https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
171
BALIQLARNI TABIIY OZUQALAR BILAN OZIQLANTIRISH
Usmonova Dilnoza Barotovna
Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi
Xudayeva Gulchehra Shokir qizi
Buxoro davlat universiteti talabasi
Annotasiya: Respublikamiz suv xavzalarida baliq zaxiralaridan ratsional
foydalanish va baliq maxsuldorligini oshirishda ularni tabiiy qa sunьiy
oziqlantirishni keng yoʼlga qoʼyish mamlakat xalq xoʼjaligini iqtisodiy
rivojlantirishdagi dolzarb muammolardan biridir.
Аннотация: Рациональное использование рыбных запасов водоемов
нашей республики и внедрение естественного и искусственного кормления
для повышения продуктивности рыбы является одной из актуальных
проблем экономического развития народного хозяйства страны.
Annotation; The rational use of fish stocks in the reservoirs of our republic
and the introduction of natural and artificial feeding to increase fish productivity
is one of the urgent problems in the economic development of the country's
national economy.
Kalit so’zlar: oq va targ’il do’ngpeshona, planktonlar, bentoslar, detritlar
Ключевые слова: пёстрый и белый тостолоб, планктоны, бентосы,
детриты
Keywords: motley and white toast, plankton, benthos, detritus
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
172
Tabiiy ozuqalar (hovuzning tabiiy ozuqa zahirasi) -hovuzlarda tabiiy yoʼl
bilan rivojlanadigan, oʼsadigan oʼsimliklar, hovuzlardagi planktonlar, suvda
oʼsadigan oʼsimliklar, qisqisbaqasimonlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar,
yuqori tabaqadagi oʼsimliklar, hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi.
Tabiiy ozuqa zahirasining rivojlanish darajasi suvning sifatiga bogʼliqdir.
Baliqchilar turlicha usullarni qoʼllab: ohaklash, organik va neorganik moddalar
bilan oʼgʼitlash kabi yoʼllar bilan suv sifatini yaxshilashga erishadi. Toʼgʼri
oʼgʼitlangan suv havzalari oʼzida barcha biogen moddalar, mikroelemetlarni
saqlaydi hamda ruxsat etiladigan chegarada ozuqa zahirasini yetarli darajada
rivojlanishiga imkoniyat beruvchi maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga
ega boʼladi.
Suv havzalarning tabiiy ozuqa bazasi yetarli darajada farqlanib oʼzidagi
oʼsimliklar va hayvonlar majmuidan tashkil topadi.
Suv havzalarning tabiiy oziqa bazasidagi organizmlar tarkibi va hajmi turlicha
boʼlib, ularning kattaligi mikroskopik koʼrinishdan to nisbatan katta hajmgacha
boʼladi. Suv havzalaridagi turli xil organizmlar har xil turdagi baliqlar uchun oziqa
hisoblanadi.
Suv havzalardagi bu organizmlar tirik yoki oʼlik, yoki bakteriyalarning
taʼsirida chiriyotgan (detritlar) moddalar boʼlishi mumkin. Bu organizmlar
hovuzlarning turli joylarida:
- qirgʼoqlarida (sohillarida), masalan oʼsimliklarning ildizlarida;
- suvning tubida passiv harakatlanuvchi organizmlarda (planktonlar),
masalan, dafniyalar, bir hujayrali suv oʼtlarida;
- suv havzalarning yuzasida yoki hovuzning tubidagi organizmlarda (bentos),
masalan, kurtlar, hasharot lichinkalari, chigʼanoq (shilliqqurt)lar;
-
suv osti predmetlari sathini qoplovchi organizmlarda;
- suvning pastki qatlamlarida faol suzuvchi jonivorlarda (nekton), masalan,
baliqlar, qurbaqalar;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
173
Suv havzalarini yaxshiroq bilish va boshqarish uchun baliqchilar suvni
oʼgʼitlash asoslarini bilishlari shart. Buning uchun ular suv havzalaridagi
organizmlarning asosiy guruhlarini bilishlari talab etiladi. Suvdagi ayrim
organizmlar amalda oddiy koʼzga koʼrinmaydi, ularni koʼrish uchun mikroskop
ѐki binokulyar lupalar kerak boʼladi.
Har xil turdagi baliqlar va ularning turli yoshdagilari suvdagi turli guruhdagi
organizmlarni isʼtemol qilishadi.
Ikrasidan chiqqan baliq lichinkalari tashki muhitdan oziqa qabul qilmaydi,
rivojlanishi uchun sariq tanachadan foydalaniladi. Biroz vaqt oʼtgach lichinkalar
asta-sekinlik bilan suv havzasidagi organizmlar bilan oziqlanishga oʼtadi. Baliq
lichinkalari suv havzasidagi juda ham mayda, koʼzga koʼrinmaydigan organizmlar
(planktonlar)- mikroskopik koʼrinishdagi suv oʼtlari bilan oziklana boshlaydi.
Lichinka tanasining oʼsishi bilan birgalikda uning ogʼiz apparati ham kattalashib,
lichinkalar katta hajmdagi organizmlar (moʼylovchali va eshkakoyoqli
qisqichbaqalar) bilan oziqlanishga oʼtadi. Lichinkalarni ozika turiga boʼlgan
munosabati oʼzgarib boradi va ular keyingi rivojlanish bosqich –malki (chavoq)
larga oʼtadi, aylanadi. Malki (chavoq) lar katta yoshdagi baliqlarga xos boʼlgan
oziqalar bilan oziqlanadi.
Katta yoshdagi baliqlar oziqlanish turiga qarab quyidagi guruhlarga boʼlinadi:
А. Oʼtxoʼr baliqlar (fitofaglar) - suv havzalardagi oʼt va oʼsimliklar bilan
oziqlanuvchi baliqlarlar ham ikki guruhga boʼlinadi:
1.
Fitoplanktonlar - ok peshonadoʼng turdagi baliqlar kiradi.
2.
Oliy tabaqadagi oʼsimliklar bilan oziqlanuvchi
baliqlar- oq
amurlar kiradi.
B. Hayvonot dunyosiga mansub va kamroq oʼsimliklar
bilan oziqlanuvchi baliqlar:
1.
Zooplanktonlar - bularga targ’il doʼngpeshona baliklar.
2.
Bentoslar (suv havzasi tubidagi organizmlar) bilan oziqlanuvchi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
174
baliqlarga karp turdagi baliqlar kiradi.
V. Yirtqichlar - tirik hayvonlar, jumladan baliqlar bilan oziqlanuvchi
baliklarga forel, laqqa baliqlar kiradi.
Fermerlar hovuzlarda baliqlarni asrash va oziqlantirish uchun suv havzasi u
yoki bu turdagi ozuqa zahirasi bilan taʼminlanlik darajasini aniq baholashlari
shart. Suvdagi fitoplankton organizmlarni yaxshi rivojlanishini oʼgʼitlardan
foydalangan holda iliq suvda osonroq amalga oshirish mumkin. O’gʼitlash orqali
suvdagi mavjud zooplanktonlarni rivojlanishini taʼminlashga erishiladi.
Suv havzasidagi boshqa guruh ozuqa zahirasini rivojlantirish va koʼpaytirishi
uchun maxsus usullar talab etiladi.
Suv havzalarda tabiiy oziqa zaxirasini rivojlantirishda oʼgʼitlardan
foydalanish. Oʼgʼit - bu tabiiy va sunʼiy substantsiyalardan iborat boʼlib, suv
havzalarida tabiiy oziqa zahirasini koʼpaytirish va undagi organizmlarni tezroq
rivojlanishi, oʼsishi uchun koʼllaniladi. Oʼgʼit - bu suvdagi oʼtlarning oʼsishi,
rivojlanishi uchun ozuqaviy moddalarni yetkazuvchisi hisoblanadi. Suv oʼtlari
bilan ayrim turdagi baliqlar, masalan oq doʼngpeshona baliqlar oziqlanadi.
Bundan tashkari, suv oʼtlari bilan boshqa suv organizmlari ham oziqlanadi va
oqibatida ular baliqlar uchun oziqa manbai boʼlib qoladi.
Oʼgʼitlar suvga tushganida, uning tarkibiy qismi suvda erib ketib, uning:
-
bir qismi suvdagi mavjud fitoplanktonlar tomonidan isʼtemol qilinadi;
- qolgan qismi esa suvda yoki suv tubidagi loyqaning (balchiq) yuzasiga
organik va mineral boʼlakchalar shaklida saqlanib qoladi.
Oʼgʼitlarning erigan qismi suv havzalarda organik moddalarni parchalanishi,
chirishi uchun mikroblarning rivojlanishini tezlashtiradi, ragʼbatlantiradi.
Parchalanish, chirish jarayonining oqibatida suvda yoki suv ostidagi loyqalarda
juda ham koʼp miqdorda yangi oziqaviy moddalar tushadi. Oʼgʼitlarning suv
havzasi tubida choʼkkan boʼlakchalari suvda sekinlik bilan uzoq muddat
davomidatushadi va eriy boshlaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
175
Ushbu jarayonlarning taʼsiri oqibatida suv va suv havzasining sifat
koʼrsatkichi oʼzgaradi, baʼzan esa suvning haroratini, uning tiniqligini, pH, erigan
kislorod miqdorini, shoʼrlanish kabi koʼrsatkichlarini ham oʼzgartirib yuborishi
mumkin.
1.Усмонова, Д. (2022). A Морфометрические Показатели Длиннопалого
Рака (Pontastacus Leptodactylus (Eschscholtz, 1823)): ДБ Усмонова, НА
Шамсиев, ЭБ Жалолов, АУ Амонов. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 12(12).
2.Amonovich, S. N., Farmanovich, A. B., Baratovna, U. D., & Naimovna, A.
D. (2020). Phytoplankton of Ayakagimta Lake. International Engineering Journal
for Research & Development, 5(4), 3-3.
3.Усманова, Д. Б., Носиров, О. Т., & Бозорова, Д. С. (2024).
МОРФОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МАЛЬКОВ БЕЛОГО
АМУРА, CTENOPHARYNGODON IDELLA, В ПРУДАХ НИЗОВЬЕВ
ЗАРАФШАНА. Science and innovation, 3(Special Issue 40), 313-316.
4.Усмонова, Д. Б. (2024). ВЫРАЩИВАНИЕ КАРПА В ПРУДУ. Miasto
Przyszłości, 48, 537-542.
5.Usmonova, D., Bozorova, D., Yuldashov, M., & Kamilov, B. (2024).
Morphological characteristics of yearlings of Grass carp (Ctenopharyngodon
Idella) in the fish farm of Bukhara region, Uzbekistan. In E3S Web of
Conferences (Vol. 563, p. 03027). EDP Sciences.
6.Усмонова, Д. Б., & Шамсиев, Н. А. (2018). РЕКОМЕНДАЦИИ ПО
РАЗРАБОТКЕ ОРГАНИЗАЦИОННО-ТЕХНИЧЕСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ
(ОРГТЕХМЕРОПРИЯТИЙ) ПО РАЦИОНАЛЬНОМУ ИСПОЛЬЗОВАНИЮ
ВОДНЫХ РЕСУРСОВ. GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020:
CENTRAL ASIA.