https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
33
YOSHLARNING HAYOTIDA IJTIMOIY TARMPOQLARNING
IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI.
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti sirtqi Pedagogika va psixologiya
yo`nalishi talabalari
Nasrullayeva Gulhayo Abdullayevna,
Safarova Barchinoy Mustafo qizi.
Annotatsiya: ushbu maqolada yosh o’sib kelayotgan avlodning ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanish borasidagi fikr mulohazalar haqida so’z boradi.
Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotidagi ijobiy va salbiy holatlari va ijtimoiy
tarmoqlardan qay tarzda foydalanish kerakligi haqida bilim, ko’nikma va
malaklalar shakllanishiga doir ma’lumotlar beriladi
Kalit so’zlar: yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar, ota-ona, so’rovnoma, axborot
.
Bugungi kunda inson hayotida ijtimoiy tarmoqlarning o’rni beqiyos, bunga
sabab insonlar o’zi uchun kerakli ma’lumotlar, voqea-hodisalar shuningdek ro’y
berayotgan yangiliklarhaqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot oladi. Bu ular
uchun qulay va foydalidir. Lekin shu bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy
tomonlari bilan bir qatorda salbiy tomonlari haqida ham ma’lumotlar va faktlar
mavjuddir. Yoshlar o’qish va faoliyati davomida ijtimoiy trarmoqlardan
foydalanishadi. Ushbu foydalanish davomida ijtimoiy tarmoqlar ular uchun o’z
ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Bu borada Proymak hamkasblari bilan birga 19-
32yosh doirasidagilar orasida 1787 nafar amerikaliklar o’rtasida so’rovnoma
o’tkazishdi. So’rovnoma mavzusi eng mashhur 11 ta ijtimoiy tarmoqddan
foydalanishga qaratilgan edi. Shundan so’ng ular kompyuterdagi testlar va bir
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
34
necha psixologik so’rovnomalar yordamida respondendentlarning ijtimoiy
izolyatsiya darajasini aniqlashdi.
Ma’lum bo’lishicha kuniga 2 soatdan ko’p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda
o’tkazuvchi yoshlar internetga 30 daqiqadan kam sarflovchi tengdoshlariga
qaraganda yolg’izlikdan ikki barobar ko’p aziyat chekishar ekan. Shuningdek bir
haftada 58 marta ijtimoiy tarmoqlarni ziyorat qiluvchi respondentlar ijtimoiy
tarmoqlarga haftaga 9 martagacha kiruvchi so’rovnoma ishtirokchilariga nisbatan
uch karra ko’p yolg’izlikka moyil bo’lishar ekan.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha ijtimoiy tarmoqlarning zarari
haqida uzoq muddatli xulosalar qilishga hali erta. Zero ular dastlab nima paydo
bo’lganini ya’ni – yolg’izlik hissimi yoki ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishimi
bilishmaydi. Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqqlardan foydalanish qanchalik inson
hayotiga ta’sir kuchiga ega ekanligi borasida fikr mulohazalar davom etmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda axborot erkinligi borasida ko’p qonun va
qarorlar mavjuddir. Birgina “Axborot erkinligi prinsiplari vakafolatlari
to’g’risida”gi qonunning 15-moddasida davlatning axborot borasidagi xavfsizligini
ta’minlash yo’llaridan biri sifatida zo’ravonlikni, shavqatsizlikni targ’ib qiluvchi
g’oyalarni o’z ichiga oluvchi axborot tarqalishiga qarshi harakatlar qilish ekanligi
mustahkamlangan.
Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish borasida yurtimizda davlat
rahbarimiz tomonidan ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Xususan O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Senati 2022-yil 4-fevralda internet jahon axborot
tarmog’ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish,
ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan
himoya qilish masalallari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirkar
mahkamasiga yuborilgan parlament so’roviga berilgan javobni ko’rib chiqib bu
borada muayyan ishlar amalga oshirilishini qayd etadi. Jumladan internet jahon
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
35
axborottarmog’I orqali yoshlar hayotiuga xavf solayotgan , ularning ongiga salbiy
ta’sir qiluvchi axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan ijobiy ijobiy ishlar
olib borilgan.
Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida ularning
psixologiyasi va fiziologiyasida ham bir qancha o’zgarishlar yuz berishi mumkin.
Bu esa yoshlar hayotida o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy tomonlariga yoshlar o’ziga kerakli bo’lgan
ma’lumotlar, yangiliklardan xabardor bo’ladilar. Zamonaviy taxnika va
texnologiyalaridan foydalanish zamon talablariga mos tarzda harakat qila olish
imkoniga ega bo’ladi. Bu uning uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. O’z ustida
ishlashiga imkon bo’ladi. Bu orqali yuqori natijalarga erishishi va o’z tengdoshlari
orasida ham obro’ e’tiborga ega bo’lishadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy tomonlari – bugungi kunda ahamiyatga
molik tomoni yoshlar psixologiyasida o’zifa xos o’zgarishlar yuz beradi. Ular
o’zlarida yolg’izlikni his eta boshlaydilar, shuningdek yolg’iz qolishni
qatrofdagilar bilan muloqot qilishni xoxlamaydigan, oddamovi holatga kelib
qoladi. Fiziologik jihatdan esa, umurtqa pog’onasining buzilishi, kam harakat
tufayli ortiqcha vaznlarning ortishi, ko’zdagi turli nuqsonlarning paydo bo’lishi,
miya faoliyatining buzilishi, turli xatti-harakatlarni noto’g’ri bajarilishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida bir qancha qonu n-qoidalarga
asoslangan holda faoliyat olib boorish kerak.
Internet provayderi yoki simsiz tarmoq qurulmalarini ishlab chiqruvchilar
tomonidan o`ziga tegishli veb sahifakaridan xavfsiz foydaalanish uchun turli
tavsiyalar beriladi. Ushbu tavsiyalarga amal qilish aksariyat hollarda bo`lishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
36
mumukin bo`lgan xavfsizlik muammosini oldini olishga kata yordam beradi.
(“KIBR XAVFSIZLIK ASOSLARI” kitobi 169-bet. Toshkent 2020-yil) .
Yuqoridagi fikrlar asosida ta`kidlash mumkinki yoshlar har qanday hokatda
yoki vaziyatda bo`lishidan qat`iy nazar har qanday ehtiyojlarni me`yor asosida olib
borishi maqsadga muvofiqdir. Bu shoshlarni o`ziga bo`lgan ishonchini oshirishga,
faoliyatiga va atrofidagilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishiga yordam
berad. Har bir inson hoh yosh hoh kata bo`lsin me`yor qoidalariga asoslangan
holida faoliyat olib borishi lozim. Bu borada jamiyat negizi sifatida oila va undagi
ota-ona, shuningdek yaqinlarning o`rni beqiyosdir.
Har bir insonning, ayniqsa endigina hayotga qadam qo`yib kelayotgan
yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular oldiga qo`yilgan
maqsadlarga erishish o`zlariga bog`liq ekanligini, ya`nib u narsa ularning
sobitqadam, g`ayratqadam, shijoatiga to`la to`kis fidokorligiga va cheksiz
mehnatsevarligiga bog`liq ekanigini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa
davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir.
Shu nuqtai nazaridan oilaviy an`analar, rasm-rusumlar va urf-odatlar orqali
bolalarimiz ongigga milliy g`oyani va istiqlol mafkurasini singdirishni
ta`minlovchi psixologik omillar va shart-sharoitlarni o`ta dolzarb va muhimdir..
(“Oila psixologiyasi” 137-bet, V.Karimova Toshkent-2007).
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar
hayotining ajralmas qismiga aylandi. Yoshlar ushbu tarmoqlar orqali do`stlar bilan
muloqot qilish, yangiliklar xabardor bo`lish, o`quv materiallarini erkin bayon qilish
kabi imkoniyatlarga ega bo`lishlari mumkin. shunday ekan ijtimoiy tarmoqlardan
to`g`ri va ehtiyoykorona foydalanish yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, bilim
olishiga, jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga va komil inson sifatida
shakllanishiga yordam beradi. Lekin ijtimoiy tarmoqlardan noto`g`ri foydalanish
yoshlar axloqiga salbiy ta`sir qilishi mumkin. Shuning uchun yoshlar ijtimoiy
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
37
tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot bo`lishlari va ularning salbiy ta`sirlaridan
himoyalanishlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
“Kibrxavfsizlik asoslari” Toshkent 2020 S.K. G`aniyev, A.A.
G`aniyev, Z>T>Xudoyqulov
2.
“Oila psixologiyasi” Toshkent 2007 Vasila Karimova.