https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
38
O’SMIRLARNING
ULG’AYISHIDA OILAVIY NIZOLARNING
SALBIY OQIBATLARI
.
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti sirtqi “Pedagogika va psixologiya”
yo’nalishi 402-guruh talabasi
Ziyomiddinova Gulnoza Akramovna
Annotatsiya: ushbu maqolada oilaviy nizolar ta’sirida ulg’ayib borayotgan
o’smirlarning psixologik holatlari hamda bu nizolarning o’smirlar hayotida bir
qancha noxush holatlarni, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotganligi va unga
yechim izlash choralari haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: oilaviy nizolar, o’smirlar, salbiy oqibatlar, agressiv,
odamovilik.
Bugungi kunda oilalarda ko’pgina nizolar kelib chiqishi natijasida oilalarga
darz ketmoqda. Turli bahonalar, arzimagan sabablar,er-xotin o’rtasidagi oddiy
kelishmovchiliklar oqibatida mamlakatimizda ajrimlar soni tobora ortib bormoqda.
Buning natijasida eng avvalo farzandlar ma’naviy jarohat olmoqdalar. Ayniqsa
o’smir yoshdagi bolalarga bunday holatlar kuchli ta’sir qiladi. Ota-onalarning
doimiy janjallari, bir-birlarini fikr –mulohazalarini inobatga olmasliklari,
tushunmovchiliklar, moddiy yoki ma’naviy tomondan kelib chiquvchi muammolar
tufayli oila jang maydoniga aylanib qoladi. Buning natijasida o’smirlar o’zlarining
psixologik, ijtimoiy va fiziologik rivojlarida zaif bo’ladilar va oiladagi keskinlik
ularning kelajakdagi hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Oilaviy nizolar
o’smirlarda xavotirlik, tushkunlik o’ziga ishonchsizlik, masuliyatsizlik va boshqa
bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
39
O’smirlik bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik
jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
O’smir xulq –atvoridagi salbiy o’zgarishlar sabablarini ijtimoiy omillar bilan
bog’lagan V.M.Karimovaning shogirdi A.T.Kadimova – o’smirlarda oilaviy
nizolar to’g’risidagi ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishida oila muhitining
xususan ota-onalarning o’zaro munosabatlari, ularning farzand tarbiyasidagi
masuliyati hamda har bir oila a’zosining ijtimoiy, psixologik mavqei, oilaviy
munosabatlarga tayyorlik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etadi.
Shuningdek o’smirlarda aniqlangan nizokashlik to’g’risidagi tasavvurlar o’zaro
munosabatlarga nafaqat ota-ona bilan balki, aka-ukalar , opa-singillar o’rtasidagi
muomala xarakteriga ham bog’liq ekanligini ham ta’kidlaydi.(“Rivojlanish
psixologiyasi” Pedagogik psixologiya kitobi 361-bet.).
Oilaviy muhit doimiy janjallar, oilaviy nizolar, o’smirning hayotini tubdan
o’zgartirib yuborishi mumkin. ajralishgacha olib boradigan bunday oilaviy nizolar
o’smirning tushkun holatga tushishiga, tengdoshlaridan o’zini olib qochishiga
odamovi bo’lib qolishiga va oila a’zolariga nisbatan agressiv munosabatda
bo’lishiga olib keladi.
Odamovilik – og’ish bo’lib muloqot doirasining taryishi, atrifdagilar bilan
emotsional munosabatda bo’lish imkoniyatining kamayishi, yangi ijtimoiy
munosabatlarni o’rnatishda yosh davrlariga xos bo’lgan qiyinchiliklar bilan
namoyon bo’ladi. Bu og’ishning sababi quyidagilar bo’lishi mumkin: uzoq davom
etgan stress (masala nota-onaning ajralishi) , hissiy muloqotning yetishmasligi
(masalan uzoq vaqt kasalxonada bo’lish yoki bazan bolaning ota-ona uchun
kutilmagan yoki istalmaganligi, ota-onaning bolaga mehr ko’rsatmasligi), hissiy
doiraning emotsional sferaning o’ziga xos individual patalogik xususiyati (psixik
jarayonning sustligi) (“Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi” 384-bet).
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
40
Odamovilik bolani ahvolini yanada chuqurlashtiradi, yolg’izlikda
yashashga o’rganib qoladi. Bu esa turli noxush holatlarni hattoki suitsidal
vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bunga sabab ota-onalar o’rtasidagi
o’zaro kelishmovchiliklar, bir-biriga bo’lgan salbiy munosabatlar, o’zaro ajrimlar
o’smir tarbiyasida noxush holatlarni keltirib chiqaradi.
Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyta jamiyatining eng muhim
ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham,
O’zbekistonda ham ajralish muammosini o’rganishga keng ilmiy jamoatchilik
e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar,
demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soha
mutaxassislari o’rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu hodisa sabablar, omillari,
motivlarini o’rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini
kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarni buzilishi tufayli nafaqat shu
ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko’p zarar ko’radi.
Ajralishlar ko’plab noxush hodisalar: noto’liq oilalar sonining ortishi, yolg’izlik,
sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o’zaro munosabatlarining yomonlashuvi
kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. (“Oila psixologiyasi” 184-
bet).
Hozirgi kunda ushbu muammolar ming afsuslar bo’sinki dolzarb muammo
sifatida e’tirof etilmoqda. Xususan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev –
oilaviy ajrimlar soni yuqori bo’lib qolayotganligi achchiq haqiqat ekatligini, o’tgan
yili 28 mingdan ziyod oila ajralib ketganligi buning isboti ekanligini takidlab, -
“avvallari biror oila ajrashsa mahallada duv-duv gap bo’lardi, butun mahalla
oyoqqa turar edi. Ajrim bu – kata fojea albatta barchamizning istagimiz, tilagimiz
bitta! Qani endi yurtimizda ajrim degan noxush holatlarning o’zi bo’lmasa….
Oilalar parokanda bolalar tirik yetim bo’lib sarson-sargardon bo’lmasa, men bu
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
41
fikrni qayta-qayta aytishdan charchamayman. Oila bu- mehr va baxt qo’rg’oni.” –
deb ta’kidlaydilar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak oila muqaddas dargoh. Oila tinch bo’lsa
jamiyat barqaror bo’ladi. Oila negizini ishonch, o’zaro hurmat, sabr- toqat,
muhabbat tashkil qilsa oilada tinchlik totuvlik hukm suradi.
Bunday oilada ulg’aygan farzandlar teran fikrli, ta’lim tarbiyali yetuk
ma’naviyatli shaxs bo’lib ulg’ayadi. Shunday ekan oilalarning ajralib ketishiga,
farzandlarning kelajagiga ta’sir qiluvchi nizolarning oldini olishga ota-onalar,
mahalla, maktab befarq bo’lmasligi hamda hamkorlikda faoliyat olib borishi kerak.
Bularning barchasi o`zbek oilasida ajrim masalasiga jiddiy e`tiborberish
lozimligini va uning oldini olish, salbiy asoratlarni kamaytirish chora tadbirlarini
ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish lozimligini ko`rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Oila psixologiyasi” Toshkent 2011
G`.B.Shoumarov
I.O.Haydarov
N.A.Sog`inov
F.A.Akramova
G.Solihova
G.Niyozmetova
2. “Rivojlanish psixologiyasi pedagogic psixologiya ” Toshkent 2018
Z.T.Nisonova
N.G.KAmilova
M.X. Xolnazarova
D.U.Abdullayeva
3. “Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” Toshkent 2020
L.Olimov
A.Nazarov