Авторы

  • Akbarova Sayyora Odiljonova

Биография автора

  • Akbarova Sayyora Odiljonova

     Marg’ilon 1-son politexnikumi maxsus fan kata o’qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99821

Аннотация

ANNOTATSIYA:  Mazkur maqola   texniumining   o’qituvchi va  o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi  TTS-tarmoq ta’lim standarti  talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish  o’quv amaliyotiga oid bilimlarining salmog’iga bog’liq.Shu sababli   o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

209

AXBOROT XAVFSILIGIGA TAHDID TUSHUNCHASI

Akbarova Sayyora Odiljonova

Marg’ilon 1-son politexnikumi maxsus fan kata o’qituvchi

ANNOTATSIYA: ‘Mazkur maqola texniumining o’qituvchi va

o’quvchilariga mo’ljallangan. uslubiy ishlanmasi TTS-tarmoq ta’lim standarti

talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.kadrlar tayyorlash barcha

bosqichlarida uning samaradorligini oshirish o’quv amaliyotiga oid bilimlarining

salmog’iga bog’liq.Shu sababli o’quvchilarning ushbu amaliyotdan egallashi

lozim bo’lgan ko’nikma va malakalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.

Ta’lim oluvchilar uchun mavzu bo’yicha muhim ahamiyatga ega bo’lgan

texnik shartlar texnologik talablar va yo’l -yo’riqli xarita yoritilgan bugungi kun

talablari uchun bo’yicha zaruriy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.

Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va

kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda

dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda,

xujumlar sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va

almashishning elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining

yo’qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar

orqali hisoblanadi.

Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida

dunyo miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining

50%ini

tashkil etgan

, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida

14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

210

Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda

ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning

muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi:

kompyuterda

ishlanadigan

, uzatiladigan va saqlanadigan axborot

hajmining oshishi;

ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo’lgan

axborotlarning to’planishi;

ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq

resurlaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi;

masofadagi

ishchi joylar soninig oshishi

;

foydalanuvchilarni bog’lash uchun Internet global tarmog’ini va aloqaning

turli kanallarini keng ishlatish;

foydaluvchilar

kompyuterlari

o’rtasida

axborot

almashinuvining

avtomatlashtirilishi.

Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi

xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar

tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so’z

barcha axborot xususida emas

,

balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega bo’lgan qismi

xususida ketyapti.

Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan

tahdidlarni tahlillaymiz.

Hisobga olish lozimki

, xavfsizlikka tahdid manbalari

korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

211

manba) bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun

(masalan, o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha

bo’ladi. Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining

zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash

uchun zarur hisoblanadi.

Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga

foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot

tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari

kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi

xatoliklar sabab bo’lgan tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri

zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin

bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida

ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai

tashkilotning

foydalanuvchisi ham

, tarmoq foydalanuvchisi ham bo’lishi mumkin,

oxirgisi ayniqsa xavfli.

Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar

egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash

choralari bilan a’lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor

bo’lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining

mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga

qo’shimcha imkon yaratadi.

Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va

juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning

axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart.

Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan

urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu

kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki,

qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

212

duchor bo’lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal

tarmog’i kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo’lmaganida axborot

xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun yetarlicha himoyalanmaganligini

hisobga olish zarur. Masalan, axborot tizimlarini himoyalash Agentligining

(AQSH) testlari ko’rsatadiki, 88% kompyuterlar axborot xavfsizligi

nuqtai

nazaridan nozik joylarga egaki

, ular ruxsatsiz foydalanish uchun faol

ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot tuzilmasidan sasofadan foydalanish xollari

alohida ko’rilishi lozim.

Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor

bo’ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko’rilishi zarur. Ravshanki,

himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko’rish uchun tashkilotning sarf-

harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo’yicha hech qanday

choralar ko’rilmaganida kutiladigan yo’qotishlardan oshib ketmasligi shart.

Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga

duchor bo’ladi:

1. Ma’lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.

2. Servisning to’xtatilishi.

Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq

odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin.

Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 1.1-rasmda

korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo’yicha statistik

ma’lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan.

Statistik ma’lumotlar tashkilot ma’muriyatiga va xodimlariga korporativ

tarmoq va tizimi xavfsizligiga tahdidlarni samarali kamaytirish uchun xarakatlarni

qaerga yo’naltirishlari zarurligini aytib berishi mumkin. Albatta, fizik xavfsizlik

muammolari bilan shug’ullanish va inson xatoliklarining xavfsizlikka salbiy

ta’sirini kamaytirish bo’yicha choralar ko’rilishi zarur. Shu bilan bir qatorda

korporativ tarmoq va tizimga ham tashqaridan, ham ichkaridan bo’ladigan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

213

xujumlarni oldini olish bo’yicha tarmoq xavfsizligi masalasini yechishga jiddiy

e’tiborni qaratish zarur.

Viruslarga qashi ximoya tizimini qurish.

Hozirgi kunda 80000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo'lib, ular

kompyuterda ma'lumotlarning ishonchli saqlanishiga xavf soladi va kompyuter

ishlashi jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Shu bois,

kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan

himoyalanish uchun ko'riladigan choralar bilan tanish bo'lish muhim.

Kompyuter viruslari va ularni davolash

.

Kompyuter virusi

o'lchami bo'yicha katta bo'lmagan, maxsus yozilgan

dasturdan iborat bo'lib, u o'zini boshqa dasturlarga "yozib qo’yishi", shuningdek,

kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni

boshlaganda dastlab boshqaruvini virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va

unga "yuqadi", shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl

yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani "ifloslaydi" va h.k.)

bajaradi. Virus o'ziga tegishli amallarni bajarib bo'lgandan so'ng boshqaruvini o'zi

joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom

ettiradi. Tashqaridan dasturning "kasallanganligi" bilinmaydi.

Ko'p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga

tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladiva vaqt-vaqgi bilan

dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi. Virusning barcha

amallari etarlicha tez va hech qanday ma'lumot e'lon qilmasdan bajariladi. Shuning

uchun foydalanuvchi kompyuterda qanday jarayonlar amalga oshayotganligini

bilishi qiyin.

Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo'lsa, virus

borligi umuman bilinmaydi. Lekin aniq vaqg o'tgandan so'ng kompyuterda qiziq


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

214

holatlar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki

noto'g’ri ishlaydi, ekranga begona ma'lumotlar yoki belgilar chiqariladi,

kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba'zi fayllar buzilib

qoladi va hokazo.

Shu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba'zi boshqa turdagi

fayllarishdan chiqadi. Bundan tashhari, virus, disk yoki lokal hisoblash tarmoq

orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin.

Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa juda

katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989 yil amerikalik student

Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSh mudofaa

vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatida, virus

muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.

Virus dasturi ko'rinmaydigan bo'lishi uchun u juda kichik bo'lishi kerak.

Shuning uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi.

Viruslarning paydo bo'lishiga dastlabki mualliflarning "shumligi" va o'zlari

tushunmagan holda kimnidir "tuzlashni" maqsad qilib qo'yishlari sabab bo'lgan.

Oqibatining bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak.

Hozirgi kunda 80000 dan ortiq kompyuter viruslari kompyuter tizimlari va

ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarar

ko'radiganlar litsey, institut, universitetlar va boshqa tashkilotlardir. Bunday

muassasa kompyuterlarida ma'lumotlardan foydalanish ochiq va chegarasiz

bo'lganligi uchun viruslarning qurboni bo'linadi va katta moddiy talafot

ko'riladi. Shu bois, kompyuter ishini nazoratga olish muhimdir.

Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushuniladi? Unga

quyidagilar kiradi:

1) litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik;

2) tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish;

3) tizimga sanktsiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

215

Axborot va dasturlar xavfsizligini ta'minlash uchun quyidagilar zarur bo'ladi:

birinchidan, litsenziyalangan dasturiy ta'minotni ishlatish; ikkinchidan, tashqi

tarmoqlarga ulanishda filtr cheklovchilar o'rnatish (viruslardan himoyalanish va

sanktsiyasiz foydalanishni cheklash).

Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib

bormoqda.

Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari;

bajariladigan fayllar - com, exe, sys, bat fayllarini buzuvchi fayl

viruslari;

diskning yuklanish sektori va bajariladigan fayllarni buzadigan

yuklanish fayli viruslari;

stels (stelth) - ko'rinmas viruslar;

Microsoft Word muharriri yordamida hosil qilingan ma'lumotli

fayllarni yozuvchi makrobuyruq viruslari.

Bundan tashhari, boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan

himoyalanishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish

kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo'ladi.

Bu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: detektorlar, vaktsinalar

(immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimli sohalaridagi

o'zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar), doktor - revizorlar va filtrlar (virusdan

himoyalanish

uchun

mo'ljallan-gan

rezident

dasturlar).

Ularning

xususiyatlarini ko'rib chiqamiz

R e v i z o r d a s t u r l a r

- dastlab dastur va diskning tizimli sohasi

haqidagi ma'lumotlarni xotiraga oladi, so'ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi.

Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi. Masalan, CRCLIST

va CRCTEST dasturlar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

216

D o k t o r

r e v i z o r l a r

- revizor va doktorning aralashmasi,

boshqacha aytganda, fayl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniq

payqaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin

bo'lgan dasturlardir.

F i l t r d a s t u r l a r

yoki rezident dasturlar kompyuterning tezkor

xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko'paytirish va

ziyon etkazish maqsadida operatsion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab

qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni

bajarish yoki bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus

dasturlari.

Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab bir necha turga bo'linadi. Quyida eng

ko'p tarqalgani virusga qarshi Dsav 2.0 ("Dialog-nauka A.B.") kompleksi bilan

tanishamiz. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

1.AIDSTEST - viruslarni aniqlashi va yo’qotish uchun mo'ljallangan virusga

qarshi ko'p qirralari dastur (har haftada yangilanib turadi).

2. Doctor WEB (Dr web) - yangidan yaratilgan, ma'lum va noma'lum

viruslarni aniqlashi va yo’qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U

arxivlangan va vaktsiyalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi (har oyda

o'rtacha 2 marta yangilanadi).

3. ADINF - diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchii, disklarning

virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi). Diskdagi

barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini

va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni

aniqlaydi, agar biror xavfli o'zgarishlar aniqdansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar

beradi.

4. ADINF CURE MODVLE - ADINF disklar revizoridagi davolash moduli

bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi aniqlangan fayllarni avtomatik holatda

tiklaydi (yiliga bir necha marta yangilanadi).


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

217

5. SHERIF – qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va ma'lumotlar faylini

100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur.

Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga

moslash ham mumkin).

Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Biror

dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo'ladi.

Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa)

quyidagi qoidalarni esda tutish va qo'llash lozim:

1. Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak.

O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismini

yo’qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi

mumkin.

2. Virus o'zining buzg’unchiligini davom ettirmasligi uchun kompyuterni

o'chirish lozim.

3. Kompyuter kasallanishi va davolash ko'rinishini aniqlashga mo'ljallangan

barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan

kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

Тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати:

1.

Ахборот технологияси. Ахборотларни криптографик мухофазаси.

Маълумотларни шифрлаш алгоритми” Ўзбекистон Давлат стандарти. O’zDSt

1105:2006

2.

С.К.Еаниев, М.М. Каримов. Хисоблаш системалари ва тармокларида

информация химояси. - Тошкент Давлат техника университети, 2003.

3.

В.И. Завгородний. Комплексная защита информации в компьютерных

системах: Учебное пособие. -М: Логос; ПБОЮЛ Н.А.Егоров, 2001.

4.

Г.Н. Устинов. Основы Информационной безопасности систем и сетей

передачи данных. Учебное пособие. Серия "Безопасность". - М.: СИНТЕГ,

2000.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

218

5.

Мерит Максим, Девид Поллино. Безопасность беспроводных сетей.

Информационные технологии для инженеров. -Москва. 2004.

Интернет манбалари:

1. http://metalcandy.ru/documentation-centos

2. Книга Fedora Linux Toolbox. Автор: Negus Ch. 2007

3. http://xbb.uz/FOSS/Distributiv-Linux-CentOS

4. http://openwiki.ru/wiki/CentOS

5. http://metalcandy.ru/how-to-forge-centos/361-installing-webmin-on-

centos-55

6. http://www.stealthsettings.com/ru/instalare-si-configurare-centos-5-6-pe-

virtualbox-windows-7-vista-windows-xp.html

7. www.security.uz

8. www.cert.uz

9. www.uzinfocom.uz

10. http://sebeadmin.ru/

11. http://pc-rep.ru/