Авторы

  • Turdiyeva Muxlisa Samandarovna
  • Ruziboyeva Shahzoda Ozodovna
  • Megliyeva Intizor Uzoqovna

Биографии авторов

  • Turdiyeva Muxlisa Samandarovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va  psixologiya yo`nalishi talabasi

  • Ruziboyeva Shahzoda Ozodovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va  psixologiya yo`nalishi talabasi

  • Megliyeva Intizor Uzoqovna

    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va  psixologiya yo`nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99840

Ключевые слова:

Kalit so`zlar: Sportchi bolalar musobaqa sport murabbiylari hissiy-emotsional xususiyatlar fiziologik jihatlar sport o`yinlariga psixologik yondashish sport motivlari psixoregulyatsiya.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda sportchining jamiyat hayotida tutgan o`rni, rivojlanish darajasi, sportchi bolalarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni musobaqaga tayyorlashning psixologik, fiziologik jihatlari, sportchilarning shakllanishida sport murabbiylari hamda oilaning o`zaro hamkorligi sport faoliyatining yoshlar faoliyatiga ta`siri, musobaqa jarayonida sportchilarda motivlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, sport psixoregulyatsiyasi borasida  so’z  yuritiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

98

SPORTCHI BOLALARNI BO`LAJAK MUSOBAQAGA

TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK TAVSIFI

Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo`nalishi talabalari

Turdiyeva Muxlisa Samandarovna

Ruziboyeva Shahzoda Ozodovna

Megliyeva Intizor Uzoqovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda sportchining jamiyat hayotida

tutgan o`rni, rivojlanish darajasi, sportchi bolalarning o`ziga xos xususiyatlari,

ularni musobaqaga tayyorlashning psixologik, fiziologik jihatlari, sportchilarning

shakllanishida sport murabbiylari hamda oilaning o`zaro hamkorligi sport

faoliyatining yoshlar faoliyatiga ta`siri, musobaqa jarayonida sportchilarda

motivlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, sport psixoregulyatsiyasi borasida

so’z yuritiladi.

Kalit so`zlar: Sportchi bolalar, musobaqa, sport murabbiylari, hissiy-

emotsional xususiyatlar, fiziologik jihatlar, sport o`yinlariga psixologik

yondashish, sport motivlari, psixoregulyatsiya.

Bugungi kunda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada mukammal

rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish bugungi

kunimizning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mana shu ishlarni

amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev 2017-yil 3-iyundagi, PQ3031-sonli qarori jumladan, “Jismoniy tarbiya


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

99

va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” hamda

2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368-sonli Farmonida

mamlakatda aholini ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport

bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar

yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli

tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

1

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlashda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida

yetishib chiqayotgan yosh sportchilarni psixologik hamda fiziologik jihatdan

tayyorlash, dastlab sport maktablarida bolalarni qabul qilishda psixologik-

pedagogik tashxisdan o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Taniqli nemis psixolog - olimi Kunat shaxsning rivojlanishida doimiy

sport faoliyatining ahamiyatini alohida e'tirof etar ekan, quyidagilarni ta'kidlaydi:

"Faol sport faoliyati tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash ma'nosida shaxsning

rivojlanishiga nihoyatda katta ta'sir qiladi. Chunki sport faoliyati mobaynida inson

avvalo o'zini yengishi kerak bo'ladi. Shu sababli ham aytish mumkinki, sportda

erishilgan ko'rsatkichlar nafaqat kishining mushaklari va tayanch a'zolarining

yutug'i, balki birinchi galda bu shaxsning yutug'idir".

Bugungi kunda jahon miqyosida sportchilarning o`rni beqiyosdir, ularga

qaratilayotgan e`tibor hamda yaratilayotgan shart-sharoitlarning chegarasi

yo`q.Birgina O’zbekiston Olimpiya Qo’mitasi erishgan yutuqlariga qaraydigan

bo’lsak, avvalgi yillarga nisbatan 2024-yil Parijda bo’lib o’tgan Olimpiya va

Paralimpiya o’yinlarida o’zbek sportchilarining erishgan yutuqlari tahsinga

sazovordir. Bu yutuqlar har bir yosh sportchining o’z-o’ziga ishonchning

ortishi, buyuk g’alaba sari yo’lning mashaqqatliligi hamda uni bosib o’tish

uchun kuchli iroda va matonatga ega bo’lish kabi hislarni uyg’otmoqda.

1

J.Pulatov “Sportchilarni psixologik tayyorlash” o’quv qo’llanma

T., 2021 y


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

100

Albatta, bularning barchasi o’z-o’zidan bo’lib qolmaydi, bularning zamirida

sportchilarning va murabbiylarning tinimsiz mashaqqati va mehnati yotibdi.

Murabbiy – bu teran ijodiy shaxsdir. Ijodiy jarayonlar masalalari

bo'yicha tadqiqotchilar ijodkor shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga

katta e'tibor berganlar. Sport murabbiysi kasbi avvalo pedagogik kasbdir.

Ma'lumki, sport - bu insonni tarbiyalashning eng samarali shakllaridan biridir. Bu

vazifa bugungi kunda, ya'ni zamonaviy sport yildan - yilga yosharib borayotgan bir

paytda yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Sport murabbiylari

sportchilarni jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlantirish, ularni maqsadlarga

erishishga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydigan mutaxassislardir. Ularning asosiy

vazifalari sportchilarni tayyorlash, ularning texnik va taktik ko‘nikmalarini

oshirish, shuningdek, sportning psixologik jihatlarini rivojlantirishdir. Sport

murabbiylari o‘z ishlarida ilmiy asoslangan yondashuvlardan foydalanadilar va har

bir sportchi uchun individual dasturlarni ishlab chiqadilar.

Sport murabbiylari va oilaning hamkorligi sportchilarni muvaffaqiyatga

erishishda katta ahamiyatga ega. Oila va murabbiy o‘rtasidagi samarali hamkorlik

sportchining jismoniy, ruhiy va psixologik holatini yaxshilashda muhim rol

o‘ynaydi.

Sport o'yinlariga psixologik yondashish, sportchilarning natijalariga,

ularning ruhiy holatiga va o'yin jarayonida qanday qarorlar qabul qilishlariga katta

ta'sir ko'rsatadi. Psixologik tayyorgarlik, sportchilarga jismoniy ko'nikmalarga

qo'shimcha ravishda, o'zlarini boshqarish, stressni yengish va diqqatni jamlash kabi

ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Psixologik tayyorgarlik bu – pedagogik jarayon bilan bevosita bog`liq

bo`lib, sportchini axloqiy-irodaviy sifatini oshiradi hamda yetuk sportchi shaxsi

sifatida tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

101

Sportchi bolalarni psixologik tayyorlash quyidagi uslublar orqali amalga

oshiriladi. Bular:

– qiyinchiliklarni еngib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi;

– zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida

mashqqa to‘g‘irlash uslubi;

– ideomotor mashqini kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran

o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul;

– bo‘lajak faoliyatga tayyorlash va mashq yordamida zo‘riqishni pasaytirish

bilan imkon beradigan mashg‘ulotni boshqarish uslubi.

Sportchi bolalarni psixologik jihatdan tayyorlashda ularda yuzaga

keladigan ortiqcha asab qo‘zg‘alish jarayonlarini yengishga o‘rgatish lozim.

Chunki ortiqcha asab qo‘zg‘alish mashqlangan holatiga ya`ni sport formasiga

yomon ta’sir etadi va natijada sportchining yaxshi natija ko‘rsatishiga halaqit

beradi.

Sportchini o‘z imkoniyatini qo‘llay olish va uning boshqarish mahorati

muhim sanaladi. Sport psixologiyada bu sportchini o‘zini ruhiy boshqarishi ya’ni

psixoregulyatsiya deb ataladi.

Psixoregulyatsiya bu – sportchining o‘z imkoniyatlarini va salohiyatini

to‘la namoyon etishni ta’minlovchi ruhiy holatni shakllantirishga qaratilgan

tadbirlar majmuasidir. Bu holatning psixofiziologik asosini tananing ishchanlik va

tiklanuvchanlik holatlarini optimal nisbatga o‘tishidir

2

.

Motiv - bu o'ta murakkab psixologik birikma bo'lib, u mazmun jihatdan kishi

tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatning, faoliyatning asosi bo'lib

2

J.Pulatov “Sportchilarni psixologik tayyorlash” o’quv qo’llanma T., 2021 y


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

102

hisoblanadi (ya'ni ushbu harakatga sabab bo'lgan asoslarni ifodalaydi).

Energetikjihatdan esa motiv – tanlangan maqsadga erishish uchun da'vatdir.

3

Sport faoliyatida yuzaga keladigan motivatsiya ham ichki, ham tashqi

omillar bilan izohlanadi. Bu omillar sportchining hayoti davomida o'z mazmuni va

ahamiyatini o'zgartirib boradi, ular nafaqat shaklan turlicha, balki o'zlarining

dinamik xususiyatlariga ko'ra ham farqlanadilar. Bu omillar uzoq davom etadigan

sport bilan shug'ullanish jarayonlarida muayyan qonuniyatlarga ko'ra biriikkinchisi

bilan o'rin almashib turadi. Taniqli psixolog – olim A.S.Puni sport faoliyatining

motivlarini maxsus o'rganish asosida kishida sport bilan shug'ullanish ishtiyoqini

paydo qiluvchi motivlar rivojlanishining dinamikasini aniqlagan.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, sportchi bolalarni

musobaqaga psixologik tayyorlash, ularning jismoniy ko'nikmalariga qo'shimcha

ravishda, ruhiy barqarorlikni, emotsional intizomni va o'ziga bo'lgan ishonchni

shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Ularning o'z hissiyotlarini boshqarish,

diqqatni jamlash va muvaffaqiyatlarga intilish qobiliyatlarini rivojlantirish,

sportchi bolalarning musobaqalarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam

beradi. Bu psixologik yondashuv, shuningdek, bolalarga o'zlariga bo'lgan

ishonchni oshirish va raqobatga tayyorlanishda kuchli ruhiy tayyorgarlikni

ta'minlashda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Y.Masharipov “Sport psixologiyasi” o’quv qo’llanma T.,2010 y.

2.

O.Hayitov “Sport faoliyati psixologiyasi” darslik T., 2021 y

3.

Z.Gapparov “Sport psixologiyasi” darslik T., 2011 y

4.

J.Pulatov “Sportchilarni psixologik tayyorlash” o’quv qo’llanma T., 2021

y
5.

Y.Masharipov “Psixologiya va sport psixologiyasi” o’quv qo’llanma T.,

2017y.

3

Z.Gapparov “Sport psixologiyasi” darslik T., 2011 y