https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
156
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINALARI ISHCHI DETALLARI
ZANGLASHINING KLASSIFIKATSIYASI
Xojimatov Azizbek Asomiddinovich
+998993026653
aziznido@gmail.com
Andijon Davlat Texnika instituti mustaqil izlanuvchi
Annotasiya. Ushbu maqolada mavsumiy qishloq xoʻjalik texnikalari
detallarida agressiv muhit ta’sirida sodir boʻladigan zanglab yemirilish
klassikasiyasi haqida soʻz boradi. Aksariyat qishloq xoʻjalik texnikalari agressiv
muhit taʻsirida ishlaydi. Ushbu muhitning ta’siri saqlashga qoʻyilgan
texnikalarning saqlash shartlariga boʻliq boʻlib, shaqlash davrida ham oʻz kuchini
yoʻqotmaydi. Metall qismlarning yuzalarida zanglatuvchi qatlam hosil boʻlib,
metalni doimiy yemirilib borishi mumkin boʻladi. Zanglab yemirilishni oldini olish
maqsadida mashina detallarining zanglash sabablarini oʻrganishda uni
klassifikasiyalash kerak. Zanglab yemirilish aktiv va passiv sharoitlarda sodir
boʻlib, bu sharoitlar zanglashni klassifikasiyalash hamda jarayonni sekinlashtirish
yoki oldini qanday olish mumkinligi haqida hulosa chiqarishga yordam beradi.
Kalit soʻzlar: metal, yemirilish, zanglash, agressiv, muhit, jarayon
Abstract. This article discusses the classification of corrosion in the details
of seasonal agricultural machinery under the influence of an aggressive
environment. Most agricultural machinery operates under the influence of an
aggressive environment. The effect of this environment depends on the storage
conditions of the machinery and does not lose its strength even during the period
of operation. A rust layer forms on the surfaces of metal parts, which can lead to
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
157
continuous corrosion of the metal. In order to prevent corrosion, it is necessary to
classify it when studying the causes of corrosion of machine parts. Corrosion
occurs in active and passive conditions, and these conditions help to classify
corrosion and draw conclusions about how to slow down or prevent the process.
Keywords: metal, corrosion, rust, aggressive, environment, process
KIRISH
Qishloq xoʻjalik texnikalari agressiv muhit taʻsirida boʻladi. Bu texnikalarning
aksariyat Ishchi qismlari metal qismlardan iborat. Metall qismlar agressiv muhit
ta’sirida zanglash jarayoni ta’sirida boʻlib turadi [1].
Metall va qorishmalar zanglashi oʻz-oʻzidan (beixtiyor) boʻladigan
jarayondir. Uning yemirilishi atrof muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy
oʻzaro ta’sirlar natijasidir. Zanglashni chaqiruvchi asosiy sababchi metallik
xolatning termodinamik chidamsizligidir. Zanglash reaktsiyalar borishi
termodinamik potentsialning kattaligi (xajmi) ning kichrayishi bilan bir vaqtning
oʻzida boʻladi. Termodinamika ma’lum sharoitlarda zanglash jarayonining oʻz-
oʻzidan boʻlishi mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida yakuniy ma’lumotlar
beradi.
Garchi termodinamika o’rganilayotgan tizim muvozanat holatidan qanchalik
uzoqda tursa ishni aniqlash imkonini bersada, biroq koʻp xollarda silindr– porshen
gruppalari va hakozolardagi zanglashlar bunga misol bo’la oladi. Elektr
murakkablik va koʻpbosqichlilik hususiyatlari bilan farqlanadigan zanglash
jarayoni tezligi xaqida nazariy va amaliy tomondan juda muhim savolga javob
bermaydi [2,3].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
158
Mashinalar ekspluatatsiyasi, shart-sharoitlari zanglash jarayoniga ta’sir etuvchi
faktorlar va shu bilan birga keyingi zanglashning paydo boʻlishi xar hil shakllariga
sabab bo’ladi.
Zanglash jarayonlari quyidagicha farqlanadi;
✓
metallning muxit bilan oʻzaro ta’siri reaktsiyalari mexanizmi boʻyicha;
✓
zanglash muxiti koʻrinishi boʻyicha;
✓
(geometrik xarakteri) metall yuzasi yoki xajmida zanglashli yemirilishning
koʻrinishi boʻyicha;
✓
zanglash muhiti ta’siri bilan bir vaqtda uchraydigan qoʻshimcha ta’sir etish
xarakteri boʻyicha.
Oʻzaro ta’sir reaktsiyalari mexanizmi bo’yicha metallar zanglashi ikki turda
farqlaydilar: kimyoviy va elektrokimyoviy.
Kimyoviy zanglash odatda juda oz elektr oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan muhit
bilan metallarning o’zaro ta’sirida boʻlib oʻtadi. Bunga neft maxsulotlaridagi
zanglash, ichki yonuv dvigatellarida kimyoviy zanglash koʻp tarqalgan zanglash
turlaridan biridir. Uning asosini elektrokimyoviy jarayonlar tashkil etadi.
Elektrokimyoviy zanglash kislotalar, tuzlar, ishqorlar eritmalarida suvda,
atmosferada, tuproqda va boshqa muxitlarda bo’lib o’tadi. Metallar yemirilishi
jarayonida qatnashadigan agressiv muhit turiga koʻra gazli, atmosferali
elektrolitlar eritmalarida, yer osti, suyuqlik- noelektrolit va boshqalarda zanglash
farqlanadi. Metall yuzasi yoki xajmidagi zanglab yemirilishi turiga koʻra yalpi,
shakliy joylardagi va tanlangan zanglashga ajratiladi. Yalpi zanglash metall
yuzasining barcha qismlarida zanglash chuqurligi bir xil yoki bir xil emasligiga
qarab bir tekisda yoki bir tekis boʻlmagan turlarga boʻlinadi. Yalpi zanglash-
zanglashning qamroq xavfli turidir, chunki buyum yoki uning ayrim tuguni
tayyorlangan material oʻz hususiyatlarini sezilmas darajada yoʻqotadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
159
Ayrim joylardagi zanglashda metall yuzasining ayrim qismlarida yemirilish
boʻladi. Ayrim joylardagi zanglab yemirilishining turli darajalarga ega boʻladi.
Ayrim joylardagi zanglashning eng koʻp xarakterli turi bu dogʻlar, jaroxatli, nuqta-
nuqtali va yuza osti, kristallararo va transkristallitlilardir.
Dog’lar ko’rinishidagi zanglash-metal yuzasi ayrim qismlarining jaroxat
(yaralar)lar koʻrinishidagi nisbatan unga chuqur boʻlmagan yemirilishdir.
Jaroxat (yara) koʻrinishidagi zanglash dogʻ koʻrinishidagi zanglashdan farq
qiladi, ammo yemirilishni chegaralangan qismida yig’ilib metall qatlamga
chuqurroq kirgan boʻladi.
Nuqta- nuqta (pitting) zanglash u yoqdan bu yoqqa teshib oʻtadigan turiga
oʻsib oʻtuvchi (zanglamas poʻlatning mineral oʻgʻitlardagi zanglash) ayrim nuqtali
zararlanishi koʻrinishda metallning yemirilishi bilan bogʻliqdir.
Yuza osti, zanglash yuzasidan boshlanadi va qoida boʻyicha himoya qobigʻi
(plyonkalar, laklar va boshqalar) ayrim qismlarda yemiriladi. Shuning uchun metall
koʻpincha yuza ostida yemiriladi va zanglash maxsulotlari metall ichida toʻplanadi.
Bunday zangli yemirilish boshlashini faqat mikroskopik tekshirular bilangina
koʻrish mumkin. Yuza osti zanglash tez- tez metallning boʻrtishi va qatlamlarga
ajratishni chaqiradi.
Ayrim joylardagi zanglashning eng koʻp uchraydigani – metall donolarini
yemirmay ularning kam chidamli chegaralariga chuqur kirib boradigan
kristallitlararo zanglash va metall yoriqlar to’gʻri don orqali kesishadigan
transkristallitlidir. Zanglashning bu turlari konstuktsiyalarning tashqi koʻrinishini
oʻzgartirmay, metall mustaxkamligi va egiluvchanligini tez yoʻqolishiga olib
kelishi bilan xavflidir [4,5].
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
160
Ayrim joylardagi zanglash yalpi zanglashga qaraganda koʻproq xavflidir,
chunki detallarning mustahkamlik hossalarini sezilarli pastlatadi va xatto ularni
yemiradi.
Qattiq qorishma turidagi qotishma va bir necha tuzilma (tarkib) dan iborat
qorishmalarda duch keladigan zanglash spetsifik xarakterga egadir.
Zanglash turlari orasida qoʻshimcha ta’sir xarakteriga koʻra farq
qiladiganlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
1. Mexanik kuchlanish ta’sir xududida rivojlanuvchi kuchlanish ostidagi zanglash.
2. Ishqalanishdagi zanglash bir vaqtning oʻzida zanglash muhiti va ishqalanish
kuchi ta’siriga koʻra metallning yemirilishi.
3. Kavitatsion zanglash – bir vaqtning oʻzida zanglash va agressiv muxit va zarba
ta’sirida metallning yemirilishi.
Qishloq xoʻjalik mashinalari ish va saqlanish vaqtida atmosfera, tuproq,
zaxarli kimyoviy moddalar, organik va mineral oʻgʻitlar ta’sirida boʻladi.
Tuproqni qayta ishlovchi mashinalar ish vaqtida tuproq bilan nafaqat abraziv
eskirish (eyilish), balki zanglash ta’siriga ham duch kelib, o’zaro ta’sir etadi.
Metallning yo’qotilishi dexqonchilikda metallning umumiy sarfidan 12..14 %
tashkil etadi.
Agar ishchi organlar va boshqa detallar tuproqdan va chiqitlardan
tozalanmagan boʻlsa yoki mashinalar yerdan izolyatsiya qilinmagan holda qolib
ketgan boʻlsa ishlamay turganda ham mashinalarda tuproqli zanglash ta’siri
boʻladi.
Saqlash davomiyligi qishloq xoʻjalik mashinalardan foydalanishning uzoq
davriga qaraganda 10…23 marta katta boʻlgani uchun tabiiyki, mashinalarni
saqlash vaqtida agar ayniqsa konservatsiya qoidalariga rioya qilinmaganda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
161
ekspluatatsiyada zararlanish koʻp marta kattaroq boʻladi. Zanglash jarayoni
xarakteri va tezligi oʻzgaradi va atmosfera zanglashi shart-sharoitiga sezilarli
darajada bogʻliq. Shuning uchun zanglash mexanizmi oʻrganilayotganda
atmosferaning har xil turi xususiyatlarini xisobga olish zarur. Atmosfera shart-
sharoiti Oʻzbekiston xududining katta qismida shundayki xatto yomgʻirlar yoki
tumanlar boʻlmaganda ham metall yuzasida namlik paydo boʻladi va uzoq vaqt
saqlanadi. Bu urab turgan havo xaroratining tebranishi bilan bogʻliq.
Atmosferali zanglash jarayoni va tezligini aniqlovchi asosiy faktor metall
yuzasining namlanishi darajasidir. Shundan kelib chiqib atmosferali zanglash
quyidagi turlarga boʻlinadi:
Xoʻl atmosferali zanglash, qurollanmagan koʻz bilan koʻriladigan nam qobiq
mavjudligi, havoning namligi 100 % yoki metall yuzasiga bevosita namlik tushib
qolsa);
Nam atmosferali zanglash (nisbiy namlik 100% dan past, kondensatsiya
natijasida hosil bo’ladigan yupqa namlik qatlamida bilvosita namlik tushib
qolganda hosil boʻladi; quruq atmosferali zanglash (metall yuzasida butunlay
namlik bo’lmaganda);
Bu barcha zanglashlar juda murakkab va koʻp faktorlarga bog’liqdir:
Atmosferaning ifloslanishi darajasi (chang bilan, gaz bilan, namlik bilan)
atmosferaning ta’siri davomiyligi: havo xarorati; metall yuzasi xolati (tarkibi va
mexanik kuchlanishining mavjudligi; metallning kimyoviy tarkibi va mexanik
kuchlanishining mavjudligi; konstruktsiyalar xossalari (payvand choklari boltli va
zaklepkali ulanishlar namlikni vujudga keltiruvchi bo’shliq va teshikchalar hosil
qiluvchi ayrim elementlarning birikishi.
Atmosferaning tarkibi ham atmosferali zanglash tezligini aniqlovchi muxim
faktorlardan biridir. Havodagi xlor, ammiak, serovodorod, oltingugurtli gaz kabi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
162
gazlarning aralashmalari atmosferaning zanglash agressivligini orttiradi. Chang,
koʻmir shlak, kullarning boʻlakchalari mashina detallar yuzalariga tushganda
joylardagi namlikni adsorbsiyalangan metall yuzasi bilan kontakt natijasida
zanglash o’choqlarini vujudga keltirishga qodirdir. Bundan tashqari ularning
kamchiliklari namlik bilan birgalikda mikrogalvanik elementlar faoliyati uchun
ma’qul sharoit yaratadigai eruvchan komponenilarni oʻz tarkibiga oladi.
Tajriba ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki xaroratning ortishi bilan zanglash
tezligi ham ortadi. Bu elektrokimyoviy jarayonning tezligi ortishi natijasida sodir
boʻladi. Zanglash tezligining ortishi masalan, qish sharoitidan yozga oʻtish davrida
kuzatiladi. Ammo bu qonuniyat plyonka (qobiq) namligi qurimaydigan sharoitda
kuzatilishini nazarda tutish lozim. Aks xolda zanglash jarayoni keskin sustlashadi
(sekinlaydi) xaroratning keskin oʻzgarishi oksid qobiqning darz ketishi va zanglash
jarayonining tezligi ortishiga olib keladi. Zanglash jarayoni tezligiga bir va aynan
oʻsha yuzaga tushadigan atmosferadagi namlikning asosiy ta’siri emas balki,
mashina detallarida namlanish va qurishning boʻlib turishi davomiyligi va koʻp
martaliligi ta’sir etadi. Masalan, mamlakatning janubiy tumanlarida subtropik
iqlim bilan jala ko’rinishida yogʻingarchilik ko’p bo’ladi, lekin namlik tez quriydi.
Shimoliy tumanlarda yillik yogʻingarchilik miqdori ancha oz, lekin ular tez-tez
bo’lib turadi va sekin quriydi. Birinchi xolatda ikkinchi xolatdagiga qaraganda
metallar zanglashi kamroq bo’ladi.
Atmosferali zanglash tezligiga maxsulot (buyum) larning zanglash paydo
qiluvchi xususiyati, qisman ularning gigroskopikliligi ta’sir etadi. Shunday qilib,
mis va nikelning gigroskopik zanglash maxsulotlari oltingugurtli gazlar bilan
ifloslangan atmosferali mis va nikelning gigroskopik zanglash maxsulotlari metall
yuzasidagi namlikni jadal yutish va zanglashni keyinchalik kuchaytirishiga yordam
beradi. Alyuminiy zanglashi nogigroskopik maxsulotlari atmosferada oltingugurt
oksidi mavjud bo’lganda ham metalni keyingi yemirilishdan saqlaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
163
Shunday qilib, zanglash-faol muxitlarda ishlaydigan mashinalar detallari
elektrolit eritmalarda va atmosferada elektroximik zanglashga moyil boʻladi.
yemirilish yoppa, maxalliy va tanlama zanglashda kuzatiladi. Qoʻshimcha ta’sir
xarakteriga koʻra zanglash kuchlanish, ishqalanish kavitatsion deb belgilanadi.
Tekshirish natijalari asosida organik va mineral oʻg’itlar, zaxarli kimyoviy
zanglash faolligi qatori tuzilgan. Mineral oʻgʻitlarga namlikning tushib qolishi
bilan zanglash faolligini aniqlovchi tegishli (mos) kislotalar vujudga keladi.
Zanglash xajmligi qatorida kam faol borot kislotalar – bornodatolit va borat magniy
kimyoviy tuzlar oxirgi o’rinlarni egallaydi.
Qishloq xoʻjalik zanglashi- faol muxitida zangli shikastlanish xarakteri har
xildir. Ba’zi bir muxitlarda zanglash bir tekisda boʻlib oʻtadi, boshqalarida chuqur
pitting (oʻyiq)lar hosil qiluvchi, sezilmas darajada umumiy korroziyadan
metallarning yemirilishiga olib keluvchi, massa yoʻqotilishini aniqlovchi, maxalliy
(joylardagi) zanglashlar sodir boʻladi.
Agressiv qishloq xoʻjalik muxitida zanglashi vaqt boʻyicha biroz sustlashadi.
Bu bogʻliqliq quyidagi tenglamada ifoda etiladi:
𝒌 = 𝒂 𝒕 𝒗
bu yerda: k- zanglash, g/m
2
, t – zanglash vaqti, a,v – proportsionallik
koeffitsiyentlari ( tabl 4.2 ).
Jadval 4.1.
Mineral va organik o’g’itlar, zaxarli ximikatlar, senaj (po’lat St.3)
Zanglash muxiti
Massa
Pitting
chuqurligi
mm/yil
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
164
Mis ko’porusi
2078
1,70
Sineb
1263
1,05
Ammoniy sulfat
1055
-
Xlorofos
898
0,95
Nitrofoska
886
1,70
Torf- go’ng ishqorli kompost
875
0,11
Torfli – suyuq kompost
786
0,09
Tovuq qumalogi ( tezagi )
610
0,07
Silvinit
574
0,55
Poxol to’shamadagi mol go’ngi
515
0,06
Torf to’shamadagi mol go’ngi
455
0,06
Mol najosati
430
0,05
Ammiakli selitra
399
0,50
Oddiy superfosfat
359
0,30
Mochevika
342
0,45
Superfosfat granulasi
335
0,35
Magniy borat
288
0,75
Senaj ) pichan garam )
260
0,50
Bornodatolit
244
0,40
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
165
Karbofos
226
0,03
Izox : Muxit, namligi ularning ko’proq zanglash faolligiga mos keladi.
Jadval 4.2.
a, v koeffitsiyentlari mazmuni (moxiyati)
Muxit
a
v
Sineb
255,45
0,64
Ammoniy sulfat
198,45
0,69
Nitrofoska
141,97
0,78
Torf shilta - komposti
126,44
0,74
CHo’chqa najosati
111,58
0,73
Tovuk ( kumalogi ) tezagi
107,64
0,70
CHo’chqa shiltasi
83,37
0,77
Torfli to’shamadagi cho’chqa go’ngi
70,29
0,76
Silvinit
68,42
0,87
Ammiakli selitra
60,63
0,77
Oddiy superfosfat
52,92
0,75
Magniy borat
45,18
0,74
Karbofos
38,66
0,72
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
166
Pittinglar chuqurligi bo’yicha aniqlanadigan zanglash faol qatori massa
yoʻqotilishi boʻyicha aniqlanadigan faollik qatoridan farq qiladi. Himoya qobigʻi
hosil boʻlishiga yordam qiladigan tarkibida NPO
4
va PO
4
ionlari bor boʻlgan
nitrofoska
zanglashida
eng
chuqur
pittinglar
hosil
boʻladi.
Metall
depassivatsiyasiga yordam beradigan va qobiq hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan
xlor ionlari bir vaqtda mavjud bo’ladi.
Pittingli zanglash metall yuzasining qandaydir qismida himoya qobigʻining
xlor ionlari bilan yemirilishidan boshlanadi. Bu yerda potentsiallarning uzoq
maxalliy farqlanishi paydo boʻlishi uchun ayniqsa qulay sharoitlar vujudga keladi.
Anodli galvanik juftlikda juda kichik faol yuza boʻladi, katod bilan esa metall
yuzasining qolgan hammasi himoya kobig’i bilan qoplangan. Anodli uchastkalar
chuqur intensiv yemirilish boʻlib oʻtadi. Metall yuzasida erimaydigan maxsulotlar
zanglashi tarkib topishi va defferentsial aeratsiyasining paydo bo’lishi zanglash
pittinglari o’choqlarining rivojlanishini avtokatalitik xarakteriga olib keladi.
Maxsulotlarning zanglovchi qatlami ostiga kislorod kira olishi qiyin boʻlishi
temirda anodning erishi kuchayishiga olib keladi. Zang qatlamining ortishi
metallning mazkur qismiga kislorod kirishini yanada qiynnlashtiradi va zanglash
jarayoni avtokatalitik rivoljanadi. Ammoniy sulfatda zanglash sulfat kislota
namlanishi borligi bilan aniqlanadi va sekin- astalik bilan boʻlib oʻtadi. Po’latning
zanglashida tarkibida ferrit bo’lgan anod eriydi (parchalanadi) sementatit va katod
tarkibi qolip yuzasida qoladi va katod maydonining orttiradi. Chunki ammoniy
sulfatda zanglash maxsulotlari gʻovak massa koʻrinishida vujudga keladi va
himoya xususiyatlari boʻlmaydi, zanglash tezligi ortadi. Korroziyaga uchragan
ammoniy sulfatda qoliplar yuzasi pittinglarsiz silliq boʻladi. Zanglash vodorod
depolyarizatsiyasi bilan boʻlib oʻtadi.
Nitrofaskaning katta zanglash faolligi (NH
4
)
2
: HPO
4
KNO
3
; NH
4
SE tuzlari
va azot kislotasining bir vaqtda mavjudligi sabab boʻladi. Bu kislotalarning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
167
aralashmasi kuchli kimyoviy faolliga ega. Uning xarakati azot kislota vodorodini
oksidlanishiga asoslanadi. Bunda zanglash tezligini koʻproq orttiruvchi
depolyarizator buluvchi xlor temirini tashkil qilib, metall bilan oʻzaro ta’sir etuvchi
faol shakldagi erkin xlor paydo boʻladi. Korroziyaga uchragan nitrofoskadagi
qoliplar yuzasi chuqur pittinglar bilan yeyiladi. Supperfosfatda zanglash Sa
(N
2
RO
4
)
2
fosfor kislotaning mavjudligi bilan aniqlanadi va vaqt sekinlashuvi
boradi. Superfosfatda zanglash bilan shikastlanish chuqur pittinglar bilan yalpi
xarakterga ega boʻladi. Oddiy superfosfatning zanglash faolligi grantsialangan
(donalangan) ga qaraganda birmuncha koʻproq.
Bornodotolit va magniy borat borot kislota tuzlari eng koʻp zanglash faolligi
mazkur oʻgʻitlarda namlik 30 % boʻlganda, zanglash vaqtida sekinlashish bilan
boʻlib oʻtadi.
Mazkur oʻgʻitlarda zanglash potentsiallari inkor (rad) berish hududida
bo’ladi. Anodli polyarizatsiyada tok zichligi 50 mm/sek dan yuqori boʻlganda
potentsiallar ijobiy tomonga keskin oʻzgaradi. Bu metall ionlashuvi anodli
reaktsiyasi bu tuzlardaki yinligini aytadi. Zanglashning yuqori tezligini
koʻrsatuvchi eng kichik polyarizatsiya oʻgʻitlar namligi 40% da boʻlib oʻtadi.
Silvintning zanglash faolligi anod jarayonini faollashtiruvchi xlor ionlarining
mavjudligi bilan aniqlanadi. Ularning yemirilish xarakati mexanizmi quyidagicha
tashkil topadi. Zanglashda oksidli ximoya qobigʻi metallda xar doim boʻladi. Xlor
ioni shunday oksid qobikka ega bo’lgan elektrod yuzasi bilan oson
adsorbsyalanadi. Bu adsorbtsiya xlor ionidagi oksidli qobiqda kislorod ionlarining
siqib chiqarilishi va o’rnini egallashiga olib keladi.
Bunday xlor ionlarining adsorbtsiya nuqtalari almashinuvidan soʻng himoya
qobigʻining bu qismlarida teshiklar paydo boʻlishiga olib keladigan metallning
eruvchan xlorli ulanishi hosil boʻladi. Poʻlat qobiqlarning korroziya potentsiali
namlikning oshishi bilan salbiy (rad) diapazonda boʻladi, ularning degradatsiyasi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
168
vaqt oʻtishi bilan sodir boʻladi. Zanglash shkastlari chuqur pittinglar bilan tanlama
xarakterga ega.
Mochevina SO (NH
2
)
2
– organik modda bo’lib, uning eritmasi kuchsiz
elektrolitdir. Mochevinadagi poʻlat qoliplarda zanglash potensiallari ijobiy boʻlib,
vaqt oʻtishi bilan ular mochevinada zanglash katodli nazoratda boʻlib oʻtadi.
Mochevinada zanglashda zanglatuvchi agent boʻlib mochevina o’zida kuchli
elektrolitni namoyon etuvchi, har doim mochevina bilan muvozanatda turuvchi va
agressiv siyanoidli kislota tuzi bo’lgan ammoniy sianatdir. Mochevinada zanglash,
tanlash xarakteriga ega.
Mineral oʻgʻitlarda zanglashning eng ko’p faolligi eritmalarda sozir boʻladi.
Mis quporosining zanglash faolligi aralashma kontsentratsiyasining ortishi bilan
uzluksiz oʻsadi, boshqa aralashmalarda kontsentratsiyaning 1% gacha
koʻtarilishida avval oʻsib boradi. Keyinchalik esa sezilarli kamayadi. Mis kuporosi
aralashmasi (eritmasi) kontsentratsiyasi ortishi bilan zanglash faolligining uzluksiz
ortishi, oksidlanadigan faolroq temir atomlarining elektronlari xisobiga mis ionlari
tiklanishi reaktsiyasi elektroneytral holatigacha toʻg’ridan-toʻg’ri sodir boʻladi.
Qorishma (aralashma) da mis kuporosi qancha koʻp boʻlsa, reaktsiya shuncha jadal
boʻlib oʻtadi. Qoliplarda zanglashda temirga nisbatan katod boʻlgan mis choʻkadi,
Shuning uchun zanglash jarayoni mis quporosi aralashmasida anod reaktsiyasi
tezligi mis quporosi aralashmagan zanglashdagi kabi nazorat qilinadi. Mis quporosi
aralashmasida zanglash vaqti uning tarkibining kamayishi tufayli sekinlashi sodir
boʻladi.
Zanglashning kutarilayotgan egri chiziq tezligi-boshqa aralashmalar
kontsentratsiyasida aralashmaning elektr oʻtkazuvchanligi ortishi bilan tuzlar
kontsentratsiyasi ortishi kuzatiladi. Biroq elektrolitda tuzlar kontsentratsiyasi
ortishida kislorod eruvchanligi tushib ketadi, depolyarizatsiya tezligi pasayadi va
mos ravishda zanglash tezligi kamayadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
169
Organik oʻg’itlar kuchsiz ishqorli reaktsiyaga ega boʻlsa organik oʻgʻitlarda
zanglashning katodligi asosiy jarayon, katod hududlarida ON- ionlari paydo
boʻlishi bilan, kislorod tiklanishi jarayoni tezligi ham aniqlanadi.
XULOSA:
Agressiv muhit ta’sirida boʻlgan qishloq xoʻjalik texnilararini zanglashi
yuqorida keltirilgan sabablar asosida sodir boʻlib, metalni yemirib borishiga olib
keladi. Buni oldini olish uchun zanglash sababini prognozlash va shunga koʻra
himoyalash choralarini koʻrish darkor. Agressiv muhit taʻsirini kamaytirish uchun
saqlashga qoʻyish ishlarini toʻgʻri tashkil etish zarur. Shu bilan birga metal
yuzalarni zanglab yemirilishini oldini olish maqsadida zamonaviy usullar: zang
modifikatorlarini qoʻllash samarali hisoblanadi.
Zang modifikatorlari metal yuzada ingbitorlik hususiyatini paydo qilib,
zanglash jarayonini sekinlashtiradi, metal yuzada himoya qoplamasini hosil qilib,
metallga agressiv muhitning ta’sirini sezilarli ravishda kamaytiradi. Eng xavfli
zanglash atmosfera ta’siridagi zanglash boʻlib, bu doimiy davom etadigan
zanglashdir. Namlikning oʻzgarib turishi natijasida metal yuzasida turli kimyoviy
jarayonlar sodir boʻlib turadi. Bu ta’sirni butunlay yoʻqotish imkonsiz lekin ta’sirni
kamaytirish imkoniyati mavjud.
Manbalar roʻyxati
1.
Xojimatov A. A. Qishloq xoʻjalik texnikalarini saqlash usullari va muammolari
//Educational Research in Universal Sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 13. – С. 136-
144.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
170
2.
Xojimatov A. A., Oripov G. Qishloq xo'jaligi klaster tizimlarida ishlatiladigan
uskunalarning metall qismlarini agressiv muhitdan himoya qilish //Ученый
XXI века. – 2020. – №. 12-1 (71). – С. 3-7.
3.
Xojimatov A. A. Qishloq xo ‘jalik texnikalari metal yuzalariga agressiv
muhitning ta’siri //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 259-268.
4.
Хожиматов А. А. Чорвачилик машиналарида коррозион мухитни пайдо
бўлиш сабаблари ва уларни тахлили //Academic research in educational
sciences. – 2021. – Т. 2. – №. 6. – С. 572-577.
5.
Ermatov Q., Baimakhanov K., Xojimatov A. Developing photodegradable crop
protection: Optimizing cotton seeder parameters for environmental
sustainability //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2025. – Т. 614. – С.
03012.