashhur romani
«Satirikon» bo'lib, 20 bobidan 3 bobi qolgan. Persiy Flakk (34— 62-yillar),
Mark Valeriy Martsial (40— 102-yillar), Detsey Yuney Yuvenal (60—127-
yillar) hamda 120—190-yillarda yashagan Lukian satira janrida ajoyib asarlar
yaratdilar. Bizgacha bu davrning qimmatli yodgorliklari mashhur notiqlar Dion
Xrizotomning 78 nutqi, Eliy Aristidning 55 nutqi yetib kelgan. IV asr ritorika-
notiqlikning yangidan gullab-yashnagan davri bo‘ldi. Antik O’rtayer
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
225
dengizining notiqlik maktablaridi bo‘lg‘usi oliy amaldorlar va xristian
targ‘ibotchilari tarbiyalandi. Bu davrda Afinada Gimeriy, Konstantinopolda
Femistiy kabi mashhur ritorlar dars berdilar. Eng kuchli notiq va notiqlik san’ati
o‘qituvchisi Libaniy edi. U Antioxiyada imperatorlar, lashkarboshilar, oliy
amaldorlarga qarata u bu ijtimoiy dolzarb muammolar yuzasidan erkin nutqlar
bilan murojaat qilar edi. Libaniy «Kichik Demosfen» taxallusini oldi. U
imperator Yulianning ashaddiy muxlisi edi. Ko'pgina taniqli xristian
targ'ibotchilari, jumladan, Nazianlik Grigoriy va Ioann Zlatous uning
maktabidan chiqqan edilar. 0 ‘sha davrdagi Rim notiqlaridan IV asr oxirlarida
oliy davlat mansablarini egallagan Kvint avremiy Simmaxni aytish mumkin.
Sarguzasht romani janriga Apuliyning «Otlin eshak», «Afnis va Xloya»,
Geliodorning «Efiopika» asarlari mansubdir. Bu davrda dramatik janr to‘la
tushkunlikka uchradi. Undan faqat pantomima, atellan va mim shakllari qoldi.
Bizgacha yunon klassik obrazlariga taqlid qilib yozilgan Senekani 10
tragediyasi yetib kelgan. IV—V asrlarda poeziyada klassik namunada asarlar
yaratish an’anaga aylandi. Bu davrning eng mashhur mifologik eposiga
Panapolis ellinlashgan misrlik Nonning Dionis to‘g‘risidagi dostonini aytish
mumkin. Bu asar boy fantaziya, ifodali obrazlarga ega bo‘lib, epik tarzda
yozilgan. IV—V asrlarda latin shoirlari mifologiyadan tashqari tabiatni
tasvirlashga jiddiy e’tibor berdilar. Ana shunday latin shoirlaridan biri Detsim
Magin Avzoniy edi. U tajribali ritorik, yunon, lotin tillari va adabiyotining
bilag‘oni, salohiyatli shoir edi. So‘ng ikki mashhur Rim shoirlari iskandariyalik
Klavdiy Klavdian, kelib chiqishi Galliyadan Klavdiy Rutimiy Namatsian o‘z
she’rlarida Rimga murojaat qilib, uning buyuk o‘tmishi va g‘alabalarini
kuyladilar. Klavdian imperator Gonoriy saroyida yashab, hukmdorning
yaqinlaridan biri Stilixonga bag‘ishlab, «Stilixonga maqtov» va «Gotlar bilan
urush to‘g‘risida» poemasida Rimga buyuk kelajakni bashorat qildi.
Me’morchilik va haykaltaroshlik:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
226
Rim me’morchiligi va haykaltaroshligi yunon va etrusklarni kuchli ta’siri
ostida rivojlandi. Rimliklar etrusklardan qurilish texnikasini ba’zi usullarini
o‘zlashtirib oldilar. Er av 312-yilda Senzor Appiy Klavdiy Tseke davrida
rimliklar ilk bor tosh to‘shalgan Appiy yo‘lini qurdilar, odatda, rimliklar
yo‘llarni 5 qatlamli tuzilma bilan qurar edilar. o‘sha 312-yilda rimlik muhandis
Rimning suv ta’minotini yaxshilash uchun arkli suv quvurlari-akveduklar qura
boshladilar. Er avvalgi II asrda beton kashf qilindi. Binolar qurilishida g‘isht, tuf,
travertin va marmar ishlatila boshlandi. Rim qurilish san’atining ko‘p asrlik
tajribasi Mark Vitruviy Pollionning 10 jildlik «Arxitektura to‘g‘risida» (er avI
asrda) asarida umumlashtirildi. Bu vaqtda Rimda ko‘p qavatli uylar, ko'priklar,
termalar, zafar arklari qurildi. Er av 55-yilda Mars maydonida toshdan qurilgan
birinchi amfiteatr «pompeya» qurild. Respublika davrida rimning jamoatchilik
markazi forum boidi. Bu yerda davlat xazinasi va arxivi (Tabulyarir), notiqlar
minbari (rostra), kuriya (senat majlislari o‘rni), davlat qamoqxonasi (Tullianium)
binolari qurilgan edi. Ellin davrida Rim yunon haykallari va boshqa san’at
asarlari bilan bezatila boshlandi. Imperiya davrida forum, ibodatxona, bazilika,
portik, zafar arklari, memorial kollonlar va otliq haykallari bilan bezatildi.
Ulaming ichida hashamatli Trayan kolonnasi va forumi ajralib turadi. Rim va
boshqa shaharlarda termalar-basseyn, gimnastika zallari, park va kutubxonalari
bo'lgan hashamatli jamoa hammomlari ko'plab bunyod qilindi. Imperator
termalarida tasviriy san’at va haykaltaroshlikning eng yaxshi namunalari
qo‘yilar edi. Rimda eng katta va hashamatli termani imperator Karakalla
quigan edi. Uning maydoni 12 ga. bo‘lib, bir vaqtni o‘zida 1600 kishi
yuvinishi mumkin edi. Imperiyada jami uzunligi 80 ming km. bo‘lgan 372
yo‘l bor edi. Dengiz portlari, gavanlar yaxshi jihozlangan edi. Fortifikatsiya
inshootlari ham mustahkam bunyod qilinib, muntazam ta’mirlab turilar edi. Boy
rimliklarning hashamatli saroylari marmar kolonnalar, san’at asarlari, mozaika,
haykallar bilan bezatilgan va isitgichlarga ega edi. Kambag'al fuqarolar esa
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
227
ko'p qavatli hech qanday qulayliklarga.ega bo‘lmagan, rejasiz qurilgan uylarda
yashar edilar.
Rim san’atining eng katta yutuqlaridan biri haykal portret edi. Yunon
haykallari barkamol fuqaro obrazini yaratgan bo‘lsa, Rim haykali odamning
o‘zini aynan ko‘rinishida bunyod qilingan edi.Qadimgi odatga ko‘ra rimliklar
uylarida ajdodlarini mum niqoblarini saqlar edilar. Ilk davrda etrusklar bronza
haykallarni yaratdilar. Er avI asrdan boshlab bronzani o'rniga marmar ishlatila
boshlandi. Rim haykaltaroshligini so‘ngi respublika asarlaridan «Orator»,
«Togatus», «Brut» haykallari, Mariy, Pompey, Sitseron, Kichik Katon va
Sezarni byustlarini ko'rsatish mumkin. Bundan tashqari, ko'pgina imperator va
malikalami, amaidor, sarkarda, shoir va faylasuflami marmar byustlari saqlanib
qolgan
Ta’lim va fan:
Rimda ta’limning birinchi bosqichi maktab edi. Maktablar xususiy bo‘lib,
davlat ta’lim jarayoniga aralashmas edi. Maktabda ishi yurishmagan, kelib
chiqishi qorong‘i bo‘lgan kimsalar dars berar edi. Boshlang‘ich maktabda 7—
12 yoshli bolalar o‘qish- yozish, og‘zaki sanashga o'rgatilar, o‘qish faqat bir
semestrni tashkil etar edi. Keyingi o‘qish pullik edi. O’rta maktabda olimlar,
yozuvchi va adabiy tanqidchilar (ko‘pincha ozod qo‘yilgan qul- yunonlar)
grammatikani o‘qitar edilar. Antik davrda notiqlik maktablari ham mashhur
bo‘lib, 15—16 yoshli qobiliyatli o‘quvchilar notiqlik san’atini o‘zlashtirganlar.
Imperiya davrida siyosiy notiqlarda o‘rin qolmagani uchun notiqlik maktablari
faxrli va daromadli kasb bo‘lgan advokatlarni tayyorladilar. Rim imperiyasining
madaniy markazlari Rim, Iskandariya, Pergam, Rodos, Afina, Karfagen,
Massiliya edi. Bu shaharlarda kutubxonalar, teatrlar, maktablar mavjud edi.
Tabiiy fanlar rivojlanib qator ilmiy asarlar yaratildi. Vitruviyning 10 jildli
3
Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of
interaction’’. Oxford University Press. England I994.p.389-391.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
228
«Arxitektura to‘g‘risida»gi kitobi, I asrda Tsekts Yuliy Frontonning
«Akveduklar to‘g‘risida» injenerlik asari, Strabonning 17 jildli «Geografiya»si,
Pomponiy Melaning «Yer tuzilishi to‘g‘risida» nomli 3 jildli kitobi, Klavdiy
Ptolemeyning «Geografiya bo‘yicha yo'riqnoma» nomli 8 jildli asari,
Kvintilinning «Notiqni o‘qitish» 12 jildli notiqlik nazariyasi to‘plami,
Kolumellani astronomiya bo'yicha «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» nomli 12
jildli asarlari fan taraqqiyotining katta yutuqlari edi. I asr o'rtalarida Katta
Pliniy (24—79-yillar) o‘zining 37 jildli «Tabiatshunoslik» asarini yozdi. Bu
asar ensiklopedik mazmunda bo‘lib fizika, geografiya, botanika, zoologiya,
mineralogiya va boshqa fanlar bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Fiziolog KJavdiy
Galen (129— 199-yillar) akusher va pediatr Soran shuhrat qozondilar. Avl
Korneliy Tsels «Fanlar» asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot
to‘g‘risida turli ma’lumotlami jamladi.
Tarix:
Ilk imperiya davrida tarixiy asarlar va biografik janr keng rivojlandi, er
av 59-eramizning 17-yillari Pataviya shahrida yashagan notiq Tit Liviy latin
tilida «shaharga asos solinganidan» nomida Rim tarixini 142 jildda yaratdi.
Tit Liviy voqealar bayonini er av9-yiligacha olib bordi. Yangi era boshlarida
Pompey Trog «Jahon tarixi»ni 44 jildda latin tilida yozdi. Yana bir «Jahon
tarixi» yunon tilida Yahudiya podshosi Irod I ning maslahatchisi damashqlik
Nikolay tomonidan 144 jildda yozildi, asarda voqealar er avIV asrgacha
yoritilgan. Er av I asrda Komeliy Nepot «Mashhur kishilar to‘g‘risida» biografik
asarini yozdi. Er avI asr oxirida Galikarnaslik Dionisiy «Rim qadriyatlari» nomli
tarixiy asarini yozdi, bizgacha bu asardan faqat 9 tasi yetib kelgan. Italiya va
uning provinsiyalari tarixi va geografiyasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar
Strabonning «Geografiya» asarida (17 kitob) beriladi. Strabonning yana bir
asari «Tarixiy yozishmalar» bizgacha yetib kelmagan. Eramizning I asrida Velley
Paterkulning «Jahon tarixi» nomli 2 jildli kitobi, notiq Valeriy Maksimning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
229
«Mashhur ishlar va so‘zlar» nomli 9 kitobda tarixiy latifalaru, Kvint Kursiy
Rufning «Makedoniyalik Iskandar tarixi» 10 jildli kitobi yozildi. Imperatorlar
Vespasian va Titning klienti yahudiy Iosif Flaviyning 7 jildli «Yahudiya urushi
tarixi», 20 jildli «Yahudiya qadimiyatlari» asarlari sharqiy provinsiyalar
to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. Davlat arbobi, tarixchi, yozuvchi Gay Pliniy
Sekund (24—79- yillar) san’at, madaniyat va fan sohalaridan noyob
ma’lumotlar to‘plami «Tabiiy tarix» nomli 37 jildli ensiklopedik asarini yozdi.
Bu ulkan asarda 500 muallif, 2 ming kitobdan olingan ma’lumotlar
umumlashtirilgan. Eramizning 58— 120-yillarida yashagan senator, tarixchi
Kvimdetsimbir Publiy Korneliy Totsit 16 jildli «Annalar», 14 jildli «Tarix»
asarlarini yozdi. Bu asarlar Yuliy Klavdiylar va Flaviylarni 14-96-yillardagi
tarixini qamragan davrni aks ettiradi, Tatsitning Germaniya asari german
qabilalarini ijtimoiy tuzumi, dini va urmushi to‘g‘risidagi tarixiy-geografik
ocherk hisoblanadi. Makedoniyalik Appian 160—165-yillarda 24 jildli «Rim
tarixi» asarini, 155—235-yillarda yashagan Rim senatori Dion Kassiy Koksian
yunon tilida 80 jildli «Rim tarixi»ni yozdi, Dion Kassiyning bu kitobidan 25
jildi va ko‘p sonli parchalar bizgacha yetib kelgan. Dion Kassiyning kichik
zamondoshi Gerodian «Markdan keyin imperator hokimiyati», (Mark
Avreliyning o‘limidan keyin Gordian III hukmronligigacha 180—238-yillar) 8
jildli tarix kitobini yunon tilida yozdi.
Mashhur davlat arbobi Gay Yuliy Sezar (er av 100—44- yillar) yirik
yozuvchi edi. Uning asarlaridan bizgacha faqat 2 tasi «Gall urushlari
to‘g‘risidagi yozuvlar» (7 kitob), «Fuqarolik urushi to‘g‘risidagi yozuvlar» (3
kitob) yetib kelgan. Tarixiy monografiya janrining asoschisi Gay Sallyustiy
Krisp (er av86—35-yillar) keksalik paytida «Katilina fitnasi to‘g‘risida»,
«Yugurta urushi to‘g‘risida» hamda er av 78—67-yillar voqealarini qamrab
olgan «Tarix» asarini yozgan. III—IV asrlaming ikkinchi yarmida Rim
tarixshunosligi tushkunlikka yuz tutdi. IV asrda «Imperatorlar tarixi yozuvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
230
lari» nomi bilan II—III asrlar imperatorlari biografiyalari to‘plami paydo bo‘ldi.
Bu to'plam materiallarida Antoniylar boshqaruv davridan imperiyaning
yemirilish davriga o'tishi yaqqol ko‘rsatiladi. So‘ngi mashhur Rim tarixchisi
Ammian Martsellin (330—400- yillar) edi. Uning kelib chiqishi yunon boiib,
latin tilida «faoliyat» nomli 3I jildli tarixiy asarini yozdi. Bu asar Tatsit
«tarix»ini davom ettirib 96—378-yillardagi voqealami o‘z ichiga oladi. IV
asrda so'ngi imperiya davrining siyosati va mafkurasi tarixi bo'yicha
imperatorlaiga tmaqtovlar, notiq Libaniyning nutq va xatlari paydo bo‘ldi. IV
asrda xristian tarixshunosligini shakllanishi boshlandi. Xristian cherkovi tarixi
bo‘yicha «Cherkov tarixlari» latin va yunon tilida paydo bo‘ldi. Ularning
orasida kesariyalik Yevseviyning taniqli tarixchi va ilohiyotshunos, buyuk
Konstantinning biografiyasini muallifining «Cherkov tarixi» asari alohida o‘rin
tutadi. Rimning tushkunlik sabablarini xristian tarixchilari ham o‘z nuqtai
nazarlaridan yoritdilar. Episkop Avgustin o‘zining «Xudoning shahari
to‘g‘risida» nomli asarida ispan diakoni Oroziy, marsellik presviter Sal’vian o:z
asarlarida Rimning halokatini uning o‘tmishi, o‘zaro urushlar, hukmdorlarning
adolatsizligi, birinchi xristianlarni ta’qib qilinishidan keltirib chiqardilar.
Adabiyotlar:
1.Xalqaro munosabatlar tarixi va diplomatiyasi. Hammualliflikda, T., 2009.
2.Qadimgi dunyo tarixi. Y.S. Krushkol taxriri ostida. 2-j. T., I975.
3. Хрестоматия по истории Древней Греции. Под. Ред. Д.П.Каллистова. М.,
I964.
4.Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. М., I962.
5.Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009.
6.Античная Греция. Под.Ред. Е.С.Голубцовой. М., I983. Т., I-2.
7.Гафуров Б.Г. Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. М., I980.
8.Шофман А.С. Распад империи Александра Македонского. М., I984.